Imlo lug‘atiga tayanib va o‘rganganlaringiz asosida
xato yozilgan so‘zlarni toping, to‘g‘rilab daftaringizga YOZING.
“Tahrir maktabi” metodi tavsiya etiladi. Bunda kelajakda ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi yoki jurnalist bo’lishni istagan o’quvchilar
muharrir vazifasini bajaradilar. Ularning qo’lida “Imlo lug’ati”
bo’ladi. Guruh a’zolari tomonidan bajarilgan topshiriqni kichik
muharrirlar tahrir qiladilar.
Shavqatsiz, na’muna, tadbiq, tadqiq, yarimi, qayiril, buruning,
qo‘llamma, ketti, inshom, Ahsikenttan, mavzuying, kesdir, ravnag‘i,
avzoyi, shuday, inshoot, me’zon, mammanlik, tambal, sumbul.
Yechim:
To’g’ri yozilgan
so’zlar
Noto’g’ri yozilgan
so’zlar
To’g’rilangan holati
tadqiq, avzoyi,
inshoot, me’zon,
tambal, sumbul.
shavqatsiz, na’muna,
tadbiq, yarimi,
qayiril, buruning,
qo‘llamma, ketti,
inshom, Ahsikenttan,
mavzuying, kesdir,
ravnag‘i,
shuday, mammanlik
shafqatsiz, namuna, tatbiq,
yarmi, qayril, burning,
qo‘llanma, ketdi, inshoyim,
Ahsikentdan, mavzung,
kestir, ravnaqi, shunday,
manmanlik
3-topshiriq.
O’QIB TUSHUNISH va YOZISH ko’nikmasini
rivojlantirish uchun mo’ljallangan. Jahon xalqlari maqollarini
diqqat bilan o‘qing so‘ng yozing. Qator undoshli so‘zlarning tagiga
133
chizing.
Yechim:
1. Yakshanba har kuni kelavermaydi. ( Ingliz xalq maqoli)
2. Uxlayotgan qisqichbaqani oqim olib ketadi. ( Meksika xalq maqoli)
3. Bir daqiqa kechdan ko‘ra bir soat erta boshlangani ma’qul.
( Nemis xalq maqoli)
4. Tog‘ qanchalik baland bo‘lmasin, ortga qaytma: odimlasang – zabt
etasan; ish qanchalik ulkan bo‘lsa-da, chekinma: bajara boshladingmi –
ado etasan. ( Mo‘g‘ul xalq maqoli)
5. Vaqting ketdi – naqding ketdi. ( O‘zbek xalq maqoli)
Do'stlaringiz bilan baham: |