Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari


Download 92.27 Kb.
bet7/25
Sana07.03.2023
Hajmi92.27 Kb.
#1246622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
BITITUV ISHI

Test metodi. Test — inglizcha so'z bo'lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o'sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo'llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo'llanadi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig'ilgan psixologik ma'lumotlarning ob'ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog'liqdir.
1905 yildan, ya'ni frantsuz psixologi A.Bine va uniig shogirdi T.Simon insonning aqliy o'sish va iste'dod darajalarini o'lchash imkoniyati borligi g'oyasini olg'a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo'llana boshlandi.
Psixologiya fanida testlashtirish mana bu ijtimoiy tuzilmalarga yo'naltiriladi: a) uzluksiz ta'lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v) keng ko'lamli psixologik maslahatga.
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq, bola, o'spirin, balog'atga etgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq, qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Tajriba metodi o'z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo'llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy ta'riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a'zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o'qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o'zgarishlari, o'zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Laboratoriya (klinika) metodi ko'pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo'l-yo'riqlar, tavsiyalar, ko'rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o'zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funktsiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o'lchashda qo'llanadi. Ko'pincha detektorlar, elektron va radio o'lchagichlar, Sekundomer, refloksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektroentsefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari emosional hamda irodaviy va aqliy zo'riqish singarn murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko'pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko'tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko'rsatishi bo'yicha o'zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo'riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo'layotganini ifodalovchi ma'lumotlar olinadi.

Download 92.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling