O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
qabilalarining vakili boMgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
qabilalarining vakili boMgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla yo‘li bilan forslarning katta qo'shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo'yadi. Shiroq ham, fors qo'shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo'ladilar. Mil. avv. 522-yilda ahmoniylai' taxtiga Doro I o'tiradi. U taxtga o'tirishi bilanoq Parfiya, Marg'iyona va "saklar o‘lkasi’'da forslarga qarshi qo'zg'olonlar ko'tariladi. Behistun yozuviariga qaraganda, 522- yilning oxirida Marg'iyonada ko'tarilgan qo‘zg‘olonga Frada ismli kishi boshchilik qiladi. Doro 1 Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlami qo‘zg ;olonchilarga qarshi jo'natadi. Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg'iyonalik halok bo'ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi. “Saklar o'lkasr’dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518-yillarda bo'lib o'tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan magMubiyatga uchraydi. Saklarning ko‘pchiiigi o'ldirilib, ko'pchiligi asir olinadi. Ularning yo'lboshchisi Skunha asir olinib, o'rniga boshqa yo'iboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar 0 ‘rta Osiyodagi mahalliy aholining qaliramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlami batamom o'zlariga bo‘ysundirdilar. M arkaziy boshqaruv organlari. Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nalaqat fors zodagonlariga, balki, ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko'pgina imtiyozlarga ega bo'lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisoblangan. Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo'lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qaromi shahanshoh chiqargan. Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig'i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh ma’muriy markazi Suza shahri edi. Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan boMib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan. Shahanshoh devonxonasi boshlig'i «иар1фаЪ> - mirzaboshi deb atalgan. Devonxonada bosh xazmachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar. 69
Hududiy bo'Iinish. Qoyatosn DiuKiar va uerocioi ma lumouariga ko'ra, ahmoniylar davlati hududi 20 ta qaram-ma’muriy qtsmlarga - satraplarga boMingan. Tadqiqotchilaming fikricha, forslar davlat boshqaruvining bu an’analarini midiyaliklardan o‘zlashtirganlar. Satraplar yirik hududlarga ega boMib, ko'pincha bir necha viloyat va o‘lkalami o'z tarkibiga birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va So'g'diyona bitta satrap tarkibiga kirgan. Satraplarning chegaralari ayrim hollarda o'zgarib turgan. E ’tibor berish lozimki, ahmoniylar davlatida satraplar etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapning ma’muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma’muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya’ni, satrapda- ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo'lgan. Bir vaqtning o'zida satrap o'zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan. Ayrim hollami istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro
satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o'ziga bo'ysinuvchi harbiy boshliqlami jo'natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan. Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar. Q o'shinlar. Ahmoniylar davlatida muntazam qo'shin mavjud bo'lib, uning asosini tarkibida o 'n ming jangchi boMgan «abadiy o'lmas» polk tashkil etgan. Qo'shinlaming bosh qo'mondoni shahanshoh edi. Harbiy tuzilmada keyingi o'rinda «xazarpat»-mingboshi turgan. Ahmoniylar qo'shinlari quyidagi qismlardan iborat boMgan: 1. - «abadiy o'lmas» polk; 2-piyoda qo'shinlar, 3-otliq qo'shinlar (suvoriylar); 4- satraplar qo'shinlari; 5-yunon
yollanmalari; 6-ko‘ngilli qo'shin. Qo'shinmng qismlari 10,100,1000, 10000 kiishilik harbiylardan iborat boMib, h ar bir qismning tayinlab qo'yilgan boshligM boMgan. Yilda bir marta shahanshohmng shaxsan o'zi qo'shinlarni ko'rikdan o'tkazib, yaxshi xizmat qilganlami taqdirlagan, harbiy qoidalarni bugganlarni jazolagan. Butun davlat hududi to'rtta harbiy okrugga boMingan. Har bir okrug harbiy boshligM markazdan tayinlanib bevosita shahanshohga bo'ysungan. Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda harbiy gomizonlar joylashtirilgan. Ahmoniylar qo'shinlarining harbiy tartibi haqida Gerodot va Kursiy R uf batafsil ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko'ra, ularning asosiy harbiy qurollari qilich, gurzi, o'q- vov. oalaon. xaniar, harbiv bolta va navzalardan iborat bo'lgan. 70
Yuqorida la'kidlanganidek. Ahmoniylar bosib olgan barcha hududlar satrapiya hokimliklarga boMingan bo'lib ularni fors podsholari tomonidan tayinlab qo‘yilgan satrap-hokimlar boshqarganlar. Gerodot ma’lumotlariga ko'ra. Baqtriya XII satrapiya bo'lib 300 talant (talant- Bobil pul birligi bo'lib, I talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va kaspiylar XV satrapiya boMib 200 talant Xorazm, So'g‘d, Parfiya va Ariya XVI satrapiya boMib 300 talant miqdorda yillik soliq to1 lar edilar. Shuningdek, 0 ‘rta Osiyoliklar soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini ham fors podsholariga berib turganlar. Mil. avv. V l-iV asrlar 0 ‘rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot ancha rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo‘lib, fors podsholarinmg Sharqdagi yirik markazlaridan biri edi. So'nggi yillarda 0 ‘rta Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o'ttizdan ziyod ahmoniylar davriga oid manzilgohlar ochiigan. Ularning har birida o ‘zlashtirilgan maydonlar va sug'orish tartibidan tashqari turar joylar va xo'jalik xonalari, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir. Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ко'plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bogMiq bo'lgan mehnat qurollari-o'roqlar, ketmonlar, yorg‘uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik asosan sun’iy sug'orishga asoslanganligini ko‘rsatadi. Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko'hna shaharning eng qadimgi qatlamlari mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. Bu davrda Baqtriyada badiiy hunarmandchilik ham yuqori darajada bo'lgan. 1877 yilda Kobadiyon bekligi (Tojikiston) dan oltin va kumushdan iborat katta xazina topilgan. “Amudaryo xazinasi” nomi bilan mashhur bo'lgan bu xazinada oltin va kumushdan quyilgan jang aravalari, jangchilar qiyofasi, hayvonlar tasvirlarini uchratish mumkin. Bu xazina mahalliy ustalar ijodi boMib, mil. avv. V-IV asrlarga oiddir. M il a w . VI-IV asrlarda So'g'diyona hududlarida ko'plab shahar va qishloqlar bo'lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to'lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Yerqo'rg'on, Daratepa, Sangirtepa, 71
Loiazor, Afrosiyob, X o'ja Bo‘ston kabi SO dan ziyod ko'hna shahar va manzilgohlar ochib o‘rganilgan. So'g'diyonaning poytaxti bo'lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So‘g‘diyona va butun O 'rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So'g'diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo‘lgan Yerqo'rg'oraii (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar. So'g'diyona hayotida dehqonchilik katta ahamiyatga ega edi. Shunisi muhimki, dehqonchilik sun’iy sug'orishga asoslangan bo'lib, bu haqda yozma manbalar ma’lumot beradi. Xususan, Straboning yozashicha, Politimet (Zarafchon) daryosi vohadagi eng katta suv manbayi bo'lib, sug'oriladigan yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Qo‘hna shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan. Mil. avv I ming yillikning o‘rtalarida Xorazm ham rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda Vl-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar qurilishida xom g'isht, paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar joylardan topilgan topilmalaming boy va qashshoqligi bu yerda mavjud bo'lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizUkdan dalolat beradi. Shaharlar aholisining asosiy mashg'uloti hunarmandchilik bo'lgan. Ko'plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o'troq abolidan tashqari ko'chmancfai chorvadorlar ham yashagan bo'lib, ular o'rtasida doimiy harbiy to'qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo'lib turgan. O 'rta Osiyo xalqlari ahmoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo'shdilar. Bu davrda O’rta osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar. O 'rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahmoniylar davrida ko'pgina Sharq xalqlarining siyosiy Urligi - butun jahon tarixida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim davr bo'Bb qoldi. Bu o'rinda O 'rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning ham hissasi nihoyatda katta bo'ldi. Ma’lumki, ahmoniylar davlati turli xalqlar va elatlami bosib o£b birlashtirish yo'li bilan tashkil topgan edi. Bu davlat tarkibidagi xalqi» doimiy ravishda o 'z ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Undan tashqari ahmoniy hukmdorlarining taxt uchun kurashlari ham davlatni zaiflashtirib bordi. Mil. a w . IV asming o'rtalaridan boshlab esa, Bolaon yarim orolidagi shahar-davlatlar kucjhaya boshlaydi. Bu davrda 72
Makedoniya podshosi Fillip II Boiaon yarim orolida o‘z mavqeini mustahkamlab oldi va ahmoniylarga qarshi kurashga tavyorgarlik ko‘ra boshladi. Fillip II o ‘z davriga mos harbiy islohotlar o'tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo'shin tuzishga muvaffaq boMdi. Mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o4dirilishi tufayli bu kurash to'xtab qoldi. 0 ‘sha yili taxtga Fillip II ning o ‘g ‘li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o £tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-davlatlarida Iskanaarga qarshi harakatlar boshlangan boMib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi. Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqiikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Mil. avv. 334-yilning bahorida makedon qo‘shinlari “urush olovini Osiyoga, Osiyo baxtini esa o ‘zimizga qarataraiz” shiori ostida forslarga qarshi yurish boshladi. Mil. avv 334-yil may (Granik daryosi yonida), 333-yil noyabr (Issa shahri, Suriva cbegarasida), 331-yil oktyabr (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo'lgan hal qiluvchi janglarda fors qo‘shinlari t o la mag'lubiyatga uchradi. Arrianning ma’lumot berishicha ahmoniytaming so‘nggi hukmdori Doro III Baqtriyaga qochib ketadi va Baqtriya satrapi Bess tomonidan fitna uyushtirilib o ‘ldiriIadi. Mil. a w . 330-329-yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo'shinlari Hinduqush dovonidan o'tib Shimoliy Baqtriya yerlariga chiqib keladilar. Bess o ‘z qobshinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo,, tajribali yunon-makedon qo‘shinlaridan magMubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkain qal’alarni egalladi. Mil. avv. 329-yiIning bahorida Makedoniyalik Iskandar qo'shinlari Oks (Ainudaryo) bo'ylariga yetib kelib katta qiyinchilik bilan daryoni kechib o ‘tdilar. Daryodan o ‘tgati qo‘shinlaming dastlab Ptoiemey Lag boshchiligidagi ilg‘or qismi keyin esa asosiy qo‘shinlar Navtaka viloyatiga (Sharqiy Qashqadaryo) kirib boradilar. Bu yerdan esa Iskandar qo‘shinlari So‘g !diyonaning poytaxti Marokandaga (Samarqand) yo‘l oldilar. Kursiy R uf ma’ lumotlariga qaraganda, yunon-makedon qo'shinlari Maroqandani egallashda unchalik qarshilikka uchramadilar va ■‘shaharda o ‘z gamizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlami yondirib va vayron etib”, shimoli-sharqqa tomon harakatlana boshladilar. *73
Maroqandadan so'ng yunon-makedon qo'shinlarining yurishi nihoyatda og'ir kechdi. MabaUiy so'g'diy aholi dushmanni o‘ta norozi kayfiyatda kutib oidi hamda bir tan- bir jon bo'lib unga qarshi chiqdi. Ular o‘z yerlarining ozodligi va raustaqilligini mardonavor turib chet el bosqinchlaridan himoya qildilar. Iskandar Ustrushonaning (Samarqand va Jizzax oralig'ida) tog'li hudud aholisini qiyinchilik bilan yenggach dasht ko‘chmanchilari (saklar) va o‘troq aholi (so'g'diylar) o'rtasida chegara hisoblangan Yaksart (Sirdaryo) tomonga harakat qila boshladi. Yunon- makedonlar daryo bo'yida to‘xtab bu yerdagi shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko'p o'tmay bu shaharlar aholisi Iskandarga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. Daryoning o'ng qirg'og'idagi saklar ham o 'z qo'shinlarini bir yerga to'play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va So'g'diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo'zg'olonlar boshlanib ketadi. Iskandar dastalab Yaksart bo'yida o‘z mavqeini mustahkaqtlashga qaror qilib, bu yerdagi qo'zg'olonlami bostirdi. So'g'diyonada mil. avv. 329 yil kuzida Spitaman boshchiligidagi qo'zg'olonni (Maroqandada) bostirish uchun sarkarda Famux boshchiligidagi qo'shinlami jo'natdi. O'zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo bu yurish muvaffaqiyatsiz tugadi. Famux boshchiligida Maroqandaga jo'natilgan qo'shinlar Spitaman tomonidan mag'lubiyatga uchradi. Iskandarning o'zi asosiy kuchlar bilan So'g'diyonaga qaytishga majbur bo'ldi. O 'rta Osiyo hududlarida ko'tarilgan qo'zg'olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo'lishga qaratilgan bo'lib, Iskandarning “varvar”lami osonlikcha bosib olmoqchi bo'lgan rejalarini puchga chiqardi. So'g'diyonaning tog'U hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagae joylarda qo'zg'olonchilar yashirinib olgan edilar. So'g'diyonaning deyarii barcha aholisi Spitaman tomonida bo'lib, uning g'alabalariga katta umid bog'lagan edilar. Iskandar esa, mil. a w . 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba’zi manbalarda Navtakada deyiladi) o'tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilafi muzokaralar olib bordi. Natijada Iskandarning Xorazmga yurish rejasi to'xtatildi. Mil avv. 328-yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oidi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog'li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan xavotirga tushgan Iskandar 30 ming qo'shmini 5 guruhga bo'lib, bu guruhlarga ishonchli 74 sarkardalar-Cielestion, Ptoiemey Lag, I’erdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi. Yunon-makcdonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko'pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qoiganlari ham tog'li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o'rinda Spitamanning jasorati haqida to‘xtaiish joizdir. Li doimo raqiblarining za y if joylarini izlar va ularga aynan o'sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman so'g'diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan itlifoqiikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma:lumot berishicha mil. avv. 328-yilning oxirida Spitaman o 'z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo‘iadi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo‘lib, u bosqinchilami Ona-vurtidan haydab ehiqarishi uchun imkoniyati bo'lgan barcha tadbirni ko'rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda boMib dushmanning kichik xatosidan ham unumli foydalanar va uning zayif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Iskandar harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi. Spitaman halok boMganidan so'ng asosan tog1 qal’alari qo'zg'olon o ‘choqlariga aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan "So'g'd qoyasi” (yoki "Arimaz qoyasi'1), “Xoriyen qoyasi” shular jumlasidandir. Makedoniyalik Iskandar mahalliy aholini kuch bilan yengish nihoyatda og‘ir ekanligini anglab yctganidan so'ng turli yo‘llir bilan ulaiga yaqinlashishga qaror qildi. Mahalliy xalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o'zgartirdi. Xususan, zardo‘shtiy kohinlariga birmuncha ;rkinliklar berib o ‘zi ham bu dinni qabul qildi. Q o'zg'olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni avf etib, mol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo'zg'olonga qatnashganlarga mukofotlar larqata boshladi. Mahalliy aholi bilan qarindoshlik munosabatlarini o !rnatib Oksiartning Ljizi go'zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy rodagonlaminng deyarli barchasi Iskandar hokimiyatini tan olib uning qo'zg'olonning so‘nggi o'choqlari ham bostirildi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash Dlib borar ekan, 0 ‘rta O siyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini co'rsatdilar. Ular yunonlar o ‘ylaganidek, “varvarlar” va madaniyatdan )rqada qolgan emas, balki o ‘z davrining yuksak harbiy san’ati va nadaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo'shinlari julun Sharq davlatlarini o'zlariga bo‘ysundirganlarida So'g'diyona va 3aqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar arixini yozgan ko'pgina qadimei davr tarixchilari ham e ’tirof etadilar. 75
0 ‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi qadimgi davrlardan boshlab bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borib o'z ozodligi va mustaqilligi yoMida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. “Avesto”. Madaniy hayot Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri 0 ‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqaigan va asosiy din zardo'shtiylik edi. Bu diniy ta’limotning asoschisi 7-aratushtra va bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. Zaratushtra (o‘rta fors tilida “oltin tuyali” “oltin tuya yetaklagan odam”) tarixiy shaxs boMib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratushtraning otasi Pourushasp qohinlar avlodidan boMgan. Zaratushtra tugMlgan joy haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning tug'ilgan yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. aw . 1500-1000 yillardan boshlab, mil. avv. VU-V1 asrlargacha) bogMaydilar. Sosoniylar davri (III-VII asr) zardo'shtiylar an’analariga e’tibor beradigan boMsak, Zaratushtraning hayoti mil. aw . VII-VI asming boshlariga to‘g‘ri keladi. Ko'pchilik tadqiqotchilar bu sanani to'g 'ri deb hisoblaydilar. Zaratushtra tugMlgan joy hamda “Avesto” paydo boMgan hudud haqida ham olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tugMlib faoliyat ko'rsatgan va “Avesto” ham shu hududlarda paydo boMgan deb hisoblaydilar. Zaratushtraning yangi taMimoti o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o‘z yurtidan ketishga majbur boMgan. Zaratushtra diniy ta’limotini birinchi boMib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi
Vishtasp, malika Xutaosa va ulaming yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o 'z g'oyalarida qonli qurbonlik qiiishni qat’iyan qoralaydi. U yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q. Zaratushtra o 'z g'oyalarini targ'ib qila boshlagan davr O'rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. lblidoiy jamoa munosabatlari o'zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu o'zgarishlarni o'zida aks ettirib, tugMlayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan 76 |
ma'muriyatiga murojaat qiling