Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari


Tadqiqot metodlarining birinchisi


Download 92.27 Kb.
bet4/25
Sana07.03.2023
Hajmi92.27 Kb.
#1246622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
BITITUV ISHI

Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya'ni tashkiliy guruhi o'z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko'pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o'zaro taqqoslash), tibbiyot psixologiyasi (sog'lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, uquvliligi va ishchanligini o'zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o'zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o'ziga xosligi kabilarni o'rganishda qo'llanadi.
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi ham qo'llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o'n yillab tekshirilishidir.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub'ektiv omillarning ta'sirini kamaytirish maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo'sindagi ilmiy-tadqiqot ana shu ko'p qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi. Kompleks metod yordamida o'rganilayotgan ob'ektdagi o'zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalai, bolada oddiy bilimlarni o'zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo'lsa, kompleks yondashish ta'sirida ana shu o'zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o'rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy ahamiyatga molik bo'lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi.Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo'lib, bu guruhga kuzatish (o'zini o'zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, so'rov, sosiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz (aniqlash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug'ilganidan umrining oxirigacha sodir bo'ladigan psixologik o'zgarishlarni chuqurroq va ob'ektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.

Download 92.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling