O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet17/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Qirq sakkiz makoni- Bu makon Qorabo‘gozdan sharqda bo‘lib, undan 40 ta tosh buyum terilgan. Shundan 34 tasi chiqindi toshlar va 6 tasi qurollardir. Qurollarning 3 tasi parrakchadan yasalgan qirg‘ich, ikkitasi keng parrakdan yasalgan tosh pichoq qadamasining parchasi va ixcham uchrindidan tayyorlangan teshkichdir. Qirq sakkiz makonidan topilgan tosh buyumlar texnik xususiyatlari jihatidan Xo‘jasuv, Chag‘anoqtepa, Janak va Chagildan topilgan neolit davri qurollariga aynan o‘xshaydi. Demak Qirq sakkiz makonidan topilgan terma tosh qurollar ham ilk neolit davriga oid bo‘lib, miloddan avvalgi VI mingyillikka mansub bo‘lishi mumkin.
Chagil makoni. Bu yodgorlik Qorabo‘g‘ozning shimoli-sharqiy chekkasidan 50 km chamasi sharqda joylashgan. Chagildan topilgan buyumlar ikkita alohi da joydan to‘plangan bo‘lib, ular Chagil I va Chagil II deb yuritiladi.
Chagil I. Bu joydan jami 1389 ta tosh buyum terib to‘plangan. Shundan 767 tasi parrak, 315 tasi uchrindi, 298 tasi qurol, 5 tasi chaqmoqtosh parchasi va 4 tasi nukleusdir. Chagil I dan topilgan tosh qurollar orasida mayda parrakchalardan yasalgan retushli mayda qadamlar ko‘p bo‘lib, ular suyak yoki yog‘och dastakasoslarga o‘rnatilgan, kesuvchi qurol va nayza sifatida foydalanilgan bo‘lishi mumkin. U yerdan topilgan ba’zi parraklar, tosh pichoq yoki pichok qadamasi kesuvchi qurol vazifasini bajargan. Chagil I dan har xil shakldagi qirg‘ichlar ham, o‘roq-randalar ham, trapetsiya, teshgich qurollar ham topilgan. Ularning aksariyati retushlangan. Qurollar oldingi joylardagiga nisbatan ancha mukammal ishlangan bo‘lib, ularning aksariyati parrak va parrakchalardan ishlangan. Chagil I da keskich va ushatgich qurollar, parma toshlar uchramaydi. Arxeologlar Chagil I makoniadan topilgan buyumlarning sanasi avvalgilaridan bir oz yoshroq bo‘lsa kerak, degan fikrdalar. Bu miloddan avvalgi V mingyillik demakdir.
Chagil II. Bu makon maydoni qum barxanlar orasida. U erdan 255 ta tosh buyum terib to‘plangan bo‘lib, shulardan 242 tasi uchrindilar va tosh chiqindilaridir. Bu makondan amorf va konus shaklidagi nukleuslar, yirik parraklar ham topilgan. Ayni vaqtda mayda plastinkalar ham uchraydi. Chagil II dan qirg‘ichlar, o‘roq-randalar, keskich-randalar, teshgichlar, parmalar, trapetsiyalar ham topilib, ularning ba’zilari kamon o‘qlarining poykonlarini eslatadi. Ammo Chagil II dan toshdan yasalgan kamon o‘qining bargsimon shakli ham topilgan, uning yon tomonlariga ishlov berilgan. Xuddi shunday kamon o‘qining uchi Jebel makonining V a qatlamidan ham topilgan. Shu kabi poykonlar Kaltaminor madaniyati yodgorliklarida ham uchraydi. Chagil II tosh qurollarining ishlanish texnikasi o‘ziga xos bo‘lib, Qorabo‘g‘ozning boshqa joylaridan topilgan qurollarning ishlanish texnikasidan farq qiladi. Lekin ular orasida o‘zaro o‘xshashlik ham bor.
Qorabo‘g‘oz rayoni atrofidan topilgan qurollar o‘zining mezolitga yaqinligi bilan ajralib turadi. Qorabo‘g‘oz atroflaridan topilgan qurollar O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining so‘nggi mezolit, ilk neolit va Kaltaminor yodgorliklaridan topilgan qurollar bilan taqqoslansa, Xo‘jasuv I a, Chag‘anoqtepa, Janak Qirq sakkiz va Chagil makonlaridan topilgan buyumlar ham ilk neolit davriga, ya’ni miloddan avvalgi VI mingyillikka mansub ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ammo Xo‘jasuv I dan topilgan tosh qurollar qadimiyroq mezolitga mansub bo‘lishi ham mumkin. Mehnat qurollarining turi, geografik muhit va boshqa omillarga qaraganda Qorabo‘g‘oz atrofida yashagan neolit davri kishilari baliqchilik, ovchilik bilan kun kechirganlar. Xujasuv, Chag‘anoqtepa, Janak, Qirq sakkiz va Chagil neolit davri kishilarining vaqtincha kelib-ketadigan manzilgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Mazkur joyda madaniy qatlamlarning yo‘qligi shundan dalolat beradi.
Qozog‘istonda mezolit va neolit davri yodgorliklari ham ancha keng tarqalgan bo‘lib, ularning umumiy soni 400 dan oshadi. Neolit davri makonlari o‘z xususiyatiga ko‘ra 4 xildir: ular buloqbo‘yi, daryobo‘yi, ko‘lbo‘yi va g‘or makonlaridir. Qozog‘istondagi neolit davri yodgorliklarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning bchщ holda bo‘lishidir. Qozog‘istondagi, xususan uning janubidagi neolit davri makonlarining eng mashhuri Qoratog‘ janubidagi Burgutli, Uchbuloq, Qoraungur, Inkardaryo, Jalpoq, Saksovul I, Agispe, Qosmala va boshqalardir; mazkur joylar atrofidan juda ko‘p neolit maskanlari topib o‘rganilgan. Bu maskanlardan ko‘plab kamon o‘qlari va nayza uchlari, tosh boltalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, nukleuslar, parraklar, teshgich va boshqa qurollar topilgan. Ayni vaqtda Qoraungur kabi maskanlardan qo‘lda yasalgan tagi yumaloq sodda sopol idishlarning parchalari ham topilgan bo‘lib, ular chizma usulda har xil bezaklar bilan naqshlangan. Janubiy Qozog‘iston, Orol bo‘yi neolit davri kishilari miloddan avvalgi V-III mingyilliklarda yashab, asosan ovchilik, termachilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Makonlardan topilgan tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari, shuningdek baliq qiltanoqlari fikrimizning dalilidir.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling