O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 6 ~ 
 
zanjirdan iborat bo'lganligi uchun unda vodorod bog'lar yo'q. Uning polinukleotid 
zanjirida mononuleotidlar esa o`zaro fosfodiefir bog`lari bilan ulanib, uzun zanjirni hosil 
qiladi. Fosfodiefir bog` DNK da ham, RNK da ham bo`ladi. 
 
DNK va RNK NUKLEOTIDLARI 
RNK - ribonuklein kislota ham polimer bo'lib, monomerlari nukleotidlardir. RNK 
ham DNKga o‗xshash azotli asos, uglevod va fosfat kislotalardan iborat. Faqat azotli 
asoslardan DNKda timin - T bo'lsa, RNK molekulasida timinning o‗rniga uratsil - U 
bo'ladi va uglevod komponenti sifatida riboza mavjud. RNK molekulasi asosan bitta 
zanjirdan iborat bo'lib, DNK molekulasiga nisbatan kalta va molekular og‗irligi ham ancha 
kichikdir. RNKning asosiy vazifasi hujayrada kechadigan eng muhirn jarayonlardan biri 
bo'lgan oqsillar biosintezini amalga oshirishdir. RNKning 3 ta turi tafovut qilinadi: 
1.. i-RNK informatsion (axborotli) RNK bo'lib, irsiy axborotni DNK molekulasidan 
ko'chirib, uni yadrodan oqsil sintez qilayotgan joyga chiqaradi. i-RNK oqsil biosintezida 
matritsa, ya‘ni andoza vazifasini bajaradi. Shuning uchun u matritsa RNK (mRNK)si ham 
RNK turlari Nukleotidlar
soni 
Molekulyar 
massasi 
Miqdori (%) 
t-RNK 
75 – 100
23000 – 30000
18 % 
r-RNK 
100 – 3100
35000 – 1100000
80 % 
i-RNK 
75 – 3000
25000 – 1000000
2 % 


2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 7 ~ 
 
deyiladi. DNK asosida RNKni sintez qiladigan RNK polimeraza fermentini R.B.Xesin 
aniqlagan. 
2.. t-RNK transport (tashuvchi) RNK bo'lib, oqsil sintezi bolayotgan joyga aminokislotalar taskib 
keltiradi. Polipeptid zanjirini hosil qiladigan aminokislotalarning har biri uchun bittadan t-RNK 
mavjud. t-RNKning bir- lamchi strukturasining ayrim qismlaridagi nukleotidlar qo'sh asoslar hosil 
qilib birikishi natijasida «beda bargi» nomi bilan yuritiladigan ikkilamchi struktura kelib chiqadi. 
Hujayrada t-RNK o'ziga xos muhim vazifani bajaradi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, oqsil sintezi 
jarayonida ATF energiyasi orqali faollashgan aminokislotani aminotsil uchiga biriktirib olib, uni 
ribosomadagi maxsus joyga yetkazadi. 
3.. r-RNK ribosomal RNK hujayradagi ribosoma tarkibiga kiradi va ribosomaning skeletini tuzadi. 
RNKning bu turi prokariot va eukariot liujayralarida rnavjud bo‗lib, ribosomalarda bir necha xillari 
uchraydi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling