Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari


Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi


Download 92.27 Kb.
bet5/25
Sana07.03.2023
Hajmi92.27 Kb.
#1246622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BITITUV ISHI

Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlashga mo'ljallangan bo'lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo'linadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko'pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
Statistik metodlar tajribalarda olingan qiymatlarning ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari ko'p va biz ularning eng soddalariga to'xtab o'tdik, xolos.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to'rtinchisi — sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to'plangan ma'lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo'sinda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi — sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o'zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta'rif hamda tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo'lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo'shimcha sharhlar berish imkoniyati tug'iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o'zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog'liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob'ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o'zgarishlar, o'ziga xoslik, o'zaro aloqa, o'zaro ta'sir va uyg'unlikning o'zaro bog'lanishlari o'rganiladi. Jumladan, inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta'kidlanadi, ularning o'zaro bog'liqligi asoslab beriladi.

Ko'p qo'llanadigan empirik metodlar haqida kengroq
ma'lumot beramiz.
Kuzatish metodi. Ontogenez psixologiyasida bu metodning ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (o'zini o'zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob'ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qat'iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o'yin, o'qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o'tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg'ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o'rganiladi. Ammo o'ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etmaydi. Masalan, go'dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o'yinchoqlarga munosabati, his-tuyg'usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

Download 92.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling