O’zbekiston respublikаsi oliy tа’lim fan va innovatsialar vаzirligi mirzo ulug’bek nomidаgi o’zbekiston milliy universiteti
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi
Download 146.8 Kb.
|
МД Амирова Шахноза
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRINCHI BOB. MAQOL PRAGMATIKA OB’EKTI VA ARGUMENTATSIYA NAZARYASI SIFATIDA
- Maqol va nutq birligi sifatida
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotni yozishda tavsifiy, qiyosiy, etimologik va kontekstual tahlil, yalpi tanlab olish tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi: Магистлик dissertasiyasida ko’zlangan natijalar o’rganilayotgan til nazariy aspektlari, zamonaviy lingvistik, lingvistik tahlil metodlari, matn lingvistikasi fanlarini o’qitishda seminar va maxsus kurslar tashkil qilishda o’zining samarasini berishi mumkin. Shuningdek, magistrlik ishida bayon etilgan amaliy natija va takliflardan fransuz paremiologik fondi birliklarining pragmatik-argumentativ o‘ziga xosligini o‘rganishda foydlanish mumkin. Fransuz tili inkor yuklamali maqollarining ishlab chiqilgan tasniflari mazkur yo‘nalishda statistik tadqiqot natijalarini qayta ishlashga, inkor yuklamali maqollarni tizimlashtirishga imkon beradi. Magistrlik dissertasiyasi tadqiqotlari davomida olingan natijalar bakalavrlar, magistrantlar va tadqiqotchilarni o‘qitish jarayonining sifatini oshirishda qo‘llanilishi mumkin. MD ishining tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertasiyasi kirish, uch bob, xulosa, ingliz tilida ishning qisqacha bayoni va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Har bir bob o’z mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda ichki qismlarga bo’lingan ishning umumiy hajmi 89 sahifadan iborat. BIRINCHI BOB. MAQOL PRAGMATIKA OB’EKTI VA ARGUMENTATSIYA NAZARYASI SIFATIDAFransuz lingvistikasida maqollarning tushunish belgilari Fransuz tilshunosligida “maqol” atamasi kommunikativ birliklar va uning tarkibiga kiradi. Boshqa tillar kabi fransuz tilida bu atama bir necha ma’nolarda ya’ni “proverbe’’, “sentence’’, “aphorisme’’10 kabi tushunchalar o’rnida ham ishlatiladi. “Proverbe’’ atamasi shakllanishining tarixiy bosqichiga nazar soladigan bo’lsak tilshunos A.Reyning “Dictionnaire de proverbe” kitobida ko’plab ma’nolari keltirilgan11. Aflotun o’z davrida bu tushunchani muayyan tuzilishga ega bo’lgan “so’zlashish uslubi” deb talqin qilgan. Suqrot davrida esa maqol xalq orasida keng tarqalgan hikmatli so’z sifatida tushunilgan. Qadimgi davr va O’rta asrlar maqol va uning mazmunining o’ziga xos xususiyatlari mifologik rivoyatlarga ishora qiladi. Shu bilan birga asosiy so’zni ta’kidlaydigan so’zning maxsus shakli beriladi. Uyg’onish davrida maqol faqat intellektual ifoda qilishning usullaridan biri sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga ularning strukturaviy xususiyatlari hisobga olinmaydi. Xristian an’analari ta’siri bilan bogliq bo’lgan axloqiy haqiqatlarga ko’proq nazar soladi. A.Reyning fikricha, boshqa davrlarda maqolning ta’rifi mavhum tushuncha bo’lgan. Fransiyada klassizm davrida asosiy e’tibor ijtimoiy funksiyalarga va xalqning mentaliteti, xarakteri hamda dunyoqarashini maqolda aks ettirishga qaratilgan12. Biroq hozir ham “maqol’’ atamasi va uning o’xshash atamalari bilan bog’liqligi haqida ko’plab bahsli fikrlar mavjud. Bir tomondan maqol va matal birliklarining farqlanishi va shu kabi tushunchalar, xuddi “aforizm’’, “maksima’’, “sentensiya’’ kabi tushunchalar qiyin emas, chunki bu holda mualliflik me’zoni qo’llanilishi mumkin. A.Reyning fikricha maqollarning asosiy xususiyati, boshqa frazealogik va paremiologik birliklardan farqli o’laroq xalq orasida yaralishi deb hisoblanadi. Bu fakt esa maqol va matallarda mualliflikni bo’lishini istisno qiladi. Boshqa tomondan, vaqt o’tishi bilan bu so’zlarning har biri shu qadar mashhur va tez-tez qo’llaniladiki, mualliflik mezoni yo’qolishi mumkin. Bu fransuz lug’atlarida ba’zi muallif gaplarining maqol tipidagi birliklar sifatida tasniflanishini tushuntiradi. Masalan “On ne peut contenter tout le monde et son pere”13. Fransuz tilshunosligida turg’un gaplarni konseptual farqlash to’grisida aniq ilmiy tushuncha bo’lishiga qaramay, leksikografik amaliyotda lingvistik materialni taqdim etishda lingvistik jarayonni u yoki bu turga noto’g’ri belgilash mavjud. Shu munosabat bilan ishning ushbu bosqichida fransuz lug’atlari materialini tahlil qilishda “maqol-matal birligi” atamasidan foydalanamiz. Bu urinishlarimiz material tanlashni murakkablashtir ganligi sababli keyinchalik biz maqollarning maqol-matal birliklari orasidan maqollarni aniqlash parametrlarini, shuningdek matallarning maqollar toifasiga o’tish holatlari va shartlarini aniqlaymiz. “Maqol” tushunchasining belgilari. Fransuz tilshunosligida asosiy ma’nosi maqol-matal birligi bo’lgan “maqol” atamasining rivojlanish tarixini kuzatish va uning o’tmishda nimani nazarda tutganini va hozir nimani anglatishini aniqlash maqsadida biz ushbu atamaning fransuz lug’atida qay ma’noda qo’llanilishini tahlil qildik. “Maqol’’ atamasining ta’riflarini “France dictionnaire de L’Academie” ning 4-nashrida “maqol’’ atamasi oz sonli so’zlardan iborat bo’lgan va mashur, ommabop bo’lib qolgan o’ziga xos sentensiya “maksim” sifatida tavsiflanadi14. “Maqol” atamasi ko’p hollarda ko’chma ma’noda ifodalanadigan birlik sifatida berilgan. Shu bilan birga “Dictionnaire de l’Academie francaise”ga ko’ra bu atama shoh Sulaymonning maksumlari, parabolalarini o’z ichiga olgan to’plamning sarlavhasida uchraydi, bu o’sha paytda tilshunoslikda yuqoridagi barcha so’z turlarining “On appelle: Proverbes de Solomon” maqollari atamasi bilan bog’liqligini ko’rsatadi15. Bu holatda “maqol” atamasini maqol-matal birligining yagona ma’nosida ishlatishning iloji yuqligi shuningdek, “Proverbes de Solomon” to’plamida o’z ta’rkibida axloqiy xarakterdagi qisqa hikoyalarni ifodalovchi parabolalarni o’z ichiga olganligi bilan tasdiqlanadi. Ehtimol bu holda ,,maqol’’ atamasi bilan bir vaqtning o’zida bir nechta ma’nolarda, shu jumadan parabolalarni bog’lash mumkin masal ma’nosida qo’llaniladi. Bu haqiqatni rus tilida nashr etilganligi bilan tasdiqlash mumkin. “Shoh Sulaymonning masallari kitobi” nomi kitobining inglizcha nashri (“The parables of Solomon”) nomi ostida nashr etilgan bo’lib, boshqa tillardagi parabola va masal atamalari o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi. “Maqol” atamasining uchinchi sharhi uning qisqacha o’yin ma’nosi bilan boshlanishining kelib chiqishiga ishora qiladi. O’yinning ma’nosi sahnani o’z-o’zidan ijro etish edi (ehtimol kulgili xarakterga ega) uning maqsadi ma’lum bir maqolning tebranishini tomoshabinlar tahmin qiladigan tarzda yetkazish edi. Bazi maqollar umum e’tirof etilgan, ya’ni butun dunyoda ma’lum va mashxur ammo turli tillarda ular mos ravishda boshqacha tushuniladi shuning uchun frunsuz maqollarining ruscha ekvivalentlari bor. Va faqat shu millatga xos bo’lgan so’zlarning variantlari mavjud. Biz shu millatlarga xos bo’lgan boshqa variantlarini ko’rib chiqamiz. Misol uchun “À la guerre comme à la guerre”. O’zbek tilida: Xalqni xon ham yengolmas16. “Ma vie, Mes Regles”. O’zbek tilida: mening hayotim qoidalarimga muofiq. “Il faut manger pour survivre, et non pas survivre pour manger” O’zbek tilida:Yeyish uchunmas yashamoq uchun yeyish kerakdir va boshqalarni misol keltirish mumkin. Maqollar, matallar va aforizmlar ko’plab millatlar madaniyatining ajralmas qismidir. Maqol va matallar yordamida xalq hikmatlari va aforizmlar yordamida xulosalar ifodalanadi. Maqol va matallarning so’zlarini va kichik grammatik tuzilmalarini o’rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi maqollarni ko’rib chiqish mumkin: “Ami de tous, ami de personne” Har kimning do’sti hech kimga do’st bo’lmas. Ichak-qorin go’sht bo’lmas, Laganbardor do’st bo’lmas. “Si tu veux étre un bon écrivain, écris” Yaxshi shoir bo’lishni istasangiz ko’proq yozing. Tirishdim, tog’dan oshdim , Asir edim, qutulib qochdim. “Qui ne edit mot” Sukut rizo alomati. “L’argent ne fait pas le bonneur” Baxt pulga sotilmas. Mashhur tilshunos V.Dal aytganidek, “Maqollar to’plami-bu xalq tilidan tajribadan olingan hikmatlar majmuasi, sog’lom aql sarasi, xalqning hayotda ortirgan haqiqati”17. Turli tillarning maqollariga to’xtalar ekanmiz ular xalqning o’sha tarixiy, ma’naviy va moddiy madaniyati kuzguzi ekanligi guvoh bo’lamiz. Shu sababli turli til maqollarini qiyosiy urganish o’sha xalqning o’ziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, va boshqacha aytganda, o’sha xalqning mentalitetini ko’rsatadi. Demak, xalq madaniyatini ko’rsatishda maqollar eng faol vositalardan biri hisoblanadi. Teliya – maqollar butun xalqning madaniyatini ko’rsatuvchi omil ekanligini ishonadi. Har bir maqol uning fikricha xalqning turmush tarzini qisqa va lunda umuman olganda to’laligicha ifodalay oladigan kuzgu deb sanaladi. Maqollarning linvokultrulogik sifatlariga to’xtalgan holda olimlardan Nida maqollarni o’rganishda bevosita tilning va o’sha xalqning madaniyatini o’rganish tabiiy jarayon deb hisoblaydi. Tilda mavjud bo’lgan leksima o’sha millatni turmush tarzida kelib chiqgan bo’lib bu bevosita maqolarda ishtirok etadi va maqollar orqali xalqning madaniyati aks etadi. Fransuzcha: “Ange à l’eglise et diable à la maison” maqolini uzbek tiliga tarjima qilsak-cherkovda farishta, uyda shaytondek ma’nosini beradi. Bu o’zbek tilida : “Ko’cha-xandon, uy-zindon” maqoli orqali ifodalanadi. Agar maqollarning ma’no mazmunini tahlil qilsak ularning fikricha doimiy ko’chada hushchaqchaq xursand bo’lib ko’ringan shaxs, aslida uning teskarisi ya’ni insoniy sifatlarga ega bo’lmaganligini ko’rsatayabdi. Biz yana maqol orqali cherkov-Xristian olamining muqaddas dargohi ekanligi ko’rsatsa Islom olamida esa masjid shu o’rinda ekanligini ko’rishimiz mumkin. Biz fransuz maqollariga to’xtalar ekanmiz, fransuz xalqining xarakteri haqida so’z yuritib o’tishimiz lozimdir. Dunyo millatlari orasida ushbu xalq vakillari sermulozamatligi va hurmattalabligi bilan ajralib turadi. Bu jihat esa fransuz maqollarida xam o’z aksini topadi: fransuzcha:Il ne fout pas jamais dire:Fontaine,je ne boirai pas de ton eau. O’zbekcha tarjimasi: Hech qachon, favvora, men sening suvingdan ichmayman dema. Buni tahlil qilsak hech qachon kimnidir kamsitmaslik, pastga urmaslik insonlarga nisbatan doimo hushmuomila bo’lish, har qanday qiyin vaziyatda xam insoniylik chegarasidan chiqmaslik haqida aytiladi. Ya’ni maqoldan har ikki millatda ham sermulozamatlilik, ochiqko’ngillik kabi insoniy fazilatlar borligini, xushmuomila bo’lish esa huddi biz singari fransuzlar mentalitetiga xos bo’lgan tushunchalar ekanligini ko’rishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, maqollar bu xalqning madaniy merosidir. Ularda o’sha xalqning barcha o’y-fikrlari, turmush tarzi, dunyoqarashi, fe’l-atvori va e’tiqodi aks etadi. Har bir millat o’ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Maqol va nutq birligi sifatidaMaqollar ta’limotning rivojlanishi haqida yuqoridagi barcha bosqichlar va ularni fransuz tilshunosligining ob’ekti sifatida tushunish, eng avvalo, bu turdagi gaplarning ko‘p qirraliligidan dalolat beradi. Maqolning tildagi o’rnini aniqlash zamonaviy fransuz paremiologiyasining dolzarb vazifalaridan biridir. Ayni paytda bu masala bo’yicha yagona nuqtai nazar yo’q. Tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan beshta asosiy fikr mavjud: 1) maqollar supralingvistik semiotik kategoriyaning birliklari b’'lib, til birliklaridan farq qiladi18; 2) maqollar til birliklari tarkibiga kiruvchi kommunikativ frazeologik birliklar19; 3) maqollar til birliklari tarkibiga kiruvchi paremiologik birliklardir20; 4) maqollar jumla tuzilishiga ega frazeologik birliklar bo'lib, o’z ma’nosida umuminsoniylik g’oyasiga ega, nisbiy diskursiv mustaqillik bilan ajralib turadi21; 5) maqollar ham til birliklari, ham nutq birliklari. M.A. Cherkasskiy maqollar ifoda rejasi va mazmun rejasi o‘rtasidagi nomuvofiqlik darajalari tufayli, aforizm va sentitivlik xususiyatlariga ega bo‘lgan boshqa maqollar qatorida til va nolingvistikadan farqli bo‘lgan supralingvistik semiotik daraja birliklariga kiradi, deb hisoblagan22. Yana bir nuqtai nazar shundan iboratki, maqollar kommunikativ frazeologik birliklardir ya'ni. sodda yoki murakkab gap tuzilishiga ega bo‘lgan va shu orqali tilda o‘zining kommunikativ-pragmatik vazifasini amalga oshiruvchi frazeologik birliklar qatoriga kiradi (I.I.Chernisheva (1993), A.V.Kunin (2005) va boshqalar)23. Grigoryan va G.D.Sidorkovaning so’zlariga ko’ra, maqollar frazeologik birliklar (til birliklari) va matnlar (nutq birliklari) o'rtasida oraliq pozitsiyani egallab, ikkala birlikning xususiyatlarini birlashtiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, “Maqol frazeologiyaning yuqori chegarasi (“lingvistiklik”) va matnning (maʼnoning) pastki chegarasi, elementar maʼnoni oʻzida mujassam etgan minimal matndir”24. Demak, maqollar ham til birliklari, ham nutq birliklari hisoblanadi. Maqollar tilshunoslar tomonidan til birliklari sifatida tasniflanadi, chunki ular ma’lum bir rasmiy semantik tuzilishga ega bo'lgan tayyor shakllardir. Tuzilishning “yopilishi – ochiqligi” mezonidan foydalanib, paremiolog G.L. Permyakov maqol nutqda doimiy va o'zgarmas shaklda paydo bo'lishini ta'kidlaydi.25 “Tuzilish paremiologiyasi asoslari” asarida maqollarning sintaktik xususiyatlariga e’tibor qaratgan G.L. Permyakov barcha maqollar grammatik to‘liqlik darajasiga ko‘ra mustaqil gaplarda ifodalanadi, masalan, Olma tagiga olma tushadi (“Le fruit ne tombe jamais loin de l’arbre”). Demak, maqollar faqat turgʻun aʼzolardan tashkil topgan yopiq gaplar bilan ifodalanishi mumkin26. So‘z tipidagi iboralarning til birliklariga mansubligining asosiy tasdig‘i til funksiyalarining (kognitiv, kommunikativ, ijtimoiy, madaniy, etnik) ekanligidir.27 Maqollarda to‘liq o‘z ifodasini topgan. Maqollar dunyoni talaffuz (mulohaza) darajasida bilishning natijasi bo'lib, bilish (gnoseologik) vazifani bajaradi: Download 146.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling