O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet11/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Qizilqir I neolit makoni. Bu yodgorlik Buxoro vohasidagi neolit davri yodgorliklaridan biridir. U Buxorodan 40 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Makonni arxeologik jihatdan kovlash vaqtida undan manzilgoh va ustaxona topilgan. Manzilgoh-ustaxona qum tepalari orasidagi taqir erga joylashgan. Uning madaniy qatlamlaridan, ustaxona-manzilgoh quyi qatlamidan kaltaminor madaniyatiga xos bo‘lgan qirg‘ichlar, randalar, teshgichlar, parrak va parrakchalar, mikrolit qurollari ko‘plab topilgan. Shuningdek, sodda qilib ishlangan sopol idishlarning parchalari ham topilgan. Qizilqir I ustaxona-makonda turar joy ham, toshdan qurollar, loydan sopol idishlar yasaydigan ustaxona ham bo‘lgan. Qizilqirning yuqori qatlami bronza davriga mansub bo‘lsa, quyi qismi kaltaminor madaniyatiga xos bo‘lib, sanasi miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga borib taqaladi. Aftidan bu yerda aholi o‘troq yashab, hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa kerak. Madaniy qatlamdan topilgan buyumlar olimlarni shunday xulosa chiqarishga olib kelgan.
Qizilqum neolit yodgorliklari. Chinkeldi neolit makoni. Bu yodgorlik Qizilqumdan topilgan «neolit davri joy-makonlaridan biri hisoblanadi. Bu makon Qadimgi Zarafshon daryosining eng qadimgi o‘zanlaridan biri - Daryo soyning qurib qolgan o‘zani sohillaridan g‘arbda joylashgan Chinkeldi degan joydan topilgan. Arxeologlar Chinkeldi va uning atroflaridan nukleus, uchrindi, yo‘ngich, tosh bolta va boshqa tosh buyumlar topganlar. Mutaxassislar tosh qurollarni sinchiklab o‘rganib, O‘rta Osiyoning boshqa joylaridan topilgan neolit davri joy-makonlaridan topilgan qurollar bilan qiyoslash natijasida ular Chinkeldi makoni ilk neolit davriga - milloddan avvalgi VI-V mingyillikka mansub, degan fikrga kelganlar.
Chinkeldi makonidan topilgan tosh buyum va qurollar ancha qadimiylashtirib yuborilganga o‘xshaydi. Chunki Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Buxorodagi neolit davri yodgorliklari miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga mansubdir. Shunga ko‘rag Chinkeldi makoni miloddan avvalgi VI-V mingyillik emas, balki V-IV-mingyillikka mansub deyilsa, haqiqatga yaqin bo‘ladi. So‘nggi yillardagi qidirish natijasida Daryosoy o‘zanining sohillari atrofidan yangi tosh asriga mansub plastinkalar, siniqlar, qirg‘ichlar, tarashalagichlar, mayda plastinkalar trapetsiyalar topilgan. Qizig‘i shundaki, bu yerdan boshqa joyga xos bo‘lmagan, o‘ziga xos shoxdor trapetsiyalar topildi. Neolit davriga mansub tosh buyum va qurollar Qizilqumdagi Echkiliksoydan, Xo‘ja Gumbazdan, Aznek qudug‘i atrofidagi Qoraqat degan joydan xam topildi. Ayni vaqtda bu makonlardan xilma-xil naqshli sodda sopol idishlarning parchalari ham topilgan. Daryosoydan topilgan tosh quroll ar va sopol idishlar bilan Echkilik, Xo‘ja Gumbaz, Qoraqatdan topilgan buyumlar orasida o‘zaro o‘xshashliklar ko‘p. Bular ham Daryosoy tipidagi neolit yodgorliklari hisoblanadi. Arxeologlarning fikricha, Qizilqumning janubi-g‘arbiy chekkasida joylashgan Daryosoy tipidagi bu joy-makonlar ilk neolitga mansub bo‘lib, miloddan avvalgi VI-IV mingyilliklarga mansub bo‘lishi mumkin.
Daryosoy va unga tutash bo‘lgan joylardan neolit makonlarining topilishi tasodifiy emas, albatta. Qadimgi Zarafshon daryosining irmoqlaridan biri bo‘lgan Daryosoydan miloddan avvalgi VI-IV mingyillik va undan keyingi davrda ancha ko‘p suv oqqan. Neolit davri kishilari daryo sohilida makon topib, baliqchilik, ovchilik, ehtimol chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling