O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


kiritish,  o„tkazish,  bayon  etish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

kiritish,  o„tkazish,  bayon  etish  so„zlarini  qo„llagan.  “Shayx  Nizo-
miyning  “Haft  paykar”  otlik  kitobini…  tarjima  qilib,  turkiy  lafzig„a 
kirguzmak xizmatini buyurdilar” yoki: 
Bu nusxa tarjimasig„a ochib til, 
Iboratini turkiy masnaviy qil, yoxud: 
Turk alfozi birla ayla bayon… 
Hozirgi  kunda  ham  tarjima  so„zining  o„girish,  ag„darish, 
o„tkazish  kabi  ma‟nodoshlari  qo„llanadi.  Tarjima  o„rnida  ba‟zan 
o„girma ham deyiladi. 
Tarjima  tushunchasining  ma‟nosi  juda keng. Bir tildan ikkinchi 
tilga  badiiy  adabiyot:  she‟r,  dramatik  va  nasriy  asarlar,  fanning  turli-
tuman  sohalariga  doir  ilmiy  va  ilmiy-ommabop  kitoblar,  diplomatiya 
hujjatlari, rasmiy qog„ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiq-
larning  nutqlari,  gazeta  materiallari,  boshqa-boshqa  tillarda  so„zla-
shuvchi, “tilmoch”ning xizmatiga muhtoj bo„lgan kishilarning suhbat-
lari  tarjima  qilinadi,  kinofilmlar  o„giriladi...  Tarjima  til  bilgan  har 
qanday  kimsa  ham  shug„ullansa  bo„laveradigan  yumush  emas,  balki 
fan  va  san‟atdir.  Uning  o„z  qonun-qoidalari  mavjud”  (G„.Salomov).  
Tarjimashunos V.Rosselsning fikricha: “Chet tillar hozirgiga qaragan-
da hatto ancha durustroq o„qitila boshlansa va badiiy asar o„zga tilda 
so„zlovchi  kishilarga  xuddi  o„z  ona  tilidagidek  tushunarli  bo„lgan 
taqdirda ham, tarjimonlarga ehtiyoj aslo kamaydi”. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling