O’quv mashg’
Mustahkamlash uchun savollar
Download 0.9 Mb.
|
Bol.pazan tex.majmumua
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qu v mash g’ ulotining o’q itish texnologiyasi modeli
- GO‘SHTLI MAHSYLOTLARDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR GO‘SHTLI MASTAVA VA MOSHXO‘RDA
- Masalliq
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Parranda va ilvasin to‘sh go‘shtidan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlarini ayting? 2. Go’sht turlarini aytib bering? 3. Qiyma mahsulotidan qanday yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi? 4. Qiyma go‘shti qanday tayyorlanadi? Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi № 18. Mavzu: Pazandachilikda issiqlik ishlovi berish usullari suyuq taomlar. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
№ 18. Mavzu: Pazandachilikda issiqlik ishlovi berish usullari suyuq taomlar. Reja: 1.Pazandachilikda issiqlik ishlovi berish usullari. 2.Suyuq ovqatlar turlari. 3.Mastava tayyorlash texnologiyasi. Sho’rvalar Sho’rvalar pazandachilik mahsulotlari ichida xilma-xil guruhlarga ega bo’ladi, ularni birinchi taomlar deb ataladi. O’zbekiston xalqining kunlik iste'molida sho’rvalar birinchi o’rinda turadi. Suyuq oshlar to’ldirgichli, sutli, pyureli, sovuq va shirinlarga bo’linadi. To’ldirgichli sho’rvalar Sho’rvalar eng muhim va xilma-xil bo’lgan birinchi taomlardir. To’ldirgichli sho’rvalar vegetariancha, suyakli, go’sht-suyakli, baliq bulonlaridan tayyorlanadi. Ishlatiladigan mahsulotga qarab to’ldirgichli sho’rvalar, shchi, borsh, kartoshkali sho’rvalar, yormali, dukakli va makaron mahsulotlaridan tayyorlangan sho’rvalarga bo’linadi. Suyakli, go’sht-suyakli, go’sht va qo’ziqorinli, bulonlardan xar xil mahsulot qo’shib sho’rvalar pishiriladi. Baliq bulonida kartoshkali sho’rvalar, rassolnik, solyanka, shchi tayyorlaniladi. To’ldirgichli sho’rvalar tayyorlash uchun yormani saralab, suvini bir necha marta almashtirib ivitiladi. Suli yormasini yuvilgandan so’ng qaynab turgan suvga solinadi va chala tayyor bo’lguncha pishiriladi. Qaynab chiqqan suvni to’kib tashlab, yormani alohida yuvib olinadi. Chunki suv bemaza ta'm berishi mumkin. Dukkaklilarni saralab, yuvib, suvga solinadi ( 2-3 l suvga, 1kg) loviya va moshni 5-8, no’xatni - 3-4 soatga ivitib qo’yiladi. Keyin o’sha suvda tuz qo’shmasdan qopqog’i yopiq holda pishiriladi. Makaronni tozalab olib, qaynab turgan suvga solinadi. Makaron 30- 40 daqiqa, lapsha 20-25 daqiqa, vermishel 10-15 daqiqa pishiriladi. To’ldirgichli ovqatlar uchun tomat pyuresini qovurib olinadi. GO‘SHTLI MAHSYLOTLARDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR GO‘SHTLI MASTAVA VA MOSHXO‘RDA Go‘shtli mastava tayyorlashda quyidagi ishlar amalga bajariladi. yog‘liq go‘shtni qiymalab, mayin to‘g‘ralgan piyoz, tuz va murch qo‘shib mijg‘iladi. Qiymadan gilos kattaligida kiftalar yasaladi. Suyakni qozonga solib qaynab chiqkanidan so‘ng, to‘g‘ralgan piyoz, pomidor, kubik qo‘shib to‘g‘ralgan sabzi, sholg‘om yoki kartoshka va tayyorlangan qiymani solib 40 - 45 minut davomida mildiratib qaynatiladi, tuzini rostlanib, yuvilgan guruch solinadida, ezilib ketmay turib qozon olovdan olinadi. Taomni kosalarga quyib, yuziga qirqilgan yalpiz yoki kashnich, yo kuk piyoz solib dasturxonga keltiriladi. Alohida idishda qattiq beriladi. Masalliq: 500 gr go‘sht, 3 - 4 bosh piyoz, 1 - 2 dona pomidor, 2 dona sabzi, 2 dona kartoshka yoki sholg‘om, 1,5 stakan guruch, tuz va oshko‘klar ta’bga ko‘ra, qo‘shish uchun 1 stakan qattiq kerak bo‘ladi. Go‘shgtli mastavani mustaqil uzingiz pishirish uchun quyidagicha ish yuriting. Qo‘y go‘shti va yog‘ini mayda to‘g‘raysiz. Yog‘ni eritib, jizzasini olasizda, dog‘langach, go‘shtini solib, qizarguncha qovurasiz va to‘g‘ralgan piyoz bilan pomidor solib qovurishni picha davom ettirasiz. Pomidor ezilganda mayda kubik qilib to‘g‘ralgan sabzi, katta kubik qilib to‘g‘ralgan kartoshka solib, sabzisi yumshaganda suv kuyasiz. Sho‘rvasi yaxshi pishganda tuzini rostlab, yuvilgan guruch solasiz va uncha ezilib ketmay turib olovni uchirasiz. Dasturxonga tortishdan 5 - 6 minut oldin «dam edirib», so‘ng kosalarga taqsimlaysiz, yuziga qirqilgan kashnich yoki rayhon sepib mexmon dasturxoniga keltirasiz. Piyolada qattiq, tuyilgan murchni alohida idishda quyasiz. Masalliq: 500 gr go‘sht, 100 gr yog‘, 2 bosh piyoz, 2 dona sabzi, 3 - 4 dona pomidor, 2 dona kartoshka, 300 gr guruch, oshkuq ziravor, tuz va qattiq ta’bga ko‘ra olinadi. Moshxo‘rda. Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha quy yoki mol go‘shti vazni 15-20 gramm hisobida kubik shaklida kesiladi. Qozondagi dog‘langan yog‘ga go‘sht solinib, qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi, keyin bosh piyoz (halqa yoki yarim halqa) solinib qovuriladi, so‘ngra sabzi (mayda kubik) solinib bir oz qovuriladi va sovuq suv yoki go‘sht, suyak pishirilgan sho‘rva, saralab yuvilgan mosh solinib, qaynash darajasigacha miltillatib qaynatiladi. Mosh ochilgandan so‘ng saralab yuvilgan guruch solib qaynash darajasiga etkazib, kartoshka (mayda kubik) solib qaynatib, taom tayyor bo‘lishidan avval tuz, ziravor solinadi. Dasturxonga tortishda kosalarga bir qoshiq qatiq, mayda to‘g‘ralgan ko‘kat solib keltiriladi. Go‘shtli mastavani pishirishda birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha mol yoki qo‘y go‘shti vazni 5-10 g. hisobida lo‘nda lo‘nda qilib to‘g‘raladi. Qozondagi dog‘langan yog‘ga go‘sht solinib jazlanadi, keyin mayda to‘g‘ralgan bosh piyoz solinib qovuriladi, sabzi, sholg‘om (mayda kubik shaklida) solib bir oz qovurib, yupqa kesilgan pomidor yoki tomat solinib, qizarguncha qovuriladi. Keyin sovuq suv yoki go‘sht, suyak qaynatilgan sho‘rva solinib, qaynash darajasigacha 5-10 daqiqa miltillatib qaynagandan so‘ng guruch solinadi, u qaynab chiqgach, kartoshka solinib, taom tayyor bo‘lishdan avval ta’bga ko‘ra tuz, ziravor solinadi. Dasturxonga tortishda taom yuziga yalpiz, rayxon, kashnich yoki kuk piyoz to‘g‘rab sepiladi, alohida idishda qatiq beriladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling