O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


ChOR  ROSSIYaSINING  TURKISTONDA  YuRITGAN


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

ChOR  ROSSIYaSINING  TURKISTONDA  YuRITGAN  
MUSTAMLAKAChILIK SIESATI 
      
R E J A S I: 
 
1. Turkistonni boshqarishning mustamlaka tizimi 
2. O’lkada sor Rossiyasi iqtisodiy manfaatlarining amalga oshirilishi 
3. Chor Rossiyasining Turkistonni ruslashtirish siesat 
 
ADABIETLAR: 
1 Karimov I.A.  Istiqlol va ma`naviyat. Toshkent, «O’zbekiston», 1994 
2.KarimovI.A. Uzbekiston: milliy istiqlol, siesat, mafkura. Asarlar. 
Toshkent,  «O’zbekiston» 1996 1-jild 
3. Yu. Baeniy. Shajarai Xorezmshoxiy. Toshkent, «Kamalak», 1991 
4. Zieev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash. 
Toshkent, Sharq. 1998 
5. Sh.Karimov, R. Shamsutdinov. Turkiston Rusiya bosqini davrida. 
Andijon. «Meros» 1995 
6. Sh.Karimov. Qafasdagi qush orzusi. Toshkent, 1992. 
7. O’bekiston xalqlari tarixi. Toshkent, 1992. 2-jild 
8. O’zbekiston tarixi. (XXI asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari) 
Toshkent, «O’qituvchi», 1994 
9.  Majidiy X.Turkiston bosqini .Toshkent, «Nur», 1992.      
10. Muhammad Aziz Marg`iloniy. Tarixi Aziziy Toshkent, Ma`naviyat, 
1999. 
11.O’zbekiston yangi tarixi.1-kitob.Turkiston chor Rossiyasi 
mustamlakachiligi davrida. T.2000 
12. O’zbekiston  tarixi. T.2003,2006 
 
Chor Rossiyasi o’zining tish-tirnog`i bilan qurollangan harbiy kuchlaridan 
foydalanib, Turkiston xalqlarining mardona qarshiliklarini sindirib, har bir 
qishloq va shaharlarni egallash uchun  minglab o’n minglab mahalliy aholining, 
vatan himyachilarining qonini to’kibbutun O’rta Osieni buysindirdi. 

1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o’lka to’la 
ravishda harbiylar quliga o’tdi va o’lkani boshqarish katta vakolatlarga ega 
bo’lgan Turkiston general-gubernatorligiga topshirildi. Turkiston general-
gubernatori lavozimiga  general fon Kaufman tayinlandi. 
General-gubernator katta huquqlarga ega bo’lib, xorijiy mamlakatlar bilan 
diplomatik aloqalar ollib borishi, soliq siesatini belgilanashi, rus fuaroligi 
huquqini berishi, mahalliy ahol ustidan chiqarilgan turli hukmlarni ijro etishga 
ruxsat berishi mumkin edi. Bu qonun chor ma`muriyatining mustahkamchilik 
siesati manfaatlariga mos kelmasligi sezila boshlangach, Kaufman Rossiya 
imperatorgia 1873 yilda Turkiston o’lkasini boshqarishning yangi nizom 
loyihasini taqdim etdi. Nizom 1886 yilda podsho Aleksandr II tomonidan 
tasdiqlandi. Nizomning asosiy g`oyasiga ko’ra o’lkada Rossiya hukmronligi 
yanada mustahkamlanishi, o’lka erlari avvalgidek harbiy vazirga buysindirilishi 
nazarda tutilgan.   
Xiva xonligi mustaqil qo’shin saqlash, tashki siesat olbi borish huquqidan 
mahrum etildi. Uning xavfsizligini Rossiyadan keltirilgan qozoq polkloi 
ta`minlab turadigan bo’ldi. 1868 yil chorzim bilan Buxoro o’rtasida tuzilgan 
bitim asosida Samarkand, Jizzax, Xo’jand, O’rtatepa va boshqa xududlar 
Rossiyaga o’tdi. Buxoro amirligi esa, Rossiya imperiyasiga qarashli kichik,  
yarim mustamlaka davlatga aylanib qoldi. 
Turkistonning  barcha viloyatlarida harbiy gubernatorlik boshqarmalari 
ta`sis etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan 
bo’ldi. Volot` boshqarmalari, uezd boshliqlari esa doimo harbiy 
gubernatorlarning nazorati ostida bo’ldi. 
O’lkada mustamlakachilik tartiblari o’rnatilishiga qadar hakamlik vazifasini 
bajarib kelgan qozilar  ko’chmanchi aholi  ichidagi  harbiylar sudi  mahalliy 
aholi o’rtasidagi huquqiy  muammolarni shariat va odat normalariga  tayanib hal 
qiluvchi organ sifatida saqlanib qolindi. Bu albatta, mahalliy halq  ommasining 
noroziligini kuchaytirmaslik ko’rilgan tadbirlar edi. Ular  general-gubernator 
tomonidan tadiqlanib, uezd boshliqlari nazorati ostida ish olib bordi. 
Turkiston  general-gubernatorligining markazi Toshkentni boshqaruv 1870 
yili shahar qoidasiga kura to’ligi bilan podsho  ma`muriyati qulida  bo’ldi. 1877 
yilgacha eski shahar va yangi shahar alohida  boshqarilsa, lekin eski hao’arda 
xokikimiyat general Geyns qo’lida edi. O’sha yilidan shahar Davlat dumasiga 
saylov  bo’ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari mahalliy alohidan 
bo’ldi. 
Chor Rossiyasi turkiston o’lkasini egallagan kunlaridan boshlab o’zining 
iqtisodiy mustamlakalchilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi. 
Buning  uchun, birinchi navbatda, Rossiya guberniyalaridagi sanoat 
korxonalarini muntazam ravishda xom-ashe bilan  ta`minlab turuvchi temir 
yo’llar qurildi. Shu maqadda 1881-1886 yillarda Mixaylovskiy ko’rfazidan 
Chorjuyga Zakaspiy temir yo’li qurildi, 1888 yilda bu yil uzaytirilib 

Samarqandga ekazildi. 1906nt-Orenburg temir yo’li ishga tushirildi. 1912 yilda 
Farg`ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo’l orqali bog`landi. 
Mustamlaka Turkistonda  temir yo’llarni kurib bitirilishi o’lkani Rossiya 
sanoatining g`ildiragiga yanada mahkamroq bog`ladi. O’lkaning xom-ashe 
etkazib beruvchi manba sifatidagi o’rni mustahkamlangach, bu erga turli yairma 
va birjalar kirib kela boshladi va ular Turkistonning iqtisodiy haetida yil sayin 
o’z ta`srini kuchaytirdi. Ular o’lkadan  xom-ashe olib ketish, Rossiyadan sanoat  
va qishloq xo’jalik mahsulotlari olib kelib sotish bilan cheklanbay 
so’g`oriladigan erlarni sotib olib paxta ekishni kengaytirdi. Paxtachilikning 
rivojlanishi bunday  firma-birjalar mahalliy  sudxur va savdogarlar uchun katta 
imkoniyatlar yaratib berdi. Ular asosan xom-ashe  etishtirish yo’liga o’tib olgan 
dehkonlarga kelasi 1il oladigan hosili hisobidan pul qarz berar edi. 
Dehkonlarning moddiy ahvoli  oqirlashgan sari ularning hosildan tushgan 
daromadi qarzini to’lashga, erga  ishlov berishga, oilasi oziq-ovqat 
mahsulotlarini sotib olishga ham etmas edi. Buning natijasida bir tomondan 
dehkonlarning ersizlanishi ortib boraversa, ikkinchi tomonidan katta er 
maydonlari mahalliy boylar va sudho’rlar qulida  to’plandi. 
Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo’o’lgan extiejning ortib borishi bu 
erlarda etishtiriladigan paxtaning sifatiga e`tiborni kuchaytirdi. Shu maqsadda 
o’lka erlarida paxtaning Amerika navlarini etishtirishni 1o’lga quyish buyicha 
ilmiy ishlar olib boruvchi stantsiyalar tashkil etildi. Hatto bu navlarni o’rganish 
uchun Amerikaga maxsus mutaxassislar ham yuborildi. Mustamlaka yillarida 
bunday navlar o’lka paxtachiligida etti barobar kupaydi. 
Rossiya uchun Turkiston ko’proq foyda ko’rish maqsadida o’lkaning o’zida 
xom-ashega dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishildi. 
Bundayi korxonalar o’lkada barpo bulaetgan sanoatning asosiy sohasi edi. 1900-
yilgacha Turkistonda 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishga tushirildi. Bularning 
80% paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi. O’lkaning o’zida 
ishlab chiqarsh bilan bog`liq  bo’lgan sanoatning rivojlanishi  va Rossiyadan 
kirib kelaetgan taer sanoat maxsulotlari asrlar davomida xunarmantchilik  bilan 
shug`ullanib kelaetgan aholini xanavayron etdi. 
Raqobat natijasida xunarmantchilikning ko’lap sohalari inqiroziga yuz 
tutdi, honavayron bo’lgan xunarmandlar ham ersiz dehkonlar singari ishsizlari 
safini to’ldirib bordi. 
O’lkaning ko’plab unumdor erlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar 
ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi. 
Ming yillar davomida o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan  ta`mnlab kelgan 
mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat  masalasida Rossiyaga qaram bo’ldi. G`alla 
mahsulotlari o’lkaga Rossiyadan keltirib, unga chor ma`murlarning o’zi narh-
navoni belgiladi. Sanoatda band bo’lgan mahalliy ishchilarning  turmush  
sharoiti yana ham og`ir edi. Chunki ularning ish haqi  rusiy zabon ishchilaridan 
2-2,5 barobar kam bo’lsa, olinadigan soliqlar va jarimalar shuncha ko’p edi. 

Mustamlakalchilik siesatining asosiy yo’nalishlaridan biri Turkiston 
o’lkasini ruslashtirishdan iborat bo’ldi. Podsho hukumati ko’p minglab ersiz 
dehkonlarni, ishsizlarni mustamlaka Turkistonga ko’chirib keltirishi bu 
maqsadga erishishda katta  o’rin tutadi. 
Chorizm Turkistonni rus inqilobchilari va sotsial-demkoartlarini surgun 
qiladigan makonga aylantirdi. Markaziy Rossiya, Kavkazortidan kelgan minglab 
Rossiya monarxiyasining raqiblari Turkistonning yirik shaxarlariga joylashib 
oldilar. 
Rossiyadan ko’chirib keltiradiganlarga katta imtiezlar berildi, ularning 
joylashishi, dexkonchilik qilishi uchun ko’p miqdorda mablag`lar ajratildi. o’zini 
o’nglab olgunga qadar oziqovqat maxsulotlari bilan ta`minlab turildi. 
Yangi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha 
ko’proq ekin maydonlariga ega bo’ldi. ma`lum muddatgacha ishlab 
chiqarishning texnikaviy zaminini ham yaxshilab oladilar. Bunday imtiezlarni 
chor ma`murlari. «Rossiyadan ko’chib kelaetganlar bo’sh erlarni o’zlashtirishga, 
bog`lar yaratishga erdam beradi», deb ko’rsatdi. Aslini olganda  qashshoqlashib 
ketgan yuz minglab aholining O’rta Osiega ko’chirib keltirilishi Rossiyada 
tobora chuqurlashib boraetgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo’li bo’ldi. 
Mustamlaka o’lkada ko’p sonli rus aholisining mavjudligi Rossiya uchun 
harbiy va siesiy tayanch bo’ldi. Ular ayni bir vaqtda mahalliy xalqlarning 
mustamlakachilik tuzumga qarshi bulgan harakatlarini bo’g`ib  turush uchun 
tayanch vazifasini bajardilar. 
 Chorizmning Turkistondagi madaniy-ma`rifiy ishlari  mustamlakasilik 
siesatiga to’la buysundirildi. Bu boradagi siesat mahalliy aholining ma`naviy 
haetiga aralashmaslik deb ko’rsatilgan bo’lsa-da, aslida aholini ruslashtirish, 
milliy  madaniyatni cheklash, kamsitishdan iborat bo’ldi. Shu maqsadda 
dastlabki tadbirlar Evropa turmush tarzini ifoda etuvchi  maktablarni ochishdan 
boshlandi. Yillar davomida  o’rta va oliy diniy ta`lim beruvchi madrasalarni 
rivojlantirish borasida hech qanday amaliy tadbirlar o’tkazilmadi. O’lkada rus-
tuzem maktablari haqidagi binoan 1884 Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabi 
ochildi. 
 Podsho ma`murlari mahalliy maktablardagi ta`lim-tarbiya ishlarini 
takomillashtirishni mahalliy aholini ruslashtirish borasidagi bir to’sik deb 
qaradilar. Shu sababli eski maktablarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilash chun 
biror bir tadbir ko’rilmadi. Maktablarning ahfoli Rossiya bosqinidan avval 
qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolib ketaveradi. 
 Rossiya Turkistonni istilo qilgach, rus ma`murlari o’z mavqelarini 
mustahkamlash uchun mahalliy halqning ayrim an`analaridan, urf-odatlaridan 
foydalanishga urindilar va shu maqsadda mahalliy halq o’rtasida obru-e`tibor  
qozongan shaxslardan, diniy aqidalardan, ruhoniylardan foydalanadilar. 
Mahalliy halqlarning tarixiy qadriyatlariga, diniy e`tiqodlariga ta`sir o’tkazish, 
ularni ma`naviy qaramlikda ushlash uchun Rossiya ma`muriyati eski 
mustamlakachi davlatlarning o’z mustamlakalarida olib borgan missionerlik 

siesatlaridan foydalanadilar. Il`minskiy, Ostroumov va boshqa missionerlarning 
o’lkadagi faoliyati buning erqin misolidir. 
 Mahalliy aholining yashash tarzi, sihat-salomatligini yaxshilash borasida 
ham biron bir tadbir amalga oshirilmodi. Guberniyalarda, uezdlarda bir, eki ikki 
vrach bo’lib, ular ham asosan, soldatlar va rus aholisiga erdam ko’rsatish bilan 
band bo’lganlar. 
  Masalan, 250 ming aholisi bor Qoraqalpog`istonda atigi bitta  shifokor bor 
edi. Vrachlar etishmasligini, sog`liqni saqlash ishlarining bunday ahvolini chor 
ma`murlari mahalliy aholi kuchli, sog`lom va kasal bo’lmaydi. Ular yashaydilar 
va vaqti  kelganda o’ladilar. Tarqalgan epidemiyalarga qanchalik pul 
ajratilmasin, baribir etmaydi,-deb chorizmning shovinistik siyosatini yaqqol 
namoyish etdi. O’lkada mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy, 
iqtisodiy, siesiy jaraenlar asta-sekin mahalliy yaholining moddiy va ma`naviy 
qashshoqlanishga, ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarini keskinlanishiga olib kelib
chorizm mustamlakachiligiga  qarshi qaratilgan milliy oziodlik xarakatlarini 
kuchayishiga sabab bo’ldi. 
 
ChORIZM ISTIBDODIGA QARShI TURKISTON XALQLARINING 
MILLIY-OZODLIK KURAShI. JADIDChILIK 
REJASI: 
  1. Milliy ozodlik xarakatining boshlanishi va unig bosqichlari 
  2. Kukon xonligidagi milliy ozodlik xarakati 
  3. Jadidchilik xarakatining boshlanishi 
 
ADABIETLAR: 
 1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.1998 
  2. I.A.Karimov. Istiqlol va ma`naviyat. Toshkent, «O’zbekiston», 1994. 
  3. A.Aliev Mahmudxo’ja Behbudiy. Toshkent, «Ez», 1994. 
  4. X.Zieev. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash. 
Toshkent, Sharq, 1998. 
 5. M.Sodiqov, Erksevar, xurriyatparvar el vorislarimiz. Toshkent 
«Kamalak», 1992, 20-30 b. 
 6. Sh.Karimov. Kafasdagi qush orzusi. Toshkent, 1992. 
  7. B.Qosimov. Ismoilbek Gaspirali. Toshkent. 1992 
  8. O’zbegim. «Vatan» seriyasi. Toshkent, 1992. 142-180-b. 
  9. Vatan tuyg`usi. Toshkent, «O’zbeksiton». 1996. 
  10. Milliy o’yg`onish. Toshkent, 1996yu 
 11. X.Yunusova. 1892yil «Toshkentdagi xalq qo’zg`oloni» Toshkent. 
1998. 
  12. O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
 
 
13.O’zbekiston yangi tarixi.1-kitob.Turkiston chor Rossiyasi 
mustamlakachiligi davrida. T.2000 
 

O’lkadagi XIX asr ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyaning 
mustamlakalchilik, ulug` davlatchilik, shovinistik siesati mahalliy aholining 
milliy ozodligi uchun kurashning kuchayishiga sabab bo’ldi. 
Tarixiy manbalarda, arxiv xujjatlarida chor Rossiyasi armiyasining O’rta 
osie xududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik xarakatlari 
boshlanganligi va bu chor xukumatining ag`darilishiga qadar davom etganligi 
haqida ma`lumotlar qayd qilinadi. Bu ma`lumotlar asosida O’rta Osie 
xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan qo’yidagi  
eng  yirik  va  ommaviy 
tus olgan kurashlarini qayd qilishimiz mumkin: 1837-1846 yillarda  Sulton 
Kenesarin rahbarligidagi va Buxoro xonligining Buxoro shahri, Shaxrisabz 
bekligidagi harakatlar, 1871 yilda Eshon  Eshmuxammed boshchiligida Sirdare  
viloyatidagi chiqishlar, 1871yildagi Farg`onada Etimxon quzg`oloni, 1872 yilda 
Chirchiqdagi isenlar, 1873-76 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg`oloni, 1898 
yildagi Andijonda Dukchi Eshon quzg`oloni, 1899 yildagi Sirdare viloyatidagi 
xarakatlar. 1916 yildagi Jizzax qo’zg`oloni va boshqalar. 
Bu ruyxatni yana davom ettirish mumkin. XIX asr 70-yillar boshlaradiga 
Farg`onadagi xalq xarakatlarini alohida qayd etish lozim. 1868-yilda Kaufman 
bilan sulh shartnomasi tuzib Qo’qon xonligining katta xududlarini Rossiya 
ixtieriga bergan va Rossiya xukmronligini tan olgan Xudoerxon siesatidan 
nafaqat oddiy xalq, balki yirik er egalari ham norozi edilar. Qo’qon xonligida 
elchi va josus vazifasini bajargan polkovnik Shaufus ma`lumotlariga qaraganda 
norozi eklar tepasida Abduraxmon oftobachi turgan. 1872 yilda xon siesatiga 
qarshi xalq xarakati ayniqsa kuchaydi. Bunday foydalangan Abdurahmon 
oftobachi tanishi mulla Isxoq Hasan o’g`lini qirg`izdar orasida  Po’latxon nomi 
bilan qo’zg`olon ko’tarishga undaydi va o’zi ham bu xarkatga qushiladi. 1873 
yilda boshlangan bu qo’zg`olanda oddiy xalq, dehqonlar, xunarmandlar katta rol 
uynaydi va bu harakat butun Farg`ona vodiysi buylab eyildi. Xudoerxonning 
o’g`li Nasriddinbek  boshchiligidagi xon qo’shinari ham qo’zg`olonchilarni 
qo’llab-kuvvatladi. Bu voqeadan qo’rqib ketgan Xudoerxon rus xokimiyatidan 
boshpona so’rab Toshkentga qochdi. Qo’qon taxtiga uning o’g`li Nasriddinbek 
(1875-1876) xon qilib kutarildi. Qo’zg`olonchilar kelishuviga binoan esa 
Po’latxon xon etib saylanishi kerak edi. Nasriddinbekning xonlikka ko’tarilishi 
va unign bilan kelishuv siesatini olib borishi, qo’zg`olonchilar o’rtasida norozilik 
keltirib chiqardi. Natijada Marg`ilon, Namangan. Andijon xududlarida Po’latxon 
tarafdorlari erlarnikambag`allarga bo’lib berib, xon siesatiga qarshi chiqdilar. 
Qo’qon xonligining ruslarga qarashli bo’lgan erlarida ham norozilik chiqishlari 
avj ola boshladi. Bu rus xukumatini xavotirga solib quydi va Kaufman Qahhon 
xonligini tugatish to’g`risida podshoning roziligini so’rab iltimosnoma jo’natdi. 
Qo’qon xonligi xududiga esa Skobelev boshchiligida xarbiy jazo otryadi kiritildi. 
Bu vaqtda Nasriddinxon xokimiyatdan chetlashtirilib. vodiyda Po’latxonning 
mavqei oshib ketgan edi. 
Harbiy jihatdan ustun bo’lgan rus qo’shinlari qo’zg`olonchilarni tezda 
mag`lubiyatga uchratdi. Po’latxon qo’shinlari xarakatining ikkinchi  bosqichi 

1875 yili Toshkent viloyatida Ohangaron, Telov, Pskent va Toshkentda bo’lib 
o’tgan xarakatlarni o’z ichiga oladi. Qattiq zarbga uchragan qo’zg`olonchilar 
1876 yili Andijonda Oloy vodiysida kurashni davom ettirdilar. Ammo harbiy 
jihatdan kuchlar teng emas edi. 1876 yil 1 martda Po’latxon tutib olinib 
Marg`ilonda osib o’ldirildi. Boshqa qo’zg`olonchilar ham qattiq jazolandi. 
Podshoning buo’rig`i bilan Qo’qon xonligi tugatilib Farg`ona viloyati tashkil 
etildi. 
Farg`ona vodiysidiga XIX asrning 70-80 yillardagi harakatlarida Qurbonjon 
dodhox. Etimxon. Darvishxon to’ra, Ekubbek boshchiligidagi qo’zg`olonlarni 
ham qayd qilishimiz mumkin. Qurbonjon dodhox rus qo’shinlariga qarshi 
kurashda sharq aellarining qahramonligini, jasoratini namaen etdi. Rus generali 
Skobelev u bilan sulh tuzishi va uni «Oloy maliykasi» deb tan olishga majbur 
bo’ldi. XIX asrning ohiri o’n yilligida Toshkent va Farg`ona xududlarida ko’plab 
xalq ozodlik xarakatlari bo’lib o’tdi. Bo’lardan 1892 yildagi Toshkent 
qo’zg`oloni, 1898 yilgi Andijon qo’zg`olonlarini aytib o’tishimiz zarur. 
 
1892 yilgi qo’zg`olon ko’plab adabietlarda rus hukumatini o’lkaning bir 
qancha shaharlarida vabo kasali tarqalishining oldini olshi uchun Toshkent 
shahrining o’yida qo’rilgan chora tadbirlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg`olon deb 
ta`riflangan bo’lsada, aslida 1892 yilgi Toshkent qo’zg`oloni chor Rossiyaning 
o’lkada ko’p yillar davomida olib borgan mustamalkatchilik siesatiga qarshi 
qaratilgan edi. 
Rus xukumatining vaboni oldini olish uchun ko’rgan chora tadbirlari 
davomida mahalliy aholining diniy e`tiqodlari, urf-odatlari hisobga 
olinmaganligi natijasida sabr kosasi to’lgan xalq ommasining noroziligi 
kuchaydi. Natijada bu  qo’zg`olonda Toshkent shahri  aholisining barcha 
qatlamlari ishtiroq etdi. Mahalliy aholining diniy bayrami «Qurbon hayt» kuni 
boshlangan qo’zg`olon, tezda chor askarlari tomonidan bostirilib 
qo’zg`olonchilardan 8 kishi dorga osib o’ldirilishiga, 15 kishini 2 yil muddat 
bilan mahbuslar rotasiga yuborilishiga, 2 kishini olti oydan qamoq jazosini 
o’tashga hukim qilishdi.Lekin chor Rossiyasi dune matbuotchilari oldida bu 
jazolar shov-shuvga sabab bo’lishdan cho’chib, o’lim jazosini umirbot surgun 
bilan almashtirishdi. Bu qo’zg`olon Toshkent shaxrining o’zida yuz bergan 
bo’lsada, uning aks sadosi butun Turkiston o’lkasi buylab tarqaldi. 
XIX asr oxirlarida Rossiyaning mustamlakatchilik siesatiga qarshi o’lka 
halqlarining milliy ozodlik xarakatlarining erkin namunasi 1898 yil may oyida 
Andijonda bo’lib o’tkan Dukchi Eshon qo’zg`olonidir. Bu qo’zg`olon rahbari 
Muhamadali Eshon o’z davrining obro’li, diniy va duneviy ilimlaridan baxobar. 
davr siesatini to’g`ri tushingan shaxs edi. U o’z muridlari va xamfirkrlari bilan 
boshqinchilarning halqqa qarshi olib boraetgan zulmkor siesatini qoralar va 
bunga qarshi har qanday harakatni ma`qullar edi. 
Dukchi Eshon Mingtepa qishlog`idan turib Farg`ona shaharlari va qirg`iz 
erlaridagi mustamlakachilardan norozi aholini birlashtirish va bu zulmni ag`darib 
tashlashga harakat boshladi. Qo’zg`olon olib borish usullaridan bexabarlik, 

birlikning yo’qligi uyushmaganlik, qurol-aslaha va moddiy bazaning 
etishmasligi qo’zg`olonning tezda mag`lubiyatga uchrashiga sabab bo’ldi, 
ayniqsa quzg`olonning kelishilgan muddatdan oldin  boshlanishi, uning 
mag`lbiyatini asosiy sabablardan biri bo’ldi. Qo’zg`olon bostirilib, uning 
rahbarlari qattiq jazolandi. Qo’zg`olon natijasida Farg`ona viloyatida va butun 
Turkiston general-gubernatorligida harbiy politsiya rejimi kuchaytirildi. 
XX asr boshlariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy, siesiy vaziyat Turkistonga 
ham o’zi ta`risini ko’rsatti. O’lka xududida demokratik-inqilobiy xarakatlar avj 
ola boshladi. Bu xarakatlarni biz nafaqat rus aholisi orasida, balki mahalliy 
mehnatkashlar  orasida ham kuzatamiz. 
 Turkiston o’lkasi xududida temir yo’llarining qurilishi, zavod va 
fabrikalarning ishga tushirilishi Rossiya markaziga ko’plab o’lka boyliklarini 
chiqib ketishini osonlashtirdi. Bu mahalliy aholi ahvolini yanada og`irlashtirdi. 
Turkiston o’lkasi  hududida ratini namaen etdi. Rus generali Skobelev u bilan 
sulh tuzishi va uni «Oloy malikasi» deb tan olishga majbur bo’ldi. XIX asrning 
oxiri o’n yilligida Toshkent va Farg`ona xududlarida ko’plab xalq ozodlik 
xarakatlari bo’lib o’tdi. Bulardan 1892 yildagi Toshkent qo’zg`oloni, 1898 yilgi 
Andijon qo’zg`olonlarini aytib o’tishimiz zarur. 
1892 yilgi qo’zg`olon ko’plab adabietlarda rus xukumatini o’lkaning bir 
qancha shaharlarida vabo kasali tarqalishining oldini olish uchun Toshkent 
shahrining o’zida qurilgan chora-tadbirlarga qarshi ko’tarilgan qo’zg`olon deb 
ta`riflangan bo’lsada, aslida 1892 yilgi Toshkent qo’zg`oloni chor Rossiyaning 
o’lkada ko’p yillar davomida olib borgan mustamlakatchilik siesatiga qarshi 
qaratilgan edi. 
Rus hukumatining vaboni oldini olish uchun ko’rgan chora-tadbirlari 
davomida mahalliy aholining diniy e`tiqodlari, urf-odatlari hisobga 
olinmaganligi natijasida sabr kosasi to’lgan halq naroziligi kuchaydi. Natijada bu 
qo’zg`olonda Toshkent shahri aholisining barcha qatlamlari  ishtiroq etdi. 
Mahalliy aholining diniy bayrami «Qurbon hayt» kuni boshlangan qo’zg`olon, 
texda chor askarlari tomonidan bostirilib qo’zg`olonchilardan 8 kishi dorga osib 
o’ldirilishiga, 15 kishini  2 yil muddat bilan mahbuslar rotasiga yuborilishiga, 2 
kishini olti oydan qamoq jazosini o’tashga hukim qilishdi.Lekin chor Rossiyasi 
dune matbuotchilari oldida bu jazolar shov-shuvga sabab bo’lishdan cho’chib, 
o’lim jazosini umirbot surgun bilan almashtirishdi. Bu qo’zg`olon Toshkent 
shaxrining o’zida yuz bergan bo’lsada, uning aks sadosi butun Turkiston o’lkasi 
buylab tarqaldi. 
XIX asr oxirlarida Rossiyaning mustamlakatchilik siesatiga qarshi o’lka 
halqlarining milliy ozodlik xarakatlarining erkin namunasi 1898 yil may oyida 
Andijonda bo’lib o’tkan Dukchi Eshon qo’zg`olonidir. Bu qo’zg`olon rahbari 
Muhamadali Eshon o’z davrining obro’li, diniy va duneviy ilimlaridan baxobar. 
davr siesatini to’g`ri tushingan shaxs edi. U o’z muridlari va xamfirkrlari bilan 
boshqinchilarning halqqa qarshi olib boraetgan zulmkor siesatini qoralar va 
bunga qarshi har qanday harakatni ma`qullar edi. 

Dukchi Eshon Mingtepa qishlog`idan turib Farg`ona shaharlari va qirg`iz 
erlaridagi mustamlakachilardan norozi aholini birlashtirish va bu zulmni ag`darib 
tashlashga harakat boshladi. Qo’zg`olon olib borish usullaridan bexabarlik, 
birlikning yo’qligi uyushmaganlik, qurol-aslaha va moddiy bazaning 
etishmasligi qo’zg`olonning tezda mag`lubiyatga uchrashiga sabab bo’ldi, 
ayniqsa quzg`olonning kelishilgan muddatdan oldin  boshlanishi, uning 
mag`lbiyatini asosiy sabablardan biri bo’ldi. Qo’zg`olon bostirilib, uning 
rahbarlari qattiq jazolandi. Qo’zg`olon natijasida Farg`ona viloyatida va butun 
Turkiston general-gubernatorligida harbiy politsiya rejimi kuchaytirildi. 
XX asr boshlariga kelib Rossiyadagi ijtimoiy, siesiy vaziyat Turkistonga 
ham o’zi ta`risini ko’rsatti. O’lka xududida demokratik-inqilobiy xarakatlar avj 
ola boshladi. Bu xarakatlarni biz nafaqat rus aholisi orasida, balki mahalliy 
mehnatkashlar  orasida ham kuzatamiz. 
 Turkiston o’lkasi xududida temir yo’llarining qurilishi, zavod va 
fabrikalarning ishga tushirilishi Rossiya markaziga ko’plab o’lka boyliklarini 
chiqib ketishini osonlashtirdi. Bu mahalliy aholi ahvolini yanada og`irlashtirdi. 
Turkiston o’lkasi  hududida dexkonlar g`alaenlari, norozilik chiqishlari ortib 
bordi. 1904-1907 yillardagi Nomoz Pirimkulov boshchiligidagi harakati shu 
chiqishlarning eng ko’zga ko’ringanidir. Samarqand, Jizzax atrofidagi bu 
harakatda Nomoz yigitlari, mahalliy amaldorlar va rus mustamalkalchilarga 
qarshi kurash olib borib, ulardan tushgan o’ljalarni kambag`al xalqqa bo’lib 
berar edi. Shuning uchun ham uning tarafdorlari ko’payib, musamachilarni 
shoshirib quydilar. Chor ma`murlarining  ayerlik bilan olib borgan ishlari 
natijasida Nomoz yigitlari orasiga xoinlar kiritildi va Nomozning o’zi  ham 
josuslar tomonidan o’ldirildi. Lekin uning nomi xalq orasida uzoq vaqtgacha 
saqlanib qoldi. 
1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushga Rossiyaning tortilishi 
natijasida mahalliy xalqdan olinadigan soliqlar miqdori oshib bordi. Turkiston 
o’lkasi xududida ersiz dehkonlarning soni ko’paydi. Rossiya frontda va front 
orqasidagi qora ishlarda mahalliy aholi vakillaridan foydalanish uchun 1916 yil 
25 iyunda farmon chiqardi. Ushbu farmonga muvofiq hozirgi O’zbekiston 
xududidan 19-43 eshgacha  bo’lgan 250 mingdan zied erkak aholi front ortidagi 
ishlarga  (mardikorlikka) chaqiriladigan bo’ldi. 
Ular uch oyda qaytib kelishlari va bungacha ularning oilalari xukumat 
tomonidan ta`minlanishi va`da qilindi. Ruyxatga olish davomida amaldorlar 
boylik orttirish paytida bo’lishib, boylarning bolalarinir pul  evaziga ruyxatga 
kiritshmadi. Bu xalq naroziligining ortib borishiga sabab bo’di. 1916-yil iyul 
oidan mahalliy aholining qo’zg`oloni boshlandi. 4 iyul kuni Xo’jandda, 5 iyul 
Samarqand viloyatida, 9 iyul kuni Qo’qon uezdida, 10iyul kuni Marg`ilonda. 11 
iyulda Samarqand va Toshkentda mardikorlikka olishga qarshi qo’zg`olonlar 
boshlandi. 1916 yil 18 iyulda butun Turkiston harbiy xolatda deb e`lon qilindi. 
1916 yildagi qo’zg`olonning eng kuchaygan nuqtasi 13 iyul kuni 
boshlangan Jizzax qo’zg`oloni bo’ldi. Jizzaxdagi qo’zg`olonga Nazirxo’ja 

Abdusalom o’g`li, Abdurahmon Jevachi kabi «Xalq beklari» boshchilik qilib, 
aholini mustaqil beklik tuzishga chiqardilar. Qo’zg`olon davomida temir yo’l  
bekatlari, ko’priklar vayron qilingan. Polkovnik Afanas`evning jazo otryadi 
qo’zg`olonchilardan engiladi. Shundan keyin polkovnik Ivanov boshchiligidagi 
katta jazo otryadi qo’zg`olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Chor qo’shinlari 
bilan so’nggi to’qnashuv 1916 yil 21 iyulda Qilich qishlog`ida bo’lib o’tdi. 
Mingga yaqin kishi hibsga olinib, jazolandi. 1916 yilgi qo’zg`olon xukmron 
sinflarning zulmiga qarshi qaratilgan xalq qo’zg`oloni edi. Qo’zg`olonni 
xarakatga keltirgan asosiy kuch dehkonlar va xunarmand kambag`allar bo’ldi. 
Qo’zg`olonchilarni mahalliy zielilar, ruxoniylarning bir qismi kullav-kuvvatladi. 
Qo’zg`olon bostirilgach, qo’zg`olon yo’lboshchilari jazoga tortilib, o’limga 
mahkum etildi. Jamit 51 kishi qatl etildi, 168kishi surgun qilindi, 128 kishi turli 
qamaldi, 228 kishi turli xizmatlarga  safarbor etildi. 1916 yilgi qo’zg`olon butun 
mustamlakalchilik davomida Turkistondagi eng qudratli va uyushgan qo’zg`olon 
bo’ldi. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turksiton xalqlari o’ziga xos 
ijtimoiy, siesiy, diniy-ahloqiy, madaniy taraqqietni boshidan kechirdi. Turkiston 
zielilari chor Rossiyasining mustamlakalchilik zulmidan kutilish, o’z milliy 
davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqietiga yo’l ochish, xalqqa zie 
tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol uynaydi. 
Jadidchilik xarakatining g`oyaviy otasi krimlik Ismoilbek Gaspiraldi (1851-
1914) 1884 yilda Krimdagi Bog`chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi va 
o’zi dastur tuzib, darslik ezdi. Uning o’qitish usuli «usuli saftiya», ya`ni «yangi 
usul» nomi  bilan shuxrat qozondi. Ismoil Gaspirali  nashr  etgan  «Tarjimon» 
jurnali mahalliy eshlar orasida yangicha ijtimoiy qarash o’yg`otdi. Bu qarash 
natijasida zielilar orasida tabaqlanish yuz berdi. Taraqqiyparvar kishilar yangi 
usul tarafdorlari «jadidlar», eski usulda o’qitish  tarafdorlari «qadimlar» deb 
atala boshladi. Jadidlar ongining o’sishda «Tarjimon», «Vaqt», «Yulduz», 
«Siroti mustaqim» gazeta va jurnallari katta rol o’ynadi. Ismoil Gaspiral 1893 
amirligi birinchi jadid maktabi «Muzaffariya»ning ochilishiga sababchi bo’ldi. 
Turkiston jadidlarning eng yirik vakillaridan biri toshkentlik  Munavvar qori 
Abdurashidxonov (1878-1929), 1901-1904 yillarda Toshkentda yangi usul 
maktablarni ochdi. Jadidchilik xarakatining yirik etakchi rahbarlaridan biri 
Abdulla avloniy (1873-1934) 1911 yilda jadid maktablari uchun darsliklar 
yaratdi. 
Jadidlarning xalq ma`rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan 
iborat bo’lgan: 
1. Yangi usul maktablai tarmog`i kengaytirish. 
2. Umidli, iqtidorli eshlarni chet elga o’qishga yuborish. 
3. Turli ma`rifiy jamiyatlar tuzish, hamda zielilarning kuchli firqasini 
tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish. 
Shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvar qori  Abdurashidxonov, 
Ubaydullaxo’jaev, Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulxamid 

Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va boshqa zielilar  jonbozlik ko’rsatishdi. Yangicha 
o’qitish musulmon bollariga qisqa vaqt ichida duneviy, diniy ta`lim berish  
dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga  ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki 
bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning tahsil 
muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugutgan shogird eski maktabda  10 yil 
o’qigandan ko’ra yaxshirok savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni  muvafaqqiyatli 
tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin 
gaplasha olar edila. Adabietda ham til, janr, shakl, mavzu, uslub borasida 
yangiliklar ruy berdi. Jadid ulamolar o’z asarlarini vaqtli matbuotda e`lon qilib, 
ularda mavjud jamiyatning salbiy tomonlarin ochib berishdi. Jadid  ulamolarning 
publitsistik maqolalari, badiiy asarlari, «Camarqand», «Oina», «Sadoi 
Turkiston», «Yurt», «Najot» kabi gazeta va jurnallarda nashr qilinar edi.  
Turkistonning yangi zielilari dastlabki yaratgan asarlarida XX asr 
qadriyatlarini himoya qilish, ijtimoiy ingni davr darajasiga ko’tarish g`oyalarini 
eritdilar. 
Turkistonda mustamakachi ma`murlar, shuningdek amirlar, xonlar va din 
peshvolarining jadid matbuotiga qarshi olib borgan  kurashi jadidlari madaniy 
islohatdan siesiy qarshilik ko’rsatishga olib keldi. Jadidlarning dastlabki siesiy  
xarakatlarida ma`rifiy hayriya jamiyatlarini  tuzish,  firqalar tashkil etish, mavjud 
tuzum kamchiliklarini fosh etish yaqqol ko’zga tashlanadi. Shuning uchun ham 
jadidlarga  chor  ma`murlari ham xon va amirlar ham qattiq qarshilik 
ko’rsatishdi, joylarda ularning faoliyatini ta`qiqlashdi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling