O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-raavzu. 0 ‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

4-raavzu. 0 ‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki 

taraqqiyot bosqichiari

Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsoziik 

madaniyati

Yangi  tosh  asriga  kelib,  0 ‘rta Osiyo  hududlarida dehqonchilikning 

paydo boMishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini 

yanada 


tezlashtirdi. 

Bronza 


davriga 

kelib 


dehqonchilikdar

48


chorvachilikning 

ajralib  chiqishi, 

ixtisosiashgan 

h unarmandchiffic 

xo‘jaliklarining  rivojlanishi  natijasida  ishlab  chiqarish  hajmi  ko‘payife, 

mehnat  qurollari  yanada  takomillashib  bordi.  Jamiyatda  ishlab 

chiqaruvchi  xo'jaliknittg paydo  boMishi  va jadaliik  bilan  rivojlanishi  o‘z  

navbatida ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlarga sabab boMdi.

Ma’lumki,  O'rta Osiyo, umuman 0 ‘zbekiston hududlaridadasttaitsi 

davlatchilikning  paydo  boMishi  masalaiari  tadqiqotchilar  orasida  hamon 

bahslarga  sabab  bo4 lib  kelmoqda.  Bu  o ‘rinda  ushbu  jarayonga  asosiy 

turtki  bo'lib,  yanada  jadallasbtirgan  omillami  aniqlash  nihoyaida 

muhimdir.  Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dchqoachilik 

0 ‘rta 


Osiyo 

xo'jaligining 

asosini 

tashkil 


etgan. 

Sug'ora» 

dehqonchilikning  yuqori  unumdor  shakllari  jamiyatda  hal  qiluvchi 

o‘zgarishlarga  olib  keldi.  Xususan,  dehqonchilik  rivoji  natyasida 

qo'shimcha mahsulot va xususiymulk ko'rinishlari paydo bo'ldi.

Tadqiqotchilaming 

fikrlariga  qaraganda, 

sun’iy  sug'orishja 

asoslangan  dehqonchilik  0 ‘rta  Osiyo  xo‘jaligining  asosi  hisoblaftib.  bH 

jarayon  janubiy  Turkmaniston,  Tojikiston  va  O'zbekistonning janubida 

bronza  davrida,  Toshkent  vohasi,  Farg'ona  vodiysi  hududlarida  esa  ilk 

temir davrida shakllanib rivojlandi.  0 ‘rta Osiyoda ilk davlat uyusbmalari 

sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo'lgan Amudaryo (yuqori, o'rta, quyi) 

oqimlari  bo‘ylarida,  Murg‘ob  vohasida,  Zarafshon  va  Qa^iqadary© 

vohalarida  shakllanib  rivojlanadi.  Bunday  holatni  dunyo  tarixidjgp 

dastlabki  davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) tnisofida 

ham kuzatish mumkin.

Jamiyat  hayotida  metallning  keng  yoyilishi  ham  A trtiH a 

davlatchilikning asosiy omillaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunga kelib, 

0 ‘rta  Osiyoning  juda  ko‘p!ab  bronza  va.  ilk  temir  davriga  oid 

yOdgorliklaridan  (Sopolli,  Jarqo'ton,  Qiziltepa,  Anov,  Ko‘zaliqir, 

Afrosiyob,  Daratepa,  Chust,  Dalvarzin  va  boshq.)  ishlab  chiqaruvdi 

xo‘jalik  bilan  bevosita bog'liq  boMgan  metall  quroliar toptb o'rganilgaiL 

Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligming yanada 

oshishiga keng imkoniysflJar yaratdi.

So‘nggi  bronza davriga kelib,  kulolchilik  charxining keng jAtoBa 

boshlanishi  natijasida  turii  shakldagi  yuqori  sifatli  sopol  idishlar  ishlab 

chiqarila  boshlanadL  Kulolchilikning  rivojlanishi  natijasida  SopolH, 

Oltintepa,  Gonur,  Jarqo‘ton,  Afrosiyob  kabilarda  kulolchilik  tnahiflalan 

paydo  bo'ladi.  Shuningdek,  hunarmandchilikning  toshga,  metatga, 

yog-ochga,  suyakka  ishlov  berish  turiari  ham  keng  tarqatsdi. 

Hunarmandchilikning  ixtisoslashuvi,  alohida  xo‘jalik  tarmog‘i  sifatida

49


shakllanib  rivojlanishi  jamiyatdagi  iqtisodiy  taraqqiyot  uchun  muhim 

ahamiyatga  ega  boMib,  davJatchilik  paydo  bo'lishi  uchun  muhim  boMgan 

qo'shimcha mahsulot ko'payishiga turtki  bo'ldi.

Ilk  davlatlarning  paydo  bo'lishida  o'zaro  ayirboshlash,  savdo-sotiq 

va  madaniy  aloqalarning  ham  ahamiyati  nihoyatda  katta  boMgan. 

Dastavval  shuni  aytish  joizki,  O'rta  Osiyo  hududlarida  yashagan  aholi 

qadimgi  davrlardan boshlab o'zaro  munosabatlarni  rivojlantirib kelganlar. 

Bronza  davriga  kelib  shimoldagi  ko'chmanchi  chorvador  qabilalar  va 

janubdagi  o'troq  dehqonchilik  aholisi  o'rtasida  o'zaro  mol  ayirboshlash 

va  madaniy  aloqalar  yanada  jadallashadi.  Bu  o'rinda  o'sha  davrda 

shakllanib  keyinchalik  ancha  rivojlangan  qadimgi  yoMlaming  ahamiyati 

beqiyos  bo‘ldi:  O'rta  Osiyo  qadimgi  aholisi  mintaqadan  tashqari  qo'shni 

davlatiar  bilan  ham  o'zaro  aloqalarni  rivojlantirganlar.  Bu  o'rinda  shuni 

ta’kidlash  joizki,  qimmatbaho  Badaxshon  (Tojikiston)  lojuvard  toshlari 

mil  avv.  Ill  ming  yillikdayoq,  Mesopotamiya  va  Misr  shaharlarida 

nihoyatda,  qadrlangan  va  bu  hududlar  bilan  o'zaro  mol  ayirboshlash 

munosabatlari  o'matilgan.  Undan  tashqari,  Mesopotamiya,  Misr, 

Hindtsldn,  Eron,  O'rta  Osiyo  yodgorliklaridagi  so'nggi  bronza  va  ilk 

temir  davri  topilmalaridagi  juda  ko'pgina  o'xshashliklar,  bu  hududlar 

o'rtasidagi  o'zaro  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalardan  dalolat  beradiki,  bu 

jarayon ham  ilk davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Mil  avv. Ill -  II  ming yillliklarga kelib O'rta Osiyo jamiyatida sodir 

boMgan  iqtisodiy  taraqqiyot jarayonlari  bu  hududlarda  ilk  shaharlarning 

paydo  boMishiga imkon  yaratdi.  Tadqiqotchilarning  fikrlariga qaraganda, 

ilk  shaharlar  paydo  bo'lishi  dastlabki  davlatchilik  shakllanishida  eng 

muhim  va  asosiy  omil  bo'lib,  bu  ikkala  jarayon  uzviy  bog'liq  holda 

kechgan.

MaMumki,  mil.avv.  II  ming yillikka kelib qadimgi  O'zbekistonning 

dehqonchilik  vohalarida  oMroq  qabilalar  rivojlanib  aholining  alohida 

joylaShuv  manzilgohlaridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  o'zgarishlar  -  o'troq 

dchqonchilikning  rivojlanishi,  aholi  zichligining  yuqori  darajasi, 

hunarmandchilikning  taraqqiy  etishi,  ijtimoiy  tabaqalanish  va  boshqaruv 

tizimining  murakkablashib  borishi,  o'zaro  almashinuv,  savdo-sotiq  va 

madaniy 


aloqalarning 

kuchayishi 

hamda 

harbiy-siyosiy 



vaziyat 

O'zbekiston  hududlarida  dastlabki  shaharsozlikning  paydo  bo'lishida 

asosiy omillardan hisoblanadi.

OMkamiz hududlarida  dastlabki  shahar  madaniyatining shakllanishi 

ham  jamiyat  taraqqiyotida  bo'lgani  kabi  uzluksiz  taraqqiyot  yo'li  bilan 

rivojlangan. 

Bu  qonuniyatga  ko'ra  shaharsozlik  madaniyatining

50


shakllanishi  uzoq  va  bosqichma-bosqich  davrlami  bosib  o'tgan. 

O'zbekistonning  turli 

hududlarida  tadqiqotchilar  qadimgi  shahai 

xarobalarini  topib  tekshirdilar.  Ko'p  sonli  arxeologik  topilmalaming 

dalolat  berishicha  bu  ko'hna  shaharlar  ba’zilarining  yoshi  2  700-3000 

yildan  kam  emas.  Ularga  Afrosiyob,  Ko'ktepa  (Samarqand),  Qiziltepa 

(Surxon  vohasi),  Uzunqir,  Yerqo'rg'on  (Qashqadaryo  vohasi)  va 

boshqalar  kiradi.  Bu  ko'hna  shaharlar  tarixi  hozirgi  Samarqand 

(Afrosiyob-Maraqanda), 

Kitob-Shahrisabz 

(Uzunqir) 

yoki 


Qarshi 

(Yerqo'rg'on) hududlarida davom etdi.

O'lkamiz hududlarida qadimgi  shaharsozlik madaniyatining asoslari 

quyidagi lardan iborat:

•  aholining  o'troq  dehqonchilikka  o'tishi  va  keng  vohalar  bo'ylab 

yoyilishi;

•  hunardmanchilik  ishlab  chiqarishining  rivojlanishi  natijasida  iqtisodiy 

hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi;

•  tabiiy-gcografik hamda harbiy-strategik  shart-sharoitlar.

Olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalariga  qaraganda  shahar  madaniyati 

dastavval  Shimoliy  Baqtriyaga  (Surxon  vohasi)  keyin  esa So'g'diyona 

(Qashqadaryo,  Samarqand,  Buxoro  vohasi),  Хогаип  va  Farg'ona 

hududlariga  tarqaladi.  Qadimgi 

shaharlar  -tarixiy  rivoj lanishdagi 

urbanistik  jarayonda 

muhim 


ahamiyatga 

ega 


bo'lgan  jamiyat 

laraqqiyotining  ijtimoiy  asosi hisoblanadi.  Fikrimizcha.  shaharlar  tarixini 

o'rganish  jarayonida  dastavval  eng  qadimgi  shaharlar  shakllanishi  va 

rivojlanishi;  aniq  hududlar  yoki  viloyatlardagi  tarixiy-madaniy  shart- 

sharoitning ta’siri,  ekologik,  geografik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  demografik 

muhitlaming  darajasi  va  ta’sir  doirasi,  shaharlarning  vazifasi,  qadimgi 

shahar  markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi  o‘mi  va  ahamiyati 

masalalariga keng e’tibor qaratish lozim.

Ko'pchilik  tadqiqotlar  natijalarini  tahlil  etar  ekanmiz,  shunday 

xuiosaga  kelish  mumkinki, 

O 'rta  Osiyo 

hududlarida  dastlabki 

shaharsozlik  madaniyati  mil  avv.  II  ming  yillikdayoq,  ya’ni,  bronza 

davridayoq 

shakllana  boshlaydi. 

Bu  davrda  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlaming  o'sishi  natijasida  mehnat  unumdorligi  ortib  boradi.  Natijada 

turli  tarixiy  viloyatlarda  joylashgan  yirik  mustahkam  manzilgohlar  o'mi 

va  atroflarida  (Sopolli,  Jarqo'ton,  Namozgoh,  Qiziltepa,  Yerqo'rg'on, 

Bandixon,  Uzunqir)  dastlabki  shahar  markazlari  shakllanib  rivojlana 

boshlaydi.

Xullas, O'rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va 

shakllari  nisbatan  turlicha bo'lib,  bu jarayon  faqat  ichki  tabiiy-geografik


va  ijtimoiy-siyosiy  sharoitlar  hamda  qo'shni jamoalardagi  madaniy  ta’sir 

bilan  bog‘liq  boMmasdan,  dastavval,  Yaqin  va  0 ‘rta  Sharqdagi  (Misr, 

Mesopotamiya,  Hindiston,  Eron) jahon  urbanistik  markaziari  bilan  ham 

chambarchas bogMiq edi.

OMkamiz  hududlaridagi  ilk  shaharlar  qishloqlardan  iqtisodiy, 

siyosiy  va  madaniy  mavqesi  bilan  ajralib  turgan.  Bu  shaharlar  asosan 

aholisi  sug‘orma  dehqonchilik  bilan  shug‘ullangan  vohalarda,  qadimgi 

savdo  yo'llari  bo‘ylarida,  hukmdorlar  qarorgohlari  atroflarida  paydo 

boMgan.  Bunday  shaharlar  o‘zlari  joylashgan  vohalarining  siyosiy, 

iqtisodiy,  madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini  bajargan bo’lishi 

shubhasizdir.

Ilk davlatiar haqidagi yozma manbalar 

Qadimgi aholi

Yangi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  0 ‘rta  Osiyo  hudularidan  topilgan 

piktografik  belgi-yoznvlar  bronza  davriga  oid  boMsa-da,  ular  hozircha 

kam sonli boMib, qadimgi jamiyat haqida toMiq maMumotlar bera olmaydi. 

Milloddan. avvalgi  V-IV  asrlarga  oid  ayrim  kam  sonli  topilmalar  ham 

(Xorazm, sak yozuvlari) toMiq  emas.  0 ‘rta Osiyo hududlaridan  milloddan 

avval  111-11  asrlarga  oid  ko‘plab  tanga  pullar  topilganki,  ular  qadimgi 

tarixni  o ‘rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Undan  tashqari  to  o‘rta 

asrlarga qadar yetib  kelgan  ko‘p sonli  yozma manbalar ma’lumotlari  ham 

muhimdir.

0 ‘rta  Osiyo  hududlaridagi  dastlabki  davlat  uyushmalari  haqidagi 

yozma  manbalar  -  zardo‘shtiylaming  muqaddas  diniy  kitobi  “Avesto”, 

ahmoniylar  davri  mixxat  yozuvlari,  yunon-rim  tarixchilarining  asarlari 

hisobianib, ulaming barchasi  yurtimizdan  chetda bitilgan.  Shuning uchun 

ham  ularda  ba’zi  hollarda  chalkashliklar va  noaniqliklar,  bir-birini  inkor 

etish  hollari  uchrab  luradiki,  bu  o‘rinda  mavjud  yozma  manbalami 

arxeologik tadqiqotlar  natijalari  bilan solishtirish  va.tahlil  etish  nihoyatda 

muhimdir.  Arxeologik  maMumotlar  yozma  manbalar  maMumotlarini 

kengaytiradi,  ularga  aniqlik  kiritadi,  tarixiy  taraqqiyotning  aniq 

yo'nalishlarini  ko‘rsatib,  maMum  davr haqidagi  tasavvurlarimizni  yanada 

boyitadi.

Vatanimiz  tarixini  o‘rganishidagi  dastlabki  yozma  manba  sifatida 

“Avesto”  katta .ahamiyat  kasb  etadi.  “Avesto”  qachon  va  qayerda paydo 

boMganligi  tadqiqotchilar  orasida  hamon  bahslarga  sabab  boMmoqda. 

“Avesto”  kitobi  va  zardo‘shtiylik  dinining  asoschisi  Zaratushtra

52


(Zardo‘sht,  yunoncha  Zoroastr)  paydo  boMgan  va  faoliyat  ko'rsatgan 

hudud haqida “Avesto”da keltirilgan geografik hududlarni o'rganib xulosa 

chiqargan  ko'pchilik  hozirgi  tadqiqotchilar  O'rta  Osiyo  yoki  hech 

bo'lmaganda bu hududga qo'shni bo'lgan shimoli-sharqiy Eron degan fikr 

bildiradilar.  Umuman  olganda,  “Avesto”ning  vatani  Xorazm  yoki 

Baqtriya deb hisoblovchi  olimlar ko'pchilikni tashkil etadi.

“Avesto”ni  fransuz olimi  Anketil  dyu  Perron  birinchi  bo'lib tadqiq 

etgan.  1755-1761  yillarda  dyu  Perron  Hindistonning  Gujarat  viloyatida 

eron  zardo'shtiylarining  avlodlari-parslarning  urf-odatlari  va  diniy 

marosimlari  bilan  tanishib  chiqadi  hamda  1771-yilda “Avesto”ni  fransuz 

tiliga  taijima  qiladi.  Dastlabki  “Avesto”  21ta  kitobdan  iborat  bo'lgan. 

Bizgacha “Avesto”ning  Yasna -  "qurbonlik keltirish”,  Visprat - “Hamma 

hukmronlar”,  Yasht  -  “qadrlash”,  Videvdat  -  “devlarga  qarshi  qonun” 

qismlari  saqlanib  qolgan.  Bu  qismlar  Sosoniylar  davrida  (I1I-VI  asrlar) 

tahrir qilingan.

“Avesto”da  ahmoniylargacha  bo'lgan  geografik,  hududiy  nomlar, 

atamalar,  ijtimoiy-iqtisodiy  ma’lumotlar,  siyosiy  tarix,  diniy  falsafa  va 

turli  ma’lumotlar  saqlangan.  Unda  jumladan  shunday  deyiladi:  “O, 

Spitama  Zaratushtra,  yashaydigan  joylarga,  bu  yerlarga  baxtlik  qancha 

kam bo'lsada, tinchlik tortiq qildim.  Birinchidan, odamlar yashashi uchun 

eng  yaxshi  mamlakalni,  Vanxvi  Datyo  daryosidagi  Aryonam  Vayjoga 

(Eron tekisligi yoki  ariylar o'lkasi) asos soldim.

Ikkinchidan,  men,  Axuramazda,  eng  yaxshi.  mamlakatlar  va 

o'lkalardan bo'lgan Gava So'g'da (So'g'diyona) makoniga asos soldim.

Uchinchidan,  men,  Axuramazda,  eng  yaxshi  mamlakatlar  va 

o'lkalardan bo'lgan qudratli Mouruga (Marg'iyona) asos soldim.

To'rtinchidan,  men,  Axuramazda,  eng  yaxshi  mamlakatlar  va 

o'lkalardan bo'lgan,  baland bayroqlari  bo'lgan go'zal  Bahdiga (Baqtriya) 

asos soldim”.1

“Avesto”da tilga olingan juda ko'plab mamlakatlar - O'rta Osiyo va 

O'rta  Sharq,  Afg'oniston,  Eronning  shimoli-sharqiy  hududlari  bilan 

bog'liqdir.  Yasht  qismlari  ariylaming  yerlari  haqida  quyidagicha  e’lon 

qiladi:  “U  mamlakatning jasur  sardorlari  ko'pdan  ko'p  harbiy  yurishlar 

qiladi,  uning  keng  yaylovlarga  ega,  suvga  serob  tog'larida  chorva tinch 

o'tlov  va  yemish  bilan  ta’minlangan,  bu  yerdagi  sersuv  chuqur  ko'llar 

to'lqinlanib  turadi,  kema  qatnaydigan  keng  daryolaming  oqimi

1 Yozma manbalar haqidagi  ma'himotlar A.SagdullayevnIng  "Qadimgi  O'zbekiston  ilk yozma 

manbalarda"  (Т.,  1996)  kitobidan olinib qisman  lahrir qilindi.

53


Pourutadagi  Iskta,  Xaravaydagi  Mouru,  So'g‘ddagi  Gava  va  Xvarizam 

tomoniga toshib intiladi”.

‘Avesto”  ma’lumotlariga  ko‘ra,  eroniy  sulolalaridan  bo'lgan 

Kayoniylar  sulolasining  so'nggi  vakillaridan  biri  Kavi  Vishtasp 

payg‘ainbar  Zaratushtraga  homiylik  qiladi.  Zaratushtra  yashab  faoliyai 

ko'rsatgan davr haqida aniq  fikr yo'q. Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv.  I! 

ming yillik o'rtalaridan milodiy  1  ming yillik  o'rtalarigacha  belgilaydilar. 

Ko'pchilik  tadqiqotchilar  fikrlaridan  xulosa  chiqaradigan  bo'lsak, 

Zaratushtra  mil.avv.  I  ming  yillikning  birinchi  choragida  yashab  faoliyat. 

ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

Ko'pchilik  tadqiqotchilar  Kavi  Vishtaspni  Baqtriyada  hukmronlik 

qilganini  e’tirof  etadilar.  Avesto  ma’lumotlariga  ko'ra,  Kavi  Vishtasp 

davrida  davlat  uyushmasi  mavjud  bo'lgan.  Misol  uchun,  Gatalarda 

Zaratushtra  kichik  hukmdorlami  urushlarni  to'xtatishga,  kuchli  va  odil 

podsho  qo'l  ostida  birlashishga  da’vat  etadi.  Aftidan,  o'sha  paytdayoq 

kichik  mulklarning  yagona  podsho  hukmronligi  ostidagi  nisbatan  yirik 

siyosiy  uyushmalarga  birlashuvi  boshlanadi.  Payg'ambar  Zaratushtra  va 

shoh Vishtasp fikrimizcha, bu birlashuvning tashabbuskorlari edilar.

Arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  ko'ra,  mil.avv.  II  ming  yillikka 

kelib,  O'rta Osiyoning janubida Qadimgi  Baqtriya va Marg'iyona hamda 

unga  qo'shni  bo'lgan  hududlarda  Baqtriya  -  Marg'iyona  arxeologik 

majmuiga  kiruvchi  yuqori  darajada  rivojlangan  madaniy  yodgorliklar 

guruhi  mavjud  edi.  To'g'aloq,  Gonur,  Dashli,  Oltintepa,  Sopolli, 

Jarqo'ton,  Tillatepa  kabilar  shular  jumlasidandir.  Ulaming  ko'pchiligi 

dastlabki  shahar  markazlari  bo'lib,  ularda  arki  a’lo,  shahriston,  diniy 

markazlar hamda shahar oldi hududlari  mavjud edi.  Ya’ni ular o'sha davr 

nuqtai  nazaridan  yetarli  darajada  rivojlangan  shaharlar  edi.  Ko'pchilik 

tadqiqotlardan  bizga  ma’lumki,  ilk  shaharlar  davlatchilik  paydo 

bo'lishining  muhim  va  asosiy  belgisi  hisoblanadi.  Ushbu  ma’lumotlar 

mil.avv.  II  ming  yillik  oxiri  1  ming  yillik  boshlari  qadimgi  Baqtriya 

hududlarida  davlatchilik  ko'rinishlari  paydo  bo'la  boshlaganidan  dalolat 

beradi.  Ktesiy  bergan  ma’Iumotlarga  ko'ra,  mil.avv.  II  ming  yillikning 

dastlabki  asrlarida  Baqtriya  kuchli  podsholik  bo'lib,  mintaqada 

hukmronlik  mavqeini  qo'lga  kiritish  maqsadida  Midiya  va  Ossuriya 

o'rtasidagi urushlarda ishtirok etadi.

Davlatchilik paydo bo'lishining muhim belgilaridan biri jamiyatning 

ijtimoiy tabaqalarga bo'linishi hisoblanadi.  Ko'pchilik manbalardan bizga 

ma’lumki, Avesto jamiyati quyidagi to'rttatabaqagabo'linadi:  1) qohiniar 

(atravanlar);  2)  harbiylar (ratayistralar);  3) dehqon-chorvadorlar (vastrva-

54


fshuyant);  4)  hunarmandlar  (xutlar).  Jamiyatning  bunday  tabaqalashuvi 

qadimgi,  ya’ni  zardushtiylikkacha bo'lgan  a’analami  o'zida  aks  ettiradi. 

Bu  an’analar  ayrim  o'zgarishlar  bilan  ko‘p  asrlar,  Avestodan  keyingi 

davrlarda ham saqlanib qoladi.

Dastlabki  ikkita  tabaqa  ancha  imtiyozlarga  ega  boMib,  jamiyatni 

boshqargan.  Ayniqsa,  qohinlar  juda  yuqori  mavqeda  turganlar. 

Zaratushtra  o‘z  g‘oyalarini  targMb  etish jarayonida  podsho  Vishtaspning 

eng yaqin odami  va maslahtchisiga aylanadi.  0 ‘sha davrdagi jamiyatning 

har bir boMagi (yacheykasi) -  uy, qishloq, voha va viloyat -  o‘lka ma’lum 

unvoni  boMgan o‘z diniy yoMboshchisiga ega boMgan.  Manbalarga ko’ra, 

davlatning  bosh  qohini  «zaratushtrotem»  imvoniga  ega  boMgan.  Undan 

tashqari  «zautara»  (diniy  qo‘shiqlar  ijrochisi),  «aturpat»  (olov  bosh 

qohini),  «xirpat»  (ibodatxona  va  diniy  tadbirlar  boshligM)  kabi  diniy 

uvonlar ham mavjud boMgan.

Podsho va uning yaqinlari kelib chiqqan harbiylar tabaqasining ham 

mavqei  baland  boMgan.  Jamiyatning  asosiy  ishlab  chiqaruvchilari  va 

moddiy  yaratuvchilari  dehqonlar,  chorvadorlar  va  hunarmandlar  edilar. 

Avestoda  qullar  ham  bir  necha  bor  eslatib  o‘tiladi.  Ular  tabaqalarga 

kinnagan va aftidan Jam iyat hayotida unchalik katta rol o'ynamagan.

Jamiyatning  boshqaruv  tartibi  haqida  Avestoda  ma’lumotlar 

saqlangan.  Manbada  keltirilishicha,  oriylar  oMkasi  quyidagi  to‘rtta 

ma’muriy  hududiy  birlikka boMinadi:  1-patriarxal  oilaga tegishli  boMgan 

turar-joylar  (nmana);  2-qishloqlar  (vis);  3-  tumanlar  (zantu);  4-viloyat -  

oMka  (daxyu).  Ushbu  birliklarning  har  biri  o‘z  yoMboshchisiga  ega 

boMgan:  1-nmanopati  (uy  boshligM);  2-vispati  (qishloq  boshligM);  3- 

zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat -oMka yoMboshchisi).

Eng  yirik  uyushma  «daxyusasti»  (viloyatlar  ustidan  hukmronlik 

yoki  viloyatlar  uyushmasi)  edi.  Bunday  uyushmaning  hukmdori  «butun 

daxyular  daxyupatisi»  deb  ataigan.  Qiyosiy  tahlillar  asosida  abmoniylar 

davridagi  «shohlar  shohi»  unvoni  ushbu  Avesto  unvoniga  borib 

taqalashini taxmin qilish mumkin. Avestoda shuningdek, «kavi», «sastar» 

va «xatra»  kabi  boshqaruv bilan  bogMiq  boMgan unvonlar ham  uchraydi. 

«Kavi»  (forschada:  «кау»)  unvoni  Avestoda  ko‘p  uchraydi.  Bu  unvon 

nafaqat katta oMkalar podsholari, balki kichik mulklar Hukmdorlariga ham 

berilgan.  Qal’alar,  tumanlar  va  viloyatlar  hukmdorlari  «Sastar»  unvoni 

bilan  ataigan.  «Hokimiyat»,  «qudrat». ma’nolarini  beruvchi  «xshatra» 

unyoni tumandan tortib oMkalar hukmdorlarigacha berilgan. Misol uchun, 

Bexistun yozuvlarida podsho Doro 1 ushbu unvon bilan tilga olinadi.

55


Avestoda yig‘in  yoki  yig'ilish  ma’nosidagi  «xanjmana»  (yangi  fors 

tilida  «anjuman»)  so‘zi  uchraydi.  Aftidan,  dastlabki  paytiarda  podsho 

hokimiyati  saylab  qo'yilgan.  Chunki,  «Shohnoma»  ma’lumotlariga  ko'ra 

kayoniylar  (kavilar)  sulolasining  asoschisi  Kayqubod  kavilar  umumiy 

anjumanida Eron  podshosi  qilib  sayianadi.  Avesto  ma'lumotlariga  ko'ra. 

podsho  (daxyupati)  bir vaqtning o ‘zida bosh  harbiy  va  bosh  qozi  (sudya) 

hisoblanga.  Podsho  o'zining  harbiy  drujinasiga  ega  bo'lgan.  Viloyat  va 

harbiy holatlarda bu drujinalar shoh ixtiyorida bo'lgan.

Mil  avv.  VI  asrning  o'rtalariga kelib  Erondagi  Ahmoniylar sulolasi 

hukmdorlari  Qadimgi  Sharqdagi  ko'pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, 

0 ‘rta  Osiyodagi  Parfiya,  Marg'iyona,  Baqtriya,  So'g'diyona,  Xorazm, 

“Saklar oMkasi” ustidan o'z hokimiyatini  o'rnatdilar.  Ahmoniylar davrida 

bitilgan mixxat manbalarda 0 ‘rta Osiyo xalq lari  va viloyatlari haqida turli 

ma’lumotlami uchratishimiz mumkin.

Bu  yozuvlar mil  avv.  Vi  -IV  asrlarga oid  bo'lib,  Eron  hududlarida, 

xususan,  Behistun  va  Naqshi  Rustam  qoyalarida,  Suza,  Persepoi  va 

Hamadon  shaharlaridan  topib  o‘rganilgan.  Bular  orasida  eng  muhimi 

Behistun yozuvlari  bo'lib,  u Doro I davrida yozilgan.  Bu yozuvlarda Doro

I  bosib  olgan  o'lkalar  sanab  o'tiladi.  Shuningdek,  bosib  olingan 

hududlarda forslarga qarshi qo'zg‘olonlar haqida ma’lumotlar beriladi.

Suza  shahridan  topilgan  yozuvlarda  Doro  Г  bunday  e’lon  qiladi: 

“Suzadagi  saroyni  men  bino  qilganimda  uning  bezaklari  uzoq  yurtlardan 

olib  kelingan.  Uaka  yog'ochi  Gadxaradan,  oltin  -  Sard  va  Baqtriyadan, 

yaltiroq  toshlar  va  lojuvard  So‘g‘diyonadan,  feruza-Xorazmdan,  kumush 

va bronza Araxoziyadan, tosh ustunlar - Elamdan yetkazib kelingan.”

Persepoi  shahridagi  saroy  devorlarida  baqtriyaliklar,  xorazmliklar, 

so‘g‘dlar  va  saklaming  o'yib  ishlangan  rasmlari  topilgan.  Bu  rasmlarda 

So‘g‘diyona,  Baqtriya,  Xorazm  va  saklar  o'lkasidan  boMgan  soliq 

toMovchilaming  ahmoniylarga  turli  xil  buyumlar  (hunarmandchilik, 

tikuvchilik,  zargarlik,  harbiy  qurollar)  hamda  qadimgi  Sharqda  mashhur 

boMgan  otlar  va  tuyalami  soliq  sifatida  olib  kelayotgani  tasvirlangan. 

Xullas,  ahmoniylar  davri  yozuvlarida  oMkamiz  xalqlarining  qadimgi 

tarixiga  oid  quyidagi  maMumotlar  saqlangan:  viloyatlar  va  xalqlarning 

nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy 

tuzum va moddiy madaniyat ma’lumotlari.

Yunon-rim  tarixchilaridan  birinchi  boMib “tarixning  otasi”  Gerodot 

(mil.avv.  V asr) 0 ‘rta Osiyo xalqlari  haqida ma’lumotlar  beradi.  Gerodot 

o‘zining  mashhur  ‘Tarix” kitobini  mil.  avv.  455-445  yillarda yozgan.  Bu 

o‘rinda  shuni  ta’kidlash  joizki,  Gerodot  O'rta  Osiyo  viloyatlarining

56


Dironasiaa  nam  ooimagan.  snunmg  ucnun  nam  u   rta usiyoaagi xaiqiar, 

viloyatlar joylashuvidagi  nafaqat aniq,  balki  umumiy  chegaralaridan ham 

bexabar  bo'lgan.  O'rta  Osiyo  viloyatlari  haqida'  esa,  o‘zi  eshitgan 

hikoyalari, surishtirib bilganlari asosida yozgan.

Tadqiqotchilarning  hisobiga  qaraganda,  Gerodot  “Tarix”  kitobida 

Baqtriya,  Baqtra,  baqtriyaliklami  13  marta,  so‘g‘dlami  2  marta, 

xorazmliklami  3  marta,  saklarni  11  marta,  massagetlarni  19  marta  tilga 

olib ulaming moddiy madaniyati,  urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya 

qilgan.

Gerodotning  0 ‘rta  Osiyo  to‘g‘risidagi  asosiy  fikrlari  foislaming 



sak-massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To'maris o‘rtasidagi siyosiy 

munosabatlar,  ahamoniylar  harbiy  qo'shinlari  safida  yurtimiz  xalqlari 

jangchilarining  ishtiroki,  ulaming yarog‘-asiahalari,  yo‘lboshchilari,  fors- 

yunon  urushlarida ulaming jasorat ko‘rsatganligi,  xalqlaming ahmoniylar 

davlatiga  bo'ysunishi  va  soliq tartibi,  sak-massagetlaming  turmi(sh  tarzi 

va diniy e’tiqodi  va boshqa ayrim ma’lumotlardan iborat.

Misol  uchun  Gerodot  massagetlar  haqida  shunday  xabar  qiladi: 

“Bug‘doyni  massagetlar  ekmaydilar,  chorvachilik  va  baliqchilik  bilan 

(Araks  daryosida  baliq  serob)  shug'ullanadilar  hamda  sut  ichadilar. 

Massagetlar  ichida ulug‘langan  yagona  xudo  -  bu  Quyoshdir,  Quyoshga 

ular  otlami  qurbon  qiladilar,  chunki  xudoga  dunyodagi  eng  chaqqon  - 

tezchopar jonliqni qurbon qilish lozim deb o‘ylaydilar”.

Asli  Kichik  Osiyodagi  Knid  shahrilik  boMgan  yunon  tarixchisi 

Ktesiy  ahmoniylar  podshosi  Artakserks  (mil.avv.  404-359  yy.)  saroyida 

tabiblik  qilgan.  Ktesiy  qalamiga  mansub  “Persika”  asarining  katta  bir 

qismi baqtriyaliklar tarixiga bagMshlangan..

Ktesiy  Ossuriya  podshosi  Ninning  Baqtriyaga  qilgan  yurishlari, 

Baqtriyaning  poytaxti  va  ko‘p  sonli  mustahkam  istehkom  va  shaharlar 

haqida  maMumotlar  berib  jumladan  shunday  yozadi:  “Baqtriyadagi 

ko'pdan  ko‘p shaharlar orasida Baqtra nomli mashhur bir shahar boMgan. 

Bu  shahar mamlakatning markazi  boMib,  ko‘p  shaharlar o‘rtasida, baland 

va  mustahkam  mudofaa  devorlari  bilan  o'ralgan,  unda  podsho  qal’asi 

joylashgan”.

Yana  bir  yunon  muallifi  Ksenofont  “Kiropediya”  nomli  asarida 

Ktesiy  xabarlariga  o‘xshash,  Baqtra  -  shaharlarining  ossuriyaliklar 

tomonidan  qamal  qilinishi  to‘g‘risida  ma’lumot  beradi.  Shuningdek, 

Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi.

Mil.  aw .  IV  asming  ikkinchi  yarmida makedoniyalik  Iskandarning 

Sharqqa  qilgan  yurishlari  natijasida  0 ‘rta  Osiyodagi  qadimgi  viloyatlar

57


haqida ko'plab yangi tarixiy-geografik maMumotlar paydo  bo‘!di.  Keyingi 

antik  davr  mualliflari  (Arrian,  Kursiy  Ruf,  Strabon  va  b.)  asarlaridagi 

ma’lumotlar  ilk  antik  davr  mualliflarinikiga  nisbatan  kengroq  berilgan. 

Makedoniyalik  Iskadar  yurishlari  haqida  yozgan  tarixchilar  asarlarida 

qadimgi O'zbekiston viloyatlari,  shaharlar, qal’alar, manzilgohlar, himoya 

devorlari,  xo‘jalik  va  madaniy  hayol  haqida  kengroq  va  batafsilroq 

ma’lumotlar olish mumkin.

Olib  borilgan  arxeologik  va  antropologik  tadqiqotlar  natijalari 

qiyosiy  tahlil  etilar  ekan,  qadimgi  davrdagi  O'rta  Osiyo  hududida 

yashagan  qadimgi  aholi  tarixini  tadqiq  etish  bir  necha  sabablarga  ko‘ra 

katta  ahamiyat  kasb  etishi  kuzatiladi.  Ushbu  ahamiyatli  holatni 

quyidagicha  izohlash  mumkin:  birinchidan,  bu  davrda  aholining  tabiiy 

hududiar  bo'yicna  xo'jalik  jihatdan  tabaqaianishi  sodir  bo'ladiki,  olib 

borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari  O'rta Osiyo  va Qozog'istonning 

asosan  dehqonchilik  bilan  shug’ullangan  janubiy  hamda  asosan 

chorvachilik  bilan  shug'uliangan  shimoliy  hududlarini  ajratish  va  o'zaro 

taqqoslash  imkonini  beradi.  Ikkinchidan,  dehqonchilikka  va  ishlab 

chiqaruvchi  iqtlsodga erta o'tish dehqonchilik jamoalari sonining ortishini 

hamda  ilk  shaharlarning  rivojlanishini  belgilab  berdi  va  demografik 

jihatdan ta’sir ko'rsatib ortiqcha aholining turli  arxeologik madaniyatlarga 

va  xo'jalik  yuritish  tartibiga  mansub  bo'lgan  tabaqalaming  ko'chib 

ketishiga  turtki  berdi.  Uchinchidan,  O'rta  Osiyo  hududida  murakkab 

etno-madaniy  jarayonlaming  sodir  bo'lishi,  hozirgi  zamon  o'lkamiz 

xalqlarining  shakllanishida  uzoq  qadimga  borib  taqaluvchi  mahalliy 

unsurlarning  ustunligi  qadimgi  davrlar  bilan  bevosita  bog'liqdir. 

To‘rtinchidan,  avnan  mana  shu  aholi  ilk  shaharlar  madaniyatini 

rivojlantirish  jarayonida  o'lkamiz  hududlaridagi 

ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotning  boshqaruvchilari  bo'lib,  ularning  ilk  dehqonchilik 

manzilgohlari  va  dastlabki  shaharsozlik  madaniyatining  yaratuvchanligi 

xususiyatini ham alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Turli arxeologik madaniyatlar keng tarqalgan O 'rta Osiyo hududida 

so'nggi  bronza  va  ilk  temir  davrida  kuzatiluvchi  manzara  muayyan 

tarixiy-madaniy  jarayonlar  o'ta  murakkab  kechganligini  ko'rsatadi. 

Shimol  chorvadorlari  madaniyati  -  bu  bronza  davrining  Andronov- 

madaniyati  bo'lib,  Qozog'iston  hududlarini  to'la  qamrab  olib  g'arbda 

Volga  orti  cho'llarigacha,  sharqda  Minusinsk  havzasigacha  cho'ziladi. 

Chorvadorlar. 

madaniyatining 

izlari 


o'sha 

davming 


ko'pgina 

qo'rg'onlaridan  aniqlangan  bo'lib,  ulardan  ko'p  sonli  bronza  va  sopol

58


buyumlar,  mehnat  va  jangovar  quroliar  hamda  san’at  asarlari  topilgan. 

Ular qadimiyligi jihatdan Old Osiyodan keyinda turadi.

Qadimda  O 'rta  Osiyoning  shimoliy  va jamibiy  viloyatlari  aholisi 

bilan  markaziy  hudiidlar  aholisining  murakkab  etnomadaniy  aloqalari 

qizg‘in  rivojlanib  bu  aloqalar  mahalliy  aholi  hayotida  katta  ahamiyatga 

ega  boMgan  boshqa  o‘xshash  madaniyatlar  taraqqiyotiga  ham  ta’sii 

o‘tkazgan.

MaMumki,  0 ‘zbekiston  qadimgi  tarixining juda  katta  davri  yozma 

manbalarsiz,  arxeologiya  va  antropologiyaga  oid  manbalarga  tayangan 

holda  o'rganiladi.  Qadimgi  Sharq  yozma  manbalaridan  (Hind,  Ossuriya 

va  Eron  manbalari)  ma’lumki,  mil.  a w .  II  ming  yillikning  o‘rtaIari  va 

oxirlari  (bronza  davri)  -  0 ‘rta  Osiyo,  Afg‘oniston,  Hindiston  va  Eron 

tarixi  -  hind-eron  qabilalari  yoyilishi  bilan  bog‘liq  boMgan.  Hind-eron 

qabilalari  dastlab juda  keng  hududlarda  -  Volga,  Ural  va  Janubiy  Sibil 

oraligMdagi yerlarda yashaganlar.

Tadqiqotchilaming  fikrlariga  qaraganda,  0 ‘rta  Osiyoda  aholi 

joylashuvi  etnik hududlarining ajrala boshlashi  mil.  aw .  IX-VIII asrlarga 

oid  boMishi  mumkin.  Mil.  avv.  VI  asrda  Erondagi  ahmoniylar  sulolasi 

podsholari  yurtimizda  yurish  qilganda  bu  xalqlarning  ajralib  borish 

jarayoni  butunlay  tugagan  va  turli  xalqlamirig  hududiy  joylashuv 

chegaralari,  viloyatlaming  ma’muriy  chegaralari  ahmoniylardan  ancha 

oldingi davrda paydo boMgan.

Ming  yillar  davomida  0 ‘zbekiston  hududlarida  yashab  o‘tgan 

qabilalar va elatlaming tarixi  hamda madaniyati izsiz yo‘qolib ketmagan. 

Ushbu  elatlaming  ayrimlari  ajdodlarimizning  yirik  guruhlarini  tashkil 

etib,  eng qadimgi  yozma manbalarda tilga olingan.  Ushbu manbalaming 

guvohlik  berishicha,  mil.  avv.  VII-VI  asrlarda  0 ‘zbekistonning 

dehqonchilik  vohalarida  so‘g‘diylar,  baqtriyaliklar  va  xorazmiylar 

yashaganlar.  0 ‘rta  Osiyo  va  QozogMstoning  togMari,  dashtlari  va 

choMlarida yashagan saklar va massagetlar chorvador qabilalardir.

Mil.  avv.  1  ming  yillikning  birinchi  yarmida  yurtimiz  hududlarida 

joylashgan  turli  xalqlar  qadimgi  sharq-eroniy  tillar  shevalarida 

gaplashganlar.  Ulaming etnik  qiyofasi  va tillari  bir-biriga  yaqin  boMgan. 

Shuning  uchun  ham  so‘g‘dlar,  baqtriylar,  xorazmiylar,  sak-massagetlar 

qarindosh xalqlar boMib, bir-birlarini tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik 

bilan shug‘ullanib o‘troq xo‘jalik yuritgah aholining moddiy va ma’naviy 

madaniyat bir-biriga aiicha o‘xshash boMgan.

59


Dastlabki davlatiar

B oshqaruv  -  

jamiyatning ichki jabhasiga 

xos 


xususiyat  hisoblanadi. 

Tarixga  nazar  tashiaydigan  bo'lsak,  insoniyat  o‘z  rivojlanish  jarayoni 

davomida  eng  oddiy  boshqaruv shakllarini  barpo  etib  uni  rivojlantirib  va 

:akomillashtirib borganligi  kuzatiladi.  Dunyo tarixidagi  dastlabki davlatiar 

nil.avv.  Ill  ming  yillikdayoq  Misrda  (nom  davlatlaming  birlashuvi), 

VIesopotamiyada  (Akkadning  kuchayuvi)  paydo  boiadi  va  Sharqdagi 

x>shqa hududlarga ham  (Hindiston,  Xett davlati,  Elam  va b.)  o 'z ta’sirmi 

ytkazib sifatiy yangi xususiyatlar kasb eta beradi.

Ta’kidlash  joizki,  boshqaruv  tizimi,  umuman,  davlatchilik  abadiy 

navjudlik  emas.  Davlat  boshqaruvi  deganda  biz  bosh  siyosiy  hokimiyat 

va  unga  bo‘ysinuvchi  boshqaruv  tizimini  tushunamiz.  Boshqaruv  tizimi 

lamiyatning  barcha jabhalarini  -   siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  va 

Doshqalami  o‘z  ichiga  oladi.  Binobarin,  boshqaruv  tizimini  har 

omonlama  va jiddiy  o‘rganmasdan  turib jahon  xalqlari  tarixiy  madaniy 

■ivojlanishi, 

ularning 

o‘zaro  aloqalari 

va  ta’siri, 

mahalliy 

va 


jmumbashariy  madaniyatlar  integratsiyasining  o‘ziga  xos  tomonlari  va 

qonuniyatlariga  aniqliklar  kiritish  mumkin  emas.  Davlat  boshqaruvining 

oaydo  boMishi  insoniyat  tarixida  muhim  muvafTaqiyat  va  sifatiy  yangi 

bosqich  bo‘ldi.  Dunyo tarixidagi  qadimgi  davlatlaming paydo  bo‘lishi  va 

takomillashuvida  0 ‘rta  Osiyo  va  unga  qo'shni  hududlarda  yashagan 

Kalqlarning ham hissasi katta bo'ldi.

Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  daviatning  paydo  bo'lishi 

uzoq  davom etgan jarayondir. Bu jarayon turli  xalqlarda turli yo‘llar bilan 

bo'lib o'tgan.

Tadqiqotchilarning 

fikricha, 

birinchidan, 

davlatiar 

paydo 


bo'lishining  osiyocha  ishiab  chiqarish  usuliga  asoslangan  «Sharq  yo'li» 

bo'lib, unda iqtisodiyotning asosini  irrigatsiya dehqonchiligi tashkil etgan; 

yer  va  irrigatsiya  inshootlari  daviatning  mulki  bo'lgan;  dehqonchilik 

jamoasi  jamiyatning  birlamchi  yacheykasi  edi;  aholining  katta  qismini 

safarbar etish zaruriyati  prinsipal boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan.

Ishiab  chiqarishning  osiyocha  usuli  mil.avv.  V  ming  yillikdan 

milodiy  1  asrgacha  daryolar  vodiylarida  joylashgan  Misr,  Bobil,  Xitoy, 

Hindiston, O 'rta Osiyo kabi  hududlarda yoyiigan.

Davlat  tuzilmasining  ikkinchi,  «Yevropacha  yo'li»  Yevropa 

hududida mil.avv.  V  asrdan  boshlab milodiy  III  asrgacha  qadimgi  yunon 

polislarida mavjud bo'lgan.  Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayii

60


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling