O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet10/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Kichik Tuzkon makonlari. Bu yodgorliklar Katta Tuzkondan janub va janubi-g‘arb tomonda, qadimgi Gujayli sohillarida joylashgan bo‘lib, 3 ta joy-makondan iboratdir. Makonlarning madaniy qatlamlaridan qirg‘ich, teshgich, o‘roq kadamalari, nukleuslar, plastinka-parrakchalar, shuningdek, sopol idishlarning parchalari va boshka buyumlar topib tekshirilgan. Sopol idishlarning og‘zi uning o‘rta qismiga qaraganda bir oz kengroq. Darvozaqir I, II, Katta va Kichik Tuzkon va Quyi Zarafshondan topilgan sopol idishlar ancha qalin bo‘lib, qo‘lda yasalgan va bir xilda qilib kuydirib pishirilgan. Ularning katta-kichikligi, vazifasi, shakli va ustidagi bszaklari xilma-xildir.
Qorong‘i Sho‘r makoni. Bu yodgorlik Quyi Zarafshondagi neolit davri yodgorliklarining biri hisoblanadi. U Katta Tuzkon ko‘lidan 90-100 km shimoli-g‘arbdagi shu nomdagi ko‘l sohilida joylashgan. U erda madaniy qatlam saqlanmagan bo‘lib, tosh buyum va sopol idishlarning parchalari yer sathidan terib olingan. Qorong‘i Sho‘r makonidan 730 ga yaqin tosh buyumlar va sopol idishlarning parchalari terilgan. Ular qirg‘ichlar, o‘roq-randalar, teshgichlar, nukleuslar, retushli parrakchalar va sopol buyumlarning parchalaridan iboratdir. Qorong‘i Sho‘r buyumlari - tosh qurollar ham, sopol idishlarning siniqlari ham Darvozaqir hamda Katta va Kichik Tuzkondan topilgan buyum hamda sopol idishlarga o‘xshaydi.
Poykent makonlari. Arxeologlar qidiruv ishlari natijasida Qashqadaryo etaklaridagi Qumsulton va Poykent pasttekislaridagi qum barxanlari orasidan neolit davriga mansub qator joy-makonlarni topishga muvaffaq bo‘ldilar. Poykent makonlaridan tosh, bolta, qirg‘ich, teshgich, o‘roq qadamalari va sopol idishlarning siniqlari topildi. Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir I, II, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong‘i Sho‘r va Poykent makonlaridan topilgan tosh qurollar, sopol buyumlar va boshqa ashyoviy dalillarni chuqur o‘rganish, Yaqin Sharq, Qozog‘iston, Ural va boshqa joylardan topilgan neolit davri ashyolari bilan qiyoslash natijasida arxeologlar Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi bu makonlar kaltaminorlar madaniyatiga oid bo‘lib, miloddan avvalgi IV—III mingyillikka mansubdir, degan fikrga keldilar. Mazkur joyda yashagan kishilar termachilik, jayron, yovvoyi ot, yovvoyi cho‘chqa, bug‘u, sayg‘oq va boshqa hayvonlarni ovlab, baliq tutib, ovchilik bilan kun kechirishgan. Termachilik dehqonchilikka asos solgan ekan, xo‘jalikning bu turi Quyi Zarafshon etaklarida endigina shakllanayotgan bo‘lib, bronza davrida Zamoibobo makonlaridagina dehqonchilikning izlari ko‘zga tashlanadi. Garchi Zarafshon etaklaridagi neolit davri makonlaridan xonaki hayvonlarning suyaklari topilmagan bo‘lsa ham, bu yerda yashagan neolit qabilalari xonaki hayvonlarga ega bo‘lib, chorvachilik bilan ham qisman shug‘ullangan bo‘lishlari kerak.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling