O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49

Yengil sanoat. Respublikada yengil sanoatni ustun darajada 

ri vojlantirishga imkon beruvchi barcha omillar ko‘plab-paxta, pilla, 

ka nop xomashyosi, yoqilg‘i-energetika yetarli darajada mavjud edi. 

Biroq 50–80-yillardagi O‘zbekis tonda yengil sanoat bir tomonlama 

rivojlanishga yo‘naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxta 

toza lash, pillachilik, qorako‘l teriga va kanop tolasiga dastlabki ish-

lov berish, jun yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O‘z be-

kis ton bunday xomashyolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash im ko-

niyati ga ham, huquqiga ham ega emas edi

. Bu masalani mar ka ziy 

hokimiyat hal qilardi. Tayyor xomashyo Ittifoqning boshqa shahar-

lari ga olib ketilardi hamda tayyor mahsulotga aylantirilib, ortib qol-

gan xomashyo boshqa mamlakatlarga sotilardi va undan katta daro-

mad olinardi.

Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, quri tish, 

tozalash sexlariga ega bo‘lgan 490 paxta punktlari ishladi. 70–80-

yillarning boshlarida respublika to‘qimachilik sanoati kor xo na lari – 

Buxoro to‘qimachilik kombinati (1973), Andijon ip-gazlama kombi-

nati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigi-

ruv fabrikasi, yirik to‘qimachilik kombinatlarining Qo‘rg‘on 

tepa, 


Marhamat, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Rishton, Vob kent, G‘ij du von 

filiallari qurildi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960-yildagi 234,7 mil-

lion metrdan 1985-yilda 395,7 millon metrga ko‘pa  ydi. Yiliga res-

publikada 1,5 million tonna paxta tolasi yetish tirib beril di. Respubli-

ka to‘qimachilik sanoati yetishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizi-

ni qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish im ko ni yatiga ega 

edi, 90 foizi esa Markazga olib ketilardi.

Oziq-ovqat sanoati. O‘zbekistonda mahalliy xomashyoni qay-

ta ish lashga asoslangan oziq-ovqat sanoatining yog‘-moy, konser-

va, non, un yormasi, qandolat, go‘sht, sut, baliq, choy, tamaki, 

vino yetishtiruvchi tarmoqlari faoliyat yuritdi. 1985-yilda oziq-ovqat 

sanoati kompleksida 271 korxona faoliyat ko‘rsatdi. Tarmoqning res-

publika sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog‘i 14 foiz ni 

tashkil etdi. Bu tarmoqda yog-moy sanoati yetakchi o‘rinda tu rar di. 

1970-yillarda respublkada ishlaydigan 17 ta yirik yog‘-moy kor xo -



334

nasi, 294 ming tonna paxta yog‘i ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yil da 

451 ming tonna paxta yog‘i ishlab chiqarilgan.

Respublikada go‘sht kombinatlari 1960-yilda 97,4 ming tonna 

go‘sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo‘lsa, 

1985-yilda 232,3 ming tonna go‘sht, 54 ming tonna kolbasa mahsu-

lot lari yetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985-yilda 554 ming ton na 

sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog‘i yetish-

ti ril gan. Jumladan, qandolat sanoati ham birmuncha o‘sdi. 1964–

1985-yilda qandolat sanoati tarmog‘iga qarashli 60 ga yaqin zavod va 

sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqa ril gan.

Transport. 50–80-yillarda temiryo‘l transporti ancha rivojlan-

di. 50-yillarda uzunligi 627 km bo‘lgan Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot temir-



yo‘li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O‘zbekiston-

ning bosh qa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temiryo‘l orqa-

li bog‘landi. 1962-yilda qurilgan, uzunligi 280 km bo‘lgan Navoiy–

Uchquduq temiryo‘li yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan 

bog‘ladi.

Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi cho‘llarida yangi yerlarni o‘zlash ti rish 

bilan bog‘liq ravishda 1962-yilda Jizzax–Mehnat (133 km), 1970-yil-

da Samarqand–Qarshi (144 km) temiryo‘llari qurildi va yan gi tash-

kil etilgan xo‘jaliklar respublika markazi va sanoat markazlari bilan 

qisqa masofada tutashtirildi. 1974-yilda Termiz–Qo‘rg‘ontepa (218 

km), 1975-yilda Taxiatosh–Nukus (13 km) temiryo‘llari qurilib ishga 

tushirildi va Qoraqalpog‘iston poytaxti res pub likaning temiryo‘l tar-

mog‘i bilan bog‘landi.

1972-yilda Qo‘ng‘irot–Beynov (408 km) temiryo‘lining quri lishi 

natijasida O‘zbekiston va boshqa O‘rta Osiyo Respublika laridan sobiq 

SSSRning Yevropa qismi va Kavkazga ikkinchi temiryo‘l ochildi. 

Respublika temiryo‘llarining uzunligi 1985-yilda 3,5 ming kilometr-

ni tashkil etdi.

Avtomobil transporti tez sur‘atlar bilan o‘sdi. 50–70-yillar-

da res publikada zamonaviy avtomobil yo‘llari – Katta O‘zbekiston 

trak ti (Toshkent–Termiz) ta’mirlandi, Toshkent–Olmaliq, Tosh-

kent–Buxoro–Nukus, Mo‘ynoq–Zarafshon, Samarqand–Chorjo‘y, 

Farg‘o na halqa yo‘li, Toshkent halqa yo‘li qurilib foydalanishga top-

shi rildi. To‘rtko‘l shahridan Amudaryoning so‘l sohili bo‘ylab Nukus 

shahri orqali Taxtako‘pirga olib boruvchi Qoraqalpog‘iston trak-



ti qurildi. Qizil qum cho‘lini kesib o‘tuvchi va qorako‘lchilik xo‘ja-

liklarini viloyat va respublika markazlari bilan bog‘lovchi Buxoro–



335

Gazli–Sa za ki no avtomagistrali, Kamchiq dovoni orqali res pub lika 

poy taxti ni qisqa masofada Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Tosh-



kent–Angren–Qo‘qon avtomobil yo‘li qurildi.

Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, 

tu man markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloq-

larga qatnaydigan avtomobil marshrutlari tashkil etildi..

Havo transportining ahamiyati ortib bordi. Havo yo‘llari res-

pub    likaning 120 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog‘la-

di. Tosh kent shahri havo yo‘llari orqali Ittifoqning markaziy sha-

har lari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari bilan 

bog‘ lan di.

Shahar yo‘lovchi transporti ham kengaydi. 1947-yilda Tosh kent-

da temiryo‘l vokzali bilan eski shahar orasida uzunligi 18 km bo‘l gan 

birinchi trolleybus yo‘li qurilib, trolleybuslar qatnay boshladi. 1946–

1947-yillarda shaharlarda taksi mashinalari orqali passajirlar tashish 

yo‘lga qo‘yildi. Trolleybus qatnovi Samarqand (1956), Ol 

ma  liq 

(1968), Farg‘ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973) shahar-

larida ham yo‘lga qo‘yildi. Respublikaning 80 ta shahar va posyolka-

larida avtobuslar qatnovi tashkil etildi. Yo‘lovchilarga xiz mat ko‘rsa-

tishda Toshkent metropolitenining o‘rni katta. 1973-1980 yillarda 

Toshkent metropolitenining uzunligi 16,8 km lik birinchi liniyasi, 

1980–1991-yillarda uzunligi 15 km lik ikkinchi liniyasi qu ri   lib foy-

dalanishga topshirildi. Ba’zi bekatlarda eskalatorlar o‘rnatilgan. 



Aloqa vositalari. Respublikada aloqa vositalari tarmog‘i ken gay-

di. Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegraf aloqa-

lari  ning keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel va radiorele liniyalari 

qurildi. 1965-yilda Toshkent Moskva va Ittifoqning boshqa shahar-

lari bilan koaksial kabeli orqali bog‘landi. 1971-yilda Toshkentda 

shaharlararo kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga tushirildi. 

1972-yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq Naman gan, Qar-

shi, Farg‘onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomatik stansiya-

lar ishga tushirildi. Natijada, shahar telefon tarmoqlarining 160 ming 

abonenti o‘z telefonlaridan kod yordamida shaharlararo avto ma tik 

telefon aloqasi bilan bog‘lanish imkoni yatiga ega bo‘ldi. 1985-yil-

da shaharlardagi telefon stansiyalarining abonent telefonlari soni 

953,9 mingtaga yetdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi. 1985-

yilda respublikada 4 166 pochta, telegraf va telefon aloqasi korxona-

lari ishladi.

Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956-yil 5-noyabrda O‘z-



336

bekistonda birinchi marta Toshkent televizion markazi ishlay boshla-



di. 60-yillarning oxirlarigacha Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyati 

ham televizion ko‘rsatuvlar bilan ta’minlandi. 1977-yilda Samarqand 

va Andijonga Toshkent televideniyesining ikki program masini rangli 

tasvirda uzatishga erishildi. 1978–1979-yillar da Toshkentda baland-



ligi 350 metrli televizion minora qurildi

Urganch va Nukusda tele-

vizion markaz qurilib ishga tushirildi.

Xulosa qilib aytganda, respublika sanoati bir tomonlama rivoj- 

lan tirildi, boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyo baza-

siga aylantirildi. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden kabi 

nodir metallar xomashyo sifatida boshqa mintaqalarga olib keti-

lar edi. Paxta, kanop mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi yengil sanoat-

ni ustun darajada rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatini 

berardi, ammo bu imkoniyatlar nazar-pisand qilinmadi. Respubli-

ka aholisi boy tabiiy resurslardan, og‘ir mehnat evaziga yetishtirila-

yotgan qimmatbaho paxta xomashyosidan bahramand bo‘lolmadi.

Respublikada anchagina sanoat korxonalari qurilgan bo‘lsa-da, 

ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqara olmas edi

. Bu 

korxonalarda tayyorlanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun 

zarur bo‘lgan butlovchi qismlar boshqa mintaqalardan keltiri lar edi, 

respublika korxonalari Ittifoqning g‘arbiy respublika lari da gi korxo-



nalarga qaram edi.

70-yillarga kelib chuqur turg‘unlik holatiga mahkum bo‘lgan 

O‘zbekiston iqtisodiyotining tahlili shundan dalolat beradiki, bunda 

sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda ilmiy aniqlik, real yonda-

shuv, mantiqiy izchillikning yo‘qligi asosiy sabablardan biri bo‘l gan-

ligi shubhasizdir. Mustabid Sovet hokimiyati belgilagan 8-, 9-, 10-, 

11-, 12-besh yillik rejalarining yetarli ilmiy asoslanmaganligi, hayot 

amaliyoti bilan bog‘lanmaganligi, oxir-oqibatda, ularning oldin dan 



barbod bo‘lishiga olib keldi. Buning oqibatida xo‘jalik tarmoqlarida 

zo‘riqish, uzilish holatlari yuz berdi, ishlab chiqarish quvvatlari to‘la 

ishga solinmadi, mehnat unumdorligi muttasil ka ma yib bordi, milliy 

daromad salmog‘i 3–4 baravarga kamayib ketdi. 80-yillarga kelib, 

O‘zbekistonning eksport salohiyati keskin pasay di. Buning natijasida 

respublikaning eksport balansida sanoat mah su lotining salmog‘i atigi 

11 foizni tashkil etardi, xolos. Respub li ka sanoat ishlab chiqarishida-

gi bunday turg‘unlik, ishlab chiqarish quvvatlarining pasayib borishi 

O‘zbekiston iqtiso diyotining umumiy ho latiga, aholi ijtimoiy qatlam-

larining turmush darajasiga salbiy ta’ sir etmasdan qolmadi. 


337

Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag‘lar taqsimlashning qoldiq prin-

sipi va taqsimotda tekischilik tartibining ustun bo‘lishi ijtimoiy ado-

latsizliklarning avj olishiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tanglik ich ki lik -

bozlik, giyohvandlik, poraxo‘rlik singari salbiy illatlarning keng yoyi-

lishiga olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag‘ bat lan tirish 

tizimi buzila bordi. Ko‘p hollarda yuqori malakali mehnatga haq 

to‘lash kamsitildi. Natijada aholining mehnatga qiziqishi va faolligi 

pasayib bordi.

4. SSSRda turg‘unlik holatining vujudga kelishi

Turg‘unlik sabablari. XX asrning 70–80-yillarida sobiq SSSRda 

iqti sodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib 

bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijti-

moiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalar da-

gi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur lash tirib 

yubordi.


Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida XX asrning ikkinchi 

yarmida sodir bo‘lgan ilmiy-texnika inqilobidan samarali foydalanil-

di. Mashina-fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kom-

pleks ishlab chiqarishga o‘tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob-kito-

blar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elek-

tron-hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi 

va keng qo‘llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, 

me xanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo‘ldi. 

Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlar-

da ishlab chiqarish intensiv  taraqqiyot yo‘liga kirdi. Moddiy ishlab 

chiqarishda ishlovchilar soni qisqariyb, xizmat ko‘rsatish sohasida, 

tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo‘lganlar soni oshib bor-

di. Axborot tex nika si tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko‘rsa-

tish sohalarida keng qo‘llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir 

jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo‘lib, o‘zini mazmunli, ijodiy 

ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshila-

nib bordi.

Sovet davlatida esa ilmiy-texnika inqilobidan foydalanish yetarli 

dara jada yo‘lga qo‘yilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda, tobora ko‘p 

qo‘ shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb 

qilinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsa-da, 

xo‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘p gina mamla-



338

katlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy buri-

lishga erishgan bir paytda, SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati

past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’mu-

riy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning 

maf ku ralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinish 

larni 

yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag ajratishda qol-



diq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining 

meh nat ga qizi qishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, tayyori-

ga ayyorlik, ichkilik bozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik 

kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.

Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan sansa-

lorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o‘z qonun-

lari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odam-

lar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, bepar vo 

edilar, «xo‘p-xo‘p!», «bajaramiz!» deyishga o‘rgangan oddiy ishti rok -

chilarga aylantirilgan edi.

Huquq va qonuniylikka putur yetgan edi. Xo‘jalikni bosh qa rish da 

200 mingtacha turli buyruqlar, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar beruv chi 

qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib, ular xo‘jalik xodimlarining 

har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi. Oddiy 

korxonadan tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan 

markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish, barcha darajadagi 

rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm bo‘lib 

qolgan edi. Oqibatda, dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri deb 

hisob lanib kelingan sobiq SSSR turg‘unlik holatida tushib qoldi.

«Qayta qurish»

siyosati va uning

barbod bo‘lishi

      KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil 

ap  relda bo‘lib o‘tgan plenumi noxush ho latlar 

yi  g‘ilib, SSSR inqiroz oldi vazi 

yat ga tushib 

qol ganligini ilk bor e’ti rof etdi. Mazkur ple-

num jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning 

turmushini yaxshi lash siyosatini belgiladi. 

Markazdagi rahbarlar hamon jamiyatni «qayta qurish» orqali 

so tsializmni yaxshilashga umid bog‘lar edi. Ammo ular mamlakatni 

sotsializmning o‘zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqi-

roz ga olib kelganligini payqamagan edilar.

To‘g‘ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikr-

lar bil 


dirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar ham qo‘yil-

di. Matbuotda, radio va televideniyeda turli xil fikr-mulohazalar 



339

erkin yoziladigan, gapiriladigan bo‘ldi. Siyosiy tizimni isloh qilish-

ga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronli-

gini cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini kompartiya hukmron-

ligidan chi qa rishga, xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini 

ta’min lashga urinish bo‘ldi. Ammo bu sa’y-harakatlar ham behu-

da ketdi.

«Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilish-

lar ro‘y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariy jihatdan 

puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat 

puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslan gan edi. 

Mamlakat sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakatning real 

imkoniyatlari hisobga olinmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohala-

rini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutil-

di. «Bu hol, – deb yozadi I. Karimov o‘zi ning «O‘zbekiston – bozor 

munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida, – pirovard nati-

jada, cheklangan mablag‘larning parokanda bo‘lib ketishiga, moliya 

va ta’minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni 

chuqurlashtirdi»

41

.

 Sobiq sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chi-

qarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, hamma resurslarni 

markaz lash tirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taq sim-

lash yo‘lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ke rak ligi-

ni o‘z vaqtida payqamadi.



 1990-yilga kelganda bozor iqtiso di yotiga 

o‘tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. 

Biroq vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo‘lgan, 

moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi 

falaj bo‘lib qolgan edi. Sobiq SSSR tanazzulga yuz tutdi.

«Kadrlar desanti». O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, 

yangi lashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining haf-

sa lasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murak-

kab lashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi va qadr-qimmati-

ni himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilar-

ning (I.B. Usmonxo‘jayev (1983–1988-yillar) respublika rahbariyati-

ga kelib qolishi bilan ham bog‘liq edi. Respublika partiya va davlat 

rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. 



«Kadrlar desanti» deb nom ol gan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekis-

tonni o‘z bilganlaricha bosh qara boshladilar. O‘zbekiston Kompar-

tiyasi va Respub lika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan bosh-

41

 I.A. Karimov. Asarlar to‘plami. 1-jild, 280-bet.



340

qarildi. Birinchi lavozimda o‘tir gan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida 

qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldi.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida Moskva vakil-

lari – Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryovlar uya qurib olgan 

edilar. O‘sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilish-

larda qilingan barcha ma’ruzalarni Ponomaryov va O‘zbekistonda 

doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari  – 

Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardi lar. 

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I. Usmonxo‘jayev 

esa minbarga chiqib tayyor ma’ruzalarni o‘qir edi. Minbardan bilib-

bilmay aytilgan gaplar qanchadan qancha kommunistlar va rahbar-

larning sha’ni, qadr-qimmatini oyoq osti qilardi, hayotini buzar-

di. O‘zKP Markaziy Qo‘mi ta sida  «pinhona kabinet»  tash kil topdi. 

Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo‘li bilan 

xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan 

avantyuristik qarorlarni tiqishtirish bilan shug‘ullandi. O‘zbekistonda 

faoliyat ko‘rsatayotgan «pinhona kabinet» va «kadrlar desanti»ning 

tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K. Ligachyov edi. Qo‘g‘ir-

choqqa aylantirilgan ma hal  liy rahbarlar «kadrlar to‘dasi» tomonidan 

tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Mahalliy rahbar-

ning Sovet hokimiyatining ko‘z bo‘yamachilik, shovinistik siyosati va 

uni amalga oshiruvchi «kadr lar desanti» oldidagi ojizligi, itoatkorligi 

xalqqa qimmatga tushdi.



«Paxta ishi». O‘zbekistonda «o‘zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atal -

gan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va 

Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Gu ruh 

a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay, odamlarni qamash bilan 

shug‘ullandi. Oddiy dehqondan tortib O‘zbekiston Kompartiyasi 

MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodim larni qamash 

uchun birovlarni zo‘rlab yozdirib olgan bir parcha qog‘oz kifoya edi. 

O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshim chalik va qatag‘onning 



yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini 

puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qil-

gan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respub lika par-

tiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoq xonalariga 

tash lan di. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullar-

dan foyda la nib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qil-

gan ayb nomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va 

bu «aybnoma» tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib 



341

qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so‘roq qilindi. 

4,5 ming dan ko‘proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan 

mahrum etildi.

O‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi koti-

bi bo‘ lib uzoq yillar ishlagan, o‘zbek xalqining baxt-saodati yo‘lida 

samarali faoliyat ko‘rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom 

qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezov-

ta qilish nima uchun kerak bo‘lib qoldi? O‘zbekistonning, o‘zbek 

xalqi ning sha’ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish kim 

uchun kerak bo‘lgan edi? Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar 

xo dimlar o‘zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy 

axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol meh nat-

kashlarni ma’naviy ezishga yo‘naltirilgan ko‘plab xabarlar, maqolalar 

berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilin-

di, poraxo‘r, olib-sotar sifatida «sharmanda» qilindi. Butun SSSR-

da bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, 

poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illat-

larni o‘zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy 

tuzumi keltirib chiqargan edi.

O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishlari-

ni so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga 

mu rojaat qildilar. 1986–1987-yillarda faqat O‘zbekiston Kompar-

tiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tush-

di. 20 ming  dan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliq-

lari qabulida bo‘lib, o‘zlarining arz-dodlarini bildir dilar. Poytaxtga 

yetol magan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organ lariga 

o‘z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilgan ligidan shikoyat 

qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar.

Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986–1987-

yil  larda respublikada 270 nafar ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu 

holat ularning sha’ni, qadr-qimmatining toptalashi, haq-huquqlari-

ning buzi li shi ga nisbatan ko‘rsatilgan norozilik edi. 


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling