O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi
Download 339.5 Kb.
|
2,2 mezolit neolit (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darai sho‘r makoni
Tutqovul makoni. Hisor madaniyatiga mansub neolit Tutqovul makoni Dushanbedan 70 km janubi-sharqda bo‘lib, Norak suv ombori havzasi hududida, Vaxsh daryosining Pulisangin darasidan chiqib kelishi yaqinida Norak shahridan 12 km yuqoridagi Tutqovul qishlog‘i yaqinida joylashgan. Tutqovul ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning madaniy qatlamlaridan 40 mingga yaqin tosh qurol va buyumlar topilgan. Tutqovuldan topilgan chaqmoq va shag‘al toshdan olingan uchrindi va boshqa topilmalar ko‘pchilikni tashkil etadi. U erda shag‘al toshdan iborat nukleuslar ham anchagina bo‘lib, ulardan mikrolitlar ajratib olingan. Ayni vaqtda makondan qirg‘ichlar, chopping, chopper, ushatgichlar, chopqilar, tosh pichoqlar, teshgichlar, o‘roq qadamlari, plastinka va boshqa tosh qurollar topilgan. Makondan negadir nayza va kamon o‘qlarining poykonlari topilmagan. Tutqovulning 3 gorizontidan topilgan buyumlar miloddan avvalgi VII-III mingyilliklarga mansub bo‘lib, uning keng kuyi qatlami ilk mezolitga mansub bo‘lishi mumkin. Tutqovul Tojikistondagi neolit, davri Hisor madaniyatining eng yirik namunasidir. Tutqovuldan tulki, asl bug‘u, buqa, yovvoyi eshak, qo‘y, echki kabi uy hayvonlarining suyaklari topilgan: Bu topilmalarning xususiyatlariga qarab, tutqovulliklar termachilik, ovchilik, keyinchalik esa chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, degan xulosaga kelish mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Tuthovul singari neolit davri Hisor madaniyatiga mansub makonlar Gaziyontepa, Ko‘hna Boy, Tangi Tavridan ham topib o‘rganilgan. Hozir Tojikiston hududida Hisor madaniyatiga mansub 200 dan ortiq neolit, davri joy-makonlari topilgan.
Darai sho‘r makoni. Bu yodgorlik Tojikistondagi tosh asri makonlaridan biridir. U Norak suv omborining yuqori qismida, Vaxsh daryosi sohilida joylashgan. Darai sho‘r ungur tarzidagi makon bo‘lib, uning balandligi 4,5 m, kengligi 20 m va chuqurligi esa 4 m ni tashkil etadi. Ungurni qazish natijasida har xil dare shagal toshlari va chaqmoqtoshlardan iborat 6518 ta buyum topildi, ular uchrindi, nukleus, parrak va parraksimon uchrindilardan iboratdir. 89 Darai SHo‘rda tosh qirg‘ichning har xil turlari, sigmentlar, trapetsiyalar, teshgich-parmalar, o‘roq-randalar, ushatkichlar, retushlagichlar, chopping va boshqa qurollar ko‘p uchraydi. Darai SHo‘r tosh buyumlari va qurollarining bir qismig ya’ni shag‘al toshdan yasalgan uchrindilar, o‘roq-randalar va choplinglar miloddan avvalgi VI—IV mingyilliklarga, Hisor madaniyati deb atalgan neolit davriga mansub bo‘lishi mumkin. Darai SHo‘rning neolit davri qurollari Soy Sayyodning neolit davri qatlamlaridan chiqqan tosh qurollarga o‘xshab ketadi. Demak, Darai SHo‘r Tojikistondagi neolit davri makonlaridan biridir; uning quyi qatlamlaridan mezolit davri qurollari ham topilgan. Darai SHo‘r ham Soy Sayyod, Tutqovul, Gulyoni Poyon kabi Tojikistonning neolit davri Hisor madaniyati doirasiga kiradi. Soy Sayyod manzilgohi. Bu yodgorlik Tojikistondagi eng Lirik va mashhur neolit davri yodgorliklaridan hisoblanadi. U Norak suv ombori havzasida bo‘lib, Vaxsh daryosining chai sohilida joylashgan. Soy Sayyodning madaniy qalamlaridan 30 mingga yaqin suyak, tosh buyum va qurollar topilgan. Ayni vaqtda madaniy qatlamdan evropeoid irqiga mansub bolaning ham suyagi topilgan. Soy Sayyoddan chaqmoqtoshdan ishlangan tosh qurollar, buyumlar va nukleuslar topilgan. SHagal toshdan yasalgan tosh buyum va qurollar soni u qadar ko‘p emas. Soy Sayyoddan pichoqsimon plastinkalar, qirg‘ichlar, o‘roqranda, chopper, choppinglar, ushatgichlar, uchrindi va nukleuslar, shuningdek suyakdan yasalgan so‘zan va ignalar topilgan. Soy Sayyod madaniy qatlamlaridan toshdan yasalgan taqinchoqlar, uchburchak shaklidagy silliqlangan tosh boltalar ham topilgan. Bu yodgorlikdan qo‘y va echki suyaklarining ko‘plab topilishi soysayyodliklar hayotida chorvachilik muhim rolь o‘ynaganligini ko‘rsatadi. SHuningdek u erdan tulki, yovvoyi ot, buka va boshqa hayvonlarning ham suyaklari topilishi ovchilik ular xo‘jaligida ikkinchi o‘rinda turgan, degan xulosaga olib keladi. O‘rta Osiyoning neolit, davri uchun tuzilgan arxeologik kartalarida bu o‘lkaning shimolidagi Ustyurtda xam, Markaziy va Janubiy Qozog‘istonda ham, Qizilqum va Qoraqumda ham, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida ham ko‘plab neolit davri makonlari joylashganligini ko‘rish mumkin. Neolit davri makonlari tekisliklardagina emas, balki O‘rta Osiyoning tog‘lik rayonlarida ham ko‘p uchraydi. Ulkaning neolit edgorliklarini uchta yirik territorial-xo‘jalik shakllariga ajratish mumkinki, ular Qaltaminor, Hisor va Joytun madaniyati nomi bilan mashxurdir. Ularning har biri aloxida geografik muhntga ega bo‘lgan erlarda joylashgan. O‘rta Osiyo arxeologiyasida Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lgan yodgorliklar asosan o‘lkaning g‘arbiy va 90 shimoli-g‘arbny tomonidagi erlarda keng tarqalgan bo‘lib, uning shimoli-g‘arbiy chegarasi Ural daryosining o‘rta va quyi oqimlari, g‘arbiy chegarasi esa Kaspiy dengiziga borib taqaladi. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa Orol dengizining shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi Quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta hududida ham Qaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan. Bu joylar qadimgi davrda ko‘l va daryolar o‘lkasi bo‘lib, u erlarda kat.ta-katta qamishzorlar bo‘lgan, ularda juda ko‘p va xilma-xil yovvoyi hayvonlar, ko‘l va daryolarda esa son-sanoqsiz baliqlar yashagan. Mazkur joylardan topilgan arxeologik topilmalar bu fikrni to‘la tasdiqlaydi. Joylarning tabiiy sharoitiga ko‘ra, Qaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, baliq t.utib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Joylarda yovvoyi mevali daraxt va butalar ko‘p bo‘lganligi tufayli ularning xo‘jalik hayotida termachilik ham katta o‘rin tutgan. SHuni ham ayti§ o‘tish kerakki, Qaltaminor qabilalarnda chorvachilik ham bo‘lGan. SHunday qilib, Qaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar ovchilik, baliqchilik, qisman chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Bu madaiiyatga mansub knshnlar yogoch va qamishdan tayyorlangan chaylalarda yashaganlar, loydan har xil idish yasab, ularni olovda pishirganlar, demak, kulolchilik hunarini bilgandar. Kaltaminor madaniyati O‘rta Osiyoda keng tarqalgan o‘ziga xos neolit davri madaniyatini tashkil etadi va miloddan avvalgi IV—III mingyilliklarni o‘z ichiga oladi. ' Qaltaminor madaniyatining Quyi Zarafshon, Quyi1 Amudaryo, Ustyurt va boshqa alohida gruppalari biqiq hayot kechirmay, atrofdagi qabilalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish bilan birga shimolda qadimgi uralliklar, janubda esa joytunlik va jebelliklar va ular orkali esa butun Kaspiybo‘yi va Eron qabilalari bilan aloqa bog‘lagan bo‘lishlari mumkin. Kaltaminor madaniyati mahalliy va janubiy mezolit madaniyatidan kelib chiqib, izsiz yo‘qolib ket.madi. Bu madaniyat o‘zidan keynngi Zamonbobo va Tozabog‘yob madaniyatining vujudga kelishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratdi. O‘rta Osiyoning sharqiy rayonlarida asosan Hisor —TPomir tog‘laridan topilgan neolit davri makonlari Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Bu mahalliy tilda tog‘ madaniyati deyiladi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston SSR ning g‘arbidagi Hisor -Bobotog‘ -Qoratog‘ oralig‘idagi botiq bo‘lib, neolit davri Hisor madaniyatining dastlabki yodgorliklari Hisor vodiysidan topib tekshirilganligi uchun shu nom bilan ataladi. YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Hisor madaniyatiga man91 sub yodgorliklar 200 dan ko‘p bo‘lib, ularning eng mashhurlarn Tutqovul, Soy Sayyod, Quyi Bulyon va boshqalardir. So‘nggi vaqtda Tojikistonning Vaxsh, Qofirnihon daryolari, Ko‘lob shahri atrofidan topilgan neolit davri yodgorliklari ham Hisor madaniyat.iga mansub bo‘lib, miloddan avvalgi V—II mingyilliklarga borib taqaladi. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman dehqonchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Arxeologlarning fikricha, Hisor madaniyatiga mansub neolit yodgorliklarini qoldirgan qabilalar Vaxsh mezolit madaniyati qabilalarining bevosita avlodi bo‘lishi kerak. Joytun madaniyati O‘rta Osiyodagi, shuningdek butun Sovet Ittifoqidagi eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Qopetdog‘ bilan Qoraqum oralig‘idagi yalangliklardan topilgan Bomi, Nayzatepa, Qadimitepa, Joytun va boshqa qator ibtidoiy dehqonlar manzilgohlari Joytun madaniyati nomi bilan ataladi. CHunki mazkur manzilgohlar orasida Joytun avval topilgan va o‘rganilgan. Joytunliklar* laxsa va guvaladan somon aralashtirib ishlangan uylarda istiqomat qilganlar, turli xil mehnat qurollaridan, bo‘yoq berib naqshlangan idishlardan foydalanganlar. Har bir uyda 5—6 kishilik bir oila yashab, ona urug‘i hukmron bo‘lgan. Uylardan ayollarning loy va toщdan yasalgan haykallari, shuningdek har xil taqinchoq va bezaklar topilgan. Joytun madaniyatiga asos solgan qabilalarning mashg‘ulotlari dehqonchilik,. chorvachilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Evvoyi hayvon suyaklarining topilishiga qaraganda ovchilik ham qilganlar. Lekin ovchilik xo‘jalikning asosini tashkil etmagan. Joytun madaniyati miloddan avvalgi VI—V mingyilliklarga mansub neolit davri yodgorligi hisoblanadi. So‘nggi vaqtda Markaziy Farg‘onadan 80 dan ortyaq neolit davri yodgorliklari topilib o‘rganildi. Bu O‘rta Osiyodagi to‘rtinchi neolit davri madaniyati bo‘lib, u Markaziy Farg‘ona madaniyati deb ataladi. Markaziy Farg‘onadagi neolit yodgorliklari So‘x daryosining Sirdaryoga quyilishida hosil bo‘lgan ko‘l-to‘qayzorlarda joylashgan bo‘lib, juda ko‘p tosh qurollar, oz miqdorda sopol idishlar topilgan; bu joy-makonlarda yashagan kishilarning asosiy mashg‘uloti ovchilik, baliqchilik va termachilikdan iborat bo‘lgan. CHorvachilik va dehqonchilik bilan bog‘liq buyumlar saqlanmagan. Aftidan, bu joylar neolit davri ovchilari va baliqchilarining muvaqqat manzilgohlari bo‘lgan. SHunday qilib, neolit uzoq davom etgan tosh asrining eng so‘nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumining ilk, o‘rta va so‘nggi tosh asrida, mezolit -o‘rta tosh asri jarayonida qo‘lga kiritilgan - barcha yutuqlar yangi tosh asriga kelib yakunlanadi. Odamlar o‘zlarining tinimsiz mehnati, kuzatuvchilik qobiliyati, ibtidoiy bilimlarnni safar92 bar qilib, xo‘jalikning ilg‘or, unumdor shaklini -dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu arxeologiyada «neolit revolyusiyasi» deb ataladi. Mazkur davrda qadimgi ajdodlarimiz loydan idish yasab, uni olovda pishirishni o‘rgandilar, ip yigirish va to‘qimachilnkka asos soldilar, uysozlikning pondevor toshini qo‘ydilar. Odamlar yog‘och va qamishdan qayiq yasab, suvda suzishni ham o‘rgandilar, xilma-xil buyumlar yasaydigan bo‘ldilar, shu tarifa dastlabki hunarmandchilikka asos soldilar. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumining bundan keyingi rivojiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Neolit davrida ibtidoiy pazandalik sohasida yana bir ulkan qadam t.ashlandi. Er yuzidagi ba’zi qabilalar, chunonchi, yangi zelandiyaliklar qaynab turgan issiq buloqlarda baliq va go‘sht mahsulotlarini pishirib eganliklari ma’lum. Lekin bu mahalliy xarakterdagi hodisadir. O‘rta Osiyoda neolit davriga kelib, kulolchilikning paydo bo‘lishi, sopol idishlar tayyorlanishi ham oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa go‘shtni suvda qaynatib pishirish va har xil masalliqlar solingan quyuq. va suyuq ovqatlar tayyorlash imkonini berdi. SHu narsa ravshanki, qaynatib pishirilgan ovqat tez va oson hazm bo‘lib, inson organizmining rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Fikrimizcha, ibtidoiy odamlar hayvonlarni qo‘lga o‘rgatar ekanlar, dastlab ularning go‘shti, t.erisi va suyagidan foydalanganlar. Kulolchilik paydo bo‘lib, har xil sopol idishlar yasagan odamlar qoramol va qo‘y-echkilarning sutini sog‘ib, idishlarda saqlaganler va iste’mol qilganlar. Demak, shunday ekan, sut mahsulotlarini ovqat sifatida keng iste’mol etish neolit davriga mansub bo‘lishi tabiiy holdir. Ibtidoiy san’atning rivojlangan bosqichi ham neolit davriga to‘g‘ri keladi. Qaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning ajoyib namunalari topilgan. Ularda idishlarga har xil rangdagi bo‘yoq bilan turli-tuman naqshlar, odam va hayvon suratlarini chizish keng tarqalgan edi. Idishlar sirtida suv ramzini ifoda et.uvchi to‘lqinsimon chiziqlar ko‘zga tashlanadi. SHu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalaridir. O‘rta Osiyo ibtidoiy qoyatosh rasmlari keng tarqalganligi, ular mazmunining boyligi va davrining qadimiyligi jihatidan SSSRda faxrli o‘rinni egallaydi. O‘rta Osiyodagi Zarautsoy, SHaxta g‘ori, Bittik chashma, Sarijoz, Soymali tosh, Sarmishsoy, Bironsoy, Suratlisoy, Soyxonsoy, Tamg‘ali tosh, Qoratog‘, Pomirdagi qoyatosh rasmlari ittifoqimizdagi eng nodir san’at, obidalaridir. SHunday qilib, ibtidoiy davr kishilik madaniyati tarixyning keyingi rivoji uchun ulkan poydevor yaratib qoldirdiki, 93 bu poydevor shu davrdan so‘ng yashagan avlodlar uchun, hatto zamonamiz uchun esa benihoya katt.a ahamiyatga ega edi. F. Engelьs ibtidoiy jamoa tuzumining mohiyatiga baho berib, bunday deb yozgan edi: «Bu mo‘ysafid qadimiy davr» har qanday sharoitda kelajak avlodlarning hammasi uchun g‘oyatda qiziq davr bo‘lib qoladi, chunki bu davr eng keyinchalik bo‘ladigan yuksakroq taraqqiyotni tashkil etadi, chunki bu davrning boshlang‘ich nuqtasi insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishidan, uning mazmuni esa kelajakda ittifoq bo‘lgan kishilar hech qachon duch kelmaydigan qiyinchiliklarning bartaraf qilinishidan iborat^dir. F. Engelьsning bu fikri O‘rta Osiyo arxeologiyasini o‘rganish jarayonida ham o‘z ifodasini topdi. SHunday qilib, O‘rta Osiyoning ibtidoiy arxeologiyasini o‘rganish natijalari bu o‘lkaning, unda yashovchi xalqlarning qadimiyligini, qadimiylikda esa Hindiston, Mesopotamiya va hatto misrliklar bilan ham bahslasha olishini yaqqol kursatib berdi. Demak, O‘rta Osiyo ham Qadimgi SHarq dunyosi singari jahon madaniyatiga yuksak hissa qo‘shgan o‘lkalarning biridir. Ayni vaqtda O‘rta Osiyoning ibtidoiy va qadimgi madaniyati Volgabo‘yi va G‘arbiy Sibirь qabilalari madaniyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. CHunki mazkur joylarga qadimgi odamlar O‘rta Osiyodan ham kirib borganlar. Qoyatosh rasmlari yodgorliklari. Utmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida O‘rta Osiyoning tog‘lik rayonlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari alohida o‘rinni egallaydi. Qoyatosh rasmlari ishlanish texnikasiga ko‘ra ikki turli bo‘lib, bir xillari bo‘yoq bilan, ikkinchi xillari esa uribo‘yib, ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan tasvirlardir. O‘rta Osiyoda har xil rangdagi bo‘yoq -oxra bilan ishlangan tasvirlar ancha kam bo‘lib, urib-o‘yib, ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar, ya’ni petrogliflar juda keng tarqalgan. Ulkadagi qadimiy tasvirlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar O‘rta asrning mashhur allomasi Abu Rayhon Beruniy asarlarida xam uchraydi. Abu Rayhon Beruniy kimaklar2 mamlakatidagi sirli rasmlar ustida gapirib, bu tasvirlar mahalliy aholining diniy e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bayon etgan3 . Ajdodlarimiz qoldirgan eng ajoyib yodgorliklardan biri hisoblangan qoyatosh tasvirlari -keksa davr tarixi va san’1 F. Engelьs , Anti-Dyuring. Toshkent, «Uzbekiston» nashriyoti, 1957, 146-bet. 2 Kimaklar -hozirgi Qozog‘istonning shimoli-sharqni tomonida joylashgai ko‘chmanchi qabilalar. 3 A b u Ray^o n Beruniy . Tanlangan asarlar, Toshkent, 1968, 1-tom. 308- bet. 94 ati namunalari ko‘pdan beri havaskorlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Qoyatosh rasmlari Qozog‘istonda ham keng tarqalgan bo‘lib, .ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar D. Messershmidt, F. Stralenberg, I. Gmelin, G. Miller kabi XVII asr mashhur olimlarining asarlarida uchraydi. XIX asrning ikkinchi yarmida V. V. Bartolьd, N. N. Pantu- •sov, A. M. Nikolьskiy, G. V. Fisher, V. Pozdneev, V. A. Kallaur, M. A. Kirxgof, I. Poslovskiy va boshqalar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning ko‘pgina joylaridan qoyatosh tasvirlarining yangi-yangi joylarini topishga muyassar bo‘lganlar. Asrimiz boshlarida esa Janubiy Qozog‘istonning ko‘p joylaridan qoyatosh rasmlarining yangi namunalari topilib, e’lon qilingan. Sovet hokimiyati yillarida bu ish bilan V. A. Gorodsov, S. S. CHernikov, A. G. Maksimova, H A. Oltmishbaev, T. N. Senigova. A. G. Medoev, P. I. Marikovskiy, M. K. Qodirboev, A. N. Marьyashev, YA. A. SHer, L. R. Qizilsov kabi mutaxassisarxeologlar bevosita shug‘ullandilar. Natijada Qozog‘istondagi koyatosh tasvirlari haqida ko‘pgina maqola va ayrim monografik kitoblar chop etildi. Qirg‘izistonda qoyatosh rasmlarining o‘rganilishi B. M. Zimma, M. E. Voronets, A. N. Bernshtam, YU. N. Golenduxin, V. M. Goponenko, YU. A. Zadneprovskiy, N. L. Podolьskiy, N. D. CHerkasov, G. A. Pamaskina va boshqalarning nomi bilan bog‘liqdir. Uzbekistonda koyatosh rasmlarini o‘rganish ishiga revolyusiyadan ilgari kiriSHilgan bo‘lsa ham, lekin bu ish asosan 30- yillardan boshlandi. Bu sohada G. V. Parfyonov, A. P. Okladnikov, M. E. Voronets, S. P. Tolstov, M. E. Massoy, A. Formozov, B. V. Lunin, I. F. Lomaev, L. I. Rempelь, G. A. Pugachenkova, G. V. SHatskiy, A. R. Muhamadjonov N. H Toshkentboev, B. S. SHalatonin, R. Ravshanov, H Botirov, M. Xo‘janazarov, O. M. Rostovsev, YU. F. Buryakov va boshqalarning xizmatlari kattadir. Tojikistonda esa bu ish bilan V. A. Ranov, A. V. Gurskiy, O. E. Agaxanyans, A. N. Dalьskiy, S. V. Kislyakov, A. I. Mendelьshtam va boshqalar shug‘ullanganlar. Qoyatosh rasmlarini hisobga olish va o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlarning xizmati juda kattadir. CHunki bunday yodgorliklar o‘tmishning ba’zi murakkab, chigal masalalarini hal etishda mutaxassislar uchun qimmatbaho manba xizmatini o‘taydi. O‘rta Osiyoning ajralmas qismini tashkil etgan Qirg‘iziston hududi tog‘lik joy bo‘lib, u erda qoyatosh rasmlari ancha keng tarqalgan. Respublikadagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Sariyoz, Saymalitosh, Aravon, Ayrimachtog‘, Suratlisoy, Oxna va Talas daryosi havzasidagi qator qoyatosh yodgorliklari bo‘lib, ularda TOP echkisi, arxar, bug‘u, bo‘ri, tulki, to‘ng‘iz, odam, 95 18-"raem. Tog‘ echkilari tasviri. Er. av. V—I aerlar. Saymalitosh (Qirg‘.SSR). uy hayvonlaridan it, ot, tuya, qoramol, qurollardan o‘q-yoy, bumerang, nayza va boshqa ko‘p narsalarning tasvirlari namoyon etilgan. 19-rasm. Saymalitosh (Qirg‘. SSR). Er. av. II mingnmllik. Odam, ho‘kiz, echki, qoplon, it, omoch va boshqa narsalar tasviri. Er haydash, yirtqichning qandaydir hanvonga tashlanish manzarasi. Ayni vaqtda qoyalarda tog‘ takasi, bug‘u, arxar, to‘ng‘izlarni ov qilish manzarasi juda maroqli ifodalangan. Qirg‘izistondagi qoyatosh rasmlarining eng qadimgisi bo‘lgan buqa, odamlar tasviri bronza davriga, ya’ni miloddan avvalgi II mingyillikka mansub bo‘lsa, boshqalari miloddan avvalgi I mingyillik bilan belgilanadi. Rasmlarning uchinchi guruhi milodimiz birinchi mingyilligining birinchi yarmiga yoki I—VIII asrlarga, qolgan rasmlar esa o‘rta asr va zamonamizga mansub bo‘lishi mumkin. Uzbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng ajoyib namunalariga Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Qorachorvoqsoy, Ko‘ksaroy, Ilonsoy, Takatosh, Boshqizilsoy, Teraklisoy, Jarsoy, Tutlisoy, Qorong‘iungursoy, CHadaksoy, SHo‘rbuloqsoy va boshqalarni kiritish mumkinki, ular jami 100 dan ortiqroq joydan topil ga n. Mazkur joylardagi. qoyatoshlarda Uzbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining ajoyib rasmlarini ko‘rish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar va sigirlar, sherl ar va yo‘lbarslar, qoplon va gepardlar, tulki va bo‘rilar, arxar va TOR echkilari, bug‘u va eliklar, sayg‘oq va jayronlar, jayra va toshbaqalar, baliq va ilonlar, qulon va to‘ng‘izlar, xonaki hayvonlardan it va otlar, echki va yirik shoxlik qoramollar, tuya va eshak kabilardir. Ammo ular orasida odamlarning o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, 20-rasm. Zarautsoy. Ov manzarasi. 21-raem. Zaramishsoy. Ov manzarasi. ya 22-rasm. Sarmnshsoy. Ov manzarasi. SHSHSHshshSHSHshtZvSH&SHshshsh&SHshSHSHSHSHSH&sh!® 23-rasm. Zarao‘tsoy. Kamon o‘qi bilan yaralangan ibtidony buqa. Er. av» X—IV mnngGshlliklar. 99 o‘qdon, dubulg‘a, qopqon, arqon, qalqon, niqob kabi narsalar tasvirlari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Uzbekistondagi qoyatosh rasmlari mazmunan boy, manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, hayvonlar urushayotgani, sher, yo‘lbars, bars kabi yirtqich hayvonlarning to‘qnashuvi ifoda etilgan manzaralar kishi diqdatini o‘ziga tortadi. Resnublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo‘lib, buqa va echkilarni ovlash bilan bog‘liq manzaralar mezolit.-neolitning miloddan avvalgi VIII—IV mingyilliklariga mansubdir. Uzbekistondagi petrogliflar -qoyatosh rasmlarining eng qadimgisi myloddan avvalgi II mingynllikka aloqador bo‘lsa, boshqasi VI—II asrlarga, yana bir guruhi esa undan keyingi asrlarga mansub bo‘lishi mumkin. Ammo qadimiy rasmlar orasida 'zamonaviy tasvirlar ham uchraydi. Tojikiston asosan tog‘lik o‘lka. Respublikaning Zarafshon tizmasidan SHarqiy Pomirgacha, Orqa Oloy tog‘laridan Badaxshongacha bo‘lgan oraliqda 120 dan ortiq joyda qoyatosh rasmlari hisobga olingan. Tojikistondagi qoyatosh rasmlari ham ishlanish texnikasi jihatidan buyoqli va urib-o‘yib ishlangan petrogliflarga bo‘linadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari bu erda ham petrogliflar juda keng tarqalgan. Tasvirlarning aksariyati Pomirning g‘arbiy, markaziy va janubiy qismida ko‘proq uchrab, sharq va shimol tomonida siyrakroq tarqalgan. Tojikistondagi qoyatosh tasvirlari orasida Kukuybel, Kur- ~s 24-rasm. Odam, ibtidoiy sigir, buqa, TOR echkisi, ig va boshqa hayvonlar tasviri. Er. av. I P ming ynllik. 100 25-rasm. Sarmishsoy. Qoyatosh rasmlari. taka-SHaxta, Qozonko‘l, Zarko‘l, YAshilko‘l, Bozor dara, Xargush, Langar-kisht, Xuf, Komoch dara, Jamak, Darvoz, Rabot, Van qal’a, Vaznaud, Bittik chashma, Namatgut hamda Zarafshon daryosi havzasidan topilgan rasmli joylar mazmun va manzaralarning boyligi jihatidan diqqatga sazovordir. 26-rasm. Sarmishsoy. Odam, o‘q-yoy, ueun qilich, sadoq (o‘qdon), dubulg‘a, yirtqich qoplon, gepard, arxar va boshqa narsalarning tasvirlari. Er, av. VII—I asrlar. Tojikistonning qoya toshlarida asosan odam, ayiq, arxar, TOR echkisi, buru, o‘q-yoy, bars, buqa, yak, shuningdek uy hayvonlaridan qoramol, echki, ot va itning tasvirlari ifoda etilgan. Qoyalarda yovvoyi hayvonlar, ayiq, buru, TOR ECHKISI, arxarlarii ovlash bilan bog‘liq ajoyib manzaralar juda mahorat bilan ishlangan. Tojikistondagi Bittik chashma va KO‘rta ka soyining SHaxta roridagi bo‘yoq bilan ishlangan odam, ayiq, to‘ng‘iz va boshqalar rasmlari Zarautsoy suratlari bilan zamondosh bo‘lib, mezolit-neolit davrnning miloddan avvalgi VIII—IV mingyilliklariga mansubdir. Tojikistondagi qoyatosh rasmlari -petrogliflarning eng qadimgisi bronza davriga oid bo‘lib, miloddan avvalgi II mingyillikni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich rasmlar esa miloddan avvalgi birinchi mingyillikka mansub bo‘lib, ular Sak-skif tipi, deb ataladi. Rasmlarning uchinchi guruhi eramiz birinchi mingyilligining birinchi yarmiga taalluqlidir. To‘rtinchi guruh rasmlar VII-XV asrlarga, beshinchi guruh rasmlar esa XVIII—XX asrlarga oid bo‘lishi mumkin. SHunday kilib, O‘rta Osiyo qoyatosh rasmlari keng tarqalganligi, mazmun va manzaralarning boyligi, ishlanish uslubining xilma-xilligi va qadimiyligi jihatidan SSSRda birinchi o‘rinni egallaydi. Qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar arxeologik yodgorliklarning bir turi sifatida ajdodlarimiz madaniyati tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qoyatosh rasmlari o‘rganilar ekan, ularning mazmuni va manzaralar ma’nosidan kelib chiqnb, ibtidoiy yoki qadimgi davr kishilarining xo‘jalik hayoti haqida, hayvonlarni ov qilish, qo‘lga o‘rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikning vujudga kelishi, uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Ayni vaqtda rasmlar vositasi bilan u davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollari qanday ekanligini bilib olish mumkin. SHuningdek qoyatosh rasmlari qadimgi ota-bobolarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodini o‘rganishda ham juda muhim tarixiy manba hisoblanadi. SHuni nazardan qochirmaslik kerakki, qoyatosh rasmlari o‘ziga xos san’at asari hamdir, ular orqali biz ibtidoiy va qadimgi kishilarning san’ati, estetik iste’dodi qanday bulganligi ni ham bilib olamiz. Ayni vaqtda qoyatosh tasvirlari O‘rta Osiyoniig hayvonot dunyosi tarixini o‘rganishda zoolog va paleozoologlarga katta imkoniyatlar ochib berishi mumkin. SHunday qilib, qoyatosh rasmlari o‘tmishning o‘chib ketgan sahifalarini o‘rganishda tarixchi, etnograf, san’atshunos, paleozoolog va boshqa fan namoyandalari uchun qimmatli manba 103 hisoblanadi. SHuning uchun ham qoyatosh yodgorliklarini qidirib topish, o‘rganish va muhofaza qilish juda katta ahamiyatga egadir. O‘rta Osiyodagi moddiy va madaniy yodgorliklar o‘zining qadimiyligi, xilma-xilligi va qalin joylanishi jihatidan dunyoning boshqa joylaridan ajralib turadi. Bu o‘lkada ilk tosh asri makonlaridan tortib o‘rta asrlargacha va undan keyingi davrga mansub hamma turdagi boy arxeologik yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar O‘rta Osiyo xalqlari tarixining muhim masalalarini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling