O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 5 ~ 
 
tarkibida azotli asoslar 2 ga bo'linadi. Bular: purin va pirimidin azot asoslari. Purin azot 
asoslariga adenine (A) va guanin (G) pirimidin azot asoslariga timin (T), sitozin (S yoki 
TS) hamda RNKda timinning o'rniga uratsil (U) kiradi. 
Barcha tirik organizmlarning hujayrasidagi eng muhim biopolimerlardan biri nuklein 
kislotalarning monomeri bu – nuleotidlardir. Nukleozidga fosfat kislota birlashsa 
nukleotid hosil bo`ladi. Kimyoviy jihatdan DNK va RNK lar polimerlar bo`lib, ularning 
monomeri nukleotidlardir Nukleotidlar 3 xil mod- da - azot asosi, uglevod va fosfat 
kislotadan tarkib topgan. Nukleotiddan fosfat kislota ajralgandan keyin qolgan azot asosi 
va uglevoddan iborat ikki komponentli birikma nukleozid deyiladi. Nukleozid bir, ikki, 
uchta anorganik fosfat kislota qoldig‗i bilan birikkan bo'lishi mumkin, ular nukleozid 
monofosfat, difosfat, trifosfat deb ataladi. Masalan, erkin nukleotidlardan ATF 
(adenozintrifosfat)... 
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‗p fiziologik jarayonlarda 
muhim o'rin tutadi. Bir qator erkin nukleotidlar fermentlarning faol koferment guruhlari 
sifatida fermentning katalitik reaksiyalarini ta‘minlaydi, ular qatorida oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarida vodorodni qabul qiluvchi akseptorlar NAD va NADF, FAD, 
ATF lar. Erkin nukleotidlar orasida eng muhimi ATFdir. 
1950-yilda E. Chargraff barcha organizmlarning DNK molekulasida adeninning soni 
timinnikiga, guaninniki esa sitozinning soniga doinio to'g'ri kelishini aniqladi ya`ni purin 
asoslari soni doim pirimidin asoslari soniga teng bo`ladi. A+G / T+S = 1 
 
DNKda har bir nukleotid orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3, 4 A° ga teng. Har bir 
nukleotidning massasi o‗rtacha 330. DNKning molekular massasi juda katta. Butun holda 
ajratib olingan eng katta DNKning molekular massasi 10 

daltonga teng. DNKning bir 
marta to‘liq aylanasi 10 juft nukleotiddan iborat bolib, uzunligi 34 A° teng. 
DNK tarkibidagi nukleotidlar vodorod bog‘lar orqali bog'lanadi A va T o'rtasida ikkita 
vodorod bog‘ (A=T) . G va C o’rtasida esa uchta vodorod bog‘ (G=C) bo‘ladi. Lekin 
hech qachon A va G yoki S va T o'rtasida vodorod bog'lar bo‗lmaydi. RNK asosan bitta 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling