291
Banketdan so‘ng bosh ofitsiant mehmonlarni kofe zaliga taklif qiladi. U yerda
mehmonlarga qulay bo‘lishi uchun yumshoq kreslo, divan va yarimkreslo o’rindiqlar,
imkon boricha bo‘yi past aylana yoki uzun stollar qo‘yiladi. Bu stollar 6-12 kishiga
mo‘ljallangan bo‘lib, bunday qulayliklarning tashkil etilishi mehmonlar o‘zlarini
erkin tutishlarida yordam beradi.
Diplomatik odob - axloq yuzasidan ayollar uchun alohida kofe zali bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir. Agar bunday imkoniyat restoranda bo‘lmasa,
umumiy zalda
bir necha stollar kofe ichishga moslashtiriladi. Chunki mehmonlar erkin o‘tirishi va
xizmat ko‘rsatish oson bo‘lishi uchun stollarning orasidagi masofa uzoq qilib
qo‘yiladi.
Xorijiy mehmonlarga xizmat qilganda ularning milliy an’analarini xisobga
olib, kofe bilan spirtli ichimliklar ham beriladi. Shuning
uchun ofitsiant stolni
bezatganda faqat kofe ichadigan idish bilan cheklanib qolmay, spirtli ichimliklar
idishini ham qo‘yishi kerak. Kofe
chashkalari chap tomonga, stol chetidan 5-10 sm
ichkariga qo‘yiladi. Kofe qoshig‘i o‘ng tomonga, kofe idishi ichiga qo‘yiladi.
Ichimlik idishlari chashkalar yoniga alohida - alohida yoki 3-4 donasi bir joyga
qo‘yiladi. Xorijiy mehmonlar ishonch hosil qilishlari uchun ichimliklar stolga
shishasi bilan qo‘yiladi. Odatda likyor ryumkalari stolga qo‘yilmaydi.
Mehmonlar kofe zaliga o‘tirib olishganlaridan so‘ng
ofitsiantlar ularga kofe
qo‘yib bera boshlaydi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, ba’zi mehmonlar choy
ichishni afzal ko‘radilar. Bunday paytlarda
kofe idishi stoldan olinadi, yevropa
odatiga binoan chashkalarda choy beriladi. Agar choy berilganda idish tagida limon
qoldig‘i bo‘lsa, uning ustiga choy quyish mumkin emas. Bu idishni olish va boshqa
idishda choy quyib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘zbekiston
sharoitida esa
ko‘k yoki qora choy choynaklarga damlanib, piyolalar bilan tarelkalarda mehmonlar
oldiga keltiriladi, ofitsiant choyni o‘zbek milliy udumiga ko‘ra qaytaradi,
bir zum
tindirib, choyni piyolalarga quyib, ta’zim bilan o‘ng qo‘lda piyolani mehmonga
uzatadi.