O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi
Download 339.5 Kb.
|
2,2 mezolit neolit (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shilish mezolit makoni
Buzsuv I mezolit yodgorliklari. Ibtidoiy odamlar qadimgi Qoraqamish jarligi yoqalarida faqat muste yoki so‘nggi tosh asridagina emas, balki o‘rta tosh asri - mezolit davrida ham istiqomat qilganlar. Qadimgi Bo‘zsuv anhorining Qoraqamish jarligiga quyilish joyidan uncha uzoq bo‘lmagan Shoiko‘prikdan qirg‘ichlar, geometrik qurollar, ixcham plastinkalar va nukleuslar topilgan. Shulardan ikkitasi nukleus, uchtasi qirg‘ich va 4 tasi plastinka bo‘lib, ular o‘zining ixcham, nozik ishlanganligi bilan muste va so‘nggi tosh asri qurollaridan farq qiladi. Bo‘zsuv I mezolit kompleksidan topilgan qurollarning birinchi va ikkinchi ishlovi, shakli va ixchamligiga qarab hukm chiqarilsa, ularni mezolit, davriga mansub deb hisoblash mumkin.
Qo‘shilish mezolit makoni. Bu yodgorlik Toshkentning g‘arbida bo‘lib, qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohiliga joylashgan. Qo‘shilish makonini kovlash natijasida chaqmoqtoshdan ishlangan nukleus, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, uchburchak shakldagi qurollar, tosh pichoq, silliqlangan tosh buyumlar, tosh parchalari topilgan. Qo‘shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar muste va so‘nggi tosh asri qurollariga nisbatan o‘zining ixchamligi, nozik ishlanganligi, shuningdek, qurol turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qo‘shilishdan topilgan nukleuslar va qirg‘ichlar ko‘p jihatdan Farg‘onadagi Obishir I, V, Achchiqko‘l, II, III, Toypoq I va Machaydan topilgan nukleus va qirg‘ichlarga o‘xshab ketadi. Ammo Qo‘shilishdagi bu qurollar ancha qadimiy xususiyatga ham egadir. Qo‘shilishdagi qurollarda o‘ziga xoslik ham mavjud. Bu farq, avvalo, Qo‘shilishdan topilgan qurollarning geometrik shaklda ishlanganligida ko‘zga tashlanadi. Yuqorida nomlari aitilgan makonlarning hech birida uchburchak shakldagi qurol yo‘q. Qo‘shilishda esa pichoqsimon parrakchalar uchramaydi. Qo‘shilish materiallarining ba’zilari Yaqin va O‘rta Sharqdagi Shanidar, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollarning ba’zilariga o‘xshab ketadi. Qo‘shilishning madaniy qatlamlaridan qo‘y, echki, buqa va sigirning suyak qoldiqlari topilgan. Uning madaniy qatlamlarini chuqur tahlil qilish, qurollarni o‘rganish, qiyoslash natijalariga qarab, mazkur yodgorlik mezolit davrining miloddan avvalgi XI-X mingyilliklariga mansub deyish imkonini beradi. Qoraqamish jarligi atroflarida, umuman Toshkent vohasida bundan 12-13 mingyil muqaddam yashagan kishilar asosan ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Madaniy qatlamdan qo‘y, echki va qoramol suyaklarining chiqishiga qarab xulosa qilinsa, o‘sha davrda odamlar yovvoyi hayvonlarni xonakilashtira boshlaganlar, degan fikrga kelish mumkin. Qo‘shilish hozirgi Toshkent vohasi bo‘yicha durust o‘rganilgan mezolit yodgorligining birinchisidir. Shimoli-g‘arbiy Ustyurt qadimdan boshlab odamlar yashab kelgan joylardan hisoblanadi. So‘nggi 20 yil ichida muttasil olib borilgan arxeologik ishlar natijasida Ustyurtning Jayron quduq, Aydabol quduq degan joylaridan mezolit va neolit davrlariga mansub 30 ta joymakon topildi. Shundan 26 tasi Aydabol quduq va 4 tasi Jayron quduq atroflarida tarqalganligi aniqlandi. Aydabol mezolit davri makonlari. Bu yodgorliklar Aydabol qudug‘i atrofi va undan 6 km uzoqlikdagi masofalar oralig‘ida joylashgan. Ular Aydabol 2, 4, 6, 9, 11, 14, 15, 16, 21, 22, 25 joy-makonlar hisoblanadi. Mazkur makonlardan chaqmoqtoshdan ishlangan uchrindilar, nukleuslar, tosh bo‘lakchalari, retushli va retushsiz parrakchalar, pichoqsimon parrakchalar, qirg‘ichlar, ikki tomoniga ishlov berilgan kamon o‘qining uchlari - o‘tkir uchli poykonlarning siniqlari, trapetsiyalar, teshgichlar, kirg‘ichlar, qirg‘ichli siniqlar, keskichlar, bargsimon shakldagi tosh poykonlar, nayza uchlari, qayron toshdan ishlangan tosh qurollardan juda ko‘p miqdorda topilgan. Qurollar bilan birgalikda qo‘lda ishlangan sopol idishlarning bo‘lakchalari, shuningdek, chig‘anoqdan yasalgan nozik taqinchoqlar va bezak buyumlar ham topilgan. Mutaxassislar Aydaboldan topilgan tosh qurol, buyum, sopol idishlar va taqinchoqlar mezolit-neolit davriga - miloddan avvalgi VII-V mingyilliklarga mansub, deb qarab, Aydabol 16, 25 dan topilgan buyumlarni esa miloddan avvalgi VIII-VII mingyillikka mansub bo‘lishi mumkin, demoqdalar. Agar Aydabol 6, 9, 11, 21, 22 joy-makonlardan topilgan buyumlar miloddan avvalgi VII—VI mingyillikka mansub bo‘lsa, Aydabol 2, 4, 14, 15 makonlaridan topilgan buyumlar esa miloddan avvalgi VI-V mingyillikka oid ekan. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling