O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet3/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Obishir I g‘or-makoni. Bu yodgorlik Haydarkon shaharchasidan 4-5 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, kengligi 25,5, balandligi 12, chuqurligi esa 5-6 metrni tashkil etadi. G‘orning og‘zi janubga qaragan. Obishir I g‘or-makonining madaniy qatlamlaridan mayda tosh qurollar -mikrolitlar, parrakchalar, plastinkalar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari, shuningdek, nukleuslar topilgan. Bu qurollarning aksariyati Farg‘ona va O‘rta Osiyoning boshqa joylaridan topilgan mezolit davri tosh qurollariga o‘xshab ketadi. Shunday ekan, Obishir I g‘or-makonidan topilgan tosh qurollarni ham mezolit davriga mansub, deyish mumkin. Obishir V g‘or-makoni. Bu yodgorlik Obishir I g‘or-makonidan 200 metrcha g‘arbda joylashgan bo‘lib, kengligi 8, balandligi 10 va chuqurligi 4-5 metr dan iboratdir. U ham Obishir I kabi janubga qaragan bo‘lib, unda uchta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Obishir V g‘or-makonining quyi qatlamlari qazib ochilgan vaqtda oq-qora va kulrang chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar-parrakchalar, pichoq qadamalari, qirg‘ichlar, keskichlar, teshgichlar, o‘roq-randalar, shuningdek, har xil shakldagi nukleuslar topilgan. Ayni vaqtda makondan dag‘al parraklar 62 va yirik uchrindilar topilgan bo‘lib, ular ham qurol sifatida ishlatilgan bo‘lsa kerak. Madaniy qatlamdan yovvoyi hayvonlarning parchalangan, sindirilgan suyaklari xam topilgan. Obishir V qurollari o‘zining ishlanish texnikasi jihatidan xuddi Obishir I dan topilgan qurollarga aynan o‘xshaydi. Demak, Obishir V g‘or-makonining quyi qatlamlaridan chiqqan tosh qurollar va boshqa buyumlar, shuningdek, baliq tutishda ishlatiladigan gruzila -qadoq toshlar ham o‘rta tosh asri -mezolitga mansub bo‘lishi mumkin. Har ikki g‘or-makondan topilgan ashyolarga asoslanib, Haydarkon-So‘x vohasidagi mezolit davrining ibtidoiy qabilalari baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shurullangan, deyish mumkin.
Markaziy Farg‘ona mezoliti. Keyingi 30 yil ichida Markaziy, Janubiy va Sharqiy Farg‘ona yerlaridan mezolit davri makonlari ko‘plab topildi. Bular orasida Markaziy Farg‘ona mezoliti alohida ahamiyatga egadir. Markaziy Farg‘onadagi Ittak qal’a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘l, Damko‘l, Bosqum (Mader) kabi joy-makonlar diqqatga sazovordir. Ular Markaziy Farg‘onadagi qadimgi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib, aftidan bu joylar qadimda tosh asri kishilarining yashashlari uchuy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan. Aks holda Markaziy Farg‘onaning bu go‘shasida 80 joydan ortiq makon topilmagan bo‘lardi. Arxeologlar bu makonlardan har xil shakldagi retushlangan, retushlanmagan ixchamroq nukleuslar topganlar. U davr kishilari bu nukleuslardan siniq va mayda parrakchalar olishni ko‘zda tutgan bo‘lsalar kerak. Mazkur makonlarda yirik parraklar olish uchun mo‘ljallangan yirik nukleuslar juda oz uchraydi, yoki mutlaqo uchramaydi. Ayni vaqtda xilma-xil shakl va kattalikdagi qirg‘ichlar, teshgich, o‘tkir uchli, ammo o‘tmaslashgan tosh qurollar, uzun, qiska parrak va parrakchalar, retushli va retushsiz siniq uchrindilar, mayda geometrik qurollar ancha ko‘p tarqalgan. Shu bilan birga daryo toshlaridan ishlangan uchrindilar ham uchraydi.
Ba’zi makonlardan esa ilk joytun madaniyatiga oid trapetsiyalar xam topilgan. Ayrim makonlarda kattaroq nukleuslar ham uchraydiki, ulardan yirikroq siniq va parraklar olish mumkin bo‘lgan. Bu qurollar qora, rangdor, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanets va boshqa tosh navlaridan yasalgan. Makonlada qirg‘ichlar, mayda parrakchalar va siniq hamda parrakcha olish uchun mo‘ljallangan nukleuslar ko‘proq uchraydi. Ko‘p qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbiy nozikligi, ixchamligi bilan muste va so‘nggi tosh asri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg‘onadagi tosh asri yodgorliklari majmuasi ochiq holdagi joy-makonlar bo‘lib, ularda qatlam yo‘q. Arxeologlar ularni qiyosiy o‘rganib, mezolit davriga mansub, deb davrlashtirishgan. Ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu yodgorlikdagi ba’zi joy-makonlar ilk mezolitga, boshqalari esa so‘nggi mezolitga mansub bo‘lishi ham mumkin ekan. Hozir bu joylarda qum barxanlari keng tarqalgan. Ammo o‘tmishda mazkur rayonda katta-kichik ko‘llar ko‘p bo‘lib, mezolit va neolit qabilalarining joy-makonlari ana shu ko‘llar sohilida joylashgan edi. Mezolit davri qabilalari esa termachilik, baliqchilik va ovchilik bilan shug‘ullanib, tirikchilik qilganlar.
Markaziy Farg‘onadagi tosh asri makonlarida keyingi davrga mansub madaniy qatlamlar yoki yodgorliklar yo‘q. Buning sababi nimada ekan? Arxeolog A.V.Vinogradov o‘zining Xorazm ekspeditsiyasidagi ko‘p yillik tajribasiga suyanib, sahro zonalaridagi joy-makonlarning buzilish davrini uchga bo‘lgan edi. Birinchi-madaniy qatlamlari qadim zamonlardayoq buzilgan joy-makonlar; ikkinchi-madaniy qatlamlari yaqindagina buzilgan joy-makonlar va nihoyat uchinchi-madaniy qatlamlari buzilish jarayonini hozir boshidan kechirayotgan joy-makonlar.
Markaziy Farg‘onadagi mezolit va neolit yodgorliklarining hammasi birinchi gruppadagi joy-makonlarga mansub bo‘lib, bu joylar ma’lum sabablarga ko‘ra o‘sha zamondayoq tashlab ketilgan, so‘ng esa asta-sekin buzila boshlagan. Shuning uchun u erdagi turar joylarning qoldiqlari, xo‘jalik inshootlari, sopol idishlar, hayvonlarning suyak qoldiqlari, umuman inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa narsalar saqlanib qolmagan.
Markaziy Farg‘onadagi mezolit, yodgorliklari- shartli ravishda ikki bosqichga - ilk va so‘nggi mezolit davrlariga bo‘linadi. Ittak qal’a 2, Achchiq ko‘l, 1,7, Yangiqadam 1-2, Toypoq I ilk mezolit-miloddan avvalgi IX-VII mingyilliklarga mansub deb faraz qilinmoqda. Markaziy Farg‘onadagi so‘nggi mezolit yodgorliklariga Achchiko‘l, Yangiqadam 2, Bekobod 3, 4, Sho‘rko‘l 2, Madyor 11, Yangiqadam 22, Toypoq 2, Achchiqko‘l 3, Zambar 2, Toypoq 3, 5, 7, Bekobod 1, 2, Sho‘rko‘l 1 va boshqa joy-makonlarni kiritish mumkin; ular miloddan avvalgi VI mingyillikka mansub bo‘lishi mumkin.
Farg‘onadagi mezolit davri yodgorliklari haqida fikr yuritilar ekan, ularning xo‘jaligi va kundalik mashg‘uloti haqida ham to‘xtab o‘tish kerak. Agar Janubiy Farg‘ona tog‘lari orasida yashagan mezolit; davri qabilalarining tirikchilik vositalari yovvoyi hayvonlarni ovlash va termachilik bilan bog‘liq bo‘lsa, Markaziy Farg‘onada yashagan mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik, termachilik bilan bir qatorda baliqchilik juda katta rol o‘ynagan. Chunki ular Markaziy Farg‘onadagi ko‘llar yoqasida istiqomat qilganlar. Bu ko‘llarda esa baliqlar behisob edi. Demak, Janubiy va Markaziy Farg‘ona vodiysining qulay geografik sharoiti mazkur joylarda ibtidoiy kishilarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling