O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ofitsiantlarning yordamchi stollari
Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Furshet - banket stollari odatdagi stollardan
balandroq bo‘lib (90 sm), stollarning kengligi 1,5 m. Qo‘yilgan stollarda har bir mehmonga 15 - 20 sm joy mo‘ljallanadi. Stollarning har ikki tomonida mehmonlar joylashtiriladi. Mehmonlar va banket qatnashchilari bir tomonda bo‘lishlari ham mumkin, unda stolning faqat odamlar bor tomoni bezatiladi va xizmat ko‘rsatiladi. 1-rasm. Banket zali Qo‘yilgan stollar uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak. Odatda stollar T, P, Sh harflari shaklida joylashtiriladi va markazda hurmatli mehmonlar uchun joy ajratiladi. 273 Stollar orasi va stollarning devor bilan oralig‘i 1,5 m dan kam bo‘lmasligi, mehmonlar erkin harakat qila olishlari zarur. Furshet stollari maxsus banket stollariga to‘shaladigan dasturxonlar bilan bezatiladi, dasturxon chetlari stol chetidan ancha pastda osilib turishi lozim. Dasturxonlarning hamma osilib turadigan pastki tomonlari yerga nisbatan bir tekis bo‘ladi. Zalda asosiy furshet stollaridan tashqari ofitsiantlarning yordamchi stollari ham bo‘ladi. Ular devor yoniga joylashtirilib, idish - tovoq va anjomlar uchun foydalaniladi. 2-rasm. Ofitsiantlarning yordamchi stollari Furshet stollarini bezashda xizmat ko‘rsatish xususiyatlari xisobga olinadi. Tajribalardan ma’lumki, bunday banketlarda har bir mehmon uchun uchtadan ryumka va bitta fujer bo‘lishi kerak. Gazaklar, ichimliklar va meva uchun anjomlar oldindan qo‘yiladi. Furshet stolini bezashda shisha va billur idishlardan foydalaniladi. Gullar qo‘yilgan guldonlar, mevalar va boshqa ichimlik shishalari stol markazi bo‘ylab qo‘yiladi. Taomnomada sharbatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, fujerlar yoniga stakanlar qo‘yiladi, ular ryumkalar qatorida tursa ham bo‘ladi. Spirtli ichimlik shishalarining etiketkalari mehmon tomonga qaratilgan holda bo‘lishi lozim. Taxlangan tarelkalar stol chetidan 2 sm ichkariga, stolning oxirgi tomonidan 0,7 - 1m stol markazi tomon qo‘yiladi. Tarelkalar stolning har ikki tomoniga simmetrik tarzda joylashtiriladi, ammo stolni «ilon izi» shaklida bezatish bundan mustasno. Keyin stol anjomlar bilan bezatiladi va guruh qilib qo‘yiladi. Sanchqilar 274 tarelkalar miqdoriga qarab, pichoqlar ikki barobar kam qo‘yiladi. Gazak pichoqlari tarelkalarning o‘ng tomoniga, o‘tkir tomoni tarelkalarga qaratib qo‘yiladi, sanchqilarning tishlari esa yuqoriga qaratib, chap tomonga qo‘yiladi. Dessert sanchqisi va pichoqlari ham yuqoridagidek teriladi, ikkiga to‘rtga yoki buklangan sochiq - salfetkalar dessert tarelkalari ustiga yoki ularning yoniga qo‘yiladi. Taomnomaga binoan furshet - banketlarida dessert tarelkalari nazarda tutilmagan bo‘lsa, sochiq - salfetkalar gazak tarelkalari yoniga qo‘yiladi. Banket boshlanishiga 30 daqiqalar qolganida gazaklar va non keltiriladi. Birinchi navbatda o‘z xususiyati va ko‘rinishini tezda yo‘qotadigan taomlar olib kelinadi. Qolganlari dasturxonga mehmonlar kelgach tortiladi. Oldin katta idishlardagi, so‘ng kichik idishlardagi gazaklar keltiriladi. Ko‘pchilik gazaklar chinni idishlarda olib kelinadi. Gazak idishlari stol markaziga yaqinroq, stol chetidan 25-30 sm oraliqda turadi, chunki stolda mehmonlarning tarelkalari, ryumkalari turadi. Har bir idishda taom olish uchun anjomlar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari stol ustida, albatta, tuz va garimdori bo‘lishi zarur. Ular stolga bir qator qilib qo‘yiladi. Stol bezash tugatilgach, ofitsiantlar hamma zarur anjomlar joy - joyiga qo‘yilganligini tekshirib chiqishi kerak. Mehmonlar kelguniga qadar ofitsiantlarning bir qismi zalda bo‘ladi. Bosh ofitsiant ko‘rsatmasi bilan boshqa ofitsiantlar o‘z tayyorgarlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Furshet - banketlarda xorijiy davlatlardan mehmonlar qatnashayotgan bo‘lsa, davlat bayroqlari osiladi. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i hurmatli mehmonlardan o‘ng tomonda, banket qaysi xorijiy davlat sharafiga o‘tkazilayotgan bo‘lsa, ular bayrog‘i chap tomonda turadi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling