O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet5/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Jayronquduq makonlari. Aydabol qudug‘idan 6-8 km g‘arbda Jayronquduq sho‘rxogi topilgan. U mazkur janubiy qiyalikda, cho‘ponlarning shu yerdagi qishlov joyidan 1,5 km sharqda joylashgan. Jayronquduq I makonidan siniqlar, tosh chiqindilari, nukleus va uning bo‘laklari, mayda tosh parchalari, retushsiz parraklar, ikkinchi marta ishlov berilgan uchburchakli siniqlar, retush berilgan pichoqsimon parraklar, qirg‘ichlar, retushli trapetsiyalar va boshqa buyumlar topilgan. U erdan sopol parchalari topilmagan. Jayronquduq I makonidan topilgan tosh buyum va qurollar mezolit davriga - miloddan avvalgi VII—VI mingyilliklarga mansub, deb qaralmoqda. Aydabol va Jayronquduqdan topilgan buyumlar va qurollar Ustyurt va Orolbo‘yi mezolit qabilalari hayotida baliqchilik va ovchilik muhim ahamiyat kasb etgan degan fikrni aytishga imkon beradi.
Qo‘shni Tojikiston hududining turli joylarida ham tosh asrining o‘rta bosqichi -mezolitga mansub yodgorliklar ancha keng tarqalgan. Bular Dangara, Sho‘rto‘z, Chilchor chashma, Iliq ko‘l, Daxana, Daxana kiyik, Oshxona, Qoratumshuq, Shugnau, Quyi Bulyon, Tutqovul, Issiq, Koyin-Solomo kabi mezolit davri makonlaridir.
Oshxona makoni. Bu makon Tojikistondagina emas, balki O‘rta Osiyodagi eng mashhur mezolit yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Makon Pomir tog‘ining eng sharqiy chekkasida bo‘lib, Uysuv daryosi vodiysidagi Markonsuv daryosining yuqori oqimida dengiz sathidan 4100 metr balandda joylashgan. Arxeologlar Oshxona makonidan chaqmoktosh va kvarsdan yasalgan tosh qurollar va ularning siniqlarini topishga muvofiq bo‘lganlar. Ayni vaqtda u yerda har xil yovvoyi hayvonlarning suyaklari, o‘choq izlari, terak, qayin va archa yog‘ochining ko‘mir qoldiqlari ham topilgan. Oshxona makonining asosiy qurollari nukleus, parrak va parrakcha, siniq, teshgichlar va boshqa mikrolitlardan iborat. Shuningdek, u yerdan nayza va kamon o‘qi poykonlari ham topilganligi diqqatga sazovordir. Oshxona makoni materiallari har tomonlama o‘rganib chiqish natijasida mezolit davriga - miloddan avvalgi 9500 ± 130 mingyillikka mansub ekanligi aniqlangan.
Sharqiy Pomirdagi Qoratumshuq va Alichur daryosining yuqori oqimndagi joylardan xam mezolit davriga mansub uchrindi, nukleus, qirg‘ich, kamon o‘qlarining uchi, parrakchalar topilganki, ular ham Oshxona mezolit davri makoni bilan zamondosh bo‘lishi mumkin.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling