O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

xizmat ko‘rsatish 
 
Temiryo‘l transportida mijozlarga xizmat ko‘rsatish bu temiryo‘l bekatlari
poyezd salonlari va yo‘lovchilar yuradigan yo‘laklarda tashkil etiladigan 
ovqatlantirish korxonalari xizmati nazarda tutiladi.
Temiryo‘l bekatlari va poyezd salonlarida yo‘lovchilarga restoran, kafe, 
tamaddixonalar va avtomat kafelar xizmat ko‘rsatadi. Yosh bolasi bor bo‘lgan 
yo‘lovchilar uchun ham restoran, kafelarning ovqatlantirish zalida bolalarga 
mo‘ljallangan idish - tovoqlar va stol - o’rindiq qo‘yiladi. Mijozlarning iltimosiga 
binoan ona va bola xonalariga ham issiq taomlarni olib kelishini tashkil etish 
mumkin. 
Restoranning taomnomasida har kun sutli birinchi taom, bulyon, har xil kasha, 
kisel va issiq sut tayyorlanishi kerak. Temiryo‘l vokzalining restoranida xizmat 
ko‘rsatishning majmuali usulini qo‘llash mumkin. Buning uchun u yer sharoitga 
qarab, oshxonaga yaqin joy tomonga o‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish usulidan 
foydalaniladi. Har kunlik taomlar oshxonadan tarqatish orqali sotiladi, buyurtmali 
taomlar esa ofitsiantlar yordamida beriladi. Ular stolni oldindan servirovka qiladi va 
ishlatilgan idishlarni yig‘ishtirib oladi.
Majmuali usul ertalabki va kunduzgi vaqtlarda 8:00 dan 16:00 gacha 
qo‘llaniladi. Bu usulning afzalliklari: 

navbatga turishga yo‘l qo‘yilmaydi; 

xizmat ko‘rsatish vaqti ikki marta qisqaradi; 

yo‘lovchilarni ovqatlantirishga jalb qilish 1,5 barobar oshadi. 


306 
 
 
 
 
4-rasm. Poyezd salonidagi restoran 
Temiryo‘l bekatlaridagi kafe va tez xizmat ko‘rsatuvchi ovqatlantirish 
korxonalarida odatdagidek, issiq ichimliklar, tayyorlanishi qiyin bo‘lmagan sovuq 
gazaklar, issiq ichimliklar, bulyon, turli assortimentdagi xamirli taomlar, qandolat 
mahsulotlari, meva va mineral suvlar sotiladi.
Bundan tashqari temiryo‘l da joylashgan matbuotlarda yo‘lga kerak bo‘ladigan 
anjomlar, qandolat mahsulotlari, kofe, mineral va mevali suvlar, isitiladigan - 
harakatlanuvchi aravachalarda tayyorlanadigan xod - dog, cheburek, sosiskalar va 
boshqalar sotiladi.


307 
 
 
 
5-rasm. Temiryo‘l bekatidagi restoran 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling