O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Buyurtmachining huquq va majburiyatlari. Buyurtmachi hamma buyurilgan
mahsulotlardan xizmat boshlanishiga 1 sutkadan kam bo‘lmagan muddat ichida voz kechishi mumkin. Agar tadbir yoki banketdagilarning bir qismi kelmaydigan bo‘lsa, buyurtmachining yozma arizasi tadbir boshlanishiga 4 - 5 soat qolganda berilsa, kelmaganlar xisobiga to‘g‘ri keladigan mablag‘ qaytariladi. Mabodo undan kam vaqt ichida habar berilsa, bunday hollarda taomni boshqalarga realizatsiya qilish imkoni bo‘lmasa, buyurtmachi mahsulot tannarxini qoplashi mumkin. Shuningdek, dalolatnomaga ichimliklar, buyurtma xisobiga kiritilgan ammo stolga tortilmagan issiq va shirin taomlar, qandolat mahsulotlari kiritilmaydi. Dalolatnomaga kiritilgan mahsulotlarni nima qilish kerakligini buyurtmachining o‘zi hal qiladi. Realizatsiya qilinmaydigan ammo dalolatnomaga kiritilgan mahsulotlar summasi buyurtmachining xizmat uchun to‘lagan summasidan ayriladi. Shuning uchun, buyurtmachi tadbir oxirigacha restoranda bo‘lishi kerak. 2. Banket turlari Banketning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ulardan biri furshet - banketdir. Furshet - banket. Bunday banketlar rasmiy harakterga ega bo‘lib, ish bo‘yicha muzokaralar, savdo shartnomalari imzolanishida o‘tkaziladi. Furshet - banketlar, shuningdek, yubiley, oilaviy va boshqa bayram tadbirlari munosabati bilan ham o‘tkazilishi mumkin. Furshet - banketlar o‘tkazilganda qatnashuvchilar o’rindiqlarda o‘tirmaydilar, tik turib tamaddi qiladilar va ichimliklar ichadilar. Bunday banketlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, taomnomada asosan gazaklar, taomlar, ichimliklar, dessert va qandolat mahsulotlari assortimenti bo‘ladi. Taom va ichimliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: gazaklar (sabzavotlar, baliqlar va go‘sht mahsulotlari mevalar bilan aralashtiriladi); qiymalangan tuxumga boshqa mahsulotlar qo‘shiladi; baliq gazaklari (dudlangan baliqlar, seld, baliq pashteti, rulet va boshqalar); 272 go‘shtli gazaklar (yaxna go‘sht assortimenti, uy va ov qushlari, kolbasa mahsulotlari); pishloq qo‘shilgan gazak (pishloqning har xil turlari). Furshet - banketlarning o‘ziga xos yana bir tomoni shundan iboratki, taom va gazaklar har bir mehmonga alohida oz - ozdan beriladi, iste’mol qilish ham oson bo‘ladi. Taom va gazaklar iste’moliga qulay bo‘lishi uchun maydalab to‘g‘raladi va pichoq ishlatmasdan sanchqi bilan yeyiladi. Furshet - banketlarda xizmat ko‘rsatish restoran zalida xizmat ko‘rsatishga qaraganda 4 - 5 marta oson kechadi. Banket davomiyligi 1 soatdan oshmaydi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling