O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 9 ~ 
 
Mutatsiyalar oqsil sintezining buzilishiga olib keladi. buning natijasida oqsilning 
funksional faolligi o`zgaradi, tuzilishi,soni, shakli ham o`zgarishi mumkin. Masalan 
xromosoma mutatsiyalaridan deletsiya – xromosomalar o`rta qismining ajralishi, 
duplikatsiya – xromosomalarning ayrim qismining ortishi, inversiya – xromosoma ayrim 
bo`lagining 180
0
ga burilishi, translokatsiya – xromosoma bir qismining boshqa 
nogomologik xromosomaga qo`shilishi oqibatida yuzaga keladi.
Odam tanasida DNK molekulasi xili uning jinsiga bog`liq bo`ladi ya`ni erkak organizmida 
24 xil DNK, ayol organizmida 23 xil DNK bo`ladi. Bu farq 23-juft xromosomaning XY 
yoki XX bo`lishiga bog`liq. Ba`zi organizmlarda geterogametalik degan tushuncha 
kuzatiladi ya`ni ularning urg`ochisida oxirgi jinsiy xromosoma jufti XY holatda, 
erkaklarida XX holatda uchraydi. Bularga: sudralib yuruvchilar, qushlar, ayrim 
hasharotlar (kapalaklar) kiradi. 
 
Genetik kod. Izoh: AUG – start kodon; UAA, UAG, UGA terminator – stop kodonlar. 
 
RESTRIKTAZALAR. Gen muhandisligida foydaliligi nuqtayi nazaridan maxsus 
endonukleazalar alohida guruhni tashkil etadi. Tabiatda biror mikroorganizm 
hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza 
fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. Genlar ustida bevosita muolajalar o‗tkazish 
usullarining takomillashtirilishi restriksion endonukleazalar (restriktazalar)ning ochilishi
bilan bog‗liqdir. Esherichia coli (E.coli)ning alohida shtammi DNKsi boshqa shtamm
hujayrasiga kiritilganda, odatda, genetic faollik ko‗rsata olmaydi. Chunki u maxsus 


2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 10 ~ 
 
fermentlar-restriktazalar bilan tezda bo‗laklarga bo‗lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil 
mikroorganizmlardan har xil restriktazalar ajratib olingan. 
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari 
restriksiya saytlari (nuqtalari)ni tanib kesadigan, gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi. 
Yot DNKni parchalaydigan har qanday restriktaza fermenti 
DNKni o‗ziga mos 4–6 ta nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi, natijada to‗mtoq
yoki yopishqoq uchli bir nechta DNK bo‗laklari hosil bo‗ladi. 
Yopishqoq uchli DNK bo‗laklarining qo‗sh zanjiri bir necha nukleotidga siljigan holda
bo‗laklarga ajraladi. Xuddi shunday bo‗laklar o‗zaro komplementar juftlar hosil qilib, 
birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‗lagini plazmida yoki bakteriya virusiga kiritish 
mumkin. 
Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turning lotincha nomini 
bosh harfl ari va qo‗shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan 
bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‗lishi mumkin. 
Shu bilan birga qo‗sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi
restriktazalar (EcoR I va BamHI), «to‗mtoq» uchlar hosil qilib, DNK qo`sh zanjirini 
qaychi singari shartta ikkiga kesuvchi restriktazalar (Hpa I va HaeIII) ham mavjud.
Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‗laklarini 
bir-biriga bog‗lash soddalashadi. 
Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng qo‗llaniladi. 
Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK molekulasini bo‗laklarga bo‗lib, elektroforez
qurilmasida o‗ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib olish imkonini berdi. Bu usulda
ajratib olingan DNK bo‗laklaridan gen muhandisligida 
foydalaniladi. 
BamHI – jami 12 ta bog` uzadi: 10 ta vodorod bog`, 2 ta fosfodiefir bog`ni uzadi. 
EcoR I – jami 10 ta bog` uzadi: 8 ta vodorod bog`, 2 ta fosfodiefir bog`ni uzadi. 
Hpa I va HaeIII faqat 2 ta fosfodiefir bog` uzadi . 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling