Respublikamizda ushbu guruh toifasiga kiruvchi ishlab chiqarish ob’ektlari
ko‘pligini va ularning ayrimlarini aholi yashash joylariga yaqin ekanliklarini
e’tiborga olsak, favqulodda vaziyatlarni oldini olish
chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va tadbiq etish nihoyatda muhimligini ko‘rsatadi.
O‘tga chidamliligi jihatidan qurilish inshoatlari va binolari 5 turga bo‘linadi.
Barcha qurilish materiallari o‘tga chidamliligi jihatidan 3 turga bo‘linadi:
1) yonmaydigan - beton, pishiq g‘isht, marmar, yuqori haroratda
yonmaydigan, tutamaydigan
va erimaydigan materiallar;
2) og‘ir yonuvchan - yuqori harorat ta’sirida qiyinchilik bilan
uchqunlanadigan, tutaydigan va ko‘mirlanadigan, faqat olov manbai
bo‘lganidagina yonadigan materiallar kiradi.
Bularga DVP, DSP va boshqalar
kiradi;
3) yonuvchan - bularga yog‘och materiallari, tsellyuloza,
plastmassa, qog‘oz
va bitumlar kiradi.
Mamlakatimizda yong‘in ofatiga qarshi Respublika ichki ishlar Vazirligi
(IIV) qoshida yong‘in muhofazasi boshqarmasi rahbarlik qiladi va o‘z navbatida
uni quyi bo‘g‘in (viloyat, tuman) tarmoqlari ham faoliyat ko‘rsatadilar. Yong‘inga
qarshi muhofaza boshqarmasi bo‘limlari oldiga, yong‘inga
qarshi himoyalash
bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks omillarni boshqarish yuklatilgan.
Maxsus katta korxonalarda xarbiylashgan va kasbiy yong‘inni o‘chirish
bo‘limlari tuzilgan, hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda yong‘in
muhofazasi tizimi mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: