O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Tarjima (arabcha: bir tildan ikkinchi bir tilga ag„darish; o„girish, 
izohlash, sharhlash) – muayyan bir tilda og„zaki yoki yozma ravishda 
bayon  qilingan  fikrni  boshqa  til  vositalari  bilan  qayta  ifodalash. 
Tarjima  so„zi  tarjimon  so„zidan  hosil  bo„lgan,  tarjimon  so„zi  esa 
forscha  tarzabon  so„zidan  kelib  chiqqan.  Ma‟lumki,  qadimda  O„rta 
Osiyo  va  Eron  xalqlari  orasida  notiqlik  san‟ati  juda  rivojlangan. 
Notiqlarni esa tarzabon deb ataganlar. Tar  fors tilida yangi, shirali, 
tarovatli,  nozik,  latif  kabi  ma‟nolarni  bildiradi.  Zabon  –  til  degani. 
Tarzabon  –  notiq,  chiroyli  gapiruvchi,  so„z  ustasi,  yangi  va  o„tkir 
so„zlarni  aytuvchi  demak.  Tarzabonlar  chuqur  bilim,  keng  dunyo-
qarash, notiqlik mahoratiga ega bo„lishdan tashqari, bir necha tillarni 
ham bilganlar va o„z nutqlarida ulardan foydalanganlar. 
Arablar  kirib  kelganlaridan  keyin  ijtimoiy  hayot,  madaniyat,  fan 
va boshqa sohalarni o„z ta‟sirlariga olganlari kabi, ko„pgina so„zlarni 
ham  o„zlashtirib,  arab  tili  qoidalariga  bo„ysundirganlar.  Jumladan, 
tarzabon  so„zi  ham  arabcha  talaffuzda  “tarjamon”  (yoki  “tarji-
mon”)ga aylanadi. Shundan keyin u arab tilining so„z yasalish qonu-
niga bo„ysunib, undan yangi masdar (o„zak), fe‟l va otlar hosil qilin-
gan. Masalan: tarujama, tirijama, tarjama, mutarjim, mutarjimun. 
Shunday qilib, tarjimon  tarzabon  so„zining arabcha tarjimasi 
bo„lsa, tarjima tarjimon so„zidan kelib chiqqan. Tarjima o„tmishda 
hozirga ma‟nosidan tashqari, bayon etish, tushuntirib berish, matn-

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling