O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


kelib  chiqqan  jamiyatning  ijtimoiy  mulkiy  tabaqalanishuvi  jarayoni


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

kelib  chiqqan  jamiyatning  ijtimoiy  mulkiy  tabaqalanishuvi  jarayoni 

(tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil  bo'ldi.

Ma’lum  bir  qabila,  elat  va  xalqqa  xos  hamda  muayyan  rivojlanish 

bosqichlari  boshqa  xalq  va  hududlardagi  davlatchilik  jarayonlariga  aslo 

mos  tushmaydi.  Shunga  qaramay,  Qadimgi  Sharqdagi  ilk  davlatlarning 

paydo  boMishi  va  rivojlanishi  ko‘pgina  umumiy jihatlarga  ega  ekanligini 

(.a'kidlash  joizdir.  Aynan  mana  shuning  uchun  ham  C)‘rta  Osiyoda  ilk 

davlatlarning  paydo  boMishi  Qadimgi  Sharq  davlatchiligi  tarixi  bilan 

uzviy bogMiqdir.

Qadimgi  Sharqning  turli  hududlaridagi  tabiiy  sharoit  o ‘ziga  xos 

boMib,  ko'pgina  davlatlarning  paydo  boMishi  ushbu  holat  bilan  bevosita 

bogMiq  edi.  Ayniqsa,  yirik  daryolar  -   Nil,  Dajla,  Frot,  Hind,  Ganga, 

Xuanxe,  Amudaryo  va  Sirdaryo  Qadimgi  Sharq  xalqlari  tarixiy  taqdirida 

juda katta ahamiyatga ega boMdi.

Ijtimoiy 

va  hududiy  birlikning  asosi 

hisoblangan  jamoalar 

mavjudligi  Qadimgi  Sharq  ijtimoiy  tuzilmasining  muhim  o'ziga  xos 

tomoni  edi.  Barcha  Qadimgi  Sharq  davlatlari  (ayrim  shahar-davlatlar 

bundafl  mustasno)  juda  ko‘p!ab  qishloq  jamoalaridan  tashkil  topgan 

boMib,  ularning  har  birida  boshqaruv  tartibi  bilan  bogMiq  ishlar  amalga 

oshirilganda  ko‘pgina  jamoalar  birlashuvi  davlat  hokimiyati  rolining 

oshishini ta’minlar edi.

K o‘p  hollarda  tadqiqotchilar  jamoalarning  birlashuvi  natijasida 

paydo  boMgan  davlatchilik  tizimini  murakkab  sug‘orish  tartibi  tashkil 

etilishi,  yerlami  sun’iy  sug‘ori]ishi,  daryo  vohalari  va  tog‘  oldi 

hududlarining  o ‘zlashtiri!ishi  hamda  to‘g ‘onlaming  qurilishi  bilan 

bogMaydilar.  Yuqoridagi  omillarning  mavjud  boMganligi  aniq.  Lekin, 

ulami  tashkil  etish  nazorat  va  boshqaruvni,  hisob-kitobni  talab  etar  edi. 

Demak, buning uchun  yozuvchi  mirzalar,  hisob-kitobchilar va hukmdorlar 

zarurati  tugMlgan.  Mehnat  qurollari  tayyorlash  uchun  hunarmandlar 

faoliyat ko‘rsatgan.  Ushbu  murakkab  tizim  xavfsizligini  ta’minlash  uchun 

qurolli  guruhlar  tuzish,  hamda  ma’lum  hududlami  mudofaa  inshootlari 

bilan  o ‘rab olish  kerak boMgan.  Shu tariqa jamiyatda ikkita yangi  tuzilma- 

shahar va davlat  paydo boMa boshlaydi.

Davlat  yoki  shahar-davlat  maMum  hududlami  o‘z  nazoratiga  olishi 

va  bu  hududlami  kengaytirib  borishi  natijasida  chegaralar paydo  boMgan. 

Hududlaming  kengayishi  va  chegaralaming o ‘zgarishi  natijasida davlatlar 

o'rtasida  urushlar  kelib  chiqadi.  Chegaralar  masalasida  ta’kidjash joizki, 

qadimgi  davrlarda  ular  ko‘p  hollarda  togMar  va  dasht  hududlar  orqali, 

avrim  hollarda  esa  darvolar  oraali  o ‘tean.  Shuning  uchun  ham  tarixiv

6i


yondashuv  shuni  talab  etadiki,  tarixning  turli  davrlarida  davlatlar 

chegaralari  o'zgarib  turgan  va  hozirgi  cbegaralarga  mutlaqo  mos 

tushmaydi.

Turli  xalqlar  va  ularning  ajdodlari  o 'z davlatchiligining shakllanish 

boqichini ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bogMiq holda 

turli  tarixiy  davrlarda  bosib  o'tdilar.  Bizning  kunlarimizgacha  saqlanib 

qolgan  dastlabki  yozma  manbalar  -  “Avesto”,  ahmoniylar  davri  mixxat 

yozuvlari, qadimgi yunon-rim manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida 

birinchi  boMib,  O 'rta  Osiyodagi  eng  qadimgi  xalqlarning  nomlarini, 

alohida  joylar,  tog'lar,  daryolar  va  koMlaming  nomlarini,  afsonaviy 

qahramonlar va podsholaming nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, 

dini,  madaniyati,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  tuzumi  to'g'risidagi 

maMumotlami  o 'z   ichiga  oladi.  Ushbu  yozma  manbalar  maMumotlarini 

arxeologik tadqiqotlar natijalari  bilan  solishtirganimizda ilk davlatlarning 

paydo  boMishi  masalalariga ko'pgina aniqlikiar kiritish imkohiyati  paydo 

boMadi.


Bronza  davriga kelib aholining  ijtimoiy va iqtisodiy  hayotida katta 

o'zgarishlar  sodir  bo'ldi.  Xususan,  qadimgi. aholi  ishlab  chiqarishning 

maMum bir sohalariga - dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka 

ixtisoslashib  bordi.  Bu jarayon  ishlab chiqaruvchi  kuchlaming  o'sishi  va 

ularning bir yerga to'planishi uchun zamin yaratdi.

Qadimgi  xo'jaliklarning  ixtisoslashuvi,  sug'orma dehqonchilikning 

rivojlanishi,  metallning  hayotga jadallik  bilan  kirib  kelishi  va  yoyilishi, 

hunarmandchilikda  turli  tarmoqlaming  rivojlanishi,  o'zaro  ayirboshlash 

va  savdo-sotiqning  taraqqiy  etishi  natijasida jamiyat  hayotida  ijtimoiy- 

iqtisodiy  yuksalish  kuzatiladiki,  bu  yuksalish  ilk davlatchilikning asosiy 

poydevori  hisoblanadi.  Ahmoniylargacha  boMgan  davrda  ba’zi  bir 

vohalar, asosiy o'troq aholi joylashuvi oMkalari edi. Ularning hududlarida 

manzilgohlar,  sug'orish  inshootlari,  o'zlashtirilgan  yer  maydonlari  bor 

edi,  Bir  qancha  shunga  o'xshash,  daryolar  vohalarida  joylashgan  va 

umumiy  aholi joylashuv  hududlari  bilan  bogMiq  boMgan  yerlar Baqtriya, 

So'g'diyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan.

E.V.  Rtveladzening  so'nggi  yillardagi  (2001)  xulosalariga  ko'ra, 

O 'rta  Osiyodagi  ikki  daryo  oralig'ida  qadimgi  davr  davlatchilik 

evolyutsiyasining  mil.avv.  II  ming  yillik  va milodiy TV  asri  oralig'idagi 

vaqtni  qamrab olgan bir necha davrlami  ajratib ko'rsatish mumkin. Bular 

quyidagi davrlardir:

Birinchi  davr 

-   mil.avv.  II  ming  yillikning  ikkinchi  yarmi  -  

O'zbekiston janubida embrional  shakldagi davlatga o'xshash tuzilmaning

62


qaror  topishi.  Daviatning  bunday  namunasi  ,larqo‘tonda  o'z  aksini  topgan 

deyish  mumkin.

Ikkinchi  davr  -  mil.avv.  1  ming  yillikning  boshi  -  mil.avv.  539  yil

-  

Baqtriya, 

So‘g/d. 

Xorazm 

kabi  tarixiy-madaniy  viloyatlarning 

shakllanishi.  Ularda  siyosiy  hokimiyat  toMishining  shaxobchali  tizimiga 

ega  bo‘lgan 

daviatning  ilk  shakllarini  ko'rish  mumkin. 

Avesto 

ma’lumotlari  bunga misol  bo‘!a  oladi.

Uchinchi 



d avr -   mil.avv.  539-yil  -  mil.avv.  330-yil  -   Ahmoniylar 

bosqini  va  0 ‘rta  Osiyoning  ahmoniylar  davlati  tarkibiga  kirishi  tufayli 

kelib chiqqan  mahalliy  davlatchilik rivojianishidagi  tanaffus.

T o ‘rtinchi  davr  -   mil.avv.  IV  asr  oxiri  -   mil.avv.  11  asr  ikkinchi 

yarmining boshi -  Aleksandr Makedonskiy bosib olishdan  boshlab ellinlar 

siyosiy  hukmronligi  oxirigacha.  Bu  davrda  mahalliy  davlatchilikning 

tiklanish  jarayoni  yuz  beradi.  Mil.avv.  IV  asr  so'nggi  choragida 

Xorazmda  podsholik  paydo  bo'lgan  bo'lsa,  III  asr  oxiri  -   11  asrda 

Buxoroda,  Dovonda  (Farg'ona),  So‘g‘dda  alohida  mulklar  shakllanadi. 

Kcyinchalik  butun  mulklami  birlashtirgan  Qang'  davlati  shakllana 

boshlaydi.

Beshinchi 



davr -  mil.avv.  11  asrning ikkinchi  yarmi -  yangi eraning 

I  asri  boshi  -   mahalliy  davlatiar:  Qang’,  Xorazm  podsholigi,  Buxoro, 

So'g'd,  Dovonning  mustalikamlanishi  va  yanada  rivojlanishi,  Yuyechji 

davlatining  qaror  topishi  va  uning  hokimiyatining  Gandxargacha 

yoyilishi.  Ushbu  mulklarda  kumush  va  mis  tangalar  zarb  qilinishi, 

mahalliy  so ‘g ‘d,  xorazm  yozuvlarining  paydo  bo'lishi  rivojlangan 

davlatchilikning asosiy belgilari  hisoblanar edi.

Oltinchi 



davr  yangi  eraning 1  asri  boshi 

111  asri  birinchi yarmi - 

antik  davrda  mahalliy  davlatchilikning  ravnaq  topishi.  0 ‘zbekiston 

janubining  konfederativ  Yuyechji  davlati  asosida  paydo  bo‘lgan  Kushon 

imperiyasi  tarkibiga  kirishi.  Chochda  yangi  mulkchilikning  paydc 

bo'lishi.  Xorazm da  Afrig'iylar  sulolasining  hokimiyat  tepasiga  kelishi  va 

bu  yerda sulolaviy boshqaruvning an’anaviylashuvi.

0 ‘tgan  asrning  oxirlaridan  boshlab  hozirgi  kunga  qadar  “Avesto’ 

ma’lumotlari  (viloyatlarning  Aryoshayona  bo'yicha  birlashishi),  Gerodoi 

va  Gekatey  asarlari  (“Katta  Xorazm”),  shuningdek,  Ktesiyning  qadimgi 

Baqtriya  podsholigi  haqidagi  ma’lumotlari  va  nihoyat,  arxeologik 

tadqiqotlar  natijaiari  0 ‘rta  Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalarining  paydc 

bo‘lishi 

muammolarini 

o'rganish 

uchun 

asos 

bo'lgan 

bo'lishigc 

qaramasdan,  qadimgi  davlatiar  hududlari,  shakllari,  boshqaruv  tizimi  v£

63


sanasi  bilan  bog'liq  boMgan  mavzulaming  ko'pgina yo'nal ishlari  hamon 

ilmiy bahslarga sabab boMmoqda.

Ko‘pchilik 

tadqiqotchilar 

0 ‘rta 

Osiyoda 


ilk  davlatlarning 

shakllanish va rivojlanish jarayonini ahmoniylargacha boMgan davrda deb 

hisoblaydilar  va  rail.  aw .  IX-VII  asrlar  bilan  belgilaydilar  (M.Dunker, 

V.Tomashek,  F.Altxaym,  S.P.Tolstov,  M.M.Dyakonov,  I.M.Dyakonov, 

V.M.Masson, 

M.Dandamayev, 

YA.G‘ulomov, 

B.A.Litvinskiy, 

E.Y.Rtvdadze,  I.V.Pyankov,  A.S.Sagdullayev  va  boshqalar).  Ilmiy 

adabiyotlar  0 ‘rta  Osiyoda  ahmoniylargacha  boMgan  davrda  mavjud 

boMgan quyidagi  davlat uyushmalari  haqida so‘z yuritadi:  l.Aryoshayona

-  0 ‘rta  Osiyodagi  qadimgi  viloyatlarning  “dahiyosasti”  uyushmasi;  2. 

Aryonam Vayjo  -  bu ham Aryoshayonadek yoki  uning markazi  Ariya va 

MargMyonada  boMgan  “Katta  Xorazm”,  yoki  Amudaryoning  quyi 

oqimidagi  Xorazm davlati;  3.  Qadimgi  Baqtriya davlati.  4.  Ko‘chmanchi 

qabilalar konfederatsiyasi. 

So‘nggi  yillarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  va  masalaga  yangicha 



yondoshuv  asosida  ushbu  ro‘yxatga  qadimgi  So‘g‘diyonani  ham  kiritish 

imkoniyati 

paydo 

boMdi. 


Tadqiqotlar 

natijalariga 

qaraganda, 

davlatchilikning  asosiy  omillari  boMgan jarayonlar so'nggi  bronza va ilk 

temir davriga kelib yanada jadallashadi.  So‘g‘diyona hududlariga odamlar 

eng  qadimgi  davrlardayoq  kirib  kelib,  tog‘,  daryo  vohalari,  keyinchalik 

esa dasht hududlariga tarqaladilar.  Bu  hududlarda mavjud  boMgan  qulay 

tabiiy-geografik  sharoit, 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotning 

rivojlanishi  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratadi.  Shuningdek,  chetdan 

boMgan tashqi  ta’simi  (iqtisodiy,  madaniy-siyosiy  va  harbiy)  ham e’tirof 

etish  lozim  boMadi.  Mil.  a w .  IX-VII  asrlarga  oid  tarixiy-madaniy 

yodgorliklar (ayniqsa qo‘hna shahar xarobalari)  So‘g‘diyona hududlarida 

davlatchilik  tarixi  aynan  mana  shu  davrdan  boshlanganligidan  dalolat 

beradi.

Ilk davlatchilik masalasida juda ko‘pIab ilmiy bahslar boMib o'tgan 



boMishiga  qaramay,  bu  masala  hanuz  o‘z  yechimini  topgan  deb 

hisoblanmaydi.  Xususan,  “Katta  Xorazm”  (Avesto  tilida  Xvarizam, 

qadimgi  fors  tilida  Xvarazmish,  qadimgi  yunon  tilida  Xorasmiya) 

davlatining  hududiy joylashuvi  va  paydo  boMgan  davri  masalalari  ham 

ancha  niunozarali  mavzu.  Arxeologik  tadqiqotlar  ayrim  hollarda  yozma 

manbalar maMumotlarini tasdiqlamaydi.  Mil.  aw .  IX-VIII  asrlar Xorazm 

madaniyati  Amirobod  nomi  bilan  mashhurdir.  Bu  madaniyatning 

me’morchilik yodgorliklari,  asosan,  chayla va yarim yertoMalardan iborat 

boMib mustahkam turar joylar uchramaydi. Xorazm d^i dehqonchilikning

64


rivojidan 

darak 

beruvchi 

yirik  sug'orish 

inshootlari,  mustahkam 

mudofaaga  ega  boMgan  turar joylar  (Ko'zaliqir,  Ding'alja)  mil.  avv  VI-V 

asrlarga oiddir.

Qadimgi  Xorazmning  joylashuv  hududlari  ham  ancha  munozarali 

mavzu 

hisoblanadi. 

Ayrim 

tadqiqotchilar 

(Tarn, 

Altxaym) 

ahmoniylargacha  xorazmivlar  Parfiya  chegaralaridan  sharqiy  yo'nalishda 

Kopetdog‘  yonbag‘irlarida  joylashgan  desalar,  ayrimlari  (Xenning, 

Gcrshevich)  bu  davlatning  markazi  Marv  va  Hirot  atrofida  boMib,  Kir  IJ 

bosib  olganidan  so‘ng  Quyi  Amudaryoga  -  hozirgi  Xorazm  hududlariga 

ko‘chib  o‘tgan  deydilar.  Ayrim  tadqiqotchilar  fikricha  (S.Tolstov, 

M.Vorobyeva) 

qadimgi 

Xorazmning  chegaralari 

hozirgi 

Xorazm 

hududlaridan  ancha  keng  boMib,  0 ‘rta  Amudaryodagi  Qo'shqal’adan 

boshlab, Orol  dengizigacha boMgan  hududlami  o‘z ichiga olgan.

Urnuman,  mil.  avv.  VII  asrning  oxiri  -  VI  asrda  Xorazm  davlati 

mavjud  boMganligi  aniq.  Bu  davr Xorazmda  quriiish  va  hunarmandchilik 

ancha  rivojlangan.  Tadqiqotlar  natijasida  bu  hududlardan  bronza  va 

temirdan  yasalgan mehnat hamda  harbiy qurollar,  sopol  urchuqlar,  bronza 

igna,  bigizlar,  sopol  idishlar  topilgan.  Bu  topilmalar  qo‘shni  MargMyona, 

Baqtriya va So‘g ‘divona topilmalariga o ‘xshab ketadi.

Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  0 ‘rta  Osiyodagi  ilk  davlat 

uyushmalaridan  biri  Qadimgi  Baqtriya  davlatidir.  Baqtriyaliklaming yurti 

Surxon  vodiysi,  A fg‘onistonning  shimoli-sharqi,  Tojikistonning  janubiy 

hududlarida  joylashib,  turli 

yozma 

manbalarda  Baxdi,  Baqtrish, 

Baqtriyona,  Baqtriya,  Baxli, Baxlika deb tilga olingan.

Bronza  davridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojianish  (Sopolli,  Jarqo'ton, 

Oltintepa  va  b.)  keyingi  davrlarda  yanada  jadallik  bilan  rivojlanadi. 

Natijada  mil.  avv.  IX-VII1  asrlarda  Baqtriya  hududida  harbiy  ahamiyatga 

ega  boMgan  siyosiy  birlashmalar  tashkil  topadi.  Mil.  avv.  VII1-V1I 

asrlarga  kelib  Qadimgi  Baqtriya  davlati  Sharqdagi  kuchli  davlatlardan 

biriga  aylanadi.  Ushbu  jarayonni  arxeologik  va  yozma  manbalar 

maMumotlari  ham  to'la  tasdiqlaydi.  Ayrim  tadqiqotchilarning  fikrlariga 

qaraganda,  bu  davr  Baqtriya  tarkibiga  MargMyona  va  So'g'diyona  ham 

(tarixiy-madaniy birlik sifatida) kirgan boMishi  mumkin.

Ma’lumotlarga  qaraganda,  Baqtriyaning  tabiiy  boyliklari  qadim 

davrlardayoq  Sharq  davlatlarida mashhur  edi.  Buyuk  Ipak  yoMidan  ancha 

ilgariyoq qadimgi yoMlaming Baqtriya orqali oMganligi bejiz emas.

So'nggi  yillarda  olib  borilgan  arxeologik  tadqiqotlar  natijasida 

qadimgi  Baqtriya  hududlaridagi  manzilgohlar  va  ko‘hna  shaharlar  soni 

anchagina  ko'paydi.  Davlatning  poytaxti  Baqtra  va  Qiziltepa,  Bandixon

65


kabi ko'plab yodgorliklardan topilgan ko‘p sonli turli-tuman topilmalar bu 

hududlarda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar,  shuningdek,  o'troq  va 

ko‘chmanchi  aholi  o'rtasida  hamda  Yaqin  Sharq  va  Old  Osiyo  bilan 

o'zaro  iqtisodiy,  madaniy  aloqalar  gurkirab  rivojlanganligidan  dalolat 

beradi.

Turli  manbalardagi  So'g'da,  So'g'uda,  So'g'diyona nomlari  bilan 



mashhur  bo'lgan  qadimgi  tarixiy-madaniy  o'lka  hozirgi  Zarafshon  va 

Qashqadaryo  vohalarini  o'z  ichiga  olgan.  Ilk  temir  davri  So'g'diyona 

hududlarida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanish  jarayonlarini 

kuzatish mumkin.  Bu rivojlanish jarayoni  mil.avv. IX-V asrlargaoid ko'p 

sonli manzilgohlar va ko'hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar 

va me’morchilik tuzilish bilan izohlanadi.

Пк  davlatchilikning  eng  asosiy  belgilaridan  bo'lgan  ko'hna  shahar 

xarobalari  So'g'diyonadan  to'rtta  (Yerqo'rg'on,  Afrosiyob,  Uzunqir, 

Ko'ktepa)  topib  o'rganilgan  bo'lib,  ular  hozircha  O'zbekistondagi  eng 

qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o'zida aks ettiradi.

So'nggi  10-15  yil  ichida  Baqtriya,  Xorazm,  So'g'diyona  va 

Marg'iyona hududlari dan olingan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat 

uyushmalari paydo  bo'lishini yanada kengroq izohlash imkonini yaratadi. 

Bu  ma’Iumotlarga  qaraganda  ilk  temir  davri  Baqtriya,  Marg'iyona, 

Xorazm va So'g'diyona umumiy jamoaiaridagi  asosiy  ishlab chiqaruvchi 

kuchlarni  bir  necha  kichik  oiladan  iborat  uy  jamoalari  tashkil  etgan. 

Makonlar joylashuvining  tashqi  belgilari  katta  oilali  uy jamoalari  ancha 

yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta 

oilalar  jamoasi  boshliqlari  yoki  uy  xo'jayinlari,  shuningdek,  alohida 

qishloq qo'rg'onlarini  boshqaruvchi  eski jamoalar katta o'rin tutgan.  Har 

bit  katta  oila  mumkin  bo'lgan  qarindoshlik  aloqalariga  qaramasdan 

alohida  uyga,  ishlab  chiqarish, buyumlariga  ega  bo'lishgan,  o'zining 

qishloq xo'jaiik mahsulotlari zahiralari  va chorvalari bo'lgan yoki  o'zini 

iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo'jalikni aks ettirgan.

Mil.  aw .  VII-VI  asrlarda  ancha yirik  bo'lgan  Qadimgi  Baqtriya, 

Xorazm  va  So'g'diyona  davlatlarining  aholisi  qon-qarindosh  bo'lib,  bir- 

biriga o'xshash tilda gaplashganlar va juda yaqin madaniy an’analarga ega 

edilar.  Bu  davrda  jamiyatning  hududiy  bo'linishi  ko'zga  tashlanib, 

o'troqlashuv jarayoni  kuchaydi.  Muhim  savdo  yo'llari  bo'yida  tayanch 

istehkomlar 

qurildi.  Turli  :  qurilishlar  bunyod 

etishda  mudofaa 

inshootlarinmg ahamiyati birinchi o'ringa chiqdi.

.  O 'm j  kelganda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  o'zbek xalqining 

ilk 

davlatchiligi 



tarixi 

geografik,  .  hududiy 

ma’noda 

nafaaat


66

D'zbekistonning hozirgi  hududi  bilan,  balki  butun  O'rta Osiyoda qadimda 

yuz  bergan  etnik,  madaniy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  jarayonlar  bilan 

DOgMiq 

holda  talqin  etilmog'i  lozim.  Tarixning  qadimgi  davrlarida  ilk 

davlatiar  orasida  va  ajdodlarimizning  yashash  joylari  orasida  aniq 

ma’muriy  chegaralar  yo‘q  edi.  Qadimgi  Baqtriya.  Xorazm,  So‘g ‘d 

shegaralari  tabiiy  bo'lib,  yaqin  hududlardagi  joylaming  geografik 

bo‘luvchisi sifatida dashtlar, cho‘l  va togiardan  foydalanilgan.

Hozirgi  kunga  qadar  to‘plangan  arxeologik  ma’lumotlar  asosida 

0 ‘zbekistonda  ilk  davlatlaming  shakllanishi  va  rivojlanish  jarayoni 

quyidagi davrlar bilan sanalanishi  aniqlandi:

1. Bronza  davri.  Mil.  avv.  II  ming  yillikning  o'rtalari  va  ikkinchi  yarmi. 

Unchalik  katta  bo'lmagan  dehqonchilik  vohalari  asosida  (misol  uchun 

Sherobod vohasi)  ilk davlatchilik tizimiga o‘tish davri.

2. Bronza  asridan  temir  asriga  o‘tish  davri.  Mil.  avv.  IX-VI1I  asriar. 

Mayda 

davlat 

tashkilotlarining 

rivojlanishi 

va 

harbiy 

siyosiy 

uyushmalaming vujudga kelishi.

3.11k  temir  davri.  Mil.  avv.  VII-V1  asriar.  Qadimgi  Baqtriya,  Xorazm  va 

S o 'g ‘diyona misolidagi davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi.

0 ‘zbek  xalqi  va  uning  ajdodlari  ilk  davlatchiligi  taraqqiyoti  o ‘troq 

dehqonchilik  xo‘jaligi  va  qadimgi  shaharlar  tarixi  bilan  uzviy  bog‘liq 

bo'lgan.  Ilk  davlatiar  tashkil  bo'lishida,  jamiyat  rivojlanishining  ichki 

qonuniyatlaridan  tashqari  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarning  yuqori 

darajasi-  hunarmandchilik,  almashinuv  va  savdoning  kuchayib  borishi, 

siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to'qnashuvlar ham ta’sir qildi.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda 0 ‘rta Osiyo



Mil.  avv.  555-540-330-yillar  0 ‘rta  Osiyoning  tarixiy-madaniy 

viloyatlari  ulkan  Ahmoniylar  davlati  tarkibiga  kirar  edi.  0 ‘rta  Osiyo 

viloyatlari  va  unga  qo'shni  bo'lgan  hududlaming  bosib olinishi,  ijtimoiy- 

iqtisodiy  va  madaniy  tarixi  haqida  ko'pchilik  olimlar  turli  yillarda 

tadqiqot  ishlari  olib  bordilar.  Bu  tadqiqotlaming  aksariyati  ahmoniylar 

Eron  hududlari  tarixi  bilan  bog'liqdir.  Mavjud  ilmiy  tadqiqotlar 

ahmoniylar  davri  mixxat  yozuvlari  va  ayrim  yunon-rim  tarixchilarining 

asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.

Mil.  avv.  IX-VI1  asrlarda  G'arbiy  Eronning  ko'pgina  hududlari 

Ossuriya  va  Urartu  davlatlari  tarkibiga  kirar  edi.  Mil.  avv.  VII  asming 

ikkinchi  choragiga  kelib  Eron  hududidagi  eroniy  tilli  qabilalar  asosida 

markazi  Hamadonda  bo‘igan  Midiya  podsholigi  tashkil  topadi.  Bu

67


davlatning  Sharqdagi  hududlari  O'rta Osiyo  chegaralarigacha  cho'zilgan 

edi.


Mil;  avv.  VI  asrning  o'rtalarida  Midiya  podsholigi  o‘mida 

Ahmoniylar davlati paydo boMadi.  Ko'pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II 

ahmoniylar  davlatining  asoschisi  sifatida  e’tirof etiladi.  Kir  H,  Kambiz, 

Doro  I,  Kserks  kabi  fors  podsholari  qadimgi  Sharqdagi  juda  ko'plab 

mamlakatlar  ustidan  o‘z  hokimiyatini  o‘matishni  rejalashtirganlar  va 

shunday siyosat olib borganiar.

Mil. 

avv.  VI  asrning  o'rtalarida  Kir:  II  o-zining  sodiq 



lashkarboshlaridan  biri  boMgan  Garpagga  Kichik  Osiyodagi  shahar- 

davlatlami  bosib  olishni  buyuradi.  0 ‘zi  esa  0 ‘rta  Osiyo  hududidagi 

viloyatlami (Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, MargMyona va boshq.) bosib 

olishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.  Gerodot Kir II  ning massagetlarga 

qarshi  yurishi  haqida  so‘zlar  ekan,  bu  yurishlarning  ko'pchiligi  haqida 

to‘xtalmasdan,  faqat  forslami  tashvishga  solgan  yurishlar  haqida eslatib 

o'tadi.  Tarixchining  maMumot  berishicha,  Gaфag  Kichik  Osiyo 

shaharlarini  birin-ketin  bosib  olguncha  Kir  II  butun  Osiyo  xalqlarini 

bo'ysundiradi va shunda&keyingina Bobilga yurish boshlaydi.

Qadimgi  dunyo  najalliflari  Gerodot,  Ksenofont,  Ktesiy,  Yustin 

kabilarning maMumotlaridan xulosa chiqaradigan boMsak, Kir II mil.  avv. 

545-539  yillapda  SharqiyijEron  va  0 ‘rta  Osiyo  viloyatlarini  bosib  oladi. 

Doro  I  davrida  (mil.  ;a w .  522-486-yy.)  Ahmoniylar  sulolasi  Hind 

vodiysidan  0 ‘rta  Yer-dengiziga  qadar  boMgan  keng  hududda  o‘z 

hukmronligini o'matgan. JHda ko'p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va 

xalqlarni  birlashtirgan  ahmoniylar  saltanati  tarixda  birinchi  yirik  dunyo 

davlati hisoblanadi.

Tarixiy  manbalaming  maMumot  berishicha,  0 ‘rta  Osiyo  xalqlari 

ahmoniylar  bosqiniga; qarshi  qattiq  kurash  olib  borganiar.  Xususan, 

massaget  qabilalari  raaUk&po'maris  (Tomiris)  boshchiligida  forslarning 

turli  hiyla-najra^glar  isht^shiga  qaramasdan  ularning  katta  qo‘shiniai 

tor-mor  etadilar.  Malika  To‘maris  va  massagetlaming  harbiy  mahorati 

tufayli  bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok boMadi. Gerodot 

xabar  berishicha,  “Bu jang  varvarlar  (massagetlar)  ishtirok  etgan janglar 

orasida eng dahshallisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l jangi boshlanib 

nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. 

Nihoyat  massagetlar  g‘alaba  qozondilar.”  Kir  II  qo‘shinlarining 

massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. aw . 530 yilga to‘g‘ri keladi.

Tarixchi  Poliyen  forslarga  qarshi  kurashgan  Shiroq  qahramonligi 

haqidagi  afsona  to‘g‘risida  xabar  beradi.  Uning  xabariga  ko‘ra,  sak



68

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling