Ovqatlanish gigiyenasi reja
Download 62.23 Kb.
|
Документ Microsoft Word (3)
Vitaminlar
Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, juda oz miqdorda o ’z ta’sirini namoyon eta oladi. Vitaminlar tanaga tushgandan so’ng o ’zgaradi, parchalanadi, boshqa moddalar bilan qo’shilib, modda -almashinishini me’yorida kechishini ta’minlaydi. Vitaminlaming ta’siri asosan bir qator hayot uchun eng kerakli funksiyalarni kuchaytiradi va boshqarib turadi. Ko’pchilik vitaminlar fermentlar tarkibiga kiradi va ulami funksiyalarini faollashtiradi, tanani me’yorida o ’sishini ta’minlaydi, reaktiv qobiliyatini normal holatda ushlab turadi, jism oniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi, tashqi muhitni salbiy ta’siriga chidamlikni oshiradi. Odam tanasida ba’zi-bir mustasnolardan tashqari vitaminlar ishlab chiqarilmaydi va to ’planib turmaydi. Shu boisdan ozuqa moddalari bilan muntazam holatda organizmga tushib turishi kerak. Vitaminlami organizmda yetishmasligi a’zolar funksiyalarini chuqur izdan chiqishiga olib keladi: tananing massasi kamayadi, o’sish to’xtaydi, ishtaha bo’g’iladi, ish qobiliyati pasayadi, infeksiyaga qarshilik kamayadi, nerv tizimini ish qobiliyati buziladi. Tanada avitaminoz, gipovitaminoz, gipervitaminoz holatlari tafovut etiladi. Avitaminoz - og’ir kasallik bo’lib, bitta yoki bir nechta vitaminlar tamomila bo’lmasa yoki keskin kam bo’lganda hosil boMadi.
Gipovitaminoz - kamroq namoyon blgan kasallik holati bo’lib, tanaga me’yoridan kam miqdorda qabul etish natijasida hosil bo’ladi. Gipervitaminoz - ayrim vitaminlarni me’yoridan ko’proq iste’mol etilishi natijasida hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pgina vitaminlar sintezlangan, lekin ularga bo’lgan talab tabiiy ozuqa moddalari hisobiga, ular optimal holatda rnaMum bir miqdorda bir-biri bilan aniq bir munosabatda boMgan boshqa ozuqa moddalari hisobiga qoniqtirilishi kerak. Kundalik amaliyotda biz gipovitaminoz holatlar bilan uchrashishimiz mumkin, bu ozuqa moddalarini noto’g ’ri tanlash, o’simlik mahsulotlariga alohida ahamiyat bermaslik, tayyorlash texnologiyasiga amal qilmaslik, bahorgacha sabzavot va mevalar uzoq saqlanganda ba’zi vitaminlar kamayib ketishini hisobga olmaslik natijasida sodir boladi. Sportchilar ozuqa moddalari vitaminlarga juda boy bolishi kerak, chunki ularda vitaminlarga talab yuqori, shiddatli mushak ishi, yuqori va past harorat ta’sirida vitaminlarga ehtiyoj ortadi. K o’pincha gipovitaminoz belgilari yashirin holatda kechadi va ogMr jism oniy mehnat va charchagan vaqtda to ’satdan namoyon boMadi. Shunday qilib gipovitaminoz ortiqcha trenirovka o ’tkazilgandagi holatlarni namoyon boMishiga sabab- chi boladi. Bu holatni sport amaliyotida bilish va o ’z vaqtida ozuqa moddalarini qo’shimcha vitaminizatsiya qilish (vitaminlar bilan boyitish) lozim. Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi: suvda eruvchi (C, P, B - guruhi, PP va boshqalar) va yog’da eruvchi (A, D, E, K). Vitamin C - askorbin kislota - yuqori oksidlanish - qaytarilish ta’siriga ega bo’Iib, modda almashinishida hosil boMadigan, jism oniy mashqlar natijasida to’planadigan, oraliq-to’la oksidlanib ulgurmagan moddalarga aktiv ta’sir etib, tiklanish vaqtini qisqartiradi. Vitamin C ayrim fermentlarning ishini, gormonlarni aktivlashtiradi, aminokislotalar assimilyasiyasini yaxshilaydi, qon ishlab chiqarishni kuchaytiradi, leykotsitlar faolligini oshiradi va antitelolar ishlab chiqarishni yaxshilaydi. Vitamin C tanada boMmasa, singa deb ataladigan og’ir kasallik yuzaga keladi. Bu kasallik qon ketish, milkni shishishi, tishning tushib ketishi, mushaklarning quvvatini kamayishi bilan ta’riflanadi. C – gipovitaminozida bu holatlar yengil holda hosil bo’ladi. Umumiy kam quvvatlik, apatiya, uyquchanlik, terini oqarishi va qurishi, milkda va terida qon quyilish, ozgina mehnatga charchash, shamollash va kasalliklarga o ’ta beriluvchanlik holatlari namoyon bo’Iadi. Vitamin C ni asosiy manbai sabzavot va mevalardir. Ayniqsa vitamin C ga quritilgan namatak, qora smorodina, pamidor, limon, apelsin, mandarin, olma, karam, maymunjon boydir. Vitamin C juda beqaror. Ozuqa moddalarini uzoq saqlash natijasida ham parchalanadi, kulinariya qayta ishlash jarayonida ham havodagi kislorod ta’sirida hattoki mis va temir idishlarda saqlaganda ham parchalanadi. Vitamin C nordon muhitda yaxshi saqlanib ishqoriy muhitda parchalanadi. Vitamin C ni yaxshi saqlab qolish uchun ovqat tayyorlaganda sabzavot va mevalar qaynab turgan suvga solinib, idishni qopqog’i berkitilgan holatda qaynatish lozim. Ovqatlanish me’yoriga asosan 1 yo 8-40 yoshlardagi erkaklarga bir kunda 80-100 mg, ayollarga 65-85 mg miqdorida m o’ljallangan. Bu me’yor bajariladigan mehnatning og’ir va yengilligiga bog’liq. Sport bilan shug’ullanadigan odamlar ovqat ratsionida oddiy kundalik mashq vaqtida vitamin C 100-150 mg gacha ko’paytiriigan, musobaqa vaqtida 250-300 mg gacha ko’paytiriladi. Musobaqa oldidan, start oldidan 150-200 mg vitamin C berish (N.N. Yakovlev) ko’zda tutiladi. Askorbin kislotasi zaharli emas va tanada to’planib turmaydi. Sport ish qobiliyatini oshirish uchun jismoniy mehnat oldidan bir marotaba askorbin kislotasini qabul etgandan ko’ra har kunda ozuqa moddalari bilan vitamin C ni optimal miqdorini qabul etgan afzalroqdir. Ovqatni vitamin C bilan boyitishni eng oddiy usuli vitaminga boy sabzavot va mevalami quruq namatak suvi, karam va boshqa shunga o’xshash ozuqa moddalarini kproq iste’mol etishdir. Vitamin P - rutin. Rutinning asosiy funksiyasi kapillyar qon tomirlari devorini mustahkamlash, tkazuvchanligi va egiluvchanligini kamaytirishdir. Bu holatlar faqat vitamin C bilan birga blgan vaqtdagina namoyon boMadi. Limon, apelsin, qora smorodina, namatak mevasida, qizil garimdorilar rutinga juda boydir. Sportchilarda og’ir jismoniy mehnat ulaming kapillyar qon tomir devorlarida juda katta o ’zgarish!arga olib keladi, natijada kapillyarlar yorilib qon chiqib teri qavatida qotib qolib, ma’ium bir krinishni nuqta-nuqta holidagi qonning quyilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bunday ahvolni oldini olish maqsadida sport bilan muntazam shug’ul!anuvchi sportchilar ovqat ratsioniga 40- 60 mg vitamin P preparati qo’yish va shu bilan bir vaqtda askorbin kislotasini miqdorini oshirish I.M. Borisov, Ye.M. Zaburkinlar tomonidan tavsiya etilgan. Download 62.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling