tavsiya etiladi.
Xasis va uning oltini
Xasis bir odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltin xa rid qildi.
Eski hovli yo‘lagidan yurib bog‘ga kirdi, bir qoziq yonida to‘xtadi.
O‘sha yerdan choh qazib, oltinni ko‘mib qo‘ydi. Har kuni yo‘lakka
borar va xazinasining butun turga nidan xabar olardi. Xasis odamning
ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo‘lib qolganini sezib qoldi
va sababini bilmoqqa qaror qildi.
Tez orada ishchi ko‘milgan xazinaning sirini bilib oldi. Yerni kovlab,
oltinni o‘g‘irlab ketdi. Ertasi kuni xasis qozig‘i yoniga kelib qarasa, oltin
yashirilgan chuqur bo‘m-bo‘sh. U baqirib sochlarini yuldi, odamlarni
qarg‘ay boshladi. Xasisning ahvolini ko‘rgan qo‘shnisi: “Iltimos,
bunchalik qayg‘urma. Borgin-da, tosh olib o‘sha chuqurga tashla.
Oltinning har doimgidek o‘sha yerda yotganini tasavvur qil: oltining
chuqurda bormi-yo‘qmi, undan senga hech bir naf yo‘q edi-ku”, – dedi.
(Ezop masallaridan)
160-mashq.
TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish
uchun mo’ljallangan. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar
rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang.
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga almashtirishga
qaror qildi.
2. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi.
3. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi.
4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni maslahat
berdi.
Yechim:
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga almash
tirishga qaror qildi.
2. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi.
3. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi.
4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni maslahat
berdi.
161-mashq.
TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |