304
3-rasm. Dam olish joylaridagi restoran
Yozgi kafelardagi taomnomalarda
issiq va salqin ichimliklar, sok, spirtsiz
ichimliklar, qandolat mahsulotlari, yyengil gazaklar, muzqaymoq va pivo ichimliklari
kiritiladi. Yozgi muzqaymoq tayyorlab beradigan
kafelarda muzlatkichlar,
muzlatkich stoykasi o‘rnatilgan bo‘lib, kelgan mijozlar muzqaymoq yoki gazaklar
iste’mol qilishlari mumkin.
Bundan tashqari yozgi maydonlarda grill pishirish
uchun maxsus asboblar
o‘rnatiladi, bu esa har xil turdagi go‘sht mahsulotlaridan taomlar tayyorlash uchun
xizmat qiladi. Taom va ichimliklarni berish uchun
bir martalik idish-tovoq va
anjomlardan foydalaniladi. Maydonlarda mijozlar o‘tirishlari va dam olishlari uchun
plastmassali jihozlar qo‘yiladi.
Hozirgi kunda keng miqiyosda alyumindan ishlangan stol va o’rindiqlarning
har xil turlari tarqalgan. Ular yig‘ilishi qulay va yaxshi bo‘lishi kerak. Yoz kunlarida
mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida issiq joylarda quyosh nuridan himoya qilish
uchun har xil soyabonlar ham o‘rnatiladi.