O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet13/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Kasanjol neolit qabristoni. Neolit davri makonlari SHimoli-g‘arbiy Ustyurtdagina bo‘lib qolmay, balki uning janubisharkiy tomonlaridan xam topilgan. Bu jihatdan Kasanjol neolit davri qabristoni diqqatga sazovordir. Bu yodgorlik Qoraqalpog‘istonning Shumanay rayoni markazidan 40-50 km shimoli-sharqda joylashgan. U yerda bir necha go‘rqabr hisobga olingan. Kasanjoldagi qabrlardan ikkitasi kovlab ko‘rilgan. Qabrdan odam skeletining qoldiqlari, dengiz chig‘anog‘idan ishlangan munchoq, oxra qoldiqlari, kvarsitdan tayyorlangan o‘tkir uchli poykon-kamalak o‘qining uchi, chig‘anoqdan yasalgan silindrsimon sanchqi, sopol idishlarning parchalari topilgan. Qabrdagi odam 35-40 yoshlardagi erkak kishi bo‘lib, uning suyaklarida oxra qoldiqlari saqlanib qolgan. Kasanjol mozor-qo‘rg‘onidan topilgan buyumlar neolit davriga, miloddan avvalgi IV-III mingyillikka mansubdir.
Aytish mumkinki, keyingi vaqtda Ustyurtdan o‘nlab neolit joy-makonlari topilgan bo‘lsa ham ularning birortasida mozor-qo‘rg‘on uchramagan edi. Kasanjoldan neolit davri mozor-qo‘rg‘oni va undan inson skeletining topilishi katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Ustyurtning shimoli-sharq tomonidagi Buloq, Qo‘shbuloq, Beleuli, Churuk, Som, To‘qsonboy va boshqa qator joylarda 60 dan ortiq neolit makonlari borligi aniqlangan. U yerlardan topilgan uchrindi, nukleus, qirg‘ich, nayza va o‘q uchi poykonlari, teshikchalar Xorazm va Qizilqum neolit davri makonlaridan topilgan qurollarga ham o‘xshab ketadi. Arxeologlarning fikricha, ularning sanasi ham miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga mansub bo‘lib, bu makonlarda yashagan ibtidoiy kishilar ovchilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
Markaziy Farg‘ona neolit yodgorliklari. Markaziy Farg‘ona cho‘llaridan ham so‘nggi vaqtlarda 80 dan ortiq neolit davri makonlari topilgan bo‘lib, ular fanda Markaziy Farg‘ona madaniyati deb nomlanadi. Markaziy Farg‘ona neolit yodgorliklari jumlasiga Zambar 1,3, Yangiqadam 12, 14, 16, 19, 23, 35, Dorozko‘l 1,2, Sariqsuv, Mingbuloq, Uzunko‘l 1,5, Toypoq 2,4, 6, 7, 8,9, 10, 11, 12, Uzunko‘l 1,5, Yangisuv, Go‘rtepa, Sigirchilik, Damko‘l, Madyor 1, 2, 3, 4, 8, 16, Boskum I-IV kabi joy-makonlarni kiritish mumkin. Mazkur joy-makondan uchrindi va mayda parrakchalar olish uchun mo‘ljalangan nukleuslar, har xil qirg‘ichlar, teshkichlar, parrak va parrakchalar, o‘roq-randalar, tosh cho‘qmorlar-ushatgichlar, tosh pichoqlar, simmetrik trapetsiyalar topilgan. Ayni vaqtda joy-makonlardan uchli tosh qurollar, siniqlar, toshdan yasalgan taqinchoqlar va yorg‘uchoqlar ham terilgan. Ularning aksariyati har xil rangdagi chaqmoqtosh, slanets va daryo toshlaridan yasalgan bo‘lib, ba’zi qurollarga ikki bor ishlov berilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ba’zi joy-makonlardan bir necha qurolni o‘zida mujassamlashtirgan qurollar va nihoyat ikki tomoniga ishlov berilgan kamon o‘qlarining uchlari -poykonlar topilganligi diqqatga sazovordir. Uchrindi va qurollarning aksariyatiga ishlov berilib, retushlangan. Markaziy Farg‘onaning turli rayonlaridan topilgan tosh buyumlar va qurollar, shuningdek, bezak-taqinchoqlar bir-biriga o‘xshashligi bilan diqqatga sazovordir. Mazkur joymakonlarda qadamalar sifatida foydalanilgan mayda parrakchalar keng tarqalgan.
Neolit davri kishilari o‘z qurollarini chaqmoqtosh, xalsedon va loyli chaqmoqtoshdan yasaganlar. Ular har xil toshlardan xilma-xil bezak buyumlari -taqinchoqlar yasaganlar. Ammo bu yerlardan negadir sopol idishlar va ularning parchalari topilmagan. Markaziy Farg‘ona madaniyati yodgorliklarining hammasi bir davrga mansub emas, albatta. Mazkur madaniyat edgorliklarining aksariyati o‘tish davriga - mezolitniig oxirgi va neolit boshlariga mavsub bo‘lib, miloddan avvalgi VI mingyillikning oxiri va V mingyilliklarga mansub bo‘lishi mumkin. Ammo Markaziy Farg‘onaning shimoliy chekkasidan, ya’ni Madyor 3, 4 va boshqalardan topilgan qurollarning aksariyati so‘nggi neolit davriga, ya’ni miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga mansub bo‘lishi mumkin.
Markaziy Farg‘ona ko‘llari yoqasida yashagan ibtidoiy qabilalarning xo‘jaligi o‘zlaridan oldin yashagan mezolit qabilalari xo‘jaligidan katta farq qilmay, ular ham ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan bo‘lishi mumkin. Tuyabo‘g‘iz suv ombori zonasidan neolit davriga oid tosh buyumlar va ko‘plab mehnat qurollari topilgan. Bu qurollar zonaning to‘rt joyidan terilgan. Qurollarning xili va soni orta borib, ularning sifati so‘nggi tosh asri qurollariga nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Joylardagi neolit kompleksidan qalamsimon nukleuslar va ularning bo‘laklari, nukleus-qirg‘ichlar, nukleusdan ko‘chirib olingan parcha-toshlar, plastinkalar va ularning siniq bo‘laklari, qirg‘ich va kurakchalarning bir necha xili, keskichlar, sigmentlar, geometrik qurollar, qadamalar, randalar, retushli va retushsiz uchrindi va chaqmoqtosh parchalaridan iborat juda ko‘p mexnat qurollari topilgan. Qurollarning ko‘pchiligi so‘nggi paleolit qurollariga nisbatan ancha nozik qilib ishlangan.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling