O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet6/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Chil-chor chashma makoni. Bu makon Tojikistonning Shaxrituz rayoni g‘arbidagi Chil-chor chashma buloq nomli chashma yaqinida joylashgan. Arxeologlar Chil-chor chashma atroflaridan chaqmoqtoshdan yasalgan sigmentlar, trapetsiyalar, parrakchalar, prizma shaklidagi nukleuslar, qirg‘ichlar, o‘q va nayza uchlari va boshqa qurollar topganlar. CHil-chor chashma qurollari shakli, ishlanish texnikasi, katta-kichikligi jihatidan O‘rta Osiyoning boshqa joylaridagi mezolit qurollariga o‘xshab ketadi. Chil-chor chashma qurollari Kapsa madaniyatiga xos qurollar qatoriga kirib, uning sanasi miloddan avvalgi 8-7 mingyilliklarga mansubdir.
Shugnau makoni. Bu makon Darvoz tizmasidan boshlanadigan Yaxsuv daryosining yuqori oqimidagi Shugnau qishlog‘i yaqinida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 2000 metr. Uning madaniy qatlami 5 gorizontdan iborat. 0 gorizont 3 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, mezolitga oid buyumlar xuddi shu qatlamda joylashgan. Qolgan I-IV gorizontlar qadimiy bo‘lib, so‘nggi va o‘rta tosh asriga mansubdir. Yuqori 0 qatlamdan uchrindi, nukleus, qirg‘ich, plastinka, o‘q uchlari, mayda qurollar va chiqindilar topilgan. Madaniy qatlamlardan o‘choq va gulxan qoldiqlari, ot, tur-bizon, tog‘ echkisi, arxar kabi yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari ham topilgan. Makondan topilgan tosh qurollar, qatlamlar va yovvoyi hayvonlarning suyaklariga qarab xulosa chiqarilsa, Shugnau tosh asri kishilari bo‘lgan ovchilar yoz fasllaridagina kelib ketadigan vaqtinchalik manzilgoh bo‘lgan, deyish mumkin. Demak, Shugnau makonining eng yuqori 0 gorizonti mezolit davriga - miloddan avvalgi VII-VI mingyilliklarga mansub yodgorlikdir.
Mezolit davriga mansub tosh qurollar Xo‘jag‘or, Quyi ruyon, Tutqovul, Sharqiy Pomirdagi Alichur daryosi havzasidagi Qorako‘l va Murg‘ob daryolarining yuqori oqimlaridan topib o‘rganilgan. Yaqin vaqtlargacha ham Pomir baland tog‘li o‘lka bo‘lganligi uchun odamlar u yerga ot, tuya, qo‘tos kabi miniladigan xayvonlar paydo bo‘lgandan keyin kelib o‘rnasha boshlagan, degan fikr bor edi. Lekin Pomirdagi Oshxona, Qoratumshuq, Alichur va Markansuv daryolari havzasidan mezolit davri yodgorliklarining topilishi yuqoridagi fikrni rad etdi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling