Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari


Download 92.27 Kb.
bet2/25
Sana07.03.2023
Hajmi92.27 Kb.
#1246622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BITITUV ISHI

Bitiruv ishining dolzarbligi. Har bir ontogenez davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'limiytarbiyaviy ta'sir o'tkazish insonda o'z vaqtida o'zini o'zi anglashni vujudga keltiradi. Bolada o'zini o'zi anglash tuyg'usi qancha erta uyg'onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o'z huquqini o'zi his etish, o'zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo'ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o'jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to'siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatlardagi qaramaqarshilik, ziddiyat, inqirozni rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o'zgarishi — nazariya bilan turmush nomutanosibligining mahsulidir. Odamlarda e'tiqod, dunyoqarash, ideal, muomala, muloqot, mustaqil xulq-atvorni samarali shakllantirish ko'proq yuqoridagi omillarga bog'liqdir. Kishidagi tashabbuskorlik hamda to'siqlarni engishga intilishni, Iroda sifatlarini aniqlash va ularga yosh (ontogenez) psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.
Bitiruv ishining maqsadi: Ontogenez psiхologiyasi ilmining asoslari va ularning maktab yoshidagi o'quvchilarning psixologik rivojlanishidagi ahamiyatini o’rganish.
Bitiruv ishining vazifalari:
- ontogenez psixologiyasining ilm sohasi sifatidagi vazifalari va tadqiqot metodlarini organish;
- maktab yoshidagi o'quvchilarning psixologik rivojlanishini o’rganish;
Bitiruv ishining tuzilishi: Ushbu Bitiruv ishi titul varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib ishning jami sahifasi 77 betni tashkil etadi.

BIRINCHI BOB. ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT METODLARI
§1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining vazifalari va ahamiyati
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning tug'ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabati qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, er va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi.
Ontogenez psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to'g'risidagi fandir.
Ontogenez psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy maqsadlarni ro'yobga chiqaradi: ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne'matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to'g'ri yo'naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to'g'risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (K.Levin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (3.Freyd) nazariyalaridir.
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o'zgarishi, Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta'sir qiladigan omillar hamda shartsharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo'lib qoldi. Xalq ta'limi xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo'jalik jamoalarining, fan, adabiyot va madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma'lumotli, mahoratli, aql-zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo'lishini, keksayishning xususiyatlari va o'ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday ekan, tarbiya tizimida va ishlab chiqarishda psixologiya bo'yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo'qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar ma'naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni egallash hozirgi davrimizning muhim talabidir.
Endilikda insonni aks ettirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po'stidan haqiqiy jism, obraz (timsol) sifatida ro'yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o'zgarishini va bu o'zgarish kishining ruhiyatiga ta'sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in'ikos ettiradi, degan ta'rifining o'zi etarli emas. Mazkur hodisaning chuqurligini — aks ettirish jarayonini genetik metod bilan o'rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai nazaridan yondashish ijobiy natija sari etaklaydi.
Ma'lumki, go'daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o'tadigan davr nisbatan uzundir. Endigina tug'ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrofmuhitni aks ettirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o'ta murakkab hissiy bilitshdan mantiqiy tafakkurga o'tish jarayoni bosqichini tadqiq etish imkonini beradi.
Hozirgi psixologiya fani individual ong o'sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish o'rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o'zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini o'rganish odamning psixik o'sishi, uning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar to'plash imkonini bera oladi.
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko'lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg'ularining mazmuni, to'laligi va hokazolarni yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor mahsulini o'rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks ettirish xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush hodisalari va sharoitlari bilan bog'liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o'tkazuvchi o'zi o'rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikasiyalari, munosabatlarini bilish bola tarbiyasida eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.
Shunday qilib, ontogenez psixologiyasi fanini o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, medisina, sosiologiya kabi fanlarning xizmati kattadir. Ontogenez va differentsial psixologiya fani dialektikaning printsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differentsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to'plangan materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o'zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.


Download 92.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling