O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi
Download 339.5 Kb.
|
2,2 mezolit neolit (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darvozaqir II joy-makoni
Darvozaqir I joy-makoni. Bu yodgorlik uch madaniy qatlamli neolit, davri turar joyi bo‘lib, Buxoro viloyatining Qorako‘l shaharchasidan 40-45 km shimoli-g‘arbdagi Katta Tuzkon ko‘lidan 600-700 metr masofada joylashgan. Uning yuqori qatlami buzilib ketgan bo‘lishiga qaramay, madaniy qatlami ancha boy. Undan silliqlangan tosh bolta, qirg‘ich, teshgich, o‘roq-randa, parma topilgan. Ikkinchi qatlamidan esa gulxan qoldiqlari va oz miqdorda qurollar topilgan. Uchinchi qatlami taqirda bo‘lib, 1 va 2 qatlamga nisbatan ancha boydir. Uchinchi qatlamdan o‘choqlar va turar joy qoldig‘i topilgan. Moddiy madaniyat qoldiqlari orasida silliqlangan tosh bolta, boshqa xil tosh qurollar, to‘lqinli chiziqlar bilan bezatilgan sopol buyumlar va hayvon suyaklariiing qoldiqlari topilgan. Darvozaqir I makonida 81 m 2 va 7X11,6 kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchakli turar joy qoldig‘i saqlanib qolgan bo‘lib, uning har yer-har yerida kichik-kichik chuqurchalar uchraydi. Bu chuqurchalarga ustun va ustunchalar qo‘yilgan bo‘lsa kerak. Bu turar joy yog‘ochdan yasalib, usti qamish bilan berkitilgan chayla bo‘lgan. Xona ichida o‘choqlarning izlari yo‘q, unga sharq tomondan kirilgan bo‘lsa kerak.
Darvozaqir II joy-makoni. Bu yodgorlik bir qatlamli neolit davri makonidir. U Katta Tuzkon ko‘lining shimoliy qismida joylashgan. Qazish ishlari natijasida undan ko‘p miqdorda tosh qurollar-qirg‘ichlar, o‘roqlar, pichoq, tosh ushatgich, teshgichlar, nukleuslar, uchrindilar, plastinkalar va tosh chiqindilar topilgan. Jami 584 tosh buyumdan 35 % i tosh qurollar bo‘lib, qolganlari tosh chiqindilaridan iboratdir. Ular orasida pichoqsimon parrakchalardan yasalgan mayda qurolchalar ko‘pchnlikni tashkil etadi. Darvozaqir II dan chig‘anoq va marmardan yasalgan har xil shakldagi munchoqlar ham topilgan. Makondan qo‘lda ishlanib, so‘ng pishirilgan sopol idishlarning topilishi diqqatga sazovordir. Ular har xil naqshlar bilan bezatilgan, ular ko‘p jihatlari bilan Xorazmdan topilgan Kaltaminor sopol idishlariga o‘xshab ketadi. Mohondaryodagi neolit davri makonlarining aksariyati Katta Tuzkon ko‘li soxili atrofida joylashgan bo‘lib, u yer da 35 ta joy-makon topilgan. Bu joy-makonlar bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan. Bu joylardan toshdan yasalgan qirg‘ichlar, pichoqlar, parraklar, o‘roq-randalar, nayza uchlari - poykonlar, o‘roqlar, o‘q uchlari, siniqlar, nukleuslar, parma, teshgichlar, o‘roq qadamlari, yorg‘uchoq, dasta, artgich, qayroqtosh, bolta va boshqa tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollardan tashqari, u yerdan taqinchoq va munchoqlar ham topilgan. Katta Tuzkondan suyakdan yasalgan qurollar topilgan emas. Katta Tuzkon makonlarining aksariyatidan sopol idishlarning parchalari ko‘plab topilgan. Ularning katta-kichikligi, bezagi har xil bo‘lib, og‘zi kengroq, tag tomoni esa pastga tomon dumdumaloq. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling