O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Ichimlikni aralashtirishda stakandan foydalanish


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Ichimlikni aralashtirishda stakandan foydalanish. Sheyker o‘rniga 
aralashtirish uchun stakandan ham foydalansa bo‘ladi, biroq unda aralashtirish va 
sovutish muddati ancha uzoq davom etadi. Stakandan odatda uzumli sharbat 
aralashmalarini tayyorlashda foydalaniladi, zero sheyker bunday turdagi ichimliklarni 
qorayishiga va o‘z ta’mini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi. Stakan sifatida sheyker shisha 
idishidan yoki 300 ml. hajmdagi boshqa idishdan ham foydalanish mumkin. Stakanda 
aralashma holdagi ichimlikni quyidagi tarzda tayyorlash mumkin:


322 

Ichimlikni tayyorlash uchun stakanga ma’lum me’yordagi ikki xil 
suyuqlikni solish,

2-3 ta muz bo‘lagini solish;

Stakan ichidagilarni qoshiqcha yordamida aralashtirish;

Uni sitechkadan o‘tkazgan holda tayyorlab qo‘yilgan idishga solish. 
Mijozlarga taqdim etiladigan idishda tayyorlash usuli. Ayrim aralash turdagi 
ichimliklar (kobler, fizik, sovuq punsh, puffakli kokteyl) ma’lum me’yordagi ikki xil 
suyuqlikni oldindan aralashtirilmagan holda tayyorlangan idish yoki bokalga 
qo‘yishadi. Bunda mijoz o‘z ta’bi va xohishiga ko‘ra uni aralashtirib ichadi. 
«Broun» va «Rowenta» ichimliklarini tayyorlashda aralashtiruvchi stakanga 
kokteyllar solinib, 10-15 soniya aralashtiriladi. Tayyor ichimlikni darhol idishga 
solgan holda taklif etiladi, idish esa suvda chayiladi.
3. Ichimliklar kartasi va uni tuzish tartibi 
 
Ichimliklar kartasi bu - alkogol va shunga o‘xshash mahsulotlarning nomi 
hamda narxi keltirilgan ro‘yxat xisoblanadi. Alkogol ichimliklar ro‘yxati asosiy 
assortiment xisoblanadi. Bundan tashqari, vino kartasiga pivo, alkogolsiz ichimliklar, 
tamaki mahsulotlari, qandolat mahsulotlari (konfet, shokolad va boshqalar) kiritiladi. 
Ichimliklar turlari haqida yuqorida keltirib o‘tdik. Taomnomada ular quyidagi 
tartibda beriladi: 
Vino. O‘zbekistonda vinoning juda ko‘p xillari tayyorlanadi. Ayniqsa, 
mustaqillikdan so‘ng musallas toifadagi vinolar sifatli qilib ishlab chiqilmoqda va 
manzarali chiroyli shishalarda qadoqlanmoqda. Bu bilan vinolarga bo‘lgan iste’mol 
ehtiyoji oshib bormoqda. Hatto chet el davlatlariga eksport qilinmoqda. 
Kuchli spirtli ichimliklar - aroq, viski, rom, konyak. 
Pivo. O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi, xorijdan ham keltiriladi. 
Aralash ichimlik - kokteyl. 
Alkogolsiz ichimliklar - ma’danli suvlar, limonadlar va sharbatlar. 


323 
Vino - aroq, tamaki mahsulotlari va ichimliklar bahosi preyskurantiga tegishli 
navbat bilan quyidagicha yoziladi: aroq, kuchli uzum vinosi, oq va qizil oshxona 
vinosi, konyak, likyor, pivo, ma’danli va meva suvlari, tamaki mahsulotlari. Ba’zan 
bu preyskurantga qandolat mahsulotlari va mevalar ham kiritiladi. Preyskurantda 4 ta 
ustun chiziladi: birinchisida ichimlik nomi, ikkinchisida shisha sig‘imi (0,25; 0,33; 
0,5; 0,75), uchinchisida to‘la shisha bahosi, to‘rtinchisida 100 g ning bahosi 
ko‘rsatiladi (1-jadval). 
1-jadval 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling