O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

Izohli  tarjima  –  o„quvchiga  tushunarli  bo„lsin  uchun  tarjimada 
ba‟zi  so„z  va  tushunchalarni  izohlab  ketish.  Asliyat  o„quvchisiga 
shundog„am  tushunarli  bo„lgan  so„z,  tushuncha  yoki  tashbeh  tarjima 
o„quvchisiga yetarli darajada tushunarli bo„lmasligi mumkin. Shuning 
uchun  bunday  hollarda  tarjimonlar  ba‟zida  qo„shimcha  izoh  berib 
o„tadilar.  
Muallif tarjimasi  asliyatning muallifning o„zi tomonidan amal-
ga  oshirilgan  tarjimasi.  Masalan,  Sadriddin  Ayniy  bir  qator  asarlarini 
avval  o„zbek  tilida  yozib,  keyin  tojik  tiliga  tarjima  qilgan.  “Buxoro 
jallodlari”,  “Odina”,  “Sudxo„rning  o„limi”,  “Qullar”  asarlari,  “Esda-
liklar”ning  birinchi  qismi  shular  jumlasidandir.  O„z  asari  bo„lgani 
uchun tarjima jarayonida  muallif-tarjimon ularga bir qancha o„zgarti-
rishlar ham kiritgan – ularni biz ayrim lavhalar va detallarning qisqar-
tirilgani  yoki  qo„shilgani,  ayrim  detallarning  tojikcha  ekvivalentlari 
qo„llangani,  o„zbek  xalq  qo„shiqlari  tojik  xalq  qo„shiqlari  bilan  al-
mashtirilgani, abzaslar qisqartirilgani, jumlalar qurilishi va badiiy tas-
vir vositalarining tahrir qilingani va boshqalarda ko„ramiz. Atoqli qir-
g„iz adibi Chingiz Aytmatov ham qirg„iz tilida yozilgan ilk asarlarini 
dastlab  o„zi  rus  tiliga  tarjima  qilib,  keyin  bevosita  rus  tilida  ijod 
qilishga o„tgan. 
Muqobil  (arabcha:  qarshi,  zid)  –  bu  so„zning  javob  bo„luvchi, 
javoban  amalga  oshirilgan;  teng,  barobar,  to„g„ri  keladigan  ma‟nolari 
ham  bor.  Tarjimashunoslikda  bu  so„z  aynan  teng,  barobar;  mos, 
muvofiq  ma‟nosida  qo„llanadi.  Adekvat  tarjima  ba‟zida  muqobil 
tarjima deb ham yuritiladi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling