O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi
Download 339.5 Kb.
|
2,2 mezolit neolit (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joytun makoni
Jebel makoni. Bu yodgorlik Turkmanistondagi neolit davri g‘or-makonlaridan biri hisoblanadi. Jebeldan nukleuslar, mikrolitlar, yormatoshlar, qirg‘ichlar, tarashlagich, tosh qurollar topilgan. Uning madaniy qatlamlaridan chuchuk suvlarda uchraydigan baliq suyaklari xam topilgan. Hozir suvsiz dashtga aylangan Qoraqumning janubi-g‘arbiy etaklari bir vaqtlar sersuv bo‘lib, bu erdan qadim Amudaryo o‘zanlaridan biri O‘zboy oqib o‘tgan, unda baliqlar ko‘p bo‘lib, sohilida yashagan ibgadeiy qabilalar ham ovchilik, ham baliqchilik qilganlar. Radiokarbon usuli bilan tekshirish natijalari Jebel buyumlarining neolit davriga, ya’ni miloddan avvalgi V mingyillikning oxirgi va IV mingyillikka mansub ekanligini ko‘rsatdi.
Joytun makoni. Bu yodgorlik Turkmanistondagi na emas, balki butun O‘rta Osiyodagi eng mashhur neolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Ashxobod shahridan 25 km shimoldagi uncha baland bo‘lmagan tepalik ustiga joylashgan. Bu ibtidoiy qishloq bir necha uydan tashkil topgan bo‘lib, uylarning maydoni 25—30 kv. m ni tashkil etadi, ular paxsadan qurilgan. Paxsa loyiga maydalangan somon qo‘shilgan bo‘lib, u devorning mustahkamligini oshirgan. Uylar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, bir xonalikdir, har birida alohida o‘choqlar bor. Uylarning sathi va dyovorlari somonli loy bilan suvalib, oxra bilan bo‘yalgan. Ularning yonida omborxona, saroy va xo‘jalik uchun zarur o‘ralar ham bor. Har bir uyda 5-6 kishidan iborat oila yashagan. Joytun qishlog‘ida 30 ga yaqin uy bo‘lib, ularda 150-180 kishi istiqomat qilgan, degan farazlar bor. Joytun xarobalaridan bug‘doy, arpa izlari, yorma tosh, tosh boltalar, parrakchalar, o‘roqlar, qurol sifatida ishlatiladigan o‘tkir uchli toshchalar, teshgich parmalar, hirg‘ichlar, sigment qurollar, trapetsiyalar, nukleuslar, kamon o‘qlarining uchlari - poykonlar topilgan. Ayni vaqtda munchoqlar, urchuq, taqinchoqlar, hatto shaxmat-shashka donalariga o‘xshash buyumlar ham topilgan. Joytundagi uylardan loydan ishlanib, pishirilgan odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Makonda sopol idishlarning parchalari ko‘p uchraydi. Joytunliklar miloddan oldingi VI-V mingyilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik bi- lan shug‘ullanganlar. Ularda ona urug‘i, hukm surib, xo‘jalikda ayollarning mavqei baland bo‘lgan. Joytun - O‘rta Osiyodagi ilk dehqonchilik madaniyatining eng qadimgi va eng nodir yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling