O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


O’ZBEKISTONNING MA`NAVIY, MADANIY TARAQQIETI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

 
O’ZBEKISTONNING MA`NAVIY, MADANIY TARAQQIETI 
 
R E J A 
 
1. Mustaqillik yillarida ma`naviy haet 
2. Milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi 
3. Ta`lim to’g`risidagi qonun va Kadrlar taerlash Milliy dasturi 
 
ADABIETLAR: 
 
1. I.A.Karimov Istiqlol va ma`naviyat. Toshkent,  «O’zbekiston», 1994. 
2. I.A.Karimov O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqietyo’li. Toshkent, 
«O’zbekiston», 1992. 
3. I.A.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida. Xavfsizlikka taxdid,  
barqororlik shartlari va taraqqiet kafolatlar. Toshkent, «O’zbekiston», 1997. 
4. I.A.Karimov Barqamol avlod O’zbekiston taraqqietining poydevori 
Toshkent, «O’zbekiston», 1997. 

5. I.A.Karimov Jamiyatimizmafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga 
xizmat etsin. Toshkent,  «O’zbekiston», 1998. 
6. I.A.Karimov O’z kelajagimizni o’z qulimiz bilan qurmoqdamiz 
«Turkiston» gazetasi muxbiri savollariga javoblari. «Turkiston» 22 yanvar, 
1999. 
7. X.Zieev. Amir Temur davlatining mafkurasi. «O’zbekiston ovozi», 12 
oktyabr`, 1995. 
8. A.Choriev. Milliy istiqlol mafkurasi va uning asosiy xususiyatlari. 
«Muloqot» N 4, 1996. 
9. A.Ibroximov, X.Sultonov, N.Juraev. Vatan tuyg`usi. Toshkent, «O’z-
bekiston» 1996. 
10.O’zbekistonning yangi tarixi.3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. 
T.2000 
11.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
12.Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar. T.2001  
 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir 
vaqtda ma`naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni 
xalqimizga etkazish borasida keng ko’lamda faoliyat ko’rsatmoqda. 
Respublika Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlab o’tganidek, ma`naviyatning 
mohiyati shunchalik kengki, uni o’lchab ham, poeniga etkazib ham bo’lmaydi. U 
inson uchun butun bir olamdir. 
Jamiyatimiz haetida ma`naviy kamolotni tezlashtirish, milliy istiqlol  
mafkurasinishakllantirish, milliy qadriyatlarni o’rganish mustaqillikni 
mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir. 
Haetimizda ma`naviy kamolotni rivojlantirish, eshlarni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning bizgacha etib kelgan boy madaniy 
me`roslarini o’rganish ham katta o’rin egallaydi. Shu sababli O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-
bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o’rganish va targ`ib etish uchun 
keng yo’llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridanoq amalga oshirila boshladi. 
1991 yili buyuk alloma, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini 
o’tkazish katta voqea bo’ldi. Bu tantanaga bag`ishlanib Respublikamizda 
shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Ulug`bek tavallud topgan  
kunining 600 yilligi keng ko’lamda, jahon miqesida nishonlandi. YuNESKO 
ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag`ishlangan havtalik va unga ko’rgazma 
ochildi. 
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo’lib 
o’tdi. YuNESKO tomonidan 1996 yil «Amir Temur yili» deb e`lon qilindi. Shu 
yili YuNESKO ning Parijdagi qarorgohida «temuriylar davri, fan, madaniyat va 
maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga bag`ishlangan 
ko’rgazma ochildi. 

Mamlakatimizda «Temur va temuriylar» muzeyi, Temur nomi berilgan 
bog`lar, ko’chalar barpo etildi. 
Respublikamizda  bizgacha etib kelgan boy meroslarni o’rganish, milliy 
o’zlikni anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga keng ko’lamda e`tibor 
berilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi 
ko’rsatilmoqda. So’nggi yillardi tashkil etilgan «Oltin meros» jamg`armasi, 
Abdulla Qodiriy nomidagi «Meros» nashrietlari keng miqesda ma`naviy-
ma`rifiy ishlarni olib bormoqda. Islom olamining allomalari Iso at-Termiziyning 
1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 
850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko’lamda 
nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. 
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, 
Ogahiylarga bag`ishlanib kechalar o’tkaziladi, Jaloliddin Manguberdining 800 
yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1000 yilligiga 
bag`ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi. 
Ma`naviy haetni takomillashtirish borasida 1994 yil O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan ma`naviy qadriyatlarni o’rganish va uni 
takomillashtirish borasida «Ma`naviyat va ma`rifat» jamoatchilik markazini 
tuzish haqida farmon e`lon qilindi. Markaz tomonidan Imom al-Buxoriyning 
yubileyiga bag`ishlab «Al-jome` as-sahiyh» (Ishonarli to’plam), «Al-adab al-
mufrad» (Adab durdonalari) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. 
1998 yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg`oniy 
tavalludining 1200 yilligi jahon miqesida keng nishonlandi. Yubileylar 
munosabati bilan allomalar haetiga bag`ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy 
ko’rgazmalar ochildi. Bularning barchasi O’zbekistonda chinakam milliy 
qadriyatlarni tiklash uchun yuritilaetgan katta ishlardan dalolat beradi. 
Ayniqsa, al-Buxoriy xalqaro jamg`armasining ochilishi katta voqea bo’ldi. 
Respublikamiz Prezidenti Imom al-Buxoriyning, Ahmad al-Farg`oniyning 
 
mo’`tabar nomlarini tiklash, xalqimiz, qolaversa, butun dune musulmonlariga 
qaratilgan shaxsiy tashabbusi bilan ul-zoti shariflar sha`niga ulug`vor edgorliklar 
va jamg`armalar tuzishga imkon yaratildi. Jamg`armaning maqsadi Imom-al 
Buxoriyning haeti, ilmiy m`erosi, u yashagan davr fani va madanyatiga oid 
bo’lgan tarixiy manbalarni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Islom 
olami buyuk namoyandalarining tuy-tantanalari rivojlanishi butun dune 
xalqlarining diqqat-e`tiborida bo’ldi. 
Ma`naviy merosning tiklanishi uning bir bo’lagi bo’lgan diniy qadriyatlarga 
ham e`tiborni ko’chaytirdi. 1992 yil Prezident farmoni bilan Ramazon va 
Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e`lon qilindi. «Haj» safarlari 
tiklandi. 
«Movarounnaxr» diniy boshqarmasining faoliyati ham Respublikamiz 
haetida o’z urnini egalladi. 
Xalqimizning asrlar davomida nishonlanib kelingan bayramlaridan biri 
«Navruz»-umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. 

Jamiyat taraqqietida ruy beraetgan uzgarishlarni tushunish, hur fikrlilikka 
intilish uchun kishilarni yangi yo’ldan olib boruvchi g`oyaviy qarashlar ham 
xozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmaqda. Jamiyatimizda siesiy 
mustaqilikka erishib iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy ishlar amalga oshirilaetgan bir 
vaqtda kishilar ongida mustaqilliq g`oyasi, milliy istiqlol mafkurasi mustaxkam 
o’rin olishi zarur. Busiz, ya`ni fikrlash, e`tiqod o’zgarmasdan bozor 
munosabatlariga o’tish davrida siesiy-iqtisodiy barqororlik mustahqam bulishi 
kiyin vazifa. I.A.Karimov milliy mustaqillik mafkurasiga ta`rif berip milliy 
mustaqillik mafkurasining «...asl ma`nosi eskicha aqidalardan xoli bo’lgan, 
mustaqil va yangicha fikrlovchi qishilarni tarbiyalashdan iborat» deydi. 
Mustaqillik g`oyasi, mafkurasining xalqimizga tug`ri yo’l ko’rsatuvchi, uni 
birlashturuvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg`unlashtiruvchi, 
ahamiyatini nazarda tutib Prezident I.A.Karimov mustaqillikning daslabki 
kunlarida, 1993 yil 6 may O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II 
chaqiriq, XII sessiyasida «Oldimizda turgan eng muxim masala, bu-milliy 
istiqlol mafkurasini yaratish va haetimizda tatbiq etishdir» degan edi. 
Kishilarimiz qaysi toifa va guruxdan bo’lishidan kat`i nazar ma`naviy inqirozdan 
chiqaradigan yagona milliy g`oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir kudratli 
kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasidir. 
Yagona maqsad, yagona g`oya bulmasa jamiyat inqirozga uchraydi, xaloq 
bo’ladi. Buni biz yaqin va olis utmishdagi tariximizdan bilamiz. Milliy mafkura 
kelajak maqsadni ifodalaydigan, ana shu yuksak maqsad yo’lida yuzdan ortiq 
millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini 
bajaradi. 
O’zbekistonning bozor munosobatlariga asoslangan demokratik jamiyat 
qurish yo’ldagi iqtisodiy, iqtisodiy-siesiy, madaniy-ma`rifiy ishlarimizdagi 
barqororlik mafkuraviy taxdidlarning oldini olishni muhim vazifa qilib quyadi. 
Milliy istiqlol mafkurasini axamiyatini ko’rsatib, yurtboshimiz 
I.A.Karimov: «...xalqimizning an`analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruxiyatiga 
asoslanib, kelajakka ishonch, mexr-oqibat, insof, sabrtoqat, adolat, ma`rifat 
tuyg`ularini ongimizga sindirishi lozim» degan edi. 
Milliy mustaqillik mafkurasining eng muxim vazifalaridan biri 
mustaqilligimizning tayanchi va kelajagi esh avlodni insoniy, milliy g`urur, 
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g`oyalari mafkurasiga 
e`tiborsizlik og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
1999 yil 16  fevral «qonli seshanba» kungi voqealar milliy mustaqillik 
g`oyasini, mafkurasini eshlarimiz diliga etkazish zarurligini, buning uchun 
g`oyaviy, mafkuraviy ishlarimizni kuchaytirish lozimligini ko’rsatdi. 
Istiqlol yo’lida qadam tashlab boraetgan Vatanimizdagi mavjud ma`naviy, 
madaniy omillarga e`tibor berish bilan birga fan, maorif, ta`lim-tarbiya ishlariga 
ham e`tibor kuchaytirildi. 

«Ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. 
Ongni, tafakkurni uzgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va 
obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi», - deydi I.A.Karimov. 
Respublikamizda ta`limning yangi tizimini amalga oshirishda, O’zbekiston 
hukumati tariximizdagi ta`lim jaraenlarini o’rganib chiqib, ta`limni isloh qilish 
dasturini tayerladi. Barcha e`tibor ta`lim tizimlarini demokratik va 
insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy texnika 
bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning 
ma`rifiy salohiyatini ko’chaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1997 yil 2 
avgustda Respublikamizda «Ta`lim tug`risidagi qonun va Kadrlar tayerlash 
milliy dasturi qabul qilindi». 
Ta`limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: 
- ta`lim-tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; 
- ta`lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va duneviyligi
- ta`limda umuminsoniy, milliy-madaniy va ma`naviy qadriyatlarning 
ustuvorligi; 
- e`tiqodi, dinidan qat`i nazar barcha fuqarolar uchun ta`lim olish 
imkoniyatlari yaratilganligi; 
- ta`lim muassasalarining siesiy partiyalar va haraqatlar ta`siridan holiligi. 
1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan «O’zbekistonda o’quvchi 
eshlarni rag`batlantirish choralari tug`risida»gi farmoniga binoan talaba va 
aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan 
davlatlardagi universitetlarda ta`lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, 
malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi. 
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta 
mablag`lar ajratildi. O’zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, 
san`at oliy o’quv yurtlari, fol`klor-etnografik guruhlar madaniyat o’choqlariga 
aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo’yila boshlandi. 
MDH dagi davlatlar bilan ijodiy hamkorlik yo’liga qo’yildi, turli xalqaro 
anjumanlar o’tkazildi. 
Badiiy adabietda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan endashishga chek 
qo’yildi. Bahouddin Naqshbandiy, Feruz, Xo’ja Axror, Cho’lpon, Fitrat, kabi 
allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi. 
Davlatimizdagi ustuvor vazifa aholi sog`ligini saqlash borasidagi 
tadbirlardir. Shu maqsad uchun 1999-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi 
ishlab chiqildi. Soqlom avlod masalasi asosiy maqsadga aylandi. Eshlarni 
jismoniy va ma`nanaviy barkamol qilib tarbiyalash, onalik va bolalikni himoya 
qilish asosiy vazifa bo’lib qoldi. 
Mamlakatda «sog`lom avlod» dasturi ishlab chiqildi. Jismoniy sog`lomlik, 
barkamol insonni tarbiyalash - odob, axloq masalalari bilan bog`lab olib boriladi. 
Respublikamizdan chiqqan ko’plab sportchilarimiz Osie va jahon 
chempionatlarida ishtiroq etib, g`oliblikni qo’lga kiritmoqdalar. Ular uchun bir 

qancha stadionlar, sport maydonlari, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari
sport komplekslari qurilib, qayta ta`mirlanib, foydalanish uchun topshirildi. 
Respublikada birinchi bo’lib «Sog`lom avlod uchun» ordeni ta`sis etildi. 
1998 yil «Oila yili», 1999 yil «Aellar yili» deb e`lon qilindi. 
Shu maqsadda onalik va bolalikni himoya qilish borasida bir qancha 
tadbirlar o’tkazildi. Yangi imtiezlarga ega bo’lgan shifoxonalar qurilib, 
zamonaviy texnologiya bilan ta`minlandi. Bepul davolash yo’lga qo’yilib, 
respublika viloyatlarida dam olish va sog`lomlashtirish maskanlari buned etildi. 
Umuman O’zbekiston o’zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida 
iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda, ma`naviy, madaniy 
tomonlarga ham e`tiborni kuchaytirib, o’z allomalarini dunega tanitib, joxonning 
rivojlangan davlatlari orasida o’z nufuzi va obrusini yuqori ko’tardi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYaTI TINChLIKSEVAR 
TAShQI SIESAT ASOSLARINING IShLAB ChIQILIShI,  
UNING ASOSIY TAMOYILLARI 
  
R E J A 
 
1.O’zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga a`zo bo’lishi.  
2. O’zbekiston va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi 
3. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi 
 
ADABIETLAR: 
 
1. I.A.Karimov O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiet yo’li.  Toshkent, 
«O’zbekiston», 1992. 
2. I.A.Karimov O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida. 
Toshkent, «O’zbekiston», 1995. 
3. I.A.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida ... Toshkent, 
 
«O’zbekiston», 1998. 

4. I.A.Karimov O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, 
 
«O’zbekiston», 1999. 
5. N.Jo’raev va boshqalar O’zbekiston tarixi. Toshkent, 1998. 
6. A.Kasimov, I.Vas`kin. Osnovnie napravleniya vneshney  politiki 
Respubliki Uzbekistan. Tashkent, 1994. 
10.O’zbekistonning yangi tarixi.3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. 
T.2000 
11.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
 
XX asrning oxirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga buyuk uzgarishlar davri 
bo’lib kiradi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o’zgarib, ilgari bir-
biriga qarama-qarshi bo’lgan sobiq SSSR va AQSh etakchilik kilgan ikki 
ijtimoyi-siesiy tuzum, ikki harbiy-siesiy blok barxam topdi. Sobiq SSSR ning 
parchalanishi va sotsialistik sistema xalokati natijasida duneda yangi mustaqil 
davlatlar vujudga keldi. 
Mustaqil O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishi nuktai nazaridan 
va o’z taraqqiet istiqbollari uchun qulay geografik-strategik ahamiyatga ega. 
O’rta Osieda geografik-siesiy jixatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekistonning 
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni 
ta`minlash, xamkorlikni mustaxkamlash imkoniyatlari bor. 
Mustaqillikning daslabki kunlaridaeq O’zbeksitonning milliy manfatlariga 
mos keladigan puxta tashqi siesiy yo’lni belgilash, jaxon jamiyatiga ko’shilish, 
xorijiy mamlakatlar bilan siesiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, 
madaniy aloxalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifalar deb belgilandi. Chunki 
ittifoq davrida O’zbekiston tashqi dunedan ajralgan, tug`ridan-tug`ri aloxa qila 
olmaydigan epiq mamlakat bo’lib tashqi siesat yuritish tajribasiga hamda bu 
soxadagi kadrlarga ega emas edi. 
Prezident I.A.Karimov o’zining «O’zbekistoning o’z istiqlol va taraqqiet 
yo’li» kitobida mustaqil tashqi siesat yuritish qoydalarini nazariy va amaliy 
jixatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-
modasida mamlakatimiz tashqi siesati qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar 
«O’zbekiston Respublikasi tashqi siesiy faoliyatining asosiy printsiplari 
tug`risida»gi, «Chet el investitsiyalari tug`risida»gi, «Xorijiy investorlar va 
investitsiyalarga kafolat berish tug`risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat 
tug`risida»gi kabi xujjatlarda asoslab berildi. 
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 48 (1993) va 50-yubiley (1995) sessiyalaridagi nutqlarida 
mustaqil O’zbekiston tashqi siesatining bosh yo’nalishlari belgilab berildi. 
O’zbekiston hukumatining respublika tashqi siesatidagi asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
- mafkuraviy qarashlardan qat`i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

- nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish; 
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum 
e`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi
- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta`minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib 
chiqish; 
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalar kirmaslik; 
- davlataro aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy 
manfaatlarining ustunligi; 
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama ham ko’p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik. 
Tashqi siesatdagi ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik printsiplariga 
sodiqlik, umuminsoniy kadriyatlarni ulug`lash, respublika ijtimoiy haetidagi 
demokratik jaraenga ta`sir qilish bilan birga O’zbekiston Respublikasining jahon 
hamjamiyatida mavqeini ham oshirib bormoqda. 
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini 
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siesati uning jahon miqesida 
mustaqil davlat sifatida tezda tan olishini ta`minladi. O’zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini dunedagi 165 davlat tan oldi, ularning 
120 tasi bilan diplomatik, siesiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar 
o’rnatildi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular AQSh, 
Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va 
boshqa rivojlangan mamlakatlardir. Shuningdek O’zbekistonda 88 ta xorijiy 
mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning 24 ta huqumatlararo va 13 ta nohukumat 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunedagi 20 dan ortiq 
yiriq davlatlarda O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi. 
O’zbekiston jahon iqtisodietiga integratsiyalashish yo’lidan borib Jahon 
banki, Halkaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy 
tarraqietga ko’maklashuvchi tashkilot va boshqa moliyaviy iqtisodiy 
tashkilotlarga a`zo bo’lib kirdi va ular bilan  hamkorlik qilmoqda. Shu bilan 
birga O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog`liqni 
saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, 
BMT ningbolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro 
ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo’mitasi, Xalqaro 
avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. 
Ularning vakillik tashkilotlari Respublikamizda ochildi va faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, Evropa Ittifoqi, 
NATO, EKO, Islom konferentsiyasi tashkiloti, qo’shilmaslik harakati va 
boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. I.A.Karimov 1999 yili 

aprelida Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «tinchlik yo’lida hamkorlik» 
dasturining a`zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. 
O’zbekiston O’rta Osie davlatlari bilan Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan 
tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a`zo bo’lib kirdi va Trans Osie temir 
yo’lini tashkil etishda faol ishtiroq etdi. Bu O’zbekiston uchun dengiz yo’llariga, 
xalqaro transport tarmog`iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish 
imkoniyatini berdi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodietiga xorijiy 
sarmoyalarni jalb etishda O’zbekiston qo’yidagi tamoyillarga amal qiladi: 
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
2. O’zbekiston iqtisodietiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni 
ta`minlaydigan huquqiy ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar 
va muassasalar tuzish;  
3. Ilg`or texnologiyaning kirib kelishiga, xo’jalik tarkibini 
zamonaviylashiga ko’maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan «ochiq 
eshiklar» siesatini o’tkazish; 
4. Respublika mustaqilligini ta`minlaydigan o’ta muhim sohalarni ishlab 
chiqarish vositalari bilan ta`minlash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarishga qaratish. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni huquqiy jihatdan ta`minlovchi 
qonunlar qabul qilindi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida»,  «Chet el 
investitsiyalari to’g`risida»gi va «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat 
berish to’g`risida»gi, «Bankrotlik to’g`risida»gi qonunlar va boshqa me`eriy 
xujjatlar shular jumlasiga kiradi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni 
kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarilishi uchun shart-sharoit 
yaratdi. Tashqi savdo uchun intiezlar berildi. Tovarlarni import va eksport qilish 
uchun bojxona to’lovlari ancha kamaytirildi. 
O’zaro sarmoyalarni himoya qilish maqsadida jahonning ko’pgina 
mamlakatlari, jumladan, germaniya, Turkiya, AQSh, Frantsiya va boshqa 
mamlakatlar bilan shartnomalar imzolandi. 
Institutsional o’zgarishlar sohasida siesiy va moliyaviy xatarni himoya 
qiluvchi «O’zbekinvest», milliy sug`urta kompaniyasi tuzildi. 
«O’zbekinvest»,Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki  «ALC, 8nc» Amerika 
moliyaviy guruhi bilan birgalikda Londonda siesiy xatarning shtab kvartirasi va 
Toshkentda moliyaviy xatarning oldini olish shtab kvartirasi bilan o’zaro 
sug`urta kompaniyasi tuzildi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida investitsiyalarga 
ko’maklashish muassasalari - chet el investitsiyalari bo’yicha agentlik, tovar 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling