O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49

Narxni 

erkinlashtirish

      Iqtisodiy islohotlarning birinchi bos qi-

chi    dayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jara-

yon ijti moiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, dav-

lat turli kom pen satsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar 

joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipen diyalar mun-

tazam ravishda oshirib borildi. Narxni erkinlash tirish iqtisodiyotda 

raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan be vo sita bog‘liq. 1992-

yil avgust oyida O‘zbekiston Respub lika si ning «Monopol faoliyatni 

cheklash to‘g‘risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida raqo-

batchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ish-

lab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazir ligi tizimida tuzilgan 

An ti monopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish Bosh boshqarmasi 

45

 Fermer xo‘jaligi xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qish-



loq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik.

390

monopoliya mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulot-

lari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turdi.

Bozor

infratuzilmasi

      Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘na   -

lish laridan biri bozor infratuzilmasini yara  -

tish  dan iborat bo‘ldi. Shu bois, respub  li ka -

mizda bozor munosabatlarini shakl lantirish va rivoj lantirishga xizmat 

qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari – turli muassasalar, tash-

kilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalam bor, ishlab chi qa-

rishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’mi no ti, 

yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. 

Xo‘jalik yuri tuv chi subyektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovar 

va xomashyo birja lari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va 

konsalting firmalari, ko‘p  lab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik 

ido ralari, reklama fir ma  lari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi 

dav lat muassasalari tashkil etildi.

Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilma-

si alohi  da ahamiyatga ega. Shu bois, iqtisodiy faoliyat uchun zarur 

bo‘l  gan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umum-

lash  ti ruv   chi vositalar, firmalar vujudga keldi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit muno sabat lari ga 



xizmat qiluvchi infratuzilma – yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kredit-

lash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq 

un dirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi.

Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yara til-

di. 2002-yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat 

ko‘r satdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan 

korres pon dentlik aloqalari o‘rnatgan.

Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga 

xiz mat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug‘urta», «O‘zbekinvest» kabi yirik 

sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ko‘plab xususiy sug‘ur-

ta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkor-

likda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujud ga keldi 

va moliya bozorida xizmat ko‘rsatmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masala-

si jid diy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan 

payt da malakasiz kishilargina emas, ma’lum, ixtisosga ega bo‘lgan 

xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bun-

day sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik tad-

birlari ko‘rildi. Respublika bo‘yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini 



391

o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda meh-

nat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularning kasbi-

ni o‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash 

yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 

1993-yilda respublikada 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etil gan 

bo‘lsa, 1998-yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 

mar ta ko‘p ish o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va xususiy 

biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘l-

sa, bu ko‘rsatkich 2004-yilda 425 mingdan oshdi. 2006-yil 1-yan var-

da iqtisodiyot sohasida band bo‘lganlarning 77 foizi nodavlat sektor 

hissasiga to‘g‘ri keldi.

Iqtisodiy islohotlar borasida qo‘yilgan yana bir muhim qadam – 

1994-yil 1-iyuldan milliy valutamiz – so‘mning muomalaga kiritilishi 

bo‘ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molik, chunki 

o‘z milliy valutasiga ega bo‘lmagan davlat chinakam mustaqil bo‘la 

olmaydi. Respublika hukumati milliy valuta qadrini mustahkamlash, 

uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini amalga oshirib bordi. 

2003-yil 15-oktabrdan boshlab so‘m qisman konvertatsiya lanadigan 

valuta maqomiga ko‘tarildi.

Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan 

iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. 

Ko‘p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan 

iborat strategik vazifa amalda ro‘yobga chiqdi. 2004-yil boshlari-

da respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk 

ega lari, fermer, dehqon xo‘jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘sh- 

ma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan 

jami yat lar, jamoat tashkilotlari ulushi 90,8 foizga yetdi. Davlat tasar-

rufidagi korxonalar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.



2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi

Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo‘jalik 

mah  sulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo‘jalik yuritish 

mu rak kablashib qoldi. Buning sababi, O‘zbekiston iqtisodiy jihat-

dan sobiq Ittifoqqa qaram bo‘lib, korxonalari mustaqil xo‘jalik yuri-

ta olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan kel-

ti   ri la  digan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram 

edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko‘pgina 

kor xonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari 


392

to‘xtab qoldi. Shu bois, O‘zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, 

makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko‘rildi.

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O‘zbekiston iqtiso- 

di yotda tarkibiy o‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab 

chi qarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investi-

tsiyalar ajratish yo‘llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarish lar 

uchun zarur mablag‘lar davlat budjeti va aholi jamg‘armalari hiso-

bidan ajratildi. 1994–2003-yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami 

investitsiyalar 28,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Xalq xo‘jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investi-

tsiyasini jalb qilish choralari ko‘rildi. «Chet el investit siyalari to‘g‘-

risi da», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 

hi moya qilish choralari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Chet el 

in vestitsiya sini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita inves-

titsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashki-

lot lar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiyalari yoki moliyaviy 

kre dit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayot-

gan xorijiy investitsiya salmog‘i yildan yilga o‘sib bordi. 

1991–2007-yillarda iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq inves-

titsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd dollaridan ziyodini xorijiy sar-

moyadorlarning mablag‘lari tashkil etdi. 2010-yilda 9,7 mlrd AQSH 

dolariga teng miqdorda investitsiyalar o‘zlashtirildi, 200 dan ziyod 

loyiha amalga oshirildi. Bu mablag‘ yuksak texnologiyalar bi lan ish-

laydigan yangi korxonalar qurilishiga, ularni zamonaviy texno 

lo-


giyalar, asbob-uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni rivojlan-

tirishga sarflandi.

2014-yilda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, umumiy qiy-

mati 4 milliard 200 million dollarda teng bo‘lgan 154 ta obyekt foy-

dalanishga topshirildi. Jumladan, Xorazm avtomobil ishlab chiqa-

rich birlamchi, Jizzax viloyatida oq sement ishlab chiqarish zavo-

di, Qoraqalpog‘istonda ip-kalava yigirish korxonasi barpo etildi. 

«An gren maxsus industrial zonasi», «Navoiy erkin indistriual-iqtiso-

diy zonasi», «Jizzax maxsus industrial zonasi»ning tashkil etilganni 

yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalarni rivojlan tirish imko-

nini kengaytirdi.

Yoqilg‘i mustaqilligi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayo-

tiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod 

etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol 

misoldir.



393

90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft 

mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va bosh-

qa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilar edi. Shu bois, 

mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash bosh lan di, buning 

tag-zamini – mamlakatda 2 trillion kub · metrga yaqin gaz zaxi ra lari, 

160 dan ortiq neft koni borligi edi.

Yiliga 2,5 mlrd kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo‘lgan Ko‘k-

dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavo-

di barpo etildi. 1996-yilga kelib, chetdan neft mahsulotlarini sotib 

olish to‘xtadi, neft mustaqilligiga erishildi. 1991-yilda 2,9 mln ton-

na neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqa-

rilgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 7,5 mln tonnadan oshdi. Shu 

davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd kub · metrdan 56,4 mlrd 

kub · metrga o‘sdi. O‘zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.

Mashinasozlik va

avtomobilsozlik

sanoati

      Mustaqillik yillarida mashinasozlik sa noa-

 ti jadal rivojlandi. 1994-yilda barpo etil gan 

O‘z  bekiston–Isroil «O‘zIsmash» qo‘sh 

  ma 

kor  xo na sida paxta terish mashina lari ning go -



ri  zon tal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasoz-

li gi ning eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi.

1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 

avto   mo bil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olin-

di. 1993–1996-yillarda Asaka shahrida «Uz-DAEWOOavto» zavo-

di bar po etil di va «Damas», «Tico», «Nexia» rusumli avtomobillar 

ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 

64,9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 

70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «Uz-DAEWOO» 

zavo di da 1999–2003-yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli avtomo-

billar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomo-

bil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» 

zavodi 10 yil (1996–2006-yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil 

tayyorladi, ularning 198 609 tasi xorijga eksport qilindi.

Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixti-

soslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushi-

rildi. 2000-yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk 

avtomobili ishlab chiqardi.

Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chi qa-

ruv  chi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, 

Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tay yor lay di-


394

gan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi. Ho zir gi paytda 

«Uz-DAEWOO» zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 

60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. 

2007-yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan AQSHning General 

Motors kompaniyasi o‘rtasida GM–Uzbekistan qo‘shma korxonasi 

tashkil etildi. 2012-yilning 20-mart kuni «GM–Uzbekistan» qo‘sh-

ma korxonasida ishlab chiqarilgan «Сhevrolet Malibu» avtomobilla-

rining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

2009-yildan Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konser-

ni hamkorligida «MAN Avto–Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tash -

kil etilib, «MAN» yuk mashinalari ishlab chiqilmoq da. Samar qandda 

barpo etilgan va ishga tushirilgan «SamKochavto» zavodida avto  bus 

va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoq da.

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent trak-

tor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent 

va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavo-

di va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchra-

gan qiyin chiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida 

2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘l-

sa, hozirgi paytda yiliga 3,5–4 ming donagacha traktor, minglab tir-

kamalar ishlab chiqarilmoqda.



Gaz va yengil

sanoat

        1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan 

AQSH ning «ABB Lummus Global» kom 

pa-


niya si o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo maj  mu a-

sini qu rish bo‘yi cha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997–

2001-yillarda amalga oshirildi, maj mua qurilishiga 1 mlrd AQSH 

dol la ri hajmida sarmoya o‘zlash tiril di. 2001-yil dekabrda Sho‘rtan 

gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna 

poli etilen, 137 ming tonna suyultiril gan gaz va 126 ming tonna gaz 

kon densati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Yengil va to‘qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bor -

moq da. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi «Qa bul–

O‘zbekKO», «Kosonsoy–Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», 

«Ka ra  kulteks», «Chinoz to‘qimachi», «Qabul–FerganaKO», «Oq 

-

saroy to‘qimachi» qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 



17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tar moq-

da xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish 

o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qay-


395

ta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28 

foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish 

hajmi ancha oshdi. 

Mustaqillik yillarida «Zarafshan–Newmont» korxonasi, Qizil-

qum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavo-

di, Yangiyo‘l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi 

va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi.



Don mustaqilligi

      Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tar-

kibini takomillashtirishga e’tibor berildi. 

Xo‘ ja liklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘l di lar. Respub lika da don 

mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 

tay yorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshi ril  di. Paxta ekila-

digan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. 

Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 

foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘s di.

Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa 

oziq-ovqat mahsulotlari tayyoriash yo‘li izchillik bilan amalga oshi-

rildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tay yor -

la gan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yil-

da 8  mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi. O‘zbe kis ton 

2003-yildayoq g‘alla mustaqilligiga erishdi.

Iqtisodiyotda

barqaror yuksalish

      Iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, 

yangi korxonlalarning bunyod etilishi sa -

noat mahsu lotlari ishlab chiqarish soha si -

da samarali natijalar berdi. 1991–2002-yillarda 1872 korxona va 

bosh qa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 ming-

dan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda 

respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 

100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga 

kelib  makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan 

bosh  lab barqaror o‘sish ta’ min landi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari 

ishlab chiqa rish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 

2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, 

po yab zal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli dara-

jada ko‘paydi, iste’ mol buyumlari importi kamaydi.

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991–1995-yillarda pasa yib 

bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekis tonda 

2000-yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati 



396

pariteti bo‘yicha) 1990-yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yo‘lda esa 3,4 

marta o‘sishiga erishildi

46

.



O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy 

barqa rorlikka erishgan, iqti s o diy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayot-

gan mam 

la katdir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik 

o‘sish sur’atlari so‘nggi 11 yil – 2005–2015-yillar davomida 8 foiz-

dan yuqori bo‘lib kel moqda

47

.

O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va 



xiz   mat lar ulushi oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush 

sa viyasi o‘sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, 

iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari odamlar- 

ning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshi-

lanishi ga xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan 

ta’ min lash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 

ming kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joy-

larida), 2 ming kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i (shundan 

1,9 ming kilo metri qishloq joylarida) ishga tushirildi.

Jahondagi yetakchi kompaniyalarning havo kemalari bilan ta’-

minlangan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 

mam  la kati bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat 

ko‘r sarmoqda.



Ijtimoiy hayot

      Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida 

e’ti bor berilmoqda. O‘zbekistonda islohot-

lar bosh lan  gan dastlabki paytda yoq, uning asl maq sa di in son ga muno-

sib turmush va hayot sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb 

bel gilangan edi. Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan bosh-

lab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan za rur chora-tad-

birlar ko‘rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam oshirib bori-

ladigan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar tarzidagi 

pul to‘lovlari keng qo‘l lanildi.

Faqat 2000-yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga 

fu qarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahalla yig‘inlari 

or  qa li 54,2 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi 

yordamlar berildi.

1992–2000-yillarda mamlakatda 70 mln kv · m turar joylar, 19,5 

ming o‘rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 

46

 Statistik to‘plam. – T.: «O‘zbekiston». 2011. 14-bet.



47

 «Xalq so‘zi» gazetasi. 2015-yil 6-dekabr.



397

805,9 ming o‘rinli maktablar, 15,3 ming o‘rinli akademik litseylar, 

126,5 ming o‘rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshi-

rildi.


Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash va 

gazlashtirish bo‘yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 

1991–2007-yillarda 36 ming km suv quvurlari va 72 ming km gaz 

tar moq lari ishga tushirildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish dara-

ja   si 17 foyizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan mar kazlash gan hol-

da ta’minlash esa 52 foizdan 77 foizgacha ko‘taril di. Respub lika-

da aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan tizimi 

bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muas-

sa  salarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. 

Qish loq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.

Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo‘ yi cha 

malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

1994-yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji respub lika-

da ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘i 4,5 foizga qon-

diri lar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilgan ligi 

hisobidan bu ko‘rsatkich 25 foizgacha o‘sdi.

Mustaqillik yillarida qishloqlarning qiyofasini o‘zgartirish, qish loq 

aholisining turmush sharoitini zamon talabiga moslashtirish tadbirla-

ri amalga oshirilmoqda. «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb 

nom berilgan 2009-yildan e’tiboran qishloqlarimiz qiyofa sini o‘zgar-

tirish ishlari jadallashtirildi. «Qishloq qurilish loyiha» instituti tash-

kil etildi. Mazkur institut xodimlari 2 xonadondan 5 xo na don gacha 

bo‘lgan zamonaviy uy-joylar, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari-

ning namunaviy loyihalarini ishlab chiqishdi. Qurilish ish lari ni baja-

rish maqsadida «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi, mab-

lag‘larni jalb etish maqsadida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-ti-

jorat banki tashkil etildi, qurilish ishlariga mablag‘lar ajratildi. 670 ta 

qurilish-ta’mirlash tashkiloti tuzildi. Uy-joy qurilish uchun yer mas-

sivlari ajratildi. Aholi uy-joy uchun sarf lan  gan mablag‘ni 15 yil davo-

mida bosqichma-bosqich to‘lash tartibi belgilandi. 

2010–2014-yillarda 159 ta qishloq tumanlarida 44 500 dan ortiq 

zamonaviy yakka tartibdagi shinam uy-joylar barpo etildi va egala-

riga topshirildi. Turar joy posyolkalari davlat mablag‘lari (budjet) 

hisobidan suv, gaz, elektr tarmoqlari bilan ta’minlandi. Aholiga xiz-

mat ko‘rsatish muassasalari, maktablar, yo‘llar qurilib foydalanishga 

topshirildi.



398

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning bosh  -

qaruv tizimi tubdan o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqti-

so  di yotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari 

barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o‘tib oldi, 

makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o‘sish-

ni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulk-

chilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish 

natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlari-

mizning tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgardi, tur-

mush darajasi, oilasining farovonligi o‘ziga bog‘liq ekanligini tushu-

nib yetdi.



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling