19-BOB.KARTOSHKACHILIKNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Yer qadrini bilmaydi,
Yer ekmagan dehqonlar.
El qadrini bilmaydi,
El ko’rmagan nodonlar.
1.Kartoshkachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Kartoshka ekinining asosiy mahsuloti-kartoshka foydalanish turlari jihatidan universal mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibida 70-80% suv, qolgan qismida kraxmal, oqsil, yog’, «S» va «V» guruhi tarkibiga kiruvchi vitaminlar shuningdek, har xil moddalar, kaliy, fosfor va boshqa o’nlab moddalar bor.
Kartoshkadan asosan xushxo’r to’yimli oziq-ovqat shaklida foydalaniladi, uni me’yor darajasida iste’mol etish inson tomonidan iste’mol etiladigan ko’pgina mahsulotlarni yaxshi hazm bo’lishiga ham yordam beradi. Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida o’simlikchilik oziq-ovqatlar balansi tarkibida kartoshka don mahsulotlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda ham aholining kartoshkaga bo’lgan talabi va uni qondirish darajasi kuzatilib borilmoqda. Kartoshkani qayta ishlash jarayonida kraxmal va spirt olinadi. Ular asosan shirinlik va alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kartoshka tuganaklaridan 25 foizgacha kraxmal olinadi. Bir gektar kartoshka hosilidan g’alla ekinlariga nisbatan 3-4 marta ko’proq spirt olinadi. Bundan tashqari 1 tonna kartoshkadan spirt olish uchun qayta ishlash jarayonida 1500 l barda olinadi va chorvachilikda ozuqa shaklida foydalaniladi.
Kartoshkadan cho’chqalarni oziqlantirish, o’ta sifatli go’sht ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi. Sug’oriladigan yerlarda ertagi va kechki navlaridan 2 marta hosil olish, aholining kartoshkaga bo’lgan talabini taqvim yil davomida barqaror ta’min etishga sharoit yaratadi va h.k. O’zbekistonda kartoshkachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv, mehnat va boshqa resurslar potensialidan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
2.Kartoshkachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng, uning urug’i Lotin Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan O’zbekistonga keltirilgan.
Kartoshka biologik xususiyatiga ko’ra o’rtacha iqlim +20 dan oshmagan issiqlikda samarali rivojlantiriladi. O’zbekiston iqlimi keskin kontinental va qurg’oqchil mintaqadir. Havo va tuproqning o’ta issiqligi kartoshka o’stirish uchun noqulaylik tug’diradi. Bunday sharoit fotosintezni sekinlashtiradi, oqibatda kartoshkaning tugish va ildiz sistemasining rivojlanishiga va nihoyat, uning hosildorligiga va sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Yoz oylarida me’yordan ortiqcha quyosh nuri hosil to’planishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublika olimlari sug’oriladigan maydonlarda kartoshkadan yuqori hosil olishning kompleks texnologik, seleksiya va urug’chilik va boshqa masalalarining nazariy va uslubiy asoslarini, binobarin tarmoqning samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratdilar.
Taxlillar shuni ko’rsatadiki kartoshkachilikning rivojlanish darajasi ayrim yillarda keskin tafovut qiladi(1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |