O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet7/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Darai sho‘r makoni. Bu makon Norak suv omborining yuqori tomonida, Vaxsh daryosi sohilida joylashgan. Arxeologlarning ma’lumotlariga qaraganda, bu makon ungurining balandligi 4,5 metr, kengligi 20 metr va chuqurligi 4 metrdan iborat. Ungur oldida katta sayxon joy ham bor. Hozir ungur Norak suv ombori ostida qolib ketgan. Darai sho‘r ungurini qazish natijasida 6500 dan ortiq tosh buyum va qurollar topilgan. Bu buyum va qurollar daryoning shag‘al toshlaridan va chaqmoqtoshdan yasalgan. Darai sho‘r ungurining quyi qatlamlarida qurol o‘rnida ishlatiladigan o‘tkir uchli ingichka toshlar, trapetsiyalar, segmentlar va mayda tosh qurollar ko‘p uchraydi. Ular shakl va ko‘rinishi jihatidan yuqori qatlamdagi neolit qurollaridan farq qiladi. Ayniqsa o‘tkir uchli ingichka toshlar va segmentlar Soy-Sayyod va Tutqovulning madaniy qatlamidan topilgan shu shakldagi buyum va qurollarga o‘xshab ketadi. Ular esa rivojlangan mezolit davriga mansubdir. Xuddi shunday qurollar Obi kiyik, Oqcha daryo tarmog‘i va Shimoliy Afg‘onistondan ham topilgan va ular mezolit davriga taalluqli ekan. Demak, Darai sho‘rning quyi qatlamidan topilgan buyumlar va qurollar ham mezolit davriga mansubdir. Bu miloddan avvalgi VIII-VII mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. Darai sho‘rdan topilgan mezolit davri qurollari ko‘p jihatdan O‘rta Osiyoning boshqa joylaridan topilgan mezolit qurollaridan farqlanuvchi o‘ziga xos xususiyatga ham egaki, buni hozir alohida Vaxsh mezolit madaniyati nomi bilan atash mumkin.
Shunday qilib, miloddan avvalgi XI-VI mingyilliklarda Kaspiy bo‘ylaridan Pomir tog‘larigacha, Ko‘xitosh va Kopetdog‘dan Markaziy Qozog‘istongacha bo‘lgan keng maydonda mezolit qabilalari yashaganlar. Bu joylarning geografik sharoiti xilma-xil bo‘lib, tog‘li o‘lkalarda yashagan qabilalar va urug‘lar Vaxsh mezolit madaniyatini yaratib, ular asosan ovchilik, termachilik bilan shug‘ullanganlar. Lekin ular xo‘jaligida xonaki hayvonlarning izlari ham ko‘rinadi. Mezolit davri qabilalari metalldan foydalanmaganlar, ularda ham sopol idishlar bo‘lmagan. Dasht va tekisliklarda, dengiz, ko‘l va daryo sohillarida yashovchi mezolit qabilalari esa asosan ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Ularda dehqonchilik ham, chorvachilik ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Demak, mezolit davri o‘zidan oldin o‘tgan qadimgi tosh asriga nisbatan qurollarning turi, sifati, ishlanish texnikasi jihatidan ham, xo‘jalikning rivojlanishi va odamlar tafakkurining o‘sishi jihatidan ham olg‘a katta qadam tashlab, jiddiy natijalarga erishgan. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumining bundan keyingi rivojiga asos yaratib, shart-sharoit vujudga keltirgan.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling