O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA 
KIRITILIShI VA UNING JAHONShUMUL TARIXIY AHAMIYaTI 
REJASI: 
1. O’zbekiston davlat mustaqilligini  kiritish yo’lida 

2. Halqning asrlar davomidagi  orzusi-davlat mustaqilligi 
3. O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi 
 
ADABIETLAR: 
1. I.A.Karimov. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiet yo’li. Toshkent
/O’zbekiston/, 1992. 
2. I.A.Karimov. Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar. Asarlar 1-jild 3-36 
betlar. 
3. I.A.Karimov. O’zbekistonning siesiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolning 
asosiy tamoyillari. Toshkent, /O’zbekiston/, 1995. 
4. Mustaqillik to’g`risida deklaratsiya /Sovet O’zbekistoni/ gazetasi, 23 
iyun`, 1990. 
5. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi. Toshkent /O’zbekiston/. 
1992. 
6. O’zbekiston Respublikasi. Entsiklopediya.1997. 
7. O’zbekiston tarixi. Toshkent. /Sharq/. 1998. 
8. Istiqlolimizning tarixiy yulduzlari. Sharq yulduzi, 1995, 11-12-sonlar. 
9. E.Yusupov. Istiqlol yo’lida. Toshkent, /Fan/, 1996. 
10.O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. T.2001  
11.O’zbekistonning yangi tarixi.3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. 
T.2000 
12.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
   
 
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida jamiyatning turli sohalarida 
mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya bordi. 80-yillarning ikkinchi yarimidan 
mustaqillikni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. Respublikada «Paxta 
ishi» degan asossiz tuxmatda O’zbekiston fuqarolarini himoya qilish zarur edi. 
O’zbekiston rahbariyati ba`zi yuqori raxbarlik  lavozimlarga tavsiya qilingan 
shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amalietini tugatdi. Sh.R.Rashidovning 
nomini tiklash ishlari boshlandi. 1989-yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi 
qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni 
amalga oshirish maqsadida o’zbek tilini tekinga o’qitish maxsus kurslari tashkil 
etildi, o’zbek tilidagi adabietlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida 
o’qitilishiga e`tibor kuchaydi. 1990-yili bahorida Makazning qattiq qarshiligiga 
qaramasdan  Sobiq Ittifoq Respublikalari orasida  birinchi bo’lib O’zbekistonda 
Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqillikning 
printsipial yangi bosqichi bo’ldi. 
I.A.Karimov 1990-yil 24-martta O’zbekiston Oliy Kengashida 
O’zbekistonning birinchi Prezidenti bo’lib saylandi. 1990-yil 20-iyun`da 
Mustaqillik to’g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat 
mustaqilligina intilish huquqiy, iqtisodiy va siesiy mazmun bilan to’ldirdi va 

g`oyat katta tarixiy amalietga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va 
harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qullab-quvvatlandi. 
1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq 
navbatdan tashqari VI sessiyasi davlt mustaqilligi va mustaqil suveren 
O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda 
«O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to’g`risida Oliy Kengash Baenati» 
«Respublika davlat mustaqilligi to’g`risida» O’zbekiston Respublikasi qonuni 
qabul qilindi hamda 1-sentyabr` mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. 
Bu asosiy xujjatlar O’zbekiston oldida maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi. 
Mustaqillikning e`lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u 
nafaqat butun davlat uchun, balki O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun 
katta ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha  mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan 
erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon 
xoritasida yana mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jahon 
xamjamieti uni tezda ton ola boshladi. 
Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy 
ahamiyatga ega bo’ldi. Halqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi 
ruebga chiqib, mamlakatda  huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-
sharoit yaratildi. O’zbekistonning bozor  munosabatlariga o’tishda har xil sarbiy 
holatlar tg`o’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, o’ziga xos yo’l orqali o’tildi. 
Istiqlolga erishgan xalqimiz jahon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz 
bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol  qatnashish imkanga ega bo’di. 
Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini 
tiklash imkoni yaratildi. 
O’zbekistonda mustaqillik sharoitida siesiy va iqtisodiy qayta qurishlar 
amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy 
asoslari yaratildi. 
1991-yil 18-noyabr`da Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 
29-dekabr`da O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va Mustaqill 
g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g`risida qaror qabul 
qildilar. Saylov komissiyalari tashkil qilinib ularga O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentligiga tashkil qilinib ularga O’zbekiston  Respublikasi Prezidentligiga 
saylovlar va referendum to’g`risidagi qonunning bajarilishini ta`minlash. 
O’zbekiston fuqarolariga o’z hohishlarini ekin bildirish. Prezidentlikka 
nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29-dekabr` 
kuni muqobillik asosida utkazilgan saylovda Islom Abduganievich Karimov 
nomzodga saylov qatnashchilarning 86 foizidan kuprog`i o’z ovozini berdi. 
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari baennomalarini kurib chiqib, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-
moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi Preident etib saylanganligi to’g`risida 
qaror qabul qildi. I.A.Karimov 1991 yil 31-dekabr`dan o’z vazifasini bajarishga 
kirishdi. 

Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston respublikasi davlat 
mustaqilligini qo’llab quvatlaysizmi» savol buyicha referendum ham utkazildi. 
Ovoz berishda ruyxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 
98,2 foizi mustaqillikni qullab ovoz berdi. 
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik 
jamiyat urish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. 
O’zbekistonda foydali qazilma  boyliklarning 2.700dan ortiq o’rni aniqlangan. 
Har yili respublika xudidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali er osti 
boyliklari qazib olinmoqda. 
Respublika oltin zaxirasi buyicha jahonda to’rtinchi,qazib olish buyicha  
ettinchi o’rinni egallaydi, mis zaxirasi buyicha jaxonda 8-9 o’rindadir. rangli 
metallar fosforitlar, tabiiy gaz, neft`, ko’mir va boshqalarning zaxira manbalari 
ham aniqlangan. 
O’zbekiston eri juda ham xosildor bo’lib, bu erda paxta, don, sabzavot va 
mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln 
kilovatt quvvatdan ko’prok kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va 
gidroelektrostantsiyani o’z ichiga oladi. Transport yo’llari buyicha katta 
imkoniyatga ega. Respublikada sanoatning 100 dan ortiq soxasida oid 2 ming 
atrofida  zavod  va  fabrikalar ishlab turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy 
boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma`naviy imkoniyatlarga ega. 
Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 
1991 yil 18-noyabr``da Respublika Oliy Kengashning VIII sessiyada 
O’zbekiston davlat  baroyg`i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz 
xududidagi qadimda  mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug`laridagi an`anlarni 
davom ettiradi hamda halqning milliy va madaniy o’ziga  xosligini, Respublika 
tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining  1992 
yildagi X sessiyasida  O’zbekistoan Respublikasining Davlat gerbi to’g`risidagi  
qonun, 1992 yil 10-dekabr`dagi  XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining 
madhiyasi to’g`risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Davlat  
ramzlarining qabul  qilinishi mamlaktatimiz mustaqilligini mustahkamlashda 
katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy 
kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani taerlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari 
surila boshlandi. Ko’p o’tmay iyun` oyida Oliy Kengashning ikkinchi 
 
sessiyasida I.A.Karimov  boshchiligida Konstitutsiyaviy komissi tuzildi. 
Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jaraenida halqaro 
huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xujjatlariga, Butunjahon inson 
huquqlari Deklaratsiyasiga  tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat 
boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o’rganildi. 
Loyxaning dastlabki nusqasi 1991 yil noyabrda taerlanib xar tomonlama 
ko’rib chiqildi va 1992 yilning sentyabrida umumxalq muxokamasi uchun 
matbuotda e`lon qilindi. Tuzatishlar va aniqlashlar loyxaning 60 dan ortiq 
mddasiga kiritildi. 1992 yil 8-dekabr`da O’zbekistaon Respublikasi Oliy 

Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mutsaqillik konstitutsiyasi qabul 
qilindi. Uning mohiyati  Asosiy qoidalar bo’limida baen etilgan. Bu qoidalar: 
davlat suvereniteit xalq xokimiyati; fuqarolar huquq va  erkinliklarini ximoya 
qilish; shaxs va davlat birligini ta`minlash; qonuniylik; hakimiyatni ajratish; 
mahalliy o’z-o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va 
boshqalardan iborat. Konstitutsiya  preambula, 6 bo’lim, 26 bob va 128 
moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Kosntitutsiyasi fuqarolarning inson 
huquqlari demokratik xartiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat 
shakllantirishning strategik dasturidir. Ungn qabul qilinishi g`oyat katta siesiy, 
huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik konstitutsiyasi barcha 
qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarni huquqiy hujjatlarning 
asosi bo’lib xizmat qiladi. 
 
 
 
 
O’ZBEKISTONDA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA  
FUQAROLIK JAMIYaTI ASOSLARINING BARPO ETILIShI 
REJASI: 
1. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat barpo  etish 
2. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatning shakllanishi 
3. Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siesat 
 
ADABIETLAR: 
 
1. I.A.Karimov. O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos 
yo’li. Toshkent, O’zbekiston, 1993 
2.I.A.Karimov.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiet yo’li. Asarlar. 1jild. 
Toshkent, O’zbekiston, 1996. 
3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida. Toshkent, O’zbekiston, 
1997. 
4. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, O’zbekiston, 
1998. 
5. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, O’zbekiston, 1999. 
6. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. O’zbekiston, 
1999. 
7. O’zbekiston Respublitkasining Konstitutsiyasi. Toshkent, O’zbekiston, 
1992. 
8. Vatan tuyg`usi. Toshkent, O’zbekiston, 1996. 
9. Davlat, jamiyat, oila va ishlar tarbiyasi muammolar, Toshkent, 
O’zbekiston, 1997. 
10.O’zbekistonning yangi tarixi.3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. 
T.2000 

11.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
   
 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy  davlatchilik 
asoslarini yaratish muhim vaziflardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik 
rivojlanishning ming yillardagi an`analari chorizm mustamlakasi davrida 
vatamom inkor etilgan edi. Mustaqil O’zbekiston rahbariyati tarixiy an`analarga, 
dune tajribalariga, ulkaning milliy tarixiy rivojlanishiga hamda uning o’ziga xos 
tomonlarga tayangan jamiyatni tutgan isloh qilish  yo’llarini ishlab chiqdi. 
Bu jaraenda ikkita vazifa: 
1. Eski ma`muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta 
qurish; 
2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siesiy asoslarini, yaratish, davlatchilikda 
yangi markaziy  va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal 
qilindi. 
O’zbekiston huquqiy davlat qurilishning kafolati O’zbekiston 
konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim  demokratik  
tamoyillari konstitutsiyada qayd qilingan bo’lib, unda hokimiyat qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat deb ko’rsatilgan. Bu organlar 
faoliyati erkiin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-yuiri bilan 
chambarchas bog`liqdir. 
1994 yili 24 dekabrda  ko’p partiyaviylik va  mukobillik asosida saylangan 
Respublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy 
Majliska saylovlar demokratik rivojlanishning yangi bosqichga o’tganligidan 
dalolat berdi. Oliy Majlisga 250 deputat saylanib, ularning 120 nafari  viloyatlar 
deputatlar kengashidan saylangan bo’lib, qolganlari hal xil partiyalardan vakillar 
edi. 
Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakat boshqaruv tizimini 
isloh qilishning boshqarishi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat 
hokimiyatining boshlig`i bo’lib, bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining 
Raisi vazifasini ham bajaradi. Prezxident fuqarolar erkinligi va huquqlarini 
himoya qilish, Konstitutsiya va O’zbekiston qonunlariga rioya qilishini 
kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib, u 
ijtimoiy, iqtisodiy a ma`naviy jabxalardagi vazifalarning  bajarilishini, qonunlar 
Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlari va  qarorlarning ijro 
etilishini ta`minlaydi. 
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi ilgari hokimiyatdan tupdan farq 
qilib, bu tizim  jamiyat haetida muofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Sobiq 
O’zbekiston Respublikasida 28 ta ittifoq va 17 ta respublika vazirliklari va 
komitetlari ish ko’rgan bo’lsa, endilikda o’lar o’rniga bozor iqtisodi tizimiga 
mos keladigan vazirliklar tashkil etilgan. 
Resublikada hakimlar boshqaruvining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi, xokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlandi 

va xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlandi. Xalq deputatlari 
Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari `o’lib o’lar davlat va fuqarolarning 
manfaatlarini ko’zlab o’z vazifalarini hal etadi. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlarining asosiy mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy va 
iqtisody qo’llab-kuvvatlash, ijtimoiy jamg`armalar tashkil etish, turli xayriya 
tadbirlari utkazishda  mahallining o’rni nihoyatda kattadir. Undan tashkari 
maxalla eshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash mehraxibotli qilib voyaga 
etkazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolar yig`ini. oqsoqollar 
Kengashida 1998 yil noyabr`-dekabr` oylarida bo’lib o’tgan saylovlarda 
mahalliy organlarga ko’pchiligi Oliy ma`lumotli, ko’p tajribaga ega kadrlar ishga 
tortildi. Bular davlat organlari vazifalarani jamoat tashkilolariga o’tkazish 
jaraenining faol qitnashishlaridir. 
Yangi Davlat apparati shakllanishi va faoliyatini davr talabiga  mos 
keladigan kadrlar siesatsiz tasavur etib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan 
O’zbekistonda ishni yuqori darajada olib borishga qodir bo’lgan ma`naviy yutuq 
kadrlarni taerlash va tarbiyalashga qaratilgan qator chora-tadbirlar 
o’tkazilmoqda. Xususan, davlat va jamoa tashkilotlari, xuquqiy organlar uchun 
yuqori malakali kadrlar taerlab boradigan bir qancha oliy o’quv yurtlari tashkil 
etildi. 
Fuqarolik jamiyati, bu insonning  rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning 
huquq va erkinliklarini to’la darajada ta`minlaydigan qonun ustuvor bo’lgan 
ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat  kurash davlat qonunlari va inson 
huquqlarini pomal  etmaslikni, insondan qonunlarga qattiyan rioya qilishni talab 
etadi. Har bir fuqaroni davlat boshqaruviga keng jalb  etilishi, inson huquqlarini 
himoya qilishda foal qatnashishni ta`minlash uchun, shart-sharoitlar yaratilishi 
zarur. 
Huquqiy davlatda sud xokimiyati O’zbekiston Rsepublikasida  odil sudlov 
va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan aloxida ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi sud xokimiyati tizimiga 5 yil muddatga saylanadigan 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, harbiy sudlar tizimi, 
Qoraqalpog`iston Respu`likasi Oliy sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo’jalik 
sudi, viloyat, rayon va shaxar sudlari kiradi. Sud xokimiyatining faoliyati 
to’g`risidagi qonun-qoidalar O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 
2sentyabrida qabul qilingan  Sudlar to’g`risidagi  qonunda baen etilgan.  Jamiyat 
tizimini qayta tashkil etar ekan,  respublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida 
isloxotlar o’tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va 
majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmini shakllantirdilar. Bu 
jaraenda respublikamizdi demokratik  jamiyat talablariga mos tushadigan saylov 
tizimining tashkil etilishi va muhim ahamiyatga egadir. Bu o’zgarishlarning 
barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini  belgilashga 
qaratilgan. Davlat va shaxs o’rtasidagi munosabat fuqarolikni  namaen etadi va 
ularning o’z-aro huquq va majburiyatlaridan kelib chiqdi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1999-yil oxiridagi sessiyasi sud 
huquqiy ishlaridagi islohatlarni chukurlashtirish yo’lida advokatura tizimini 
kuchaytirish, sud`yalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash vazifalarini 
kuydi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining 
1993-yil 28-dekabrdagi, 1995 yil 5-maydagi Qonunlari negizida demokratik 
saylov tizimi asoslab berilgan. «Saylov tizimi» to’g`risidagi Qonunga asoslanib 
1994-yilning 25-dekabrda vakillik organlariga birinchi marta xududiy bir 
mandatli saylov okruglari buyicha ko’p partiyaviylik asosida besh  yil muddatga 
deputatlar saylandi. Prezident I.A.Karimov davlat va jamiyt haetini 
erkinlashtirish yuzasidan muxim vazifani belgilab: «...hokimiyat  vakolatlarini 
nodavlat va jamoat tashkilotlarga, fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlariga 
bosqichma-bosqich o’tkaza borish, ularni haq huquqlari va erkinliklarini 
muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat» degan g`oyani ilgari so’rdi. Oliy 
Majlisning  XIV sessiyasi  «Kuchli  davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat siri» 
degan siesiy qurilish dasturini belgiladi. 
Muxolif partiyalar va xarakatlar deokratik jamiyat kurishning zaruriy 
shartidir. 80-yillarning oxirlaridan boshlab O’zbekistonda bir qator ijtimoiy 
harakatlar paydo bo’ldi. 
Mutsaqillik yillari mamlakatimizda 5 ta siseiy partiya tashkil topdi. 
O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991 yil noyabr`dan faoliyat ko’rsatib, 
o’z safida 420 mingdan zied a`zoni birlashtirgan. Oliy Majlisning 69-ta deputati 
uning a`zolaridir. «Vatan taraqqieti» partiyasi 1992 yil may oyida  tuzilgan 
bo’lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a`zosi bor. Uning 14 a`zosi Oliy Majlis 
deputati. «Adolat» sotsiyal  demokratik partiyasi 1995 yil fevral`da tashkil 
topgan. Saflarida  30mingdan ortiq a`zosi bor. Oliy Majlisda 47 deputatdan 
tashkil topgan o’z fraktsiyasiga ega. «O’zbekiston Milliy Tiklanish  demokratik 
partiyasi» 1995 yil iyunda tashkil topgan. Saflarida 6 minga yaqin a`zosi bor. 
1999 yil «Fidokarlar» milliy demokratik partiyasi tashkil topgan. shuningdek, 
Respublikada 1995 yil iyun oyida ta`sis etilgan. «Xalq birligi» harakati ham 
mavjud. 
Bu partiya va xarakatlarning har biri jamiyatda ma`lum qatlamlarning siesi, 
ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy  qarashlarini ifodalaydi. Ular parlament 
shaklidagi partiyalar bo’lib, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari saylovlariga 
ishtirok etadilar va qonun doirasida faoliyat ko’rsatadilar. Shuningdek bu 
partiyalar saylangan deputatlari orqali qonun chiqarish jaraenida ishtirok 
etadilar. 
Mamlakatimizda partiya va xarakatlardan tashkari 200 ga yaqin kasaba, 
tadbirkorlar, eshlar, fakriylar kabi uyushmalar ham mavjud. Bular orasida eng 
ommaviysi kasaba uyushmalar bo’lib, tarkibida 7,5 mln. a`zo bor. O’zbekiston 
xaetida eshlarning o’rni beqiesdir. 1991 yil oxirida O’zbekiston eshlar ittifoki 
tuzilgan. O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar` farmoni 
bilan iqtidorli eshlarni xorijdagi ilgor taraqqiy  etgan oliygoxlarda bilim 

olishlarini taerlash, tashkil etish uchun «Umid» jamg`armasi tuzildi. Hozirgi 
kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. 
Prezident  I.A.Karimov «bu tashkilotlar faqat qadriyatlarni, kishilarning 
qonuniyxaq-huquqlarni va erkinliklarni himoya qilishlari kerak» deb vazifa 
quydi. 
O’zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan 
ko’p millatli davlat. Bugungi kunda respublikada yashovchi har bir fuqaro  
millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat`i nazar teng xuquq va imkoniyatlarga 
ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siesatimizning asosini  tashkil etadi. 
Respublikada barcha millatlarni rivojlanishiga katta e`tbor qaratilib, ularning tili 
va dinini xurmat qilish, milliy va xalq an`analarini saqlash, erkin va xor 
tomonlama taraqqietini ta`minlash maqsadida 80 ta milliy markazlar tashkil 
etilgan. bularning faoliyatini 1993 yil yanvarida tashkil etilgan. Respublika 
Baynalmilal madaniy markazi boshqarib boradi. Respublikamizda  millatlararo 
munosabatlarda barqarorlikka erishilgan. Bu O’zbekistonda demokratik jamiyat 
qurishning garovidir. Millat va elatlarga o’zaro xurmatda bo’lish jamiyat 
ma`naviy barkomillikning belgisidir. Bu xolat davlatdagi  milliy barkarorlikdan 
tashqari bu barkarorlikning yanada mustaxkamlanishi uchun zamin yaratadi. 
Hozirgi bosqichda jamiyatning demokratiyalashuvida «To’rtinchi 
hokimiyat» matbuotning ahamiyati kattadir. 1997 yil respublikamizda 8 tilda 495 
gazeta 1844,2 ming nusqada, 113 jurnal 820 ming nusqada nashr etilgan. 
Ammoviy axborot  vazifalarina demokratiyalashtirish va qo’llab-quvvatlash 
maqsadida  ijtimoiy-siesiy jamg`arma tashkil etilgan. Respublikamizda  jurnalist 
kadrlarni, ayniqsa xalqaro jurnalistlarni taerlashga katta e`tibor berilmoqda. Bu 
borada 1999 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining O’zbekistonda jurnalist 
kadrlarni taerlashni, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakul`teti va 
jaxon tillar Universiteti markazlashtirishi katta ahamiyat kasb etadi. 
 
 MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING  
IQTISODIY TARAQQIETI 
 
REJA: 
 
1. O’zbekiston Respubliksida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning 
yunalishlari, bosqichlari va xususiyatlari 
2. Iqtisodietda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar, bozor infratuzulmasining 
shakllanishi 
ADABIETLAR: 
1. I.A.Karimov. O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos 
yo’li. Toshkent, O’zbekiston, 1993 
2. I.A.Karimov.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiet yo’li. Asarlar. 
1jild. Toshkent, O’zbekiston, 1996. 

3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida. Toshkent, O’zbekiston, 
1997. 
4. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, O’zbekiston, 
1998. 
5. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, O’zbekiston, 1999. 
6. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. O’zbekiston, 
1999. 
7. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent, O’zbekiston, 
1992. 
8. Vatan tuyg`usi. Toshkent, O’zbekiston, 1996. 
9. Davlat, jamiyat, oila va ishlar tarbiyasi muammolar, Toshkent, 
O’zbekiston, 1997. 
10.O’zbekistonning yangi tarixi.3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. 
T.2000 
11.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
 
Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi O’zbekistonda bozor 
munosobotlariga o’tish  uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratadi. 
Bizning dierimizda bozor munosobatlari yangilik emas. Ming yillar davomida 
ajdodlarimiz xunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib maxsulotlarini, tabiy 
boyliklarni dunening  to’rt tomoniga chiqarib savdogarlik qilgan, mol 
almashgan. 
O’zbekistonning boy imkoniyatlari, giosiesiy sharoitidan foydalanib 
o’zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy yo’limizni belgilash dastlabki kunlarning 
eng muhim vazifasi bo’lib qoldi. O’zbekiston tanlagan isloxot yo’li ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. 
Bozor munosabatlariga asoslangan demokrtik jamiyat kurishning asosiy 
yo’nalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunedagi 
rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan 
olindi va o’zining  xaetiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy 
mazmuni quyidagilardan iborat. 
-iqtisod siesatdan ustun turib mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga  xos ichki 
qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak. 
-davlat bosh isloxotchi o’rnida bo’lib, u isloxotlarning ustuvor 
 
yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchilik bilan amalga oshirishi lozim. 
-bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun halq 
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va  qonunlarga amal qilishi shart. 
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda  aholini himoya 
qilishning kuchli ijtioiy siesatini o’tkazish 
Ijtimoiy isloxotlarning rivojlanib borishi va  yo’nalishi belgilab beruvchi 
tamoyillaridan biri bozor iqtisodietiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-
bosqich amalga  oshirilishi zarur. 

Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida g`oyat 
ma`suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy isloxotlar  strategiyasi ishlab chiqildi. 
Iqtisodiy strategiyaning  boshlang`ich  nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy 
o’zgarishlarning pirovard maqsadni belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa 
markazlashtirilgan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodietdan bozor  
munosabatlariga, bir sifatholatidan ikkinchi sifat xolatiga  o’tishdan iboratdir. 
Bozor munosabati bu jixatdan klassik kapitalistlik va sotsialistlik iqtisodiy 
tizimdan farq qiladi. 
Bozor isloxotlarini amalga oshirish dasturiga ko’ra ustuvor vazifalar 
bosqichma-bosqich hol qilinadi. 
Birinchi bosqichta totalitar tizimdan xozirgi zamon munosabatlariga o’tish 
davridagi bir-biriga bog`liq ikki vazifani bir vaqtta xol qilishga to’g`ri keldi; 
ma`muriy buyriqbozlik tizimining og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni 
barqorarlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu 
bosqich jaraenida iqtisodiy isloxotning g`oyat muxim yo’nalishlari O’zbekiston 
Prezidenti tomonidan belgilab berildi; 
-o’tmish jaraening huquqiy asoslarini shakllantirish, isloxotlarning qonuniy, 
xuquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barxam berish. 
Iqtisodiy isloxotlarni xuquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik 
tashkiloltlar va yutuq olimlar tomonidan taerlandi va jaxonning yirik 
mutaxassislari  tomonidan quvvatlanib ton olindi. 
Dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini 
barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun xujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy 
isloxot, tadbirkorlik va chet el  investitsiyalari buyicha Prezident xuzurida 
maxsus Idoralararo kengash tuzildi. 
Bozor munosabatlariga o’tishnng asosiy shartlaridan biri-mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat 
monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buriqbozlik tizimi bo’zildi va bozor 
iqtisodietiga asos solindi, xususiy mulkdorning keng qatlami shakllantirildi va 
xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali 
aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. 
Mulkni xususiylashtirish va ko’p ukladli  iqtisodni  shakllantirish 
O’zbekistonda o’ziga xos yo’l bilan birinchi  bochqichida 1992-93 yillari amalga 
oshirildi. 
Bu davrda asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va 
qurilishning kichik  korxonalari, davlat shaklini  o’zgartirib, mulkning ijara, 
jamoa va aktsiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqesda 
xususiylashtirilib aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon 
narxda xususiy mulk etib berildi. 
Dastlabki davrning o’zida qishloq xo’jaligia 77 kolxoz va davlat xo’jaliklari 
xususiylashtirilib jamoa va ijara xo’jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu 

jaraen sekin va  kiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. Agrar sohadagi byurokratik 
boshqaruv tizimining hal xil to’siqlari qishloqda isloxotlarning borishiga xalaqit 
qildi. Mulkni davlat  tasarrufidan chiqrashi jaraening birinchi bosqichidagi eng 
muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani bo’ldi. 
davlat mulkni xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy 
isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish 
va tadbirkorlikni rivojlantirinshing chora-tadbirlari to’g`risida»gi qarori asosida 
olib borildi. Bu davrda ochiq shaklda aktsiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar 
aktsiyasini chiqarish, auktsion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini 
shaxslarga sotish, qimmatbaxo qog`ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni 
eppasiga olib borish uchun sharoit ishlari amalga oshirildi. 
Aloqa-transport, geologqidiruv, eqilg`i-energetika komplekslari 
xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kime, oltin qazish, paxta tozala, tog`-kon 
san`atida 51% aktsiya davlat ixtierida qoladigan bo’ldi. 
1994 yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o’zgartirdi. Xususan 34% 
xususiy, 48% aktsiyadorlik, 16% -jamoat, 1% ijara xo’jaliliga aylandi. Natijada 
Respublikada nodavlat sektorning  iqtisodiettagi  ulushi ortib bordi. Mazkur 
sektor 1995 yili  sanoat maxsulotning 44 foizi, qishlok xo’jaligi maxsulotining 
97 foizini ishlab chiqardi. Barcha kapital mablag`ning 44 foizini  ana shu 
nodavlat sektoriga to’g`ri keldi. Butun mamlakatda 32.000 kichik korxona, 
18.000 dexkon (fermer) xo’jaligi mavjud bo’ldi. Xususiy tadbirkorlik sub`ektlari 
300.000 tagi tashkil qildi. 
Mamlakatda ikki yo’l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. 
birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish yo’li 
bilan. ikkinchidan, pul mablag`larini omonat  kassalari eki banklarga quyish, 
qimmatbaxo  qog`ozlarga aylantirish yo’li bilan. 
Sobiq SSSRning tarqatib yuborilishi bilan respublikalar va shaxarlar 
o’trasidagi iqtisodiy aloxalar uzildi, oqibatda O’zbekistonning bir qancha sanoat 
korxonalarida maxsulot ishlab  chiqarish kamaydi, iqtisodning  ko’pgina muxim 
soxalarini qayta  kurish eki yangidan qurish kerak bo’ldi. Jaxon bozorida 
raqobatga  bardosh bera oladigan va axolining ist`emol alablarini qondiradigan 
maxsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur edi. «Barqarorlashtirish siesati,-
deydi Prezident I.A.Karimov,-`ng  avvalo, bu makroiktisodietda muvozanatdi 
saqlash, ishlab chiqarishning kekin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka 
1o’l kuymaslikdir». Bozor munosabatlariga o’tish davrida iqtisodning ustuvar, 
katta istiqbolga ega bo’lgan tarmoqlarini har  tomonlama rag`banlantirib, shu 
orqali butun iqtisodiet tarkiban qayta tashkil qilindi. 
Iqtisodiy o’sish iqtisodietning barcha soxalarida ishlab chiqarish xajmi 
oshgani bilan ifodalanadi. Bu ko’rsatkich 1990 yil bilan qieslaganda sanoat 
106,5; qishlok xo’jaligida 105,8; qurilishda 102,6; savdoda 112,7; aholiga pullik 
xizmat ko’rsatish soxasida 121,3 foizni tashkil etdi. Xalq ist`emol mollarini 
ishlab chiqarish bir yilda 112 foizga kupaydi. Bunday o’sishga eng avvalo, 

iqtisodietda o’zlashtirilgan kapital mablag` xajmining oshgani (17 foiz), 
zamonaviy texnologiya bilan jixozlangan yangi sanoat ob`ektlari qurilishi va 
ishga tushirilgani tufayli erishildi. 
Mustaqillik davridagi O’zbekstonning iqtisodiy o’sishini Mustaqil Davlatlar 
Xamdo’stligidagi mamlakatlar iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslansa, faqat 
O’zbekistongina 90yillar boshidagi darajadan oshib bir tekis rivojlanmoqda. Bu 
xolatni jaxonning ko’p yirik rivojlangan mamlakatlarning davlat raxbarlari, 
taniqli mustaxassislari tan olmoqda. 
1998 yili ayrim rivojdangan mamlakatlardagi moliyaviy krizis, jaxon 
bozorida O’zbekistonning muxim eksport maxsulotlari-paxta tolasi, rangli 
metallarning narxini tushib ketishi mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy 
ahvoliga ta`sir qilmay qolmadi. Shunga qaramasdan O’zbekistonda 
mikroiqtisodiy barqarorlik davot etdi. Xususan, 1998 yili ichki yalpi maxsulot 
ishlab chiqarish xajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi 5,8 foizga 
ortd. Ist`emol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz kupaydi. Avvalgi yillardagi kabi 
qat`iy moliya-kredit siesati amalga oshirildi. 
Endilikda mamlakatimizning eqilg`i mustaqilligiga erishish siesati izchilik 
bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O’zbekiston tarxda ilk bor 1995 yilda 
neft` mustaqilligiga erishdi. Mamlakat endilikda neft` maxsulotlariga  bo’lgan 
o’z ichki  extiejlarini to’la qondiribgina qolmay, katta solaxiyatga ega bo’lgan 
istiqbolli va ishonchli ekspoter sifatida jaxon bozoriga  yo’l oldi. 
O’zbekistonda neft` va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1990 yili 2,8mln. 
tonnani tashkil qilgan bo’lsa, 1997 yili bu ko’rsatgich 7,9 mln. tonnaga etdi va 
chetga neft` maxsulotlarini sotish qobiliyatiga ega bo’ldi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling