O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet8/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

2.3. NEOLIT DAVRI YODGORLIKLARI
Neolit uzoq davom etgan tosh asrining so‘nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Paleolit, mezolit singari neolit so‘zi ham neos -yangi va litoe -tosh degan qadimgi grek so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, yangi tosh davri, degan tushunchani bildiradi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davrida iqlim hozirgiga ancha yaqin bo‘lgan, u davr kishilari yer yuzi bo‘ylab ancha keng tarqala boshlaganlar. Ular turli tabiiy sharoitga moslasha boshlaganlar va alohida madaniyat yaratganlar. Turli geografik muhit va shart-sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turar joylari va xo‘jaliklari ham har xil shaklga ega bo‘lgan. Bu esa xo‘jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Janubiy o‘lkalarning serhosil joylarida yashagan kishilar xo‘jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirib yuborganlar. Shimolroq o‘lkalar esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli uzoq vaqt orqada qolib kelgan.
Neolit davri qabilalari aksariyat, hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda yashamasinlar, ularning mehnat qurollari mezolit davridagiga nisbatan takomillasha borgan. Neolit davriga kelib, mezolitning so‘nggi bosqichida kashf etilgan tosh boltalar ancha keng tarqalgan, parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o‘qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parma, qirg‘ich, yorma toshlar, o‘roq-randa va boshqa qurollar takomillashgan. Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana biri kulolchilik bo‘lib, ular loydan har xil idishlar yasashni va ularni olovda pishirishni o‘rgangandirlarki, bu o‘sha zamon uchun juda katta kashfiyot edi. Neolit davrida odamlar rangli va oddiy metallar bilan tanishganlar. To‘qimachilikning kashf etilishi xam, dastlabki suvda suzish-qayiqsozlik ham jamiyatga neolit davrining tortig‘i bo‘lgan. Neolit davrida o‘zaro buyum almashinuvi rivojlandi.
O‘rta Osiyoning janubiy yerlarida, xususan, Kopetdog‘ etaklarida sug‘orma dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topib, dashtlarda, katta-kichik daryo va ko’llarnnng soxilida ovchilik va baliqchilik rivoj topa boshlaydi.
O‘rta Osiyoning baland tog‘lik rayonlarida esa boshqacha neolit madaniyati shakllanadi. O‘rta Osiyoda yashagan neolit qabilalari xo‘jalik shakllariga ko‘ra Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatiga bo‘linadiki, ular sanasining yuqori chegarasi miloddan avvalgi VI mingyillik, quyi chegarasi esa IV-III mingyilliklar bilan belgilanadi.
Arxeologlar olib borgan qidiruv va tadqiqot ishlari natijasida O‘rta Osiyoning turli joylaridan Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatiga mansub yuzlab joy-makon va maskanlar topib o‘rganilgan. Bular orasida Amudaryo etaklaridan topilgan Yonboshqal’a neolit davri joy-makoni diqqatga sazovordir. Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan xam neolit davri makonlari ko‘plab topilgan. Bular orasida Kaltaminordagi Yonboshqal’a degan joydan topilgan makon diqqatga sazovordir.
Yonboshqal’ani qazib ochish vaqtida 290 kv. m hajmli (24 m x 17 m kattalikdagi) turar joyning qoldig‘y topilgan. S.P.Tolstovning fikricha, bu chayla shaklidagi makon bo‘lib, yog‘och ustun, sinchlar bilan ko‘tarilgan. Uning tomiga ko‘ndalang bag‘azlar tashlanib, usti qamish bilan berkitilgan. Chayla sathining ko‘p joylaridan katta-kichik chuqurchalar topildi. Bu ustun va sinchlar o‘rnatilgan chuqurchalardir. Chayla o‘rtasidan katta markaziy o‘choq qoldig‘i, uning atroflaridan esa mayda o‘choqlar qoldig‘i, chayla atrofidan esa kul, kuygan qamish va yog‘och qoldiqlari topildi. Yonboshqal’a makonidan neolit davri uchun xos nukleuslar, nayza poykonlari, qirg‘ich, plastinka, kamalak o‘qlarining uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan. Makonning madaniy qatlamlaridan baliq, yovvoyi cho‘chqa, qirg‘ovul, suv qushlarining suyaklari, o‘rdak va g‘oz tuxumlarining po‘choqlari, jiyda danaklari xam topilgan. Yonboshqal’a makonidan sopol idishlarning parchalari ham topilgan bo‘lib, ularning og‘zi yaloq, ost tomoni do‘ngroq, sirtiga to‘lqinsimon naqshlar berilgan idishlar edi.
Yonboshqal’a atroflaridan va butun Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Ustyurt makonidan topilgan tosh qurollar singari buyumlar topilib, ularni o‘rganish asosida bu erda bundan V-VI mingyil ilgari neolit davri kishilari yashab, asosan baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganliklari aniqlanadi. Bunday makonlar majmuasi Kaltaminor madaniyati deb ataladi. Bu madaniyatga mansub makonlar qadimgi Mohonko‘l, Katga, Kichik Tuzkon, Qorong‘i Sher, Daryosoy kabi ko‘l va daryo sohillaridan ham topilgan bo‘lib, ular miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga mansub yodgorliklardir. Zarafshon etaklaridagi neolit davri madaniyati. Keyingi 35-40 yil ichidagi arxeologik qidiruv va qazish ishlari natijasida Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimidagi Katta va Kichik Tuzkon, Gujayli va Mohondaryoning qadimgi o‘zanlari sohilidan 45 ta neolit va 30 ta bronza davriga oid joy-makonlar topib o‘rganildi. Taajjubki, hozir bu yerlar kimsasiz va suv oqmaydigan joylar hisoblanadi.
Neolit davriga mansub yodgorliklarning hammasi Katta va Kichik Tuzkon ko‘lining sohillarida joylashgan. Faqat Katta Tuzkon soxilining o‘zidan 35 ta joy-makon topilib, shundan bittasi ko‘p qatlamli va yana bittasi bir qatlamli makonlardir. Kichik Tuzkonda esa uchta joy-makon borligi aniqlangan. Ayni vaqtda neolit davri joy-makonlari Mohondaryo havzasi, Kaptarniqumi, Echki Qiron, Qorong‘i Sho‘r va Qumisultondan ham topib o‘rganilgan.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling