O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarzhima tarixi
Tamaddun va tarjima – Taraqqiyot va tarjima egizak tushuncha-
larga o„xshaydi. Zero, insoniyat taraqqiyotini tarjimasiz tasavvur ham qilib bo„lmaydi. Yuksalish turli xalqlarning o„zaro aloqalari, bir-birla- rining yutuqlarini o„zlashtirishlari va bir-birlariga ta‟sir o„tkazishlari asosida yuz berar ekan, bu jarayonda asosiy vosita bo„lib tarjima maydonga chiqadi. “Tarix shuni ko„rsatadiki, ilm-madaniyat rivojiga e‟tibor kuchay- gan joyda tarjima ishi ham barq urib gullaydi. Bu tabiiy, chunki inson- lar o„zlarigacha yaratilgan, boshqalar kashf etgan, to„plangan bilimlar majmuasi, tafakkur obidalari, badiiy ijod mevalarini bilmay turib, ulardan bahra olmasdan olg„a borishlari mumkin emas. Insoniyat yagona vujuddir. Uning har bir a‟zosi − har bir xalq siymosida qo„lga kiritilgan sivilizatsiya boshqa a‟zolar − boshqa xalqlarga ham qonuniy meros, ma‟naviy-donishiy mulk. Bu merosiy mulk navbatma-navbat estafeta tariqasida turli xalqlar qo„liga o„tib, to„ldirilib, rivojlanib kel- gan. Ana shu “o„tish” va “uzatishlar” jarayonining muhim omili, shubhasiz, tarjimadir” (N.Komilov). Ma‟lumki, jahon tamaddunining beshigi Sharq bo„lgan. Hindis- tonda rivojlangan aniq va tabiiy fanlar, Eronning yuksak madaniy yutuqlari, Markaziy Osiyo xalqlarining teran falsafiy ta‟limotlari antik dunyo Uyg„onishini vujudga keltirdi. Tabiiyki, yunonlar ularni tarjima vositasida o„qib-o„zlashtirganlar. Davlat homiyligi ostida maxsus reja asosida tarjimonlar guruhi qizg„in faoliyat ko„rsatib, Sharq va G„arbda o„sha davrgacha yaratilgan barcha ilm-fan va madaniyat-adabiyotga oid adabiyotlar yunon tiliga o„girilgan. Ular orasida Markaziy Osiyo xalqlari folkloriga oid qator asarlar ham mavjud − To„maris, Shiroq haqidagi hikoyalar, ko„plab mifologik afsona va syujetlar shular jumlasidandir. Aleksandr Makedonskiyning “Avesto”ning mukammal nusxasini Makedoniyaga olib ketib, tabiat, dehqonchilik, geografiya, 163 tabobatga oid qismlarini yunonchaga tarjima qildirib, keyin o„zini yoqib yuborgani ma‟lum. Fales, Anaksimandr, Anaksiman, Geraklit va boshqa yunon olim- lari Sharq ilm-fani, xususan, zardushtiylik ta‟limotidan ta‟sirlanganlar. Aristey, Alkman, Pindar, Gekatey, Esxil, Sofokl, Gomer, Gippokrat kabi antik olimu adiblar asarlarida Markaziy Osiyo xalqlari haqidagi ma‟lumotlar uchraydi. Solon, Pifagor, Demokrit, Aristey, Gekatey kabi olimlar Sharq mamlakatlari bo„ylab ko„plab sayohatlar qilganlar. Bu ilmiy-madaniy aloqalarning barchasi tarjima orqali amalga oshgani shubhasiz. Gomer va Edd o„z asarlarida tarjimonlarni Xudoning ino- yatlarini bandalarga yetkazuvchi vositachi sifatida talqin etganlari bejiz emas. Keyin yunonliklarning bu barcha ilmiy-madaniy yutuqla- rini rimliklar tarjima vositasida o„zlashtirdilar. So„ngra Uyg„onish Sharqqa ko„chdi − ulkan hududda o„z saltanatlarini o„rnatgan arablar ilm-fan, madaniyat va adabiyotning rivojlanishiga ham katta e‟tibor berdilar. O„z-o„zidan, yunon, suryoniy va eroniy madaniyat orqali o„t- gan ellinistik meros ta‟siri bo„lmaganda, mumtoz musulmon madani- yati bu qadar yuksak darajaga erisha olmagan bo„lar edi. Tarixning guvohlik berishicha, “insoniyat jamiyati taraqqiyoti doimiy yangila- nish, o„sishni boshdan kechirgan. Har bir madaniy ko„tarilish o„ziga- cha bo„lgan yutuqlarni jamlagan, boyitgan va yangi-yangi oqimlarni birlashtirib, olg„a siljishda davom etgan. Taraqqiyot tarixiga Sharq va G„arb xalqlari navbatma-navbat hissa qo„shib kelganlar” (N.Komilov). VIII-IX asrlarda Bag„dod, Damashq va Kufa shaharlarida yirik tarjima maktablari vujudga kelib, ko„plab tarjimonlar rejali asosda tarjima ishlari bilan shug„ullanganlar. Bu jihatdan, ayniqsa, xalifa Ma‟mun asos solgan “Bayt ul-hikma” (“Bilim uyi”) − Ma‟mun akade- miyasining faoliyati ayniqsa diqqatga sazovor. Markaz kutubxonasida hind, yunon, fors, suryoniy va arab tillaridagi 400 ming jild qo„lyozma saqlangan. Xalifalikning turli shaharlaridan jalb qilingan ko„plab olimlar yunon, fors, vizantiya, hind olim va adiblari tomonidan yara- tilgan yuzlab kitoblar arabchaga tarjima qilingan va sharhlangan. Ular orasida Ahmad Farg„oniy, Muso Xorazmiy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy kabi bizning vatandoshlarimiz ham bor edi. “Sharq madaniyatining Yevropaga ko„chishida tarjimaning roli shubhasiz katta bo„lgan. Arab tilida yaratilgan ilmiy adabiyotlarni lotin tiliga ag„darish XII asrdan boshlab avj olgan. Keyinchalik bu 164 adabiyotlarni ispan, fransuz, kastil tillariga tarjima qilish ham kuchaygan. Toledo va Bolonya shaharlari o„sha davr tarjimachiligi- ning yirik markazlariga aylangan. Bu shaharlarda o„zaro raqobatga kirishuvchi alohida-alohida tarjima maktablari shakllanib, guruh- guruh tarjimonlar bir necha yillar davomida arabcha kitoblarni Yevro- pa tillariga o„girish bilan shug„ullanganlar. Hatto, Toledo jome‟sida maxsus tarjimonlar tayyorlaydigan o„quv yurti ham ochilgan. Jamiki fanlarga oid arabcha asarlar muntazam ravishda Yevropa tillariga o„girilib, ko„p nusxada tarqatilgan. Toledoda amalga oshirilgan tarji- malar “xristian sxolast olimlarini larzaga keltirdi”, deydi ispan sharq- shunosi Menendes Pidal. Bu tarjimalar jahon madaniyati rivojida butun bir davrni tashkil etadi. Chunonchi, u fan tarixini Toledo makta- bi faoliyatigacha bo„lgan bosqich va undan keyingi bosqichlarga ajra- tadi. Ammo, aytish kerakki, faqat Sharq olimlari asarlarigina emas, balki qadimgi Yunoniston ilmu fani durdonalari ham Yevropaga, dast- avval, arabchadan o„girilgan tarjimalar orqali kirib borgan. Aristotel va uning Sharqdagi izdoshlari − Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd falsafasi o„sha davr qoloq aqidalari, diniy xurofotlari ildiziga bolta urdi; fikriy uyg„onish, yangicha dunyoqarashni boshlab berdi” (N.Komilov). Ma‟lum bo„ladiki, Yevropadagi Uyg„onishga arablar orqali o„tgan ilm-fan, madaniyat va adabiyot yutuqlari sabab bo„ldi. Sharq olimu adiblari merosini tarjima qilish uchun Yevropa mamlakatlarida ming- ga yaqin tarjimonlar zahmat chekkanlar. Natijada, “Yevropada ilohi- yot, isaviya dini ta‟limoti emas, inson tajribasiga, inson mafkurasiga asoslangan haqiqiy ilm-fanning, ratsionalistik dunyoqarashning shakl- lanishi to„g„ridan-to„g„ri Sharq olimlari asarlari ta‟siri ostida ro„y berdi” (F.Sulaymonova). Angliyada Yelizaveta I hukmronligi davri “buyuk tarjima asri” deb atalgan bo„lsa, Fransiyada XVI asr “tarjimaning oltin asri” deb ta‟riflandi. XVIII asr boshida Pyotr I rahnamoligida Peterburgda tarjimachilik rivojlandi. XIX asrning ikkinchi yarmida Feruz homiyligida Xorazmda tarji- ma maktabi samarali faoliyat yuritdi. “Tarjima katta markazlar, mak- tablarda kuchayishdan tashqari, turli joylarda, turli kishilar tomonidan uzluksiz davom etib kelingan, albatta. Ammo markazlashgan joyda, muayyan maqsad-niyatlar yo„lida uyushtirilgan ishning samarasi, natijasi boshqacha bo„ladi” (N.Komilov). 165 XX asr esa butun dunyoda tarjima asri sifatida e‟tirof etildi. Ma‟lum bo„ladiki, har bir davr ilmiy-madaniy hayotining yuksalishida tarjima adabiyotining tutgan o„rni beqiyos. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling