O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


To‘y banketiga tayyorgarlik ko‘rish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

To‘y banketiga tayyorgarlik ko‘rish. Xizmat ko‘rsatishga tayyorgarlik 
jarayonida bir guruh ofitsiantlar jihozlarni joylashtiradi, idish - tovoq va anjomlarni 
tayyorlaydi, stolni bezaydi. To‘yga taklif qilinganlar soniga qarab stol - o’rindiqlar 
bir xilda taxlanadi. To‘y banketiga mehmonlarning har 10 - 12 tasiga bitta ofitsiant 
xizmat ko‘rsatadi. Bosh ofitsiant hamma ofitsiantlarga ko‘rsatma beradi, har birining 
vazifasini belgilaydi, xizmat ko‘rsatish joyini tayinlaydi, taomlar va ichimliklarni 
navbat bilan berilishini tushuntiradi. 
To‘y banketida xizmat ko‘rsatish. Birinchi bo‘lib kelin - kuyovlar o‘tiradi, 
kuyovning chap tomonida kelin o‘tiradi. Kelinning ota - onalari kuyovning chap 
tomonida, kuyovning ota-onalari kelinning o‘ng tomonida o‘tiradi. Shu qatorda 
kuyov jo‘ra va kelin dugonasi o‘tiradi. 
To‘y banketining boshlanishiga 5-10 daqiqa qolganda bosh ofitsiant to‘y 
egasiga tashkiliy masalalarni va mehmonlarni taklif qilish kerakligini aytadi. Bu 
paytda xizmatga tayinlangan hamma ofitsiantlar zalda mehmonlarni kutadi, ularning 
o‘tirishlariga yordam beradi, so‘ngra ichimliklar va gazaklar tavsiya qiladi. Zaruriyat 
bo‘lganda ofitsiantlar tarelka va anjomlarni yig‘ishtirib olib va o‘rniga tozasini olib 
kelib qo‘yadi. Bu ketma - ketlik to‘y oxirigacha davom etadi.


282 
Mehmonlar kelin - kuyovni tabriklab, ovqatlanish vaqtida 15 - 20 daqiqalik 
tanaffus e’lon qilinadi, shu payt musiqa, ashula va raqsga tushish mumkin bo‘ladi. 
Tanaffus vaqtida ofitsiantlar stol ustini yana tartibga keltiradi, bo‘shagan idish - 
tovoqlarni yig‘ishtiradi, tozalarini qo‘yadi. Issiq taomlar ketma - ket beriladi. To‘y 
so‘ngida tort kesiladi va tarqatiladi. Shundan so‘ng kelin - kuyovning ketishiga ruxsat 
beriladi. 
 
3. Ofitsiantlarning to‘la xizmati bilan o‘tkaziladigan 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling