O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana18.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1589400
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги

Qisqa xulosalar 
Cheklangan ratsionallikni o’rganish uchun an’anaviy iqtisodiyotning 
optimallashtirish yondashuvi cheksiz regress muammosi kabi qiyinchiliklarga 
ega. Kahneman va Tverskiy tomonidan qo’llanilgan tavsifiy yondashuvda 
ikkita fikrlash tizimi g’oyasi (ko’pincha fikrlashning dual tizim modeli deb 
ataladi) bizning tushunchamizni aniqlashtirish uchun model sifatida ishlatilgan, 
garchi birlashgan matematik model tuzilmagan bo’lsa ham. 1-tizimning intuitiv 
mulohazalari, masalan evristika ko’pincha ushbu modelga asoslangan 
tajribalarda noto’g’ri fikrlarga olib keladi. 


59 
Nazorat va muhokoma uchun savollar 
 
1. Go’zallik tanlovi tushuntirib bering?
2. K-darajali modeli nima? 
3. Evristika va uning turlarini ayting?
4. Evristik atributlari nima? 
5. Vakillik nima? 
6. Mavjudlik nima? 
7. Muloqat chegarasining samarasi nimadan iborat? 


60 
VI BOB. VAQT ORALIG’IDA HATTI-HARAKATLAR 
6.1. Fisherning befarqlik egri chizig’i tahlili 
Ikki davrli modelning byudjet cheklovi 
 
Iste’molchi ikki davr (0 davr va 1 davr) uchun yashaydigan oddiy 
modelni ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, mehnat daromadi ekzogen tarzda
0-davrda Y
0
va 1-davrda Y
1
sifatida berilgan. Foiz stavkasi r bilan belgilanadi, 
0-davridagi iste’mol C
0
ga, 1-davrdagi iste’mol C
1
va naflik funksiya U(C
0
, C
1

bilan belgilanadi. Jamg’arma daromad va iste’mol o’rtasidagi farq bilan 
belgilanadi hamda 0-davrida iste’molchi uni tejashi mumkin. 
0
0
C
Y
S


6.1 
Agar C
0
Y
0
dan katta bo’lsa va S manfiy bo’lsa, biz iste’molchi qarz 
olgan deb hisoblaymiz. Ikki davrli modelda iste’molchi 1-davrning oxirgi 
davrida qarz ololmaydi va 1-davrdagi iste’mol jamg’arma S foiz daromadi rS 
hamda mehnat daromadi Y
1
yig’indisidan kichik yoki teng bo’lishi kerak. 
S
r
Y
C
)
1
(
1
1



6.2 
(6.1) va (6.2) ni umumlashtirish orqali quyidagiga ega bo’lamiz. 
1
0
1
0
1
1
1
1
Y
r
Y
C
r
C





6.3 
Bu vaqtlar oralig’idagi byudjet cheklovidir. Agar biz buni bir xil 
davrdagi olma va apelsin kabi turli xil tovarlar uchun byudjet cheklovi bilan 
solishtirsak va agar biz turli davrlardagi bir xil mahsulotni turli xil tovarlar 
sifatida ko’rsak, unda biz 1/(1+r), C
1
va C
0
o’rtasidagi nisbiy narx ekanligini 
ko’ramiz. Ushbu byudjet cheklovining chap tomonida biz kelajakdagi 
iste’molni hozirgi iste’mol bilan bir xil birlik bilan o’lchash uchun (1+r) ga 
chegiramiz. Shuning uchun (6.3) tenglikning chap tomoni joriy va kelajakdagi 


61 
iste’molning diskontlangan joriy qiymati deb ataladi. Xuddi shunday, uning 
o’ng tomoni - joriy va kelajakdagi mehnat daromadlarining diskontlangan joriy 
qiymatidir.
Masalan, 0-davrdagi mehnat daromadi 9000 dollar, 1-davrdagi mehnat 
daromadi 10500 dollar va foiz stavkasi 5 % deb faraz qilaylik. Bunda
1-davrdagi mehnat daromadining hozirgi diskontlangan qiymati 10500/1,05 
dollarni tashkil etadi, bu 10000 dollarga teng. Buni 0-davrdagi mehnat 
daromadiga qo’shsak, ikki davrdagi daromadning hozirgi diskontlangan qiymati 
19000 dollarni tashkil qiladi. Vaqtlar oralig’idagi byudjet cheklovi shundan 
iboratki, joriy va kelajakdagi iste’molning diskontlangan joriy qiymati joriy va 
kelajakdagi mehnat daromadlarining hozirgi diskontlangan qiymatidan 
oshmasligi kerak. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling