O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet16/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Kaspiy bo‘yi neoliti. Kaspiy dengizining sharqiy sohillari, xususan, Qorabo‘g‘oz atroflarida, shuningdek Qoraqumning g‘arbiy chekkasida ham tosh asri makonlari uchraydi. Arxeologlarning muttasil qidiruv ishlari natijasida bu yerlardan neolit davriga mansub 5 ta joy-makon topilgan. Ular Chig‘anoqtepa, Xo‘jasuv, Janak, Qirq sakkiz va Chagil joy-makonlaridir.
Xo‘jasuv makonlari. Xo‘jasuv Qorabo‘gozning sharqiy sohilida bo‘lib, Chagildan 100 km shimoli-sharqda joylashgan. Bu erdan ikkita joy-makon topilgan. Ular Xo‘jasuv I va Xo‘jasuv II bo‘lib, bir-biriga ancha yaqindir. Xo‘jasuv I dan jami bo‘lib chaqmoqtoshdan ishlangan 105 buyum topilgan bo‘lib, shundan 6-7% ni qurollar, 93,9% ni chiqindi uchrindilar, mayda tosh parchalari va parraksimon tosh buyumlar tashkil etadi. U yerdan 5 nusxa nukleus topilib, ularling biri qalamsimondir. Shuningdek makondan chaqmoqtoshdan yasalgan qirg‘ich, o‘roq-randa, teshgich, qalamsimon nukleuslar, retushli trapetsiyalar va boshqa qurollar ham topilgan.
Xo‘jasuv II dan esa chaqmoqtoshdan ishlangan 233 buyum topilib, ular qirg‘ichlar, parrakchalar, uchrindi-qurollar, o‘roq-randalar, keskich-qirg‘ich kabi qo‘shaloq qurollar, pichoqlar, teshkich-parmalardir. Unda trapetsiyalar uchramaydi. Xo‘jasuvdan topilan tosh qurollar ko‘p jihatdan Jebel qurollariga yaqin turadi. Xo‘jasuv I-II dan sopol idishlarning parchalari topilmagan. Arxeologlarning farazlariga ko‘ra, Xo‘jasuv ovchi va baliqchilarning vaqtinchalik kelib-ketadigan makonlaridan biri bo‘lgan.
Chag‘anoqtepa makonlari. Bu yodgorliklar Shag‘al sho‘rdan 20 km shimoli-sharqda, Chag‘anoqtepa bulog‘i yaqinidagi tepalikda joylashgan. Makon Qorabo‘g‘ozdan ancha naryada bo‘lib, tosh buyumlar tepalikning shimoliy va janubiy tomonlaridan terilgan. Janubiy tepalikdan 212 tosh buyum terilib, ulardan qurollar 3,8% ni, chiqindilar esa 96% ni tashkil etadi. Janubiy makondan keskich, qirg‘ich, o‘roq-randa, trapetsiya, pichoq qadamalarining namunalari topilgan. Trapetsiya, qirg‘ich, keskichlar ishlanish texnikasi jihatidan yuqori tosh va mezolit an’analarini eslatadi va Jebelning miloddan avvalgi III-VII hamda VI-V mingyilliklarga mansub mezolit qatlamidagi qurollarni eslatadi. Bu makondan topilgan buyumlar sunggi mezolit - ilk neolitga mansub bo‘lishi mumkin.
Chag‘anoqtepaning shimoliy tepaligi bag‘ridan 2200 ga yaqik buyum terilgan. Ular uchrindilar, plastinkalar, nukleuslar, qirg‘ichlar, o‘q uchlari, o‘roq-randalar, trapetsiyalar, keskichlar pichoqlar va boshqa buyumlar bo‘lib, janubiy tepalikdan topilgan qurollarga o‘xshaydi, ularda ham so‘nggi mezolit an’analari ko‘zga tashlanadi. Chiqindilarning ko‘pligiga qaraganda, bu yer ham makon, ham ustaxona bo‘lganligi ehtimoldan uzoq emas. Janubiy tepalikdagi kabi shimoliy tepalikdan topilgan buyumlar ham neolit davriga mansub bo‘lishi mumkin.
Janak makoni. Bu yodgorlik Xo‘jasuvdan 8-10 km janubi-g‘arbda bo‘lib, tosh buyumlar o‘sha yerdagi jarlik sohilidan terilgan. Terilgan tosh buyumlarning jami 59 ta bo‘lib, shundan 50 tasi tosh chiqindilari, 9 tasi tosh qurollardir. Ular amorf nukleuslar, qirg‘ichlar, o‘roq-randalar, ingichka, ikki tomoni retushli parrakcha, pichoq qadamalari, kamon o‘qining uchlari va enlik parraklardir.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling