O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


-Mavzu. SPIRTLI VA SPIRTSIZ ICHIMLIKLAR


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

15-Mavzu. SPIRTLI VA SPIRTSIZ ICHIMLIKLAR 
 
Reja: 
1. Ichimlik chanqoqbosdi va sarflangan energiyani 
tiklovchi vosita sifatida 
2. Alkogolsiz va alkogolli ichimliklar 
3. Ichimliklar kartasi va uni tuzish tartibi 
 
1. Ichimlik chanqoqbosdi va sarflangan energiyani
tiklovchi vosita sifatida 
 
Sifatli ichimlik va taomlarni taklif etish restoran biznesining tamal toshi 
xisoblanadi. Ko‘pgina restoranlarda spirtli ichimlik uning asosiy reklama vositasi 
xisoblanadi va ko‘pgina mijozlarni o‘ziga jalb qilish orqali katta daromadga erishadi. 
U mahsulot aylanmasining asosiy qismini tashkil etish bilan birga kunning xohlagan 
bir vaqtida taklif qilish mumkin. Shuning uchun ko‘p yo‘qotish yoki zarar bo‘lmaydi. 
Mazkur turdagi restoran biznesini yuritishga deyarli e’tibor berishmaydi, zero 
uni to‘g‘ri, oqilona boshqarish uchun mutaxassis xodim kerak bo‘ladi. Bunday 
restoranlar o‘z xodimlari orasida somele - spirtli ichimliklar mutaxassisiga ega 
bo‘lishi lozim. Ushbu xodimlar restoran obruini mijozlarga xizmat ko‘rsatish orqali 
restoran samaradorligini kundan - kunga oshirib borishadi. 
Turli assortimentdagi ichimliklarni realizatsiya qilish xorijiy mamlakatlar 
singari O‘zbekiston restoranlariga xos xisoblanadi. Zero, dasturxon choysiz 
bo‘lmaganidek taomni taklif qilish san’ati choy, qahva, kokteyl, punsh, kryushon, 
baule, kvassiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu sababli barlar hozirda katta obro‘ga ega 
bo‘lib bormoqda.
Insoniyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon chanqog‘ini bosish va sarflagan 
kuchini qayta tiklash yo‘lida ichimlikdan foydalanib kelmoqda. Buni uzoq yillar 
davomida iqlimlariga xos xalqlar o‘zlarining mahalliy xomashyo, milliy an’analar va 
odatlari asosida turli xildagi ichimliklarni kashf qilishgan. Misol uchun Markaziy 


315 
Osiyoda - sharbat, Ukrainada - kvas va asal, Osiyoning tekislik va tog‘li joylarida - 
ayron va qimiz, cho‘llarda esa ko‘k choy, Fudziyamadan Albiongacha - qora choy 
keng tarqalgan. Musulmon mamlakatlarida spirtli ichimliklarni ichish shariat asosida 
ta’qiqlangan bir paytda, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliyada tushlikni vinosiz 
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. 
Insoniyatning ichimliklarni yaratishdagi mahoratini cheskiz desak mobolag‘a 
bo‘lmaydi. Zero, dunyo kolleksiyasi aralashtirilgan ichimliklarni tayyorlashning 4000 
xildan ortiq turiga ega bo‘lib, ular turli xildagi vino, choy, qahva, meva sharbatlari, 
asal, shakar, tuxum sarig‘i, muz parchasi, konyak, rom, viski va boshva ichimliklarni 
o‘z ichiga oladi. Ularning ayrimlari tarkibida non, meva turlari, boshqalarida esa asal 
yoki sutdan iborat bo‘lgan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ularning hammasi 
kuch baxshida etadi.
Katta miqdordagi suyuqlikni ichish bilan faqatgina chanqoqni bosish emas, 
aksincha, yo‘qotilgan kuchni tiklashni ham nazarda tutadi. Shu sababli barcha 
ichimliklar tarkibida tabiiy sharbat, belok, fermant, vitamin hattoki yog‘ mavjud. 
Ming afsuslar bo‘lsinki, hozirda ko‘pchilik sun’iy va spirtli ichimliklarning maqsadli 
iste’moli esimizdan chiqib suvning hayotbaxsh quvvatidan bebahra qilib kelmoqda. 
Ichimlikni tanlash kishining hamyoni, talabi, ijtimoiy kelib chiqishiga bog‘liq. 
Misol uchun yoshi kattalar choy, qahva, kakao, kvas, mors kabi ichimliklarni, yoshlar 
esa qahva va spirtsiz ichimliklarni afzal ko‘rishadi.
Ayrim ichimliklar chanqoqni bossa, ayrimlari kuch baxshida etish bilan birga 
yurak urishi va asab tizimini qo‘zg‘atadi. Ko‘pgina ichimliklar tarkibi kuchli 
kalloriyaga ega, shu sababli ular inson organizmining kunlik talabidan ham oshib 
ketishi mumkin.
Taqdim etish haroratiga ko‘ra ichimliklarni ikkiga bo‘lamiz: 
- Muzdek holda, odatda +2°C + 10°C haroratda; 
- Qaynoq holda, odatda 70-80°C va 90 - 95°C haroratda. 
O‘z tarkibiga ko‘ra ichimliklar: yakka va aralash turlarga bo‘linadi. 
Barga keluvchilar tomonidan aralash holda tayyorlangan ichimliklar keng 
iste’mol qilinadi. Bular sirasiga: sut, mevali sharbatlar, sabzavotlar, pivo, har xil 


316 
tarkibli spirtli ichimliklar kiradi. Aralash tarkibli ichimliklar odatda bir yoki bir necha 
komponentlar birlashib, o‘ziga xos ta’m, ko‘rinish, tetiklashtiruvchi, chanqoqni 
bosuvchi yoki ishtahani qo‘zg‘atuvchi bo‘lishi mumkin.
Aralash tarkibli ichimliklar o‘z navbatida spirtsiz va spirtli ichimliklarga 
bo‘linadi. Spirtsiz aralash tarkibli ichimliklar: sutli, mevali, qahvali, choyli, pivoli 
bo‘lishi mumkin. Spirtlilari esa vodka, konyak, rom, shampan, djin, viski, vino 
kabilarga bo‘linadi. 
Spirtsiz sutli ichimliklarga sutli kokteyl va sutli mevali kokteyllar kiradi, 
jumladan o‘rikli kokteyl, olxo‘rili kokteyl, shaftolili kokteyl muzqaymoq bilan va 
h.k. Bular ichida eng keng tarqalgani mevali spirtsiz ichimliklar bo‘lib, uni yil 
davomida taklif qilish mumkin.
Qahvali ichimliklarga turli xildagi qahva (shakarli, sutli, vencha, varshavcha, 
sharqona, italyancha, meksikancha va b.) misol bo‘lishi mumkin. 
Qaynoq aralash tarkibli ichimliklar 70°C darajada odatda sopol, fayans va 
chinni finjonlarda, sovuqlari esa xrustal, shisha, baland bokal, fujer, turli shakllardagi 
stakanlarda beriladi. Bunday ichimliklar sirasiga qulupnayli kokteyl, muz bo‘lakli 
limonli sharbat, o‘rikli limonad, malinali mors, kvas va boshqalar kiradi. Bunday 
ichimliklarga sharbatlarni tarkibida mevali muzqamoq ichimliklarni ham kiritish 
mumkin. Sharbatlar odatda fujerlarda ustiga qaymoq va maydalangan qahvani choy 
qoshiq bilan birga taklif qilishadi. Sharbatlarga olmali, qulupnayli, malinali, apelsinli, 
mevali va boshqalarni aytish mumkin. 
Choy O‘zbekiston xalqi orasida eng sevimli ichimlik xisoblanadi. Choyni 
damlab tayyorlashadi. Qaynoq choyni choynaklarda chinni, sopol piyola yoki 
finjonlarda tarelkasi bilan birga beriladi.
Alkagol komponenti mavjud aralash tarkibli ichimliklar o‘z tarkibiga ko‘ra 
kuchli va dessertlarga bo‘linadi. Kuchli alkagol ichimliklarga vodka, konyak, rom, 
viski, djinlarni kiritamiz. Eng keng tarqalgan alkogol ichimliklar sirasiga kokteyllar 
kiradi. Bularga: «Troyka», «Raketa», «Pelikan», «Vostok», «Palmira» (vodka bilan), 
«Admiralskiy», «Kiyev», «Luks», «Privet» (konyak bilan), «Kuba», «Bakardi», 


317 
«Gavana», «Ekvator» (rom bilan) «Martini», «Rfivera», «Sfinks» (djin bilan), 
«Texas», «Burbon» (viski bilan) va h.k. 
Kokteylning asoschisi XVIII asrda amerikalik tadbirkorlardan biri Djerri 
Tomas xisoblanadi. U ichimliklarni aralashtirilgan holda taklif qilish orqali ularga 
o‘ziga xos ta’m, ko‘rinish baxshida etdi va natijada u haqida kitob ham yozdi. 
Shuning uchun Djerri Tomas ro’yxati hozirgacha taniqli xisoblanadi. U bir tarzda 
tayyorlanib dunyoning xohlagan bir joyida shu tarzda taklif qilinadi. Bular sirasiga: 
«Texas», «Martini, «Kovboy», «Manxetten», «Kolibri», «Sheri kobler», «Uayt 
Ledi», «Pikmi-ay» va boshqlarni keltirish mumkin. Uning ko‘ngildagidek chiqishiga 
me’yorida foydalanilganligi ta’mi, hidi va tashqi ko‘rinishida aks etadi. Ahamiyatlisi 
yangi ta’m, ko‘rinishdan iborat guldastani yasashdir. 
Aralash tarkibli ichimliklar muzdek (2-10°C) yoki qaynoq holda (70-80°C va 
90-95°C) taklif qilinadi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling