O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

katta banketlar 
Bunday banketlar diplomatlar yig‘inlarida, rasmiy qabul marosimlarida 
o‘tkaziladi. Bunday qabullar faqat diplomatlar uchun deb qarash restoran faoliyatini 
cheklagan bo‘ladi. Restoranlarda huddi shunday mehmonlar kutish, ularga xizmat 
ko‘rsatish hamma uchun erkin xisoblanadi. Bunday banketlarda 8 nafardan 50 
nafargacha, ba’zan esa 100 dan mehmonlar qatnashadi.
Buyurtma qabul qilish. Bosh ofitsiant banket tashkilotchilaridan buyurtma 
qabul qilib oladi va eng avval tadbirning sanasi, vaqtini aniqlaydi, mehmonlar soni
tarkibi (jinsi, yoshi, millati, kasbi)ni biladi, tadbirning maqsadi, xarajatlarni (har bir 
kishi uchun), pul to‘lash shakli (naqd, kredit), taklif qilingan hurmatli mehmonlar 
ro‘yxati aniqlanadi. So‘ngra bosh ofitsiant buyurtmachini zal bilan tanishtiradi, 
banket o‘tkaziladigan joyni ko‘rsatadi. Stollarni joylashtirish tartibi, mehmonlarni 
o‘tqizish rejalari kelishib olinadi. 
Bundan tashqari bosh ofitsiant vazifasiga yana quyidagilar kiradi: 
1. Xorijiy davlatlarning turli elchixonalaridan mehmonlar tashrif buyursa, 
o‘sha mamlakatlar bayroqlarini osib qo‘yish; 
2. Hurmatli mehmonlarni restoranga taklif qilish; 
3. Stollarda mikrofonlar bo‘lishini ta’minlash; 
4. Orkestr kerak bo‘lsa, uning dasturini aniqlash va kerakli jihoz va asboblar 
bilan ta’minlash; 


283 
5. Banket qatnashchilari uchun shaharlararo va xalqaro telefon bo‘yicha 
gaplashish, rasmga tushish, pianino chalish imkoniyatini yaratish; 
6. Mehmonlar tarqalishi oldidan mashinalar kelishini tashkil etish va hokazo. 
Buyurtmachi bilan taomnoma haqida muhokama qiladi, taomlarni berish vaqti 
va navbati, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi tanaffus va mehmonlarning yurish joylari 
haqida kelishib oladi. Banket taomnomasi tuzilganda milliy taomlar ham qo‘shilishi 
zarur. Taomnomada qaysi taomlar oldidan bo‘lishi, qachon issiq gazak, issiq taom va 
shirinliklar berilishi belgilanadi. Banket taomnomasiga 3-4 ta sovuq gazaklar, issiq 
gazaklar, 1-2 ta issiq taomlar, shirinliklar, kofe, mevalar va ichimliklar kiritiladi. 
Tanaffus paytida qanday ichimliklar berish mumkinligi haqida ham kelishib olinadi. 
Buning uchun esa tanaffus qancha vaqt davom etishini aniqlab olish kerak bo‘ladi. 
Banketning har bir mehmoniga taom va ichimliklarning taomnoma kartochkasi 
beriladi, bu o‘z navbatida stolni bezatadigan bir manzara xisoblanadi. Taomnomaning 
maxsus kartochkasida har bir mehmonning ismi - sharifi, unvoni, lavozimi 
ko‘rsatiladi. Bu kartochkada nafaqat taom va ichimliklar ro‘yxati, balki banketning 
maqsadi ham qisqacha bayon etiladi. Banketda xorijiy mehmonlar qatnashayotgan 
bo‘lsa, ular uchun taomnoma xorijiy tilda yoziladi. Ular stol markaziga yaqin yoki 
o‘ng tomonga qo‘yiladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling